Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Telegram bot bo'yicha dars 24-yanvar kuni bo'lib o'tadi. Unga dasturlash tilini biladigan istalgan kishi kelishi mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun forma chorshanbada tashlanadi.
Kanallar:

https://news.1rj.ru/str/dasturchi_pf - Mani ko'p post yuboradigan, senzuradan uzoq kanalim

https://news.1rj.ru/str/asadbek_noyibjonov - Asadbek ukamizni kanallari. Ancha yaxshi yuritishyabdi.
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Nima uchun Najot Taʼlim viloyatlarda filialini ochmaydi

Bizdan eng koʻp soʻraladigan savollardan biri bu “Qachon falon viloyatda Najot Taʼlimning filiali ochiladi?” mazmunida boʻladi. Rosti, oʻzim ham jamoa aʼzolari ham Najot Taʼlimning viloyatlarda filiallarini ochilishini istaymiz. Lekin oldimizda bir-ikki toʻsiqlar bor, avval shularni hal qilib olishimiz kerak. “Hamma narsa Toshkent uchun”, deb o'ylamang! Keling, muammolar va ularning yechimlari haqida gaplashsak.

1. Kadr muammosi

Ayni paytda Najot Taʼlimda dasturlashning turli yoʻnalishlari, grafik/web dizayn, moushn grafika, digital marketing, SMM va xorijiy tillar (ingliz, rus, arab tili) boʻyicha taʼlim beriladi. Biz viloyatlarga zamonaviy kasblarga oid barcha kurslarimizni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganmiz. Bu har bir yoʻnalishdan kamida 2 nafardan kadr kerak degani. Yaʼni 15-20 nafar ustoz oʻsha viloyatda boʻlsagina filial ochish masalasini oʻylab koʻrsa boʻladi. (Oʻylab koʻrsa boʻladi, deyishimni sababi bor, chunki bizda ikkinchi muammo ham bor. Bu masalaga quyiroqda toʻxtalaman.)

Nahot, bitta viloyatdan 15-20 nafar kadr topib boʻlmasa?

Afsuski shunday, biz izlagan kadrlarni hatto Toshkentda ham topib boʻlmayapti. Yashirmayman, bugun Najot Taʼlim uchun bootcamp formatdagi darslarga kamida ikki yillik tajriba bilan ustozlikka eʼlon bersak, oʻrtacha 1200-1800$ (!) oylik maosh (ish vaqti: dushanba-juma, kuniga 4 para dars uchun) taklif qilamiz. Shunda ham oʻzimiz uchun yetarli kadrlarni topa olmayapmiz. (!)

Siz ustoz deganda, sohasini zoʻr bilgan insonni tushunmang. Taʼlim uchun buni oʻzi juda kamlik qiladi. Auditoriya bilan ishlash, taʼlim berishni yaxshi koʻrish, tahlil qilish qobiliyati, xulq-atvori, oʻzini tutishi, jamoa bilan ishlay olish, qadriyatlar to'qnashuvi kabi xislatlarni oʻz sohasidagi tajriba bilan teng koʻramiz. Yaʼni bu xislatlarsiz dars berish oʻta-oʻta qiyin. Bu tajribadan oʻtib boʻlgan.

Muammoni yechish uchun nima qilyapsiz?

Biz muammoni yechishni bir yil avval boshlaganmiz. Yaʼni Najot Taʼlimni tamomlagan eng zoʻr oʻquvchilarni ABUTECH kompaniyasida olib qolishni boshlaganmiz. (Abutech- Najot Taʼlimda nima soha boʻyicha taʼlim berilsa, oʻsha sohalar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi raqamli kompaniya)

Shu bilan birgalikda turli grantlar asosida eng iqtidorli yoshlarni saralab taʼlim berib kelmoqdamiz. Endi-endiga kelibgina bu ishlar oʻz mevasini berishni boshladi.

2. Boshqaruv muammosi

Men va jamoa aʼzolari Toshkentda qanday taʼlim berilsa, viloyatlarda ham shunday taʼlim sifatini oʻrnatishni istaymiz. Buning uchun esa filial ochmoqchi boʻlgan viloyatimizda boshqaruv uchun salohiyatli kadrlar kerak. Bu ham oʻziga yarasha muammo. "Bitta administrator qoʻyib qoʻysa, boʻldi hammasi hal", deb oʻylamang. Agar shunday boʻlganda siz Najot Taʼlimni kutmas edingiz. Biz maksimal darajada sifatli taʼlim berishni istaymiz. Toʻgʻri, barchani rozi qilib boʻlmaydi, xatolarimiz ham bisyor, lekin sifat uchun harakat qilamiz.

Nima qilish kerak?

Kutmaslik kerak, balki jamoa aʼzosiga aylanish kerak. Balki oʻsha filialni yoki IT markazni aynan siz ocharsiz. Balki oʻqib jamoaga qoʻshilarsiz. Imkoningiz bormi, keling, oʻqing, salohiyatingizni, qobiliyatingizni koʻrsating, bizga qoʻshiling! Tajriba oshiring va siz ustozlik qiling.

Viloyatlardagi birinchi filial qachon va qayerga ochiladi?

Birinchi filial masalasiga keladigan boʻlsak, Fargʻona shahrida ochiladi. Fevral oyidan bu ishga kirishamiz. Fargʻona shahri orqali biz butun vodiyni qamrab olishimiz mumkin boʻladi. Hozircha shu. 🙂

Agar ustozlikka tavsiyalar boʻlsa CV yoki rezyume uchun: @najottalim_hr
+998936526669
Masonlarga aloqasi bor deyayotganlar uchun maxsus ekan :))

PS: 666
Forwarded from Bahodir Rajabov
Agarda siz javanoscript tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz va rus tilini yaxshi bilsangiz, sizga learn.javanoscript.ru saytini tavsiya qilaman. Sababi bu yerda siz javanoscript tilini 0 dan 1 gacha o'rganishingiz mumkin :)

👉LINK: learn.javanoscript.ru

@bahodirajabov
Forwarded from Bahodir Rajabov
Ingliz tilidagi versiyasi: javanoscript.info
React Native bo'yicha yozib olingan dars

LINK: https://youtu.be/ZoQuJQ20cqI

PS: Dars shunchaki dasturchilarni tajribasini oshirish uchun o'tilyabdi, kursniki emas.
Telegram bot API bo'yicha ochiq dars yakshanba kuni tushlikdan so'ng o'tiladi.

Siz bu darsda qatnashish uchun kamida bitta dasturlash tilini bilishingiz va pastda so'rovnoma orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak. (HTML hisob emas ;) )

Dars bepul bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish tugagan.

@muhammadyunusuz

PS: Telegram botga qiziqqan do'stlaringizga buni ulashishingiz mumkin.

PSS: Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, guruhga qo'shiling
⚡️⚡️ Internet orqali tarqayotgan ma'lumotlarga ko'ra Telegram Apple qurilmalarining barchasidan va App Storedan olib tashlanishi mumkin.

Bunga manimcha Pavel Durov va Apple o'rtasida yuzaga kelgan muammo sabab bo'lsa kerak. Telegramga videoqo'ng'iroqlar qo'shilishgan kuni Apple 2 kun App Storega yangilangan telegramni chiqarmagan edi.

Durov avvalroq Apple bloklashi mumkin ekanini aytgan edi.

Agar kimdir shunday muammoga duch kelsa web.telegram.org ga kirib foydalanishi mumkin.

@muhammadyunusuz
Aslida har bir tilning o'z o'rni va vazifasi bor, pythonda web, javanoscriptda suniy intelekt qilish ahmoqlik. Tillar haqida taqqoslangan maqolalar o'qishni istaysizmi?
Anonymous Poll
78%
ha
22%
php vs js
Agar siz qaysi tilni o'rganishni bilmay turgan bo'lsan birinchi bo'lib C yoki C++ ni o'rganing. Keyin python yoki javanoscriptni. Keyin qolgan tillarni o'rganish ancha oson kechadi.
Salom Dart!)

Dart haqida keyinroq ma'lumot beraman )
Darsimiz tugadi, rasmga tushish esdan chiqibdi :))

Yaqin orada youtube linkini beraman 🙂