Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Forwarded from Nizamoff
unsplash.com saytini ko'p kuzataman. Maxoratli fotograflar tomonidan olingan fotosur'atlar joylanadi. Xullas 1-rasmdagi mushukcha yoqib qoldi. Keyin unga Photoshopda biroz o'zgartirish kiritdim. )

@Nizamoff
Forwarded from IT Blog
Diqqat Clone Security qaytdi!

Ular surxondaryo.uz web saytiga xujum uyushtirishgan va sababini batafsil bayon qilishgan.

👉 @abdusattor
IT Blog
Diqqat Clone Security qaytdi! Ular surxondaryo.uz web saytiga xujum uyushtirishgan va sababini batafsil bayon qilishgan. 👉 @abdusattor
Saytni qaytib yoqib ham qo'yisholmayabdi. Hechbo'lmasa tekin cmslarni yangi versiyalarini qo'yib turish kerakda o'rtoq dasturchilar :))

Nima deb o'ylaysiz, bu saytlar 1-2 ming aqchaga qilinganmi?
Anonymous Poll
59%
ha, 1000-2000$
41%
kamida 5000$
Juda hackerlarni maqtab yubordinglar. O'zimizdan ham shunday shovvozlar chiqishgan. "Clone Security Uzbek Black Hat Team" haqida.

Clone-Security (inglizcha: Clone - Qiyofadosh , Security - Xavfsizlik) — Oʻzbek hakerlik guruhi, shuningdek Markaziy Osiyoda birinchi xakerlik guruhi hisoblanib maʼlumotlarga qaraganda 2011-yilda tashkil topgan va shu kungacha turli xil davlatga qarashli va nodavlat saytlarga hujumlar uyushtirgan. Ayrim ma'lumotlarga asoslanganda guruhning maqsadi Oʻzbekistonda axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilganligi aytiladi.

Qilgan hujumlari:

- 2013-yil 20-fevralida guruh Qirgʻizistonning qator hukumat saytlarini, shu jumladan, Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti, Davlat Mulkini boshqarish fondi rasmiy sayti, Bishkek poytaxt munitsipalitenining onlayn xaritasi, Milliy Xavfsizlik Xizmati: Terrorizmga qarshi kurashish bo'limi rasmiy sayti, Axborot Texnologiyalarini rivojlantirish markazi saytlariga birdaniga hujum uyushtirgan va saytlar defays qilinib bosh sahifasida "Clone-Security:MY PROTIV RASIZMA!!!" (rus. BIZ IRQCHILIKKA QARSHIMIZ!!!) yozuv va gurux logotipi qoldirilgan.Hujumlar Qirg'iziston rasmiylari va OAVlarining qizg'in muhokamalariga sabab bo'ldi;

- 2013-yil 12-iyunida guruh Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi , Professional Futbol Ligasi rasmiy saytlariga va O'FFning rasmiy twitter sahifalariga (@uzbffonline @theuffdotcom @pfluz @uzbff) shuningdek O'FF rasmiylarining elektron pochta manzillariga hujumlar qilgan va #OpUZBvKOR , #OpWhereisSecurity deb nomlangan aksiyalar uyushtirib saytlarni defays holatiga keltirgan.O'FF rasmiy saytlarida paydo bo'lgan sahifada «TJ JCHga chiqolmapti… Ha Chiqolmadiyamda!» deb yozilgan. Shuningdek , saxifada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga demotivator surat joylashtirilgan bo'lib , uning ostida «Автогол зўр чиқди-а?» deb yozilgan.Bu harakatlarni guruh Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2014 saralash bosqichi doirasida, safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga hisobni boy berganiga reaksiya sifatida amalga oshirgan.

Lekin hozir qayergadir yo'qolib qolishgan.

Manba
: Wikipedia

@muhammadyunus_uz
Botim manga sevgi izhor qildi 😍
Telegram bot bo'yicha offline 1 kunlik kurs qilib bermoqchiman, keladiganlar bormi? Javanoscriptni bilish talab qilinadi.
Anonymous Poll
15%
Boraman
40%
Online bo'lsin
46%
Jsni bilmayman
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Jami qiymati 100 mln so'mlik grant yutish imkoniyatini qo'ldan chiqarmang!

Najot Ta'limda doimiy ravishda grantlar e'lon qilib boryapmiz. Rostini aytaman, iqtidorlarni kashf qilishni, imkoni yo'qlarga qo'limizdan kelgancha yordam berishni yaxshi ko'raman.

Grantlar doim bizga foyda keltirgan. Eng yaxshi kadrlarni topish, ularni jamoamiz a'zosiga aylantirish uchun ham grant zo'r imkoniyat. Grant yutgan o'quvchi Najot Ta'lim va ABUTECH jamoalari a'zosiga aylanadi.

Bugun ham UX/UI veb dizayn va Grafik dizayn yoʻnalishlari boʻyicha grant uchun so'rovnoma to'ldirishning so'nggi kuni. Agar o'zingizni iqtidorli deb hisoblasangiz, zamonaviy kasblarga qiziqsangiz imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Grant haqida batafsil: https://news.1rj.ru/str/najottalim/1350

Ariza toʻldirish uchun havola:
http://bit.ly/3hk75c4

📌 Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 2021-yilning 10-yanvar kuni oxirigacha davom etadi.
Bu bola haqida avval ham yozgan edim. (Bu bola mani yaqin broim. )

Bu bola dasturlashni o'rganishi katta maktab. Kelgan vaqtida ko'rishganimda buni payqamagan edim. Lekin tez orada barchani lol qoldira boshlagan bro.

Karantinda 5 oy bir joyda o'qib o'rgandik. Biz uchun karantin katta yordam bo'ldi.

Bu haqida youtube kanalimda ham video qilgan edik.

Youtubeda qilingan intervyuni ko'rdim, ancha qiziq suhbat bo'libdi.

https://youtu.be/ULZadE3EOa0
#олдиндан_буюртма
#янги_китоб

2020 йил ортда қолди. Карантин, пандемия, чекловлар, бедаво дард яхшигина сабоқ бўлди.

Уйда ўтириб, ишлаш, ўқиш, ривожланиш мумкинлигини билдик. Қайси касб-ҳунар, соҳага талаб юқорилиги ҳам яққол сезилди. Дизайнер, дастурчи, ҳисобчи, фрилансер ва ҳкз.га ишимиз чандон тушса тушдики, камаймади. Демак, замонга мослашиш шарт!

Тез орада чоп этилажак "Мukammal dasturlash: JavaScript" эса:
✔️ янги қирраларингизни кашф этишга;
✔️ уйда ўтириб, қўшимча даромад топишга;
✔️ малакали веб-дизайнерликдан ташқари;
✔️ "фронт-энд" дастурловчи, яна тўлақонли дастурий таъминот яратиш борасида етук билимларга эга бўлишга кўмаклашади.

Китобда ортиқча маълумотлар ўрнига ўн йиллаб йиғилган тажрибалардан фойдаланиб, аниқ кўрсатмалар келтирилган.

Дастурчилик – сердаромад соҳа. Ўзингиз танланг – бўш вақтда телефон титиб, бошқаларнинг танловига бўйсунган афзалми ёки ўша танлов эгаси бўлиш?!

Олдиндан буюртма — 35 000 сўм
⌛️Чоп этилганидан сўнг — 38 500 сўм

Буюртма учун 👉 @akademsavdo

@akademnashr
Telegram bot bo'yicha dars 24-yanvar kuni bo'lib o'tadi. Unga dasturlash tilini biladigan istalgan kishi kelishi mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun forma chorshanbada tashlanadi.
Kanallar:

https://news.1rj.ru/str/dasturchi_pf - Mani ko'p post yuboradigan, senzuradan uzoq kanalim

https://news.1rj.ru/str/asadbek_noyibjonov - Asadbek ukamizni kanallari. Ancha yaxshi yuritishyabdi.
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Nima uchun Najot Taʼlim viloyatlarda filialini ochmaydi

Bizdan eng koʻp soʻraladigan savollardan biri bu “Qachon falon viloyatda Najot Taʼlimning filiali ochiladi?” mazmunida boʻladi. Rosti, oʻzim ham jamoa aʼzolari ham Najot Taʼlimning viloyatlarda filiallarini ochilishini istaymiz. Lekin oldimizda bir-ikki toʻsiqlar bor, avval shularni hal qilib olishimiz kerak. “Hamma narsa Toshkent uchun”, deb o'ylamang! Keling, muammolar va ularning yechimlari haqida gaplashsak.

1. Kadr muammosi

Ayni paytda Najot Taʼlimda dasturlashning turli yoʻnalishlari, grafik/web dizayn, moushn grafika, digital marketing, SMM va xorijiy tillar (ingliz, rus, arab tili) boʻyicha taʼlim beriladi. Biz viloyatlarga zamonaviy kasblarga oid barcha kurslarimizni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganmiz. Bu har bir yoʻnalishdan kamida 2 nafardan kadr kerak degani. Yaʼni 15-20 nafar ustoz oʻsha viloyatda boʻlsagina filial ochish masalasini oʻylab koʻrsa boʻladi. (Oʻylab koʻrsa boʻladi, deyishimni sababi bor, chunki bizda ikkinchi muammo ham bor. Bu masalaga quyiroqda toʻxtalaman.)

Nahot, bitta viloyatdan 15-20 nafar kadr topib boʻlmasa?

Afsuski shunday, biz izlagan kadrlarni hatto Toshkentda ham topib boʻlmayapti. Yashirmayman, bugun Najot Taʼlim uchun bootcamp formatdagi darslarga kamida ikki yillik tajriba bilan ustozlikka eʼlon bersak, oʻrtacha 1200-1800$ (!) oylik maosh (ish vaqti: dushanba-juma, kuniga 4 para dars uchun) taklif qilamiz. Shunda ham oʻzimiz uchun yetarli kadrlarni topa olmayapmiz. (!)

Siz ustoz deganda, sohasini zoʻr bilgan insonni tushunmang. Taʼlim uchun buni oʻzi juda kamlik qiladi. Auditoriya bilan ishlash, taʼlim berishni yaxshi koʻrish, tahlil qilish qobiliyati, xulq-atvori, oʻzini tutishi, jamoa bilan ishlay olish, qadriyatlar to'qnashuvi kabi xislatlarni oʻz sohasidagi tajriba bilan teng koʻramiz. Yaʼni bu xislatlarsiz dars berish oʻta-oʻta qiyin. Bu tajribadan oʻtib boʻlgan.

Muammoni yechish uchun nima qilyapsiz?

Biz muammoni yechishni bir yil avval boshlaganmiz. Yaʼni Najot Taʼlimni tamomlagan eng zoʻr oʻquvchilarni ABUTECH kompaniyasida olib qolishni boshlaganmiz. (Abutech- Najot Taʼlimda nima soha boʻyicha taʼlim berilsa, oʻsha sohalar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi raqamli kompaniya)

Shu bilan birgalikda turli grantlar asosida eng iqtidorli yoshlarni saralab taʼlim berib kelmoqdamiz. Endi-endiga kelibgina bu ishlar oʻz mevasini berishni boshladi.

2. Boshqaruv muammosi

Men va jamoa aʼzolari Toshkentda qanday taʼlim berilsa, viloyatlarda ham shunday taʼlim sifatini oʻrnatishni istaymiz. Buning uchun esa filial ochmoqchi boʻlgan viloyatimizda boshqaruv uchun salohiyatli kadrlar kerak. Bu ham oʻziga yarasha muammo. "Bitta administrator qoʻyib qoʻysa, boʻldi hammasi hal", deb oʻylamang. Agar shunday boʻlganda siz Najot Taʼlimni kutmas edingiz. Biz maksimal darajada sifatli taʼlim berishni istaymiz. Toʻgʻri, barchani rozi qilib boʻlmaydi, xatolarimiz ham bisyor, lekin sifat uchun harakat qilamiz.

Nima qilish kerak?

Kutmaslik kerak, balki jamoa aʼzosiga aylanish kerak. Balki oʻsha filialni yoki IT markazni aynan siz ocharsiz. Balki oʻqib jamoaga qoʻshilarsiz. Imkoningiz bormi, keling, oʻqing, salohiyatingizni, qobiliyatingizni koʻrsating, bizga qoʻshiling! Tajriba oshiring va siz ustozlik qiling.

Viloyatlardagi birinchi filial qachon va qayerga ochiladi?

Birinchi filial masalasiga keladigan boʻlsak, Fargʻona shahrida ochiladi. Fevral oyidan bu ishga kirishamiz. Fargʻona shahri orqali biz butun vodiyni qamrab olishimiz mumkin boʻladi. Hozircha shu. 🙂

Agar ustozlikka tavsiyalar boʻlsa CV yoki rezyume uchun: @najottalim_hr
+998936526669
Masonlarga aloqasi bor deyayotganlar uchun maxsus ekan :))

PS: 666
Forwarded from Bahodir Rajabov
Agarda siz javanoscript tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz va rus tilini yaxshi bilsangiz, sizga learn.javanoscript.ru saytini tavsiya qilaman. Sababi bu yerda siz javanoscript tilini 0 dan 1 gacha o'rganishingiz mumkin :)

👉LINK: learn.javanoscript.ru

@bahodirajabov
Forwarded from Bahodir Rajabov
Ingliz tilidagi versiyasi: javanoscript.info