Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Forwarded from Astrum Academy
Xalqaro kompaniyalarda qanday qilib ishlash mumkin?

💥Astrum IT Akademiyasi doimo o'z o'quvchilari haqida qayg'uradi. Shuning uchun bizda o'z sohasining kuchli mutaxassislari hamda chet el kompaniyalarida faoliyat olib borgan TOP dasturchilar ishtirokida tadbirlar o'tkazish odat tusiga kirib ulgurgan.

Navbatdagi uchrashuvimiz ham siz uchun foydali bo'lishi aniq. Saudiya Arabistonining 🇸🇦 Barq kompaniyasida Software mutaxassisi — Yunusjon Yusupov sizlarga "Xalqaro kompaniyalarda ishlash va chet el kompaniyalarining O'zbekistonlik dasturchilarga talablari" mavzusida foydali trening o'tib berish niyatidalar.

@Astrumuz

Trening 17-avgust, soat 11:00 da Astrum IT Akademiyasida bo'lib o'tadi. Barcha IT sohasiga qiziqqan yoshlarni tadbirimizga taklif qilamiz.
👍30🔥3🤩1
27 karra sogʻlom hayot yashash tarzini boshlash sohibiman 🏆
😁61🐳25👍7💯6🤩3👏1
Aytgancha, Nodejs ga qiziqqanlar va intervyu jarayoniga tayyorlanayotganlar bo'lsa @mabrur_dev Youtube sahifasida har hafta kichik intervyular qilib boryabdi.

Mabrur o'zi 10+ kompaniyalar bilan intervyuda bo'lgan bilishimcha. Jarayondan yaxshigina xabari bor.

Shu link orqali 2 soatdan so'ng, jonli efirda intervyuni ko'rishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=AvhkvtI61Ck
🐳23👍6💯3
#help

Tiktok akkountimga anchadan beri video yuklaganim yo'q edi. Kimda tiktok bor bo'lsa shu link orqali kirib, video algoritmiga ta'sir o'tkazishib yuboring. Katta rahmat.

https://vt.tiktok.com/ZSRkpMm9m/
👎31👍16🔥2😢1
Topshirish vaqti tugadi.

Natijalar uchun kanal ochiladi va barcha ishlarga feedback beriladi.
🐳62👍20🤣13👏4😢4🤩2💯1
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Topshirish vaqti tugadi. Natijalar uchun kanal ochiladi va barcha ishlarga feedback beriladi.
Tanlov natijalarini shu kanalda berib boriladi. Har bir maketdagi xatoliklarni ko'rsatishga harakat qilaman. Bu siz uchun foydali bo'ladi degan umiddaman.

https://news.1rj.ru/str/+Qy4HsJ9yz65hYWYy
👍19🔥4
@nizamoff dan haftalik Voice chatlar davom etadi: https://news.1rj.ru/str/nizamoff/757
🔥11👍4👎2
Kanalga yangi qo'shilganlar uchun:

Man kimman:
(Olayotgan bilimingizni kimdan ekanini bilib olish uchun)

Ismim Yunusjon. 20 yoshdaman. Yo'nalishim bo'yicha Fullstack Javanoscript dasturchisiman. Germaniya universiteti 1-kurs talabasiman.

O'qituvchilik faoliyatim:

@najottalim o'quv markazida va Xalq Ta'lim vazirligiga tegishli "maktab.uz" loyihasida dars berganman, yozganman. 10 ga yaqin o'quvchilarim chet el kompaniyasi uchun ishlashadi.

Bu yerda nima haqida yozaman:

Bu yerda asosan dasturlashga oid yangiliklar, tanlovlar, darslik va maslahatlar berib boriladi. Shaxsiy hayotimga oid yangiliklarni, tanqidiy fikrlarimni @dasturchi_pf kanalida yozaman.

Kanalda tepaga qarab scroll qilib, dasturchi bo'lish va o'z imkoniyatlaringizni oshirish uchun berilgan foydali tavsiyalarni o'qib boraverasiz.

Youtubedagi darsliklarim:

- React Native darsliklari;
- Nodejsda Telegram bot yasash;
- Nodejs yordamida video konferensiya sayt yasash;
- Nodejs yordamida CI/CD qilish.

@yunus_code

PS: Siz ham o'zingiz haqingizda qisqa ma'lumot qoldiring. )
🐳51👍22🔥19👏17💯11😢31🤯1
😢 Xayr Herokuning bepul tarifi

Yosh dasturchilarga o'z loyihalarini bepul joylashga yordam beruvchi, o'z ichida Redis, Postgres kabi databaselarni bepul tarif bilan taqdim qiluvchi Heroku hostingi bepul mahsulotlarini 28-noyabrda tugatar ekan.

Agar sizda biror loyiha bo'lsa, eng arzon pullik tarifga olib qo'ying.

@yunus_code
😢42👍13🏆21
Qaysi biri afzal hammaning javoblarini ochiq e'lon qilish yoki 1-2-3 javoblarni ismi bilan e'lon qilib, qolganini sariq, qizil, yashil rangda ko'rsatish yoki barcha balllarni ochiq e'lon qilish?
👍3
Frontendchilarga: Ish qidirayotgan bo'lsangiz, Babel, webpack, testing, PWA, Apollo, Socket mavzularini ko'rib chiqib qo'ying.
👍426
Tanlov o'z oxiriga yetdi va g'oliblarni tanishtirishdan avval shuni aytmoqchiman.

💪 Ko'p nomzodlar g'olib bo'lishga loyiq va juda yaxshi ish ko'rsatishgan. O'z ustilarida shu kesimda ishlashni davom etishsa, yaqin orada katta kompaniyalar ularni ishga olishi aniq.

📊 Ammo, biz bu ishlar orasidan faqatgina 3 kishini saralab olishimiz kerak edi va biz eng yaxshi 3 ta ishni saralab oldik.

🥇G'oliblar bilan tanishing:

1. @nizamoff - 1 yillik Telegram premium
2. Jakbaraliyev Yorqinjon - 3 oylik Telegram premium bilan
3. Otabek Sharipov va tanlovda qatnashgan barcha - Foundation kursiga bepul kirish huquqi bilan taqdirlanadi.

👥 Tanlovda qatnashganlardan ko'pchilik maqsad sovg'a emasligini, o'z imkoniyatlarini sinashganini aytishdi. Manimcha tanlov barcha uchun manfaatli bo'ldi.

PS: Agar qandaydir e'tiroz bo'lgan bo'lsa, tanlov kanalidagi guruhda yozishingiz mumkin va man albatta bunga javob beraman.

Sovrinni berish uchun shaxsiy profilimdan tez orada sizlarga bog'lanaman. Barchaga rahmat.

@yunus_code
🏆140👍9🎉4🐳42🔥1🙏1
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Tanlov o'z oxiriga yetdi va g'oliblarni tanishtirishdan avval shuni aytmoqchiman. 💪 Ko'p nomzodlar g'olib bo'lishga loyiq va juda yaxshi ish ko'rsatishgan. O'z ustilarida shu kesimda ishlashni davom etishsa, yaqin orada katta kompaniyalar ularni ishga olishi…
Premium funksiyasi tekshirildi. Sovrinlar egalari qo'lida. Yaqin orada qolgan sovrinlar uchun ham link yaratilib tanlov natijalari kanalida ulashiladi.

Yana shunday tanlovlar bo'lishini istaysizmi? Ha bo'lsa 🦈 ni ustiga bosing.
🐳516🤣15🏆14👍11💯7🤯3😱3💩32🤮2🥴2