Man ham "Dizaynni o‘rganib, oyiga 3000+ daromad qiling!" deb kurs chiqarsammikan?)
Kursimni birinchi sotuvidan byd sotib olaman, keyin uni maqtanib yana kurs sotaman. Axaxa
Ideani biri...
@AbbosDesign

🤣18 4🐳2🔥1 1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ux #realcase
UX savol: Modal ustiga modal chiqsa, bu yaxshi dizaynmi?
Bir loyihamni keysida tahlil qilib bermoqchiman: Tizimda xodimlarga so‘rovnoma yuborish kerak. Ro‘yxatdan odamlarni tanladingiz va "Yuborish" tugmasini bosasiz… va yana bitta kichkina modal chiqadi:
“Rostan yubormoqchimisiz?” — ha yoki bekor qilish.
Savol tug‘iladi: Shu kichik modalni kattasining ustiga chiqargan to‘g‘rimi? Yoki avvalgi modal yopilib, yangi tasdiq modal ochilgani ma’qulmi?
Keling, ikkala variantni solishtiraylik:
1-variant (modal ustida kichik modal) – Kontekst saqlanadi, tanlovlar ko‘z oldingizda turadi, xatolik bo‘lsa, tez orqaga qaytasiz.
2-variant (eski modal yopilib, faqat tasdiq oynasi chiqadi) – Toza dizayn, lekin tanlagan xodimlaringizni ko‘ra olmaysiz. Shubha tug‘ilsa, yana orqaga qaytish kerak bo‘ladi.
Demak:
🟢 1-variant ko‘proq foydalanuvchi uchun qulay. Ayniqsa mas’uliyatli bosqichlarda — masalan, so‘rovnoma yuborish, tasdiq, o‘chirish va hokazolarda.
Bunda foydalanuvchi kontekstni yo‘qotmaydi, xotirjam bo‘ladi. Bu ham dizaynning bir qismi.
Mini tavsiya:
Agar modal ustiga modal chiqarsangiz, fonni biroz qoraytirib qo‘ying (blur ham zarar qilmaydi). Shunda vizual chalkashlik bo‘lmaydi.
Siz nima deysiz?
Modal ustiga modal tarafdorimisiz yoki bir oynalik soddalikni afzal ko‘rasizmi?

🔥8❤2🤩2👌1
#UX_tadqiqotlari | Empty states — bo‘sh ekranlarni foydali qilish
💡 Bugun foydali mavzuni ko‘rib chiqamiz: empty states nima, ular nima uchun kerak va qanday qilib bo‘sh ekranlarni foydalanuvchini jalb qilish nuqtasiga aylantirish mumkin.
Empty state nima?
Empty state (bo‘sh holat) — bu foydalanuvchida hali ma’lumot yo‘q bo‘lganda ko‘rinadigan ekran yoki blok. Masalan:
• yangi akkauntda loyihalar bo‘lmasa;
• savatchada mahsulot bo‘lmasa;
• qidiruv hech narsa topmasa.
Ko‘pincha bo‘sh ekranlarga unchalik ahamiyat berilmaydi. Lekin aslida ular:
• xizmat haqida birinchi taassurotni beradi;
• foydalanuvchiga keyingi qadamni tushuntiradi;
• uni harakat qilishga motivatsiya qiladi.
Agar bu ekranlarni shunchaki “bo‘sh” qoldirsak, foydalanuvchi nima qilishni bilmay, ilovani tark etib qo‘yishi mumkin.
Amaliy misollar
🔹 Google Drive — papka bo‘sh bo‘lsa, foydalanuvchiga chiroyli illyustratsiya va matn chiqadi: “Fayl yuklab boshlash uchun tugmani bosing”. Bu yo‘naltiradi.
🔹 Airbnb — “Sizda hali buyurtmalar yo‘q” o‘rniga, illyustratsiya + “Ideal safaringizni yarating” degan matn va “Boshlash” tugmasi paydo bo‘ladi. Bu esa foydalanuvchini xizmatni o‘rganishga undaydi.
Foydali maslahatlar
🟡 Qisqa tushuntirish qo‘shing – nega ekran bo‘sh va foydalanuvchi nima qilishi kerak.
👉 Masalan: “Sizda hali loyihalar yo‘q. Ishni boshlash uchun birinchi loyihani yarating.”
🟡 CTA (Call to Action) bering – foydalanuvchini keyingi qadamlarga olib boradigan tugma.
👉 Masalan: “Loyiha yaratish” yoki “Mahsulot qo‘shish”.
🟡 Illyustratsiyadan foydalaning – ular ekran kayfiyatini ijobiy qiladi va vizual ravshanlik beradi.
🟡 Xatolik o‘rniga yordam bering – qidiruv natija bermasa, “Hech narsa topilmadi” deyish o‘rniga boshqa yo‘lni taklif qiling.
👉 Masalan: “Natija topilmadi. Boshqa so‘z yozib ko‘ring yoki mashhur kategoriyalardan tanlang.”
✅ Xulosa: Empty states — bu “bo‘sh” joy emas, balki foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlash va jalb qilish uchun imkoniyat

🔥6✍2❤2👍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Figma alpha testing sign up link
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdGtm-FFZIq1mhn62VRvMBP71yGG_zn9mjKgeqKhDUY-ymMvQ/viewform

👍5 4🔥3⚡1
#Foydali #rang #Plugin
Plugin «Color Scale Variables»
Rangli mavzularni osongina yaratish va ularni "variables"ga saqlash uchun plugin.
🎨 Pluginga havola 🎨

🔥8👍5✍2
#elon #vakansiya
Kanalimizni kuzatish — nafaqat ilm va ilhom uchun, balki imkoniyatlar uchun ham foydali 😉
Unicon-Soft’ga yangi dizaynerlar olmoqchimiz — tabiiyki, bu haqida birinchi bo‘lib shu yerda aytamiz.
Xullas, Bizga yana 2 ta UX/UI Dizayner kerak. Kim o'zini shu pozitsiyaga munosib ko'rsa, @abbos_khazratov ga murojaat qilishi mumkin. Oldin murojaat qilganlar ham yozishi mumkin)

Telegram
Abbos Khazratov | Dizayn Blog
Head of Design @uniconsoft
Dizayn va shu atrofidagi mavzularda yozaman. Ba'zida memlar ham ulashaman)

👍6❤3⚡2🔥1🤩1
Abbos Khazratov | Dizayn Blog
#elon #vakansiya Bizga yana 2 ta UX/UI Dizayner kerak Unicon-Soft kompaniyamizga ko‘zi yonib turgan, intiluvchan va tajribali dizaynerlar qidiryapmiz. Talablar o‘sha o‘sha: - Kuchli ishtiyoq - Mas'uliyat - Dizayn tamoyillarini yaxshi bilish - Usability…
Talab va takliflar mana bu yerda
🔥3⚡2❤2👌1
🔥8😍4❤3😘1