Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
screencapture-myteam-org-netlify-app-2020-11-08-11_47_18.png
13 yoshlik natijalar
Dasturlashga ilk kirib kelganimda 15 yoshda edim. Ustozim w3school bo'lgan. Balki shu uchunmi, ishlash uchun yetarli bilimni 4 yil yo'qotib o'rgandim. Lekin shunda ham o'zimni eng yosh dasturchi deb o'ylar edim. Pastdagi voqealar bo'lgunicha:
-> Ayni vaqtda Najot Ta'limda uchta pro 15 yoshdan kichik o'quvchini ko'rdim. Bittasi Usmon. Ayni paytda Fullstack kursida Frontendni tugatyabdi. Ishlari "4otki". Shu yoshdagi natijaga qoil qolmasdan iloj yo'q. Ikkinchisi SaidAzim. 1 oy bo'ldi o'qishni boshlaganiga. Imtihondan 3-o'rinda o'tdi. Tezlik zo'r ketyabdi. Oxirgisi Bahodir. Yoshi aniq esimda emas, lekin bilimi ancha kuchli.
-> Bu gaplarni maqtanish uchun yozmayabman. O'zbekistonda minglagan bunday iqtidorli bolalar bor. Agar resurslar to'g'ri sarflanib, ta'limga to'g'ri yo'naltirilganda, biz oltin sotib emas, bilim sotib iqtisodni ko'tarayotgan bo'lar edik. Ota-ona farzandi uchun kiritadigan eng bardavom aktivi bu farzandining bilimiga kiritgan aktividir. Bu maqolani o'qiyotgan 70% odam 15 yoshida ko'chada futbol o'ynab yurardi. O'qish, farzandlarni o'qitish kerak. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
@muhammadyunus_uz

20 daqiqadan keyin 40 daqiqa gaplashamiz. :)) Ungacha bir projectimni buglarini yopib turaman.
Efirda aytgan manbalarim:
mayoq.uz - MuhammadJavohir akani darslari
uplabs.com - pullik va bepul maketlar olami
Link - Saidbek Arislonov Youtube kanali
Link - Farhod Dadajonov kanali
Birinchi efir, tezlik va xatolar uchun uzr. Keyingi efir yakshanba 21:00 da. :))

👍1
Forwarded from Aziz Rahimov
Meni shundayligimcha qabul qil.
Haqiqiy do'stlar seni boringcha qabul qilishadi - bo'lmagan gap.
Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p tarqalgan statuslardan biri, yuqoridagi so'zlar. Juda yuzaki va pafos uchun aytilganligi 300 km dan bilinib turibdi. Seni boring bo'yicha faqat ota-onang qabul qiladi. Chunki boshqa yo'li yo'q (o'zing pishirgan osh deganlaridek).
Haqiqiy do'stlar (ulfatlar emas), seni qanday bo'lsang shunday qolishingga rozi bo'lmaydi. Ular seni o'sishingni, rivojlanishingni, odobliroq, aqlliloq, boyroq bo'lishingni xohlashadi. Xatolaring bo'lsa yuzingga aytishadi, gunoh qilishingga rozi bo'lishmaydi.
O'z fikrini va hayot tarzini (yaxshi tarafga) o'zgartirishdan bosh tortayotgan odam yutqazadi. Bu kibr belgisi. "Borim shu, shundayligimcha qabul qil" - o'z aybini (dangasaligini) berkitish uchun bir bahona xolos.
O'zingdan o'zing bir so'rab ko'r. Do'stlaring bilan nega vaqt o'tkazayapsan? Ulardan ilm, tarbiya, tajriba, axloq olayotganing uchunmi yoki ular ham rijovlanmaganligi sababli senga ular bilan vaqt o'tkazish qulay bo'lganigami?
Agar ikkinchi variant bo'lsa, ularni tark etishga shoshilma. Sen parovoz bo'l. O'zingda borini ularga ber. Qaysidur insonlar menga shunday qilganligi uchun ham men hozir ulardan o'ta minnatdorman.
P.S.
"Ezvordiz aka, bo'ldi o'zimni rivojlantirishga tayyorman, eting nima qilay?" degan nido paydo bo'lgan bo'lsa ichingda, bu maqola o'z vazifasini bajaribdi.
"Tursumboy tormoz bo'lgani uchun undan kechishim kerak ekan endi" degan fikr kelgan bo'lsa, maqolani oxirigacha o'qimabsan. Chiq tepaga. 😂
@azizrakhimov_blog

Ixtiloflardan zerikdi odam, asli chirib borayotgan bo'lsa ham, barcha o'zi o'rgangan til va frameworkni maqtayveradi. Ayrimlar o'zlarini Wordpress Engineer deganlari kabi.
=> Siz php, nodejs, java, python da yozsangizam, shu tilda mukammal hamma ishni qila oling.
=> Siz Crossda yozasizmi, Nativeda yozasizmi oxirigacha yozing. Agar siz Native zo'r desangiz-u, qilayotgan appingiz man yasayotgan Crossdagi dasturchalik bo'lsa uni gapirmaganingiz ma'qul :))
=> Agar siz eskirib borayotgan biror texnologiyani ichiga kirib qolgan bo'lsangiz, tezda undan chiqib, yangi chiqqan, yoshroq texnologiyani o'rganing. Shu texnologiyani maqullab o'lib ketmang. Wordpressni o'zini ustasi bo'lsangiz, phpni o'rganing, html css o'rganing.
Masalan man yaqin kelajakda Mobile development uchun Swiftni, Backend uchun Deno ni o'rganish niyatidaman.
Man barcha developerlarni hurmat qilaman, albatta o'z sohalaridan boshqasini yomonlamagan holatlarida. Backendga Firebase yetadi deydigan Frontchi, Frontga Bootstrap yetadi deydigan Backendchi bo'lib qolishdan Alloh asrasin.
Aytgancha pastda so'rovnoma tashlayman, endi shanba kuni suxbatlashamiz :))

Qaysi mavzuda gaplashganimiz ma'qul?
Anonymous Poll
15%
React native haqiqatdan ham garbagemi?
62%
Dasturchilikka birinchi qadam va qanday o'qish kerak?
23%
Javanoscriptda nimalar qilish mumkin?
Bu MuhammadHusayn va man. Muhammadni (ha bu ham Muhammad) shu yil yanvarda uchratganman. HTML ni ham yaxshi bilmas edi. Bir ikki video ko'rgan edi. Hozir noyabr. Fevraldan o'qishni boshlagan. Mart, Aprel, May, Iyun, Iyul, Avgust, Sentyabr, Oktyabr. Muhammad sentyabrdan biz bilan ishlashni boshlagan. 8 oyda mandan ustun bo'lsa ustun kam emas. Qanday o'qigan, qancha pul sarflagan efirda o'zi aytib beradi inshaAlloh. + Muhammad jamoadagi Graphql dan ancha kuchli kadr. Muhimi vaqt emas harakat. 4 yillik tajribani 8 oyda to'plash hechnarsa emas. Faqat ishlash kerak.
Bro, san nima ortirding 8 oyda, karantinda? 4 kilogramm qorindan tashqari?

Yakshanba soat 21:00 da suhbat quramiz :)) Savollar hozirdan qabul qilib qo'yiladi)
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Yakshanba soat 21:00 da suhbat quramiz :)) Savollar hozirdan qabul qilib qo'yiladi)»
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
https://telegra.ph/Maktablardagi-jinsiy-tarbiya-darslari-haqida-11-14
Agar darslar dinga qarshi tarzda olib borilsa barchasidan voz kechamiz. "Faqat darslik to'g'ri ishlab chiqilib, yaxshi kadrlar qo'yilsa, manimcha yaxshi g'oya." degan joyi ham bor :))
Massonga ham chiqarvordinglar-e )
Massonga ham chiqarvordinglar-e )
Bir vaqtlar oilamizda shunday holat bo'lgan ediki, ro'molchani qadoqlovchi xizmatini bajarar edik. Bitta ro'molchani tahlash, unga karobka yasash, karobkaga solish va unga muhr yopishtirish uchun 15 so'm olar edik. 100 tasi uchun 1500. 1000 tasi uchun 15000 so'm olar edik. 1000 tani esa 3 kunda qilib bo'lar edik. Shunda ham oilam manga o'qish kerak deyishardi. Shu ro'molcha uchun 15000 to'ladim. Ko'z o'ngimdan o'sha vaqtda o'tkazgan 3 kunimiz o'tdi. Ota-onam manga bergan eng katta saboqlaridan biri bu sabr qilib, o'z yo'lidan adashmaslikdir.
Birinchi qor
Dasturlashni o'rganib turgan vaqtimda oilamdan pul olmas edim. Ota-onam har kuni qo'ng'iroq qilib puling bormi desa ham. Man fikrlashimcha, erkak kishi kuchga to'lib, aqlan boshqarilayotgan vaqtida ham dadasidan pul olib yurishi, uni hayotga nisbatan harakatini so'ndirib qo'yadi.
O'tkan yili birinchi qor yog'ganda oyog'imdagi krasovkamdan suv o'tib ketgan edi. Beruniy metrodan Najot Ta'limga yetib kelgunimcha. Ba'zan prinsiplarga sodiq qolish kerak.
Ota-onadan pul olib yashash yaxshi qaror emas. U o'qishga nisbatan ma'suliyatsiz qilib qo'yadi. Mayli Rollton yeng. Sizni katta qilguncha ota-ona minimal 40 yoshga kiradi. Bu vaqtda ular uchun yana bir katta insonni moddiy harajatlari katta og'irlikdir.
Juda bo'lmasa qayerdadir Freelancer ishlang. Kamroq pul oling. O'sha paytda nomini oshkor qilmaydigan akalarim bor edi. Ishim u pulga arzimasa ham shuncha oylik berishardi. Keyin Najot Ta'limga ishga kirdim. Alloh har bir bandasiga rizqini beradi. Ilm olish vaqtida bir-ikki kun och qolib ketish o'ldirmaydi insonni. Qolganlarni esa sababchi qilib qo'yadi.
Man ham farzandli bo'lsam xuddi shunday tarbiya beraman. 60 ga kirganda ham uni boqmasligim uchun.
Hozir ham o'quvchiman. Faqat endi ishlayman ham.
Qor esa oyog'imdan o'tgan sovuq suvlarni eslatib yubordi. Postdan o'zingizga kerakli narsani olarsiz. Man esa ishga ketdim :))

image_2020-11-20_23-58-14.png
153.2 KB
Yakshanba kuni kechga Bahodir bilan qanday qilib dasturlashni o'zi o'rganish (self study) haqida gaplashamiz. Ma'lumot o'rnida Bahodir Najot Ta'limda bilimlarini mustahkamlaguncha, allaqachon nodejsda real project uchun backend yozib ulgurgan edi. Savollarni shu yerda, botda va efir vaqtida qabul qilamiz ))
Diqqat yosh dasturchilar va SMM chilar :))
Yosh, frontend va backend dan yoki Social Media Marketingdan yetarlikcha tajribaga ega, o'z karyerasini yosh va kuchli komanda bilan boshlamoqchi bo'lganlarni @muhammad_yunusoff da rezyumelarini kutib qolaman.
Talablar:
Yosh 23 va undan kichik bo'lishi;
Dasturlashda: Github +
|— Frontend (HTML, CSS, JS, React);
|_ Backend (Nodejs yoki Python, Postgres yoki Mongo);
SMMda: (Facebook, Instagram, Telegram, Target, Canva da ishlay olish);
Rezyume bo'lmasa uni yozing :))
Yosh, frontend va backend dan yoki Social Media Marketingdan yetarlikcha tajribaga ega, o'z karyerasini yosh va kuchli komanda bilan boshlamoqchi bo'lganlarni @muhammad_yunusoff da rezyumelarini kutib qolaman.
Talablar:
Yosh 23 va undan kichik bo'lishi;
Dasturlashda: Github +
|— Frontend (HTML, CSS, JS, React);
|_ Backend (Nodejs yoki Python, Postgres yoki Mongo);
SMMda: (Facebook, Instagram, Telegram, Target, Canva da ishlay olish);
Rezyume bo'lmasa uni yozing :))
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
image_2020-11-20_23-58-14.png
Bugun soat 21:00da Youtube kanalimizda efirga start beramiz.