Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Ishonmaganlar uchun ajoyib yangilik :)

Yaqinda bir qiz bilan tanishib qoldim. Dasturlashni o'rganayotgan ekan. Yoshi 12da. Maktabda 6-sinf. Dasturlashni o'rganayotgani yetmay, Youtubeda darslar ham qo'ygan ekan. Bu degani bu qiz mandan 6 yil avval dasturlashni boshladi degani. Sizdanchi?

Man doim qizlarni ilm yo'lida yurishini hurmat qilaman. Bizning yurtda ancha yillardan beri qizlarni o'qishiga bee'tiborlik bilan qarab kelishgan. Bu qizni ota-onasiga rahmat 😊

3-4 marta so'radim "rostdanmi?" deb)

Telegramdagi kanal: @Shamsibonu_Shokirova
Youtube kanal: https://youtube.com/channel/UC9HclJtAfkvDutciFZmHfBg

Kanaldagi kontent, mikrafon ovozi pro emas. Manda ham pro emas. Lekin muhimi o'sish. Harakat. Natija. Bu qiz mani yoshimga yetganda, harakatni to'xtatmasa kamida middle bo'ladi. Qizlardan dasturchi chiqmaydi deganlarni boshiga shu post bilan bir ursangda 😁
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Bu hafta qaysi mavzuda suhbat bo'lsin?
2 haftadan beri kamera bilan bog‘liq muammolar tufayli efir qoldirilayotgan edi. Efir ertaga soat 21:00 da boshlanadi. Bu safar mehmon o‘zimiz 😊.

Kommentlarda keyingi hafta ko‘rishni istagan mehmonni ismini yozing va albatta mavzuni ham. 😊
Kayfiyatni ko‘taramiz.

- Filippinlik yosh dasturchi, 10 yoshida o‘z kompaniyasiga asos soldi

- Man 10 yoshimda 😀
Efir texnik nosozliklar tufayli yakshanbaga qoldirildi.
O'zingizning va yaqinlaringizning o'qishiga, bilim olishiga pulni ayamang.

Uni xarajat emas, sarmoya deb biling. Sarmoyani qaysi manbaga kiritayotganingizga ham jiddiy qarang: o'qish haqida turli tomondan fikrlar oling, borib ko'ring, test darslarda qatnashing. Videokurs bo'lsa, demo qismini ko'rib, keyin xulosa qiling. Vaqt o'tishi bilan ular o'z mevasini bera boshlaydi. O'zimning misolim haqida pastda.

Ota-onam mening o'qishim uchun beminnat ko'p pul tikishgan:
- pullik bog'cha va maktab
- Toshkentdagi Vestminster universitetidagi o'qish kontrakti ($5220 * 4.5)
- turli videokurslar, o'quv kurslar uchun to'lovlar.
Bular o'z vaqtida juda katta xarajatdek tuyulgan va shunday bo'lgan ham. Lekin ularning hammasining hozirgi holatimga kela olishimga o'ziga yarasha hissasi bor. Masalan, ustozlik mahorati bo'yicha kurs (5 million so'm), HTMLAcademyda malaka oshirish uchun kursga to'lov (11 million so'mdan ko'proq), jami sotib olgan videokurslarim (kamida $500-600 atrofida).

Shu kurslar va universitetda o'qib chiqqanligim sababidan sifatli kontentni farqlay olaman, o'zim o'tadigan darslarga yuqoriroq talab qo'ya olaman. Har doim ham mo'ljal qilgan narsalarimga yetisha olmayman: vaqt, kuch, ishtiyoq, xohish yetmay qoladi. Lekin baribir ichimda "men shu narsani yanada yaxshilashim, tartiblashim mumkin", "o'quvchilarimga falon narsalarni o'rgatishga ulgurdim, lekin yana qo'shishim mumkin bo'lgan mavzular ham bor" degan narsa bo'ladi. Bardavom bo'lish nasib qilsin.

Biron narsani o'rganmoqchi bo'lsangiz, qo'lingizda pul bo'lmasa, qarz olib bo'lsa ham shu ishning ustasi bo'lishga harakatni boshlashingiz mumkin. Ba'zi holatlarda o'zining beminnat yordamini beradigan yaxshilar ham bo'ladi. O'zimda bo'lgan holat - oldingi yil kurslarimning to'lovi uchun $900 qarz so'ragandim bir yaxshi odamdan. Javoblari biroz kechikkandek tuyulib, "yana kimdan so'rab ko'rsam bo'lar ekan" deb o'ylab qoldim. Bir kuni ko'rishishga chaqirdilar. "$900 ni bir yilga qarzga olsam, o'zimning kundalik xarajatlaridan orttirib to'play ola olsam kerak. Hatto juda bir yilga bormay ham qaytara olarman. Sug'urta sifatida bir yil so'rayman" deb borgan edim. U aka $1000 ni shundayicha berib yubordilar 🤯 Mendan xursand odam yo'q. Miyamdagi holatim ham g'alati bo'lib qolgan. Na tayinli rahmat ayta olgandim, na qandaydir xursandligimni ko'rsata olgandim.

Bu postni o'sha yaxshi aka ham o'qiydilar katta ehtimol bilan. Ishonchingiz uchun sizga katta rahmat. Alloh rozi bo'lsin. Imonda bardavom qilsin. Xullas, o'zingizga pul tiking. Vaqt o'tishi bilan postga qo'yilgan rasmdagi kabi o'sishni ko'rasiz o'zingizda, Alloh nasib qilsa.

Muhammadjavohir Sur'atov (@mayoquz)

@muhammadyunusuz
No comment))
👍1
Forwarded from Bahodir Rajabov
#yangilik

🚀Github.com sayti o'zining beta versiyadagi dark mode rejimini taqdim etdi.

P.S: Endi kechqurun qorong'u xonada ham gitdan foydalansa boladi😄

Kanalga obuna bolib qo'ying brat :)
@bahodirajabov
Kiber xavfsizlik haqida qilsakchi efirni?
Bu post telegram ishlaganda ketadi.
😁1
Yig'lagim keldi.)

Suhbatlarni davom ettiramizmi?
Forwarded from IT-MAVZU
T.me/LotinKiril_bot ботимизда биринчи рекламани чиқардик!
100 К обуначи бор ва бу 100 К обуначиси бор каналлардан анча катта эфект беради.

Ботда реклама беришнинг устун жиҳатлари кўп.

1. Ботда реклама қолади.
2. Реклама тепага чиқиб кетмайди.
3. Эрталаб кетган рекламани кечқурун кирган обуначи бемалол кўради.
4. Бот канал сингари ҳар кун обунчани безовта қилмайди ва шу сабаб «муте» қилинмайди.
5. Каналда 50К кўрилган турса 35К одам оқимасдан ўтказиб юборган бўлади. Ботда эса оҳирида тургани сабаб ўқилиш фоизи жуда юқори бўлади.

100 К обуначига эга ушбу ботимизда реклама нархи 500 000 сўм!

👉 @ITBusiness_School
Anaqqisa shu botni developeri man))
"O'ta irratsional fikrlar" - bugungi efirning mavzusi :))

Soat 21:00 da qilamiz katta ehtimol bilan. :))

Uxlab qolish yo'q)
Shu yerdan kimlarni taniysiz?

5 ta IT chini kanali bilan kommentga yozamiz.

Kechroq barchani kanali bilan o'zim ulashaman.
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Barchasi Najot Ta'limdan boshlanadi!

Najot Ta'lim Youtube sahifasida yangi rubrikani yo'lga qo'ydik. Unda markazni tamomlab, ayni vaqtda o'qigan sohasi bo'yicha ish olib borayotgan yoshlarni navbatma-navbat tanishtirib borish, ular bilan suhbatlashish maqsad qilingan.

Suhbatni avvalo Abutech jamoasida (Najot Ta'limni bitirgan o'quvchilarga avvalo shu kompaniyamizdan ish taklif qilamiz. Najot Ta'limdan nimadan ta'lim bersak Abutech'da shu sohalar bo'yicha xizmat ko'rsatamiz.) qolgan yigitlardan boshladik.

Birinchi son mehmoni Azimov Alibek grafik dizayner. Najot Ta'limning barcha dizaynlari asosan Alibek tomonidan tayyorlanadi. Men Alibekni grafik dizayn kursini tamomlagandan so'nggina o'zim uchun kashf etganman. Keyinchalik bilishimcha, Azizullo Adhamjonov'ning so'zlariga ko'ra Alibek har kuni (haftada besh kun) Quyichirchiq'dan Toshkent shahriga qatnab o'qigan ekan. (Ota-onangizga rahmat Alibek)

Niyat qildim, Alibekni Rossiya yoki Turkiydagi eng yaxshi grafik dizayn maktabida Najot Ta'lim hisobidan malaka oshirib kelishga yuborishga. Alibek barchasi uchun rahmat sizga!

Video: https://youtu.be/qqZzKNO2awI

P/s: Najot Ta'limni tamomlab biror joyda ishlayotgan bo'lsangiz yoki frilanser sifatida faoliyatingizni davom ettirayotgan bo'lsangiz aloqaga chiqinglar, hurmatli o'quvchilar 🙂
Kutayotganlar bormi?
Bir necha daqiqadan keyin zoomga qo'shilish uchun link beraman.
Xizmat ko'rsatuvchi dasturlar haqida

Toshkentda ko'plab dasturlar bor. Masalan Express24, Yandex Go, Bringo va boshqa. Ularda 10000lab haydovchilar to'xtamasdan ishlashadi. Mani jahlimni chiqaradigani Yandex va boshqa posterlar ostida haydovchilarni "narxni oshiringlar" deb janjal qilishlari. 2 km joyga 8000 so'm bu kam ekan. 20000 so'm qilish kerak ekan. Manimcha ayni vaqtda Yandex va boshqa dasturlar aniq algoritmlar asosida ishlaydi. Narx doim adolatdan bo'lgan. Masalan 100 ta haydovchi va bitta yo'lovchi bo'lsa narx arzon, 100ta yo'lovchi va 1 haydovchi bo'lsa narx qimmat chiqadi.

Agar unga yoqmasa dastur va yo'lovchida nima ayb? Katta daromad qilmoqchi bo'lsa boshqa ish qilsin! Masalan man uchun yandex ozgina qimmat xalos. Agar 20000 so'm bo'lsa standart, hayotda undan foydalanmayman.

Mani fikrimcha eng katta muammo harakatsizlikda. Siz o'ta qanoatli bo'lmasangiz taksidan ketib, biror sohada o'zingiz sinab ko'ring. Og'ir mehnat qilish haqiqatdan ham halol ish. Ammo, agar boshingiz yaxshi ishlayabdimi, unda boshingiz bilan pul toping. Dunyoda oson ish yo'q. Oson yashash ham. Agar siz dunyoni top boy oilalari ro'yxatida bor oilada tug'ulmasangiz.

Yandex dan qidirmang aybni. Shunchaki ularni boshi avvalroq ishlagan. Shu uchun ularni raqobatdoshi yo'q. Siz esa nolimang. Shunga raqib bo'ling. Sizni bundan nima to'sib turibdi?