Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
​​Ba'zan shunday daqiqalar bo'ladi-ki, umuman kodga qaragisi kelmay qoladi odamni. Shunday holatlardan chiqish bo'yicha sinalgan tavsiyalar!

1. To'yib, bo'kkuncha uxlash. Va uyqu holatini tartibga solish.
2. Yaqin insonlar bilan, kodga aloqador bo'lmagan mavzularda gaplashish.
3. Ingliz tilida kino ko'rish. (Nega ingliz tilidaligini bilmayman. So'zlarni tushinishga qiynalib, ancha kodlardagi muammolar esdan chiqishi uchundir, balki)
4. Oynada sochlari to'zg'igan yuzga ozgina qarab turish. Ko'zlaringizga qarab turing. Ancha narsani eslaysiz.
5. O'zingizga yegulik tayyorlang.
6. Hamma yaqinlarga yozib chiqing. Ayniqsa karantinda shu usul yaxshi. Ozgina hol-ahvol so'rash bilan ancha ko'ngil ko'tariladi.
7. Quloqchinda tinchlantiradigan biror nima eshiting.

Keyin kodlarni tuzating.

Manavi video esa shunchaki kayfiyatni ko'tarish uchun. 😀

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Muhammadjavohir Sur'atov bilan onlayn muloqot

Najot Ta'lim markazi siz azizlar tomonidan bo'layotgan takliflar va istaklarni inobatga olgan holda ayni damda veb dasturlash bo'yicha mutaxassis hamda Najot Ta'lim markazida veb dasturlash kursidan o'qituvchi bo'lib faoliyat olib borayotgan Muhammadjavohir Sur'atov bilan Najot Ta'lim YouTube kanalida suhbat uyushtiradi.

Mazkur suhbat orqali siz:

🔹 Dasturlash kimlar uchun?

🔹 Dasturlashni o'rganishni qachon boshlash kerak?

🔹 Dasturlash: o'rganish, o'rgatish va amaliyot va boshqa mavzular bo'yicha juda qiziqarli va foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Suhbat Juma kuni soat 21:00 da jonli efir tarzida bo'lib o'tadi.

Jonli efirni o'tkazib yubormaslik uchun sahifamizga obuna bo'lib eslatma uchun qo'ng'iroq tugmasini bosib qo'ying!😊

🗓 Sana: 15.05.2020
🕘 Soat: 21:00

🔴 YouTube: https://youtu.be/B4Rf6KcfmVk

📌 O'zingizni qiziqtirgan savollaringizni izohlar orqali qoldirishingiz mumkin!
Kiramiz, ko'ramiz. Ustozimiz bilan online muloqot bo'ladi. @mayoquz ustozni kanallari. Follow dermidi instagramda 😀
Tekshirib ko'ring, sizda youtube ishlayabdimi? Ikki qurilma orqali tekshirdim, yuklamayabdi :(
Anonymous Poll
73%
Ishlayabdi
27%
Ishlamayabdi
Bo'ldi ishladi
​​Sizga dasturlashni o'rgatamiz deyishsa-yu, o'zlari botlarini servislar orqali yasashgan bo'lsa mani reaksiyam. 😀
Forwarded from Najot Ta'lim
Live: Muhammadjavohir Sur'atov bilan onlayn muloqot

Avvalgi suhbatda internet sifati past bo'lganligi uchun Najot Ta'lim markazi jonli efirni qaytadan o'tkazmoqda.

Suhbatni bir necha daqiqadan so'ng Najot Ta'lim YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Soat: 23:00

YouTube
: https://youtu.be/ipWrgnyzYcs
Facebookda "O'quv markazlari faqat 'Hello World' ni o'tishadi" deb tosh otishibdi. @najottalim ga birinchi kirgan kursimdagi arxivlar saqlanib qolgan. Video qilaylikmi?
Facebook profilimda 19-may kuni soat 22:00 da "Dasturlashni boshlamoqchiman?" deb nomlangan JONLI EFIRimiz bo'ladi.

Jonli efirda:
- Viloyatda dasturlashni o'rganish;
- O'zbekistonda dasturlashni o'rgansa bo'ladimi?;
- Qancha daromad qila olaman?;
- 20.000$;
- Qanday kitoblar o'qishim kerak?;
- Qaysi dasturlash yo'nalishidan ketay?;
- Eski dasturlar to'la Play akkountni sotib olsam bo'ladimi?;
- "Qiz bolaman, man ham dasturchi bo'lsam bo'ladimi?";
- va boshqa ko'plab savollarga javob beriladi.

Efir vaqtida savollaringizni berishingiz mumkin. @muhammadyunusuzbot orqali ham qiziqqan savollaringizni jo'natib qo'yishingiz mumkin.

Shu profilda jonli efir qilinadi. Facebookdan foydalanmaydiganlar uchun Zoom yoki Youtubeda ham efirni birgalikda uzatishni reja qilganmiz.

@muhammadyunus_uz
​​Internet tezligi biroz tushib ketdi. Agar ko'tarilmasa, efirda video o'chirib qo'yiladi. :(

Yashasin UzTelecom 😀
Shu link orqali efirga kirishingiz mumkin bo'ladi.

https://www.youtube.com/watch?v=FlW9Cbco5aU&feature=youtu.be
Internet tezligi pand beryabdi 🤦‍♂️.

Facebook orqali uzatishga harakat qilaman.
Youtube ga yuklayabman efirni. Tez orada Youtube orqali ko'rish imkoniyati bo'ladi.