Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
#comment

17 yoshli bro dunyoni IT yetakchilarii ustida shunday kuldi. Sizni 17 yoshli ukangiz nima qila oladi?

Javobni kommentda qoldiring!
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
#comment 17 yoshli bro dunyoni IT yetakchilarii ustida shunday kuldi. Sizni 17 yoshli ukangiz nima qila oladi? Javobni kommentda qoldiring!
Bu uchun yoshlarimiz aybdor emas. Bu haqiqat. Kim aybdor deb savol berishni o'rni emas. Buni aybdori kim ekanini hammamiz bilamiz.
Imtihonlarni onlayn qilinglar iltimos!

Bugun 1-avgust. Yaqin yillardan beri aloqa signallari uzilmaydigan kun. Yaqin yillardan beri abituryentlar talpa-talpa bo'lib eshik tagida yig'ilmaydigan kun. (Baribir bu yil yig'ilolmasdiyam.)

Maqsadga o'taman. Ayni paytda butun dunyoda barcha ta'lim masofaviy tarzga o'tkazilgan. Ta'lim bilan bir shaklda imtihonlar ham.

Xalq ta'lim vazirligida 3 ta zahira rejasi bor ekan: Birinchisi maktablarga qaytish rejasi. Bu reja katta ehtimol bilan bu yil amalga oshmaydi. Vaziyat nazoratdan chiqib ketgan. Hech qaysi ota-ona bolasini maktabga jo'natmaydi. Ikkinchisi darslarni masofaviy shaklga o'tkazish. Bu haqiqatga yaqinroq, lekin bu haqida keyinroq yozaman. 3-chisi istalgan kishi maktabga boradi. Davomat erkin bo'ladi. Istaganlar onlayn, istaganlar maktabga borib o'qiydi. (Hammasidan voz kechamiz varianti).

Lekin bu yilga OTMlar uchun imtihonlar qayerda bo'lishini aytishmadi. Yoki man eshitmadimmi?

Imtihonlarni onlayn qilishlari shart va majbur! Chunki ayni paytda Toshkentda imtihon bo'ladigan barcha markazlar bemorlarga to'la.

Onlayn qilaversin deganlar uchun, shaxsan man onlayn imtihonga qatnasha olmayman. Sabab biz yashaydigan joy shahar maqomiga ega bo'lsada, Uzmobilega 4 marta ariza yozgan bo'lsakda, na simdan, na aloqa signalidan darak bor. Man kabi yoshlar 50% dan oshiqni tashkil qiladi. 500kbs internet tezligida o'tiribmiz.

Umid qilaman-ki, XTV da bunga biror yechim bor. Agar imtihonlar offlayn bo'ladi deyishsa, virusni umuman nazoratdan chiqarishadi.

PS: Man birorta OTMga hujjat topshirmadim. O'zim uchun qayg'urib yozmadim.

@muhammadyunus_uz
👍2
Telegram android uchun beta versiya. Video qo'ng'iroqlar bor emish.

Siz buni yuklab olasiz, o'zingizdagini o'chirib qaytadan buni o'rnatasiz. Keyin do'stingizga qo'ng'iroq qilib, pastdagi video tugmasini bosasiz.

@muhammadyunus_uz
Marafon davom etyabdi. 😊
Maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O
‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mutasaddilarga yer maydoni va suv hisobini yuritishning elektron tizimlarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

«Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Yig‘ilishda bu yetarli emasligi ta'kidlanib, soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kelgusi o‘quv yilida «1 million dasturchi» loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta'kidlandi.

Manba: Kun.uz

@muhammadyunus_uz
🥳 Frontend va Backend dan online video kurs boshlanmoqda! (O'ylaganingizdan ancha arzon narxda)

📄 Kurs davomida quyidagilar o'tiladi:
- Boshlang'ich frontend (HTML, CSS, Bootstrap);
- Boshlang'ich javanoscript;
- Boshlang'ich backend (Nodejs, Postgresql, EJS);
- Domenlar bilan ishlash;
- Qilingan ishni serverga qo'yish;

🎞 Kurs video shaklda online olib boriladi. Ertalab darslar tashlanadi, kechroq savollar va zoom orqali muhokama bo'ladi.

🎁 Kurs davomida online darslar uchun platforma misol tariqasida yasaladi.

😎 Kursni o'qituvchisi o'zim.

💸 Kurs narxi: 35$/oyiga.

⌚️ Kurs davomiyligi: 4 oy. (Bu videolar uchun muddat, imtixonlardan yiqilganlar, qaytib videolarni ko'rib imtixon topshirishadi)

📞 Aloqa uchun: @muhammad_yunusoff ga yozaveringlar.

😌 Bepul darslarimga kirganlarga 50.000 so'm chegirma;

@muhammadyunus_uz

——————————————————————————

😇 Aytgancha, yaqinlarga bu postni tarqatish tekin ))
Bugun dtm.uz da ruxsatnomalar chiqar ekan. Server otib yuborgan.

Ozgina qo'shsangiz, kuchliroq server berardi-ku :)
Otib yuborishini sabablari nimalar?

1
. Sayt php da qilingan. Php async ishlamaydi. Ya'ni bir ishni tugatib, keyin keyingi bosqichga o'tadi.

2. Qimmat server olinmagan.

3. Kodlar yaxshi yozilmagan. Ro'yxatdan o'tishda oti yuborganda, sql kodlarini ko'rgandim.

4. Ajratilgan pulni hammasiga dastur uchun ishlatish kerak edi.

Sizningcha qaysi sabab haqiqatga yaqinroq?

@muhammadyunus.uz
@halol_ish_bot botini yasagan edik. Obunachilar soni 151000 dan oshibdi.

Tezligini tekshirishingiz mumkin.

Dasturlash tili
: Nodejs
Baza: Mysql
TelegramLibrary: node-telegram-bot-api

@muhammadyunus_uz
Nima uchun Javanoscriptni o'rganishimiz kerak? Chunki hamma kompaniyada Jschiga ish topiladi. :)

@muhammadyunus_uz
Forwarded from <DevCon /> (DevCon Admin)
#beeline #boykot #internet

Yuz-yuzdan yig'ib turinglar deb aytgandima))

Bir necha kun oldin Beeline 4G unlim oy xizmatidan kompyuter qurilmalarida wifi hotspot orqali foydalanish yo'lni topganimni facebook sahifam orqali aytgan edim.
Ko'pchilik albatta bunga qiziqdi. Faqagina birgina muammo buyerda sozlash jarayonida edi. Shu sabab ham oddiy foydalanuvchilarga qulaylik yartish uchun kichik dastur va qo'llanma ham yozdim.

Quyidagi link orqali siz o'z qurilmalaringizni sozlab atiga 50000 so'm oylik to'lov evaziga harbqanday qurilmada cheksiz internetdan foydalanishingiz mumkin.

Do'stlarg ulashish tekin #yesli46 😉

https://telegra.ph/Oluvringlar-bitta-4G-unlim-xizmati-orqali-davlatimiz-qashshoqlashib-qolmaydi-08-27
Tug'ma omadsizlik...

Ba'zan do'stlarimni ba'zilarini "tug'ma omadsizman" degan gaplarini eshitib qolaman. Ularni eshitib jamiyatda adolat, tenglik degan narsa hech qachon bo'lmagandek tuyuladi go'yo. Nega deysizmi?

Masalan san tug'ilding, aqlingni taniy boshlading, oyog'ing shol, yurmayabdi. Hamma do'stlaring futbol o'ynayabdi, san esa ularni kuzatib o'tiribsan...

San maktabdasan. 6 soat dars tugadi. Hammani otasi olib ketdi. Seni esa olgani hech kim kelmagan...

Ulg'ayyabsan, do'stlaring avvaliga eng so'nggi rusum telefonni ishlatadi, har kuni yangi kiyim kishishadi, sen endi telefon olganingada ularni otasi mashina olib bergan bo'ladi. So'nggi rusum kompyuteri bo'ladi. Senda esa...

Universitetga kirishing kerak. 3 yil maktabda eng shirin davrdan kechib harakat qilasan. O'qiysan, qizlar, oyin kulgudan kechib. Avgust. O'zing yoqtirgan sohaga topshirding. Lekin sen kirolmading. Toshmat esa maktabda qizlar bilan yurardi. Karra jadvalini ham yoddan aytib berolmaydi. Lekin u grantga kiribdi. Sababi seni otang prokuror emas...

Adolatsiz hayotdan zerikdim, uylanaman deb o'zing yaxshi ko'rgan qizga sovchi qo'yasan. U ham seni yaxshi ko'radi. O'ziga qolsa uyidan chiqib sen bilan ketadi. Lekin sen bilan birga bitta 30 ga kirgan birad ham sovchi qo'ygan bo'ladi. Seni mashinang yo'q. Sevging, shaxsing qiziq emas, yoringni boyroqqa berib yuborishadi...

Ha, achchiq bro. Sanda matritsadagi kabi tanlash huquqi bo'lmagan. Sani nochor, nogiron yoki otasiz tug'ilishingni o'zing tanlamagansan. Lekin senda super qahramon bo'lish uchun imkoniyat bor.

Who am i? kinosida bir ibora manga juda yoqqan.

"Men doim super kuchli super qahramon bo'lishni istardim. Man hech kim qilmagan narsalarni qilishni istardim. Men hayotda ham allaqachon super kuch edim. Man ko'rinmas edim. Barcha super qahramonlarni ayanchli xotiraga ega oilasi bo'lgan. O'rgimchak odamni ota onasi o'lgan. Betmenni oilasi o'ldirilgan. Supermenni ota onasi yo'q qilingan.

Manda bularni barchasi yetarli edi. Mani otam tug'ilganimizda bizni tashlab fransiyaga ketgan edi. Men u bilan uchrashgaganman. Xuddi buvimdek. Uning ham otasi urushdan qaytib kelmagan. Undan faqat urushdan qolgan 3 ta o'q qoldiqlar qolgan edi. Onam esa 8 yoshimda o'z joniga qasd qilgan. Qahramon uchun haqiqiy o'tmish."

Stiven Hoking nogiron edi, Stiv Jobs yetim, daromadi 300 ming dollardan oshadigan Taysonni esa shunchaki o'qigani puli bo'magan edi.

Who Am I filmidagi Benjamin aytganidek, super hero bo'lish uchun balki aynan siz tanlangandirsiz...

Manashuni ko'ringlar: https://youtu.be/VzoKkdUdnVY?start=750&end=854

Bro, harakat qil, Super Hero bo'l 😎

______________________________________________________________

Aytgancha, ertaga Najot Ta'limni Imkon loyihasi bo'yicha dasturlash kurslari start oladi. 😉

Imkon loyihasi haqida bu yerda: https://news.1rj.ru/str/najottalim/971

@muhammadyunus_uz
👍2
Toshkent. Sebzor. 5 ta bankomatdan pulimni naqd qila olmadim. Banklarda tirbandlik. Bankomatlar ishlamayabdi.
Maqolalarni sayt orqali o'qish qulaymi yoki telegra.ph dami?

PS: Sayt ham tepegraph kabi ochiladi.
Anonymous Poll
26%
Sayt bo'lsin, bir mazza qilaylik.
74%
Telegra.ph da bo'sayam mayli