Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Juda hackerlarni maqtab yubordinglar. O'zimizdan ham shunday shovvozlar chiqishgan. "Clone Security Uzbek Black Hat Team" haqida.

Clone-Security (inglizcha: Clone - Qiyofadosh , Security - Xavfsizlik) — Oʻzbek hakerlik guruhi, shuningdek Markaziy Osiyoda birinchi xakerlik guruhi hisoblanib maʼlumotlarga qaraganda 2011-yilda tashkil topgan va shu kungacha turli xil davlatga qarashli va nodavlat saytlarga hujumlar uyushtirgan. Ayrim ma'lumotlarga asoslanganda guruhning maqsadi Oʻzbekistonda axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilganligi aytiladi.

Qilgan hujumlari:

- 2013-yil 20-fevralida guruh Qirgʻizistonning qator hukumat saytlarini, shu jumladan, Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti, Davlat Mulkini boshqarish fondi rasmiy sayti, Bishkek poytaxt munitsipalitenining onlayn xaritasi, Milliy Xavfsizlik Xizmati: Terrorizmga qarshi kurashish bo'limi rasmiy sayti, Axborot Texnologiyalarini rivojlantirish markazi saytlariga birdaniga hujum uyushtirgan va saytlar defays qilinib bosh sahifasida "Clone-Security:MY PROTIV RASIZMA!!!" (rus. BIZ IRQCHILIKKA QARSHIMIZ!!!) yozuv va gurux logotipi qoldirilgan.Hujumlar Qirg'iziston rasmiylari va OAVlarining qizg'in muhokamalariga sabab bo'ldi;

- 2013-yil 12-iyunida guruh Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi , Professional Futbol Ligasi rasmiy saytlariga va O'FFning rasmiy twitter sahifalariga (@uzbffonline @theuffdotcom @pfluz @uzbff) shuningdek O'FF rasmiylarining elektron pochta manzillariga hujumlar qilgan va #OpUZBvKOR , #OpWhereisSecurity deb nomlangan aksiyalar uyushtirib saytlarni defays holatiga keltirgan.O'FF rasmiy saytlarida paydo bo'lgan sahifada «TJ JCHga chiqolmapti… Ha Chiqolmadiyamda!» deb yozilgan. Shuningdek , saxifada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga demotivator surat joylashtirilgan bo'lib , uning ostida «Автогол зўр чиқди-а?» deb yozilgan.Bu harakatlarni guruh Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2014 saralash bosqichi doirasida, safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga hisobni boy berganiga reaksiya sifatida amalga oshirgan.

Lekin hozir qayergadir yo'qolib qolishgan.

Manba
: Wikipedia

@muhammadyunus_uz
Birozdan so'ng Javanoscript bo'yicha 1-darsni kanalga yuklayman. 2 kunlik karantinda dars ko'rib ancha narsa o'rganamiz inshaAllah
Nout"bek"ni ustiga bir piyola dinay to‘kilib ketdi. Touchpad o‘zicha birnimalar qilyabdi. Davosi bormikan? 😕
Facebookni tushunsa bo'ladi. Hamma norozilik bildiryabdi. Bloklashga sabab bor. Olxda nima ayb biradlar. 😢

@muhammadyunus_uz
Brolar. Konsentrator kislorod kerak. Arendami, sotib olishgami bo'laveradi. Kimda bo'lsa yoki tanishida bo'lsa manga yozishsin. Iltimos.

@muhammad_yunusoff
Rahmat hammaga, Alloh rozi bo'lsin hammangizdan. Topildi. Alhamdulillah, keyinchalik qidirmasligingiz uchun kanal ochib qo'yaman, kimga kerak bo'lsa man to'plagan ma'lumotdan foydalanaverishadi inshaAlloh.

https://news.1rj.ru/str/konsentrator_kislorod
Anticorruption.uz saytida ozgina mushakbozlik qilishibdi, bunday qilish uchun dasturlashni mukammal bilish kerak emas. Sabab bunday saytlar qog'ozda 100-150 millionga qilinsada, aslida 5-6 millionga qilinadi. Mehr berilmaydi. :)

@muhammadyunusuz
https://www.youtube.com/channel/UC80v56_px8LjAg_nTfVgyRw

Ustozimiz Muhammad aka Youtubeda kanal ochishibdi. Dars sifati zo'r. Uni ustiga Macbook ni eng oxirgisida yozilgan. Ovozlarni hamma effecti joyida 😀

Muhammad Najimov Najot ta'lim da Backenddan dars o'tishadi va yaqin kelajakda iOSdan dars o'tishsa kerak.

Xayratlanmang, Najot ta'limda hamma dasturchilar Muhammad 😁.
Muhammad Javohir aka (@mayoquz), Muhammad aka (@najimov), Muhammad Xalil aka, Man 😁.

Rasmda man, Muhammad aka, Xudoyorxonni saroyi. 😑 Ko'zim mashnaqa chiqqan lekin )
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Senda hali IMKON bor!

Najot Taʼlim markazi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yurtimizda IT sohasini rivojlantirish hamda bu sohani jamiyatning har bir qatlamiga yetkazish maqsadida, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, nogironligi boʻlgan yoshlarga zamonaviy kasblarni bepul oʻrgatish maqsadida IMKON nomli loyihaga start berganini maʼlum qiladi.

Ushbu loyiha orqali, nogironligi boʻlgan yoshlarni sifatli taʼlim, zamonaviy kasb bilan taʼminlash, hamda, ularga yana-da farovon hayotni taqdim etish maqsad qilingan.

Unga koʻra, 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor shaxslar Najot Taʼlim markazidagi quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha maxsus reja asosida mutlaq bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi.

1. Web dasturlash

2. Grafik dizayn

3. Moushn grafika

4. SMM

Darslar yoʻnalishlarga koʻra, 2 oydan 5 oygacha onlayn tarzda olib boriladi. Kurs soʻnggida har bir bitiruvchi ABUTECH digital kompaniyasida bepul amaliyot oʻtashi taʼminlanadi.

Maxsus rejaga muvofiq, markaz shu yilning oxiriga qadar 200 nafar ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar nogironligi boʻlgan yoshlarni onlayn tarzda bepul oʻqitib, ish topishga koʻmaklashishni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻygan.

Najot Taʼlim markazi ushbu loyihani nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning ota-onalariga yetkazish uchun keng jamoatchilik, bloger va OAV xodimlaridan koʻmak soʻrab qoladi!

Najot Taʼlim jamoasi Imkon loyihasini millat va vatan oldidagi burchi oʻlaroq, jamiyatning har bir aʼzosi yaxshi yashash, yaxshi daromad topish huquqiga va imkoniyatiga ega boʻlishiga hissa qoʻshish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirmoqda.

👉 Batafsil

📲 Onlayn ro'yxatdan o'tish

👨‍💻 Administratorga yozish

📞
Tel: +998712001123

YouTube | Instagram | Telegram | Facebook
Loyihani qo‘llab quvvatlayman. Bu haqida kechroq batafsil yozaman. 😀
Brolar sisterlar barchangizga bayram muborak. Bayram uchun tabriklar biroz kechikyabdi, tez orada bot orqali yasash imkoniyatini qo'shamiz.
Forwarded from Ikhlas Pro News
⚡️ Va nihohat botlarimiz orqali tabrik yasash imkoniyati paydo bo'ldi.

🔹 Ayni damda bosimni kamaytirish maqsadida 3 ta bot bir vaqtda ishlab turibdi.
🔸@Ikhlas_Pro_Prayer_Times_Bot (Rasm yasash mumkin)
🔸@Ikhlas_Pro_Photo_Bot (Rasm yasash mumkin)
🔸@Ikhlas_Pro_Photos_bot (Rasm yasash mumkin)

@ikhlas_pro
Forwarded from FEATURE.UZ
​​Mashhurlarning Twitter sahifalari 17 yoshli o‘spirin tomonidan buzilgan ekan😱

Bilasiz, 16-iyulga o‘tar kechasi Twitter'da keng miqyosli hak ro‘y berdi, Elon Musk, Bill Geyts, Jeff Bezos, Barak Obama, shuningdek, Apple va Uber singari 130 ta taniqli akkauntlar buzib kirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqeada aybdor AQShning Tampa shahrida yashovchi 17 yoshli o‘smir bo‘lib, u 31-iyul kuni hibsga olingan.

Twitter, hibsga olishdan bir kun oldin e’lon qilgan xabarda, bir guruh kompaniya xodimlari telefon orqali fishing hujumi qurboni bo‘lganliklarini aytishgan.

Tasavvur qilyapsizmi 17 yoshli o‘smir... Bizda 17 yoshli o‘smirlar...

@featureuz / #twitter #hak
#comment

17 yoshli bro dunyoni IT yetakchilarii ustida shunday kuldi. Sizni 17 yoshli ukangiz nima qila oladi?

Javobni kommentda qoldiring!
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
#comment 17 yoshli bro dunyoni IT yetakchilarii ustida shunday kuldi. Sizni 17 yoshli ukangiz nima qila oladi? Javobni kommentda qoldiring!
Bu uchun yoshlarimiz aybdor emas. Bu haqiqat. Kim aybdor deb savol berishni o'rni emas. Buni aybdori kim ekanini hammamiz bilamiz.
Imtihonlarni onlayn qilinglar iltimos!

Bugun 1-avgust. Yaqin yillardan beri aloqa signallari uzilmaydigan kun. Yaqin yillardan beri abituryentlar talpa-talpa bo'lib eshik tagida yig'ilmaydigan kun. (Baribir bu yil yig'ilolmasdiyam.)

Maqsadga o'taman. Ayni paytda butun dunyoda barcha ta'lim masofaviy tarzga o'tkazilgan. Ta'lim bilan bir shaklda imtihonlar ham.

Xalq ta'lim vazirligida 3 ta zahira rejasi bor ekan: Birinchisi maktablarga qaytish rejasi. Bu reja katta ehtimol bilan bu yil amalga oshmaydi. Vaziyat nazoratdan chiqib ketgan. Hech qaysi ota-ona bolasini maktabga jo'natmaydi. Ikkinchisi darslarni masofaviy shaklga o'tkazish. Bu haqiqatga yaqinroq, lekin bu haqida keyinroq yozaman. 3-chisi istalgan kishi maktabga boradi. Davomat erkin bo'ladi. Istaganlar onlayn, istaganlar maktabga borib o'qiydi. (Hammasidan voz kechamiz varianti).

Lekin bu yilga OTMlar uchun imtihonlar qayerda bo'lishini aytishmadi. Yoki man eshitmadimmi?

Imtihonlarni onlayn qilishlari shart va majbur! Chunki ayni paytda Toshkentda imtihon bo'ladigan barcha markazlar bemorlarga to'la.

Onlayn qilaversin deganlar uchun, shaxsan man onlayn imtihonga qatnasha olmayman. Sabab biz yashaydigan joy shahar maqomiga ega bo'lsada, Uzmobilega 4 marta ariza yozgan bo'lsakda, na simdan, na aloqa signalidan darak bor. Man kabi yoshlar 50% dan oshiqni tashkil qiladi. 500kbs internet tezligida o'tiribmiz.

Umid qilaman-ki, XTV da bunga biror yechim bor. Agar imtihonlar offlayn bo'ladi deyishsa, virusni umuman nazoratdan chiqarishadi.

PS: Man birorta OTMga hujjat topshirmadim. O'zim uchun qayg'urib yozmadim.

@muhammadyunus_uz
👍2
Telegram android uchun beta versiya. Video qo'ng'iroqlar bor emish.

Siz buni yuklab olasiz, o'zingizdagini o'chirib qaytadan buni o'rnatasiz. Keyin do'stingizga qo'ng'iroq qilib, pastdagi video tugmasini bosasiz.

@muhammadyunus_uz