Abbos Khazratov | Dizayn Blog – Telegram
Abbos Khazratov | Dizayn Blog
244 subscribers
250 photos
39 videos
48 links
Head of Design @uniconsoft

Dizayn va shu atrofidagi mavzularda yozaman. Ba'zida memlar ham ulashaman)
Download Telegram
Ha bo‘ydoqlar, qalaysilar? 🤓
🤣1065🔥4😢1🤪1
Forwarded from Qalampir LIVE
🇹🇷Turkiyada 71 yoshli onaxon grafik dizayn bo‘yicha mutaxassis diplomini oldi

71 yoshli Selma Shahin yoshlikda yetishmovchilik sabab maktabni tugata olmagan. Hozirda 4 nabiraning buvisi fotoshop va figma dasturlarida bemalol ishlay oladi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🔥6
Qalampir LIVE
Photo
Motivatsiya
54
Forwarded from Vector IT Academy
Frontend arxitekturasini o’rganish payti keldi 😎

👀 Frontend arxitekturasini o’rganib, kam sonli mutaxassislar qatoriga qo’shilishni xohlaysiz, ammo bunga qanday erishishni bilmayapsizmi?

☺️ Muammo yo’q! “Vector IT academy” sizlarga tezkor “Frontend architecture” kursini taqdim qiladi.

Mentorimiz — Umar Sadullayev:
Senior Frontend Engineer - EPAM Systems;
Google Developer Expert;

📌 Kurs davomida eng yaxshi o'qigan 5 tagacha o'quvchiga sertifikat va ishga joylashishiga ko’mak beriladi (mentor tomonidan referral va maslahatlar orqali)


Batafsil ma’lumot uchun:
🔗 LINK

Bog’lanish uchun:
🔗 @vector_academy_admin

#frontend #architecture

@vector_academy_uz — bilim va tajriba kesishgan nuqta! 🫡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥322
Man ham "Dizaynni o‘rganib, oyiga 3000+ daromad qiling!" deb kurs chiqarsammikan?)

Kursimni birinchi sotuvidan byd sotib olaman, keyin uni maqtanib yana kurs sotaman. Axaxa

Ideani biri...

@AbbosDesign
🤣184🐳2🔥11
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥53👏3
#ux #realcase

UX savol: Modal ustiga modal chiqsa, bu yaxshi dizaynmi?

Bir loyihamni keysida tahlil qilib bermoqchiman: Tizimda xodimlarga so‘rovnoma yuborish kerak. Ro‘yxatdan odamlarni tanladingiz va "Yuborish" tugmasini bosasiz… va yana bitta kichkina modal chiqadi:

“Rostan yubormoqchimisiz?” — ha yoki bekor qilish.

Savol tug‘iladi: Shu kichik modalni kattasining ustiga chiqargan to‘g‘rimi? Yoki avvalgi modal yopilib, yangi tasdiq modal ochilgani ma’qulmi?

Keling, ikkala variantni solishtiraylik:

1-variant (modal ustida kichik modal) – Kontekst saqlanadi, tanlovlar ko‘z oldingizda turadi, xatolik bo‘lsa, tez orqaga qaytasiz.

2-variant (eski modal yopilib, faqat tasdiq oynasi chiqadi) – Toza dizayn, lekin tanlagan xodimlaringizni ko‘ra olmaysiz. Shubha tug‘ilsa, yana orqaga qaytish kerak bo‘ladi.

Demak:

🟢 1-variant ko‘proq foydalanuvchi uchun qulay. Ayniqsa mas’uliyatli bosqichlarda — masalan, so‘rovnoma yuborish, tasdiq, o‘chirish va hokazolarda.

Bunda foydalanuvchi kontekstni yo‘qotmaydi, xotirjam bo‘ladi. Bu ham dizaynning bir qismi.

Mini tavsiya:

Agar modal ustiga modal chiqarsangiz, fonni biroz qoraytirib qo‘ying (blur ham zarar qilmaydi). Shunda vizual chalkashlik bo‘lmaydi.

Siz nima deysiz?
Modal ustiga modal tarafdorimisiz yoki bir oynalik soddalikni afzal ko‘rasizmi?

@AbbosDesign
🔥82🤩2👌1
Forwarded from Izohlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩43🔥21👍1
Izohlar
Video
Bu yuqoridagi 2 ta variantdan ham yaxshiroq yechim. Izoh asosida qilindi
5🔥22
😂😭😂😭😂😭😂

@AbbosDesign
🤣1533🤯21👍1😁1💔1🗿11
#UX_tadqiqotlari | Empty states — bo‘sh ekranlarni foydali qilish

💡 Bugun foydali mavzuni ko‘rib chiqamiz: empty states nima, ular nima uchun kerak va qanday qilib bo‘sh ekranlarni foydalanuvchini jalb qilish nuqtasiga aylantirish mumkin.

Empty state nima?

Empty state (bo‘sh holat) — bu foydalanuvchida hali ma’lumot yo‘q bo‘lganda ko‘rinadigan ekran yoki blok. Masalan:
• yangi akkauntda loyihalar bo‘lmasa;
• savatchada mahsulot bo‘lmasa;
• qidiruv hech narsa topmasa.

Ko‘pincha bo‘sh ekranlarga unchalik ahamiyat berilmaydi. Lekin aslida ular:
• xizmat haqida birinchi taassurotni beradi;
• foydalanuvchiga keyingi qadamni tushuntiradi;
• uni harakat qilishga motivatsiya qiladi.

Agar bu ekranlarni shunchaki “bo‘sh” qoldirsak, foydalanuvchi nima qilishni bilmay, ilovani tark etib qo‘yishi mumkin.

Amaliy misollar

🔹 Google Drive — papka bo‘sh bo‘lsa, foydalanuvchiga chiroyli illyustratsiya va matn chiqadi: “Fayl yuklab boshlash uchun tugmani bosing”. Bu yo‘naltiradi.
🔹 Airbnb — “Sizda hali buyurtmalar yo‘q” o‘rniga, illyustratsiya + “Ideal safaringizni yarating” degan matn va “Boshlash” tugmasi paydo bo‘ladi. Bu esa foydalanuvchini xizmatni o‘rganishga undaydi.

Foydali maslahatlar

🟡 Qisqa tushuntirish qo‘shing – nega ekran bo‘sh va foydalanuvchi nima qilishi kerak.
👉 Masalan: “Sizda hali loyihalar yo‘q. Ishni boshlash uchun birinchi loyihani yarating.”

🟡 CTA (Call to Action) bering – foydalanuvchini keyingi qadamlarga olib boradigan tugma.
👉 Masalan: “Loyiha yaratish” yoki “Mahsulot qo‘shish”.

🟡 Illyustratsiyadan foydalaning – ular ekran kayfiyatini ijobiy qiladi va vizual ravshanlik beradi.

🟡 Xatolik o‘rniga yordam bering – qidiruv natija bermasa, “Hech narsa topilmadi” deyish o‘rniga boshqa yo‘lni taklif qiling.
👉 Masalan: “Natija topilmadi. Boshqa so‘z yozib ko‘ring yoki mashhur kategoriyalardan tanlang.”

Xulosa: Empty states — bu “bo‘sh” joy emas, balki foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlash va jalb qilish uchun imkoniyat

@AbbosDesign
🔥622👍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dizaynerlar "qattim" harakat qilishibdi-ya?) 😄👍

@AbbosDesign
7🤣521