Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Yakshanba soat 21:00 da suhbat quramiz :)) Savollar hozirdan qabul qilib qo'yiladi)»
Efir 20 daqiqadan keyin boshlanadi
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
https://telegra.ph/Maktablardagi-jinsiy-tarbiya-darslari-haqida-11-14
Agar darslar dinga qarshi tarzda olib borilsa barchasidan voz kechamiz. "Faqat darslik to'g'ri ishlab chiqilib, yaxshi kadrlar qo'yilsa, manimcha yaxshi g'oya." degan joyi ham bor :))

Massonga ham chiqarvordinglar-e )
Bir vaqtlar oilamizda shunday holat bo'lgan ediki, ro'molchani qadoqlovchi xizmatini bajarar edik. Bitta ro'molchani tahlash, unga karobka yasash, karobkaga solish va unga muhr yopishtirish uchun 15 so'm olar edik. 100 tasi uchun 1500. 1000 tasi uchun 15000 so'm olar edik. 1000 tani esa 3 kunda qilib bo'lar edik. Shunda ham oilam manga o'qish kerak deyishardi. Shu ro'molcha uchun 15000 to'ladim. Ko'z o'ngimdan o'sha vaqtda o'tkazgan 3 kunimiz o'tdi. Ota-onam manga bergan eng katta saboqlaridan biri bu sabr qilib, o'z yo'lidan adashmaslikdir.
Birinchi qor

Dasturlashni o'rganib turgan vaqtimda oilamdan pul olmas edim. Ota-onam har kuni qo'ng'iroq qilib puling bormi desa ham. Man fikrlashimcha, erkak kishi kuchga to'lib, aqlan boshqarilayotgan vaqtida ham dadasidan pul olib yurishi, uni hayotga nisbatan harakatini so'ndirib qo'yadi.

O'tkan yili birinchi qor yog'ganda oyog'imdagi krasovkamdan suv o'tib ketgan edi. Beruniy metrodan Najot Ta'limga yetib kelgunimcha. Ba'zan prinsiplarga sodiq qolish kerak.

Ota-onadan pul olib yashash yaxshi qaror emas. U o'qishga nisbatan ma'suliyatsiz qilib qo'yadi. Mayli Rollton yeng. Sizni katta qilguncha ota-ona minimal 40 yoshga kiradi. Bu vaqtda ular uchun yana bir katta insonni moddiy harajatlari katta og'irlikdir.

Juda bo'lmasa qayerdadir Freelancer ishlang. Kamroq pul oling. O'sha paytda nomini oshkor qilmaydigan akalarim bor edi. Ishim u pulga arzimasa ham shuncha oylik berishardi. Keyin Najot Ta'limga ishga kirdim. Alloh har bir bandasiga rizqini beradi. Ilm olish vaqtida bir-ikki kun och qolib ketish o'ldirmaydi insonni. Qolganlarni esa sababchi qilib qo'yadi.

Man ham farzandli bo'lsam xuddi shunday tarbiya beraman. 60 ga kirganda ham uni boqmasligim uchun.

Hozir ham o'quvchiman. Faqat endi ishlayman ham.

Qor esa oyog'imdan o'tgan sovuq suvlarni eslatib yubordi. Postdan o'zingizga kerakli narsani olarsiz. Man esa ishga ketdim :))

@muhammadyunus_uz
image_2020-11-20_23-58-14.png
153.2 KB
Yakshanba kuni kechga Bahodir bilan qanday qilib dasturlashni o'zi o'rganish (self study) haqida gaplashamiz. Ma'lumot o'rnida Bahodir Najot Ta'limda bilimlarini mustahkamlaguncha, allaqachon nodejsda real project uchun backend yozib ulgurgan edi. Savollarni shu yerda, botda va efir vaqtida qabul qilamiz ))
Diqqat yosh dasturchilar va SMM chilar :))

Yosh, frontend va backend dan yoki Social Media Marketingdan yetarlikcha tajribaga ega, o'z karyerasini yosh va kuchli komanda bilan boshlamoqchi bo'lganlarni @muhammad_yunusoff da rezyumelarini kutib qolaman.

Talablar:
Yosh 23 va undan kichik bo'lishi;

Dasturlashda: Github +
|— Frontend (HTML, CSS, JS, React);
|_ Backend (Nodejs yoki Python, Postgres yoki Mongo);

SMMda: (Facebook, Instagram, Telegram, Target, Canva da ishlay olish);

Rezyume bo'lmasa uni yozing :))
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
image_2020-11-20_23-58-14.png
Bugun soat 21:00da Youtube kanalimizda efirga start beramiz.
Hamma shu yerdami?
Yaqin orada efirga link beraman, platforma sozlanyabdi.
Dasturlashni self study o'rganish mumkin bo'ladigan saytlar

MIT Open Courseware
: https://ocw.mit.edu/index.htm
Frontend Mento: https://www.frontendmentor.io/challenges
FreeCodeCamp: https://www.freecodecamp.org/
MDN: https://developer.mozilla.org
W3schools: https://www.w3schools.com/
Learn Javanoscript: https://learn.javanoscript.ru/

Bepul maketlar
UIStore
: https://www.uistore.design
Uplabs: Uplabs.com

Umumiy videodarslar, real loyihalar ham bor (playlistlarda)

Muhammadjavohir Suratov (
@mayoquz)
https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Saidbek Arislonov (@saidbekarislonov)
https://www.youtube.com/channel/UChEMatfOEAQuny-TIJidM8w

Farkhod Dadajanov
https://www.youtube.com/user/Farkhod1982

Muhammadyunusuz
https://youtube.com/c/muhammadyunusuz

Kadirov Dev (@kadirovDev)
https://www.youtube.com/channel/UCcjcQHyiSPtGMhpiCc4mGfQ

Rasul Ismoilov
https://www.youtube.com/channel/UCCFIjY7s0Ig5k0E-8ZMRNoQ

Usmon Masudjonov
https://www.youtube.com/channel/UCiEM_qGEH7AVJBQQClgX84Q

Bahodir Rajabov
https://www.youtube.com/channel/UCj2tLgzR7eJg-z_TrllTfrA

Javanoscript mastery
https://www.youtube.com/channel/UCmXmlB4-HJytD7wek0Uo97A

Dev Ed
https://www.youtube.com/channel/UClb90NQQcskPUGDIXsQEz5Q

The Net Ninja
https://www.youtube.com/channel/UCW5YeuERMmlnqo4oq8vwUpg

Ben Award
https://www.youtube.com/user/99baddawg

thenewboston
https://www.youtube.com/user/thenewboston

Programming with Mosh (Tuxumbosh)
https://www.youtube.com/user/programmingwithmosh

Traversy Media
https://www.youtube.com/user/TechGuyWeb

Web Dev Simplified
https://www.youtube.com/channel/UCFbNIlppjAuEX4znoulh0Cw

Владилен Минин
https://www.youtube.com/channel/UCg8ss4xW9jASrqWGP30jXiw

Real proyektlar:

Archakov Blog
https://www.youtube.com/channel/UCdldbhAwO16vjnDwACTs5gQ
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Youtube'da yangi loyiha boshladik!

Osmondagi bolalar - hayotning pasd-u balandiga qaramasdan o'z shijoat-g'ayrati bilan yuqori marralani zabt eta olgan, yoshlarga chinakam motivatsiya rolini bajarib beradigan insonlarni samimiy suhbat orqali o'zida jam qilgan yangi interaktiv ko'rsatuv.

Osmondagi bolalar ko'rsatuvining aktual missiyasi katta natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarni ommaga tanitish va ularni bu yo'ldagi xato, qiyinchiliklar, to'plangan tajribalarini jamiyat bilan bo'lishishdan iborat!

Ko'rsatuvning birinchi sonida telegramda 1 million obunachisi bor, 3D Max orqali uyquda ham daromad qiladigan IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimov bilan suhbatlashdik. Suhbat 25-noyabr soat 19:30 da quyidagi kanalga joylanadi. Obuna bo'ling va takliflar yozing. Har qanday tanqid va taklifga ochiqmiz! 😊

Obuna bo'lish
Keyingi suxbat mavzusi va mehmoni kim bo‘lishini xohlaysiz?
21-asr yoshini nimalarsiz tasavvur qilolmaysiz?

Ingliz tili va kompyutersiz. Agar siz 2000 yildan keyin tug'ilgan bo'lsangiz-u hali ham kompyuterni tushunmasangiz, siz 20 yil yo'qotibsiz. Man birinchi noutbukimni 150.000 so'mdan 8 marta to'lab olgan edim. Eng yomon processorli, touchpadi ishlamaydigan, 3 ta keyi yo'q, 2 tasi ishlamaydigan 6 yil ishlatilgan noutbuk edi. Zaryadka olmas edi. Buldozerga o'xshar edi. Shunda dasturlashni o'rgandim. Endi ham ololmayman, o'rganolmayman deyishga uyaling :)

2 ta narsa insonni oldiga boshlaydi. Birinchisi orzular. Ikkinchisi majburiyatlar. Manda majburiyat bo'lmagan. Lekin orzu bor edi. Orzularim uchun Toshkentga kelgan edim. Dasturlash dunyoqarashimni shunday o'zgartirib yubordiki, yaqin 20 yillik rejalarim buzilib ketdi. Man dasturlashni o'rganish uchun yaqin insonimdan voz kechdim. Manda variant bor edi: dasturlashdan ketish va eski kasbimni davom ettirib, u bilan qolish, ikkinchisi: bilimni davom ettirish. Man ikkinchisni tanlab, birinchisini qurbon qildim. Hozir afsuslanmayman.

Nima siz qanotini qimirlatmay uchgan qushni ko'rganmisiz? Faqatgina qulashi mumkin. Nima sizni o'zingiz sevgan kasbga yetishishdan to'sib turibdi. Qurbon qiling! Muvaffaqiyat doim ham qurbonlarsiz bo'lmaydi.

Keraksiz narsalarga investitsiya kiritmang. Manda Redmi S2 smartfoni. 4 yil avval olganman. Kamerasi singan. Frontda xizmat qilgan tankni eslatadi. Man o'chib qolmaguncha yangi olmoqchi emasman. Lekin Core-i9 kompyuter ishlataman. Agar Iphone X ga yetarli pul bo'lsa, ukamga yangi noutbuk olib beraman. Manga Iphone X hech qachon kerak bo'lmagan. Hechqachon passiv larga pul tikmang!!!

Mani fikrimcha bu millatni har bir yoshida olim bo'lish uchun berilgan bosh bor. Sizda ham :)
Forwarded from Inspired Engineer - Ilhom Shamidinov
​​Rubber Duck Debugging nima?

Ko'pchilik yangi boshlayotgan dasturchilar boshqa tajribali dasturchilarni juda ham ko'p savollar berib bezovta qilishadi.

Shu holatga ko'pchilik juda ham zo'r Rubber Duck Debugging degan uslubni qo'llashadi. Rubber Duck debugging - o'rdak o'yinchoqga kodingizdagi barcha muammolarni aytasiz va qarabsizki unga aytayotgan jarayoningizda javobni o'zi "Shiq" etib kelib qoladi.

Men o'yinchoq o'rdak topa olmaganim uchun mushukni anchadan beri "bo'g'ayapman". Muloyimgina bo'lib turishini qarang buni :)

Tavsiya qilaman!

Videoga yana bir marta link: https://www.youtube.com/watch?v=huOPVqztPdc

@coding_show
Bugungi efir ma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi. Tez orada foydali sourcelar taqdim etaman :))