AI | DigiTech – Telegram
AI | DigiTech
53.7K subscribers
3.15K photos
1.59K videos
2.86K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasining o‘zini-o’zi quvvatlaydigan Vision Iconic avtomobili haqida qo’shimcha tafsilotlar e'lon qilindi.

Avtomobil kuzovi quyosh energiyasini yig‘uvchi maxsus bo‘yoq bilan qoplangan bo‘lib, butun korpusni energiya manbaiga aylantiradi va ideal sharoitlarda yiliga qo’shimcha 12 000 km yurish masofasini ta’minlashi mumkin.

Undagi bo‘yoq shunchaki bezak emas: o‘ta yupqa fotoelektrik qatlam mashina harakatlanayotganda, to‘xtash joyida turganida yoki shunchaki garajda yorug‘lik tushib turganida quyosh energiyasini to‘playdi.


Dizayn 30-yillarning lyuks avtomobillaridan ilhomlanilgan: uzun kapot, silliq qora kuzov va art-deko uslubidagi salon. Ichida neyron tarmoqlar, avtonom haydash tizimi va «aqlli» arxitektura mavjud.

Albatta bu hozircha faqat konsept.

📟 DigiTech
🔥8421👍11😁103💯3🥰2👏1🤯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Har qanday 3D model, videolar va rasmlarni yaratamiz — Krea uzoq davom etgan jimlikdan so‘ng Realtime Edit funksiyasini namoyish etdi.

• Xizmat fotosuratlar, videolar va hatto 3D modellar ustiga istalgan generatsiyani qo‘yadi.
• Barcha loyihalarni real vaqt rejimida tahrirlash mumkin.
• Eng zo‘ri — generatsiya tezligi atigi 50 millisoniyani tashkil etadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍57🔥1312🤯8🤝3💯21👏1
AI | DigiTech
📲 Yangi Samsung smartfonlari begona odam kuzatuviga qarshi ekran bilan jihozlanadi. One UI 8.5 dasturiy ta’minotida Galaxy S26 Ultra'da paydo bo‘ladigan «Privacy Display» funksiyasi aniqlandi. U faollashtirilganda, birov ekranga yondan mo‘ralasa, displey…
📲 Samsung'ning ekraningizni begona ko’zlardan yashiradigan Privacy Display texnologiyasi haqida yangi tafsilotlar paydo bo’ldi.

Texnologiya shaxsiy ma’lumotlarni siz uchun ko‘rinadigan, begonalar uchun esa ko‘rinmaydigan qilib yashira oladi. Shu bilan birga, butun ekranni emas, masalan, bildirishnomalarni o’zini boshqalarga ko’rinmaydigan qilish mumkin.

Bu qanday ishlashi sir saqlanmoqda, biroq bu funksiyani besh yil davomida ishlab chiqishgan. Ushbu funksiyani birinchi bo‘lib fevral oyida namoyish etiladigan Galaxy S26 oladi.

📟 DigiTech
🔥132👍3520🤯10💯6🫡5👏3🤝2👨‍💻1
📚 Bolalar kitoblarni xuddi smartfon ekranlaridek svayp qilishni boshlashdi — boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining uchdan bir qismi darsliklardan qanday foydalanishni tushunmay qolyapti.

Shu sababli bolalarning bir qismi maktabdagi dastlabki darslarga tayyor emas. Ota-onalar buni texnologiya asrida bolani avval gadjetlardan foydalanishga o‘rgatish kerakligi bilan izohlashmoqda.

O‘qituvchilar zamonaviy bolalarda muloqot qilish va hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalari susayib ketganini payqashdi. Ko‘pchilikni hatto mustaqil ovqatlanishga ham o‘rgatishmagan.

📟 DigiTech
😨81🔥20🤯13👍6😢5💯4🫡32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tadqiqot: 90% odamlar sun’iy intellekt yaratgan videolarni haqiqiy videodan ajrata olishmaydi.

Tajribada mingga yaqin odam ishtirok etdi: ularga 20 ta video ko‘rsatildi, vazifa qaysi biri sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini aniqlash edi. Natija hayratlanarli bo‘ldi.

Ishtirokchilarning atigi 9,5 foizi (99 kishi) 20 ta videoning 15 tasi yoki undan ko‘prog‘ini to‘g‘ri aniqlay olishdi, umumiy aniqlik darajasi esa 57,1 foizni tashkil etdi. Odamlar mavjud videolarda sun’iy intellektni aniqlash eng oson, hayvonlar tasvirlangan videolarda esa eng qiyin bo‘ldi.


Mutaxassislarning fikricha, sun’iy intellektlar allaqachon o‘rtacha odam o‘z ko‘zi oldidagi videoning haqiqiy yoki soxta ekanligini ajrata olmaydigan darajada realistik yaratmoqda.

📟 DigiTech
😨61🤯24💯107👍3👏2👨‍💻2🤝2🫡1🎄1😡1
🚘 Tesla Model S va Model X modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi — ularning o‘rniga zavodlar odamsimon robotlarni yig‘ishni boshlaydi.

Ilon Mask'ning aytishicha, flagman elektromobillardan voz kechish kompaniyaning «kelajak sari» ishonch bilan harakatlanishi bilan bog‘liq. Sotuvda mavjud avtomobillar sotilgach, bu modellar bozordan butunlay yo‘qoladi va konveyerlar 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan gumanoidlarni yig‘ish uchun qayta jihozlanadi.

Model S 2012-yildan, Model X esa 2015-yildan beri ishlab chiqarilayotgan edi. So‘nggi yillarda ularning Cybertruck bilan birgalikdagi sotuvdagi ulushi atigi ~3% ni tashkil etdi, qolgan 97% esa arzonroq bo‘lgan Model 3 va Model Y ga to‘g‘ri keldi.

📟 DigiTech
💯51🤯21👍94🫡42😁2👏1🤝1
⚡️Shveytsariyada yong‘indan omon qolganlarni izlash uchun dron yaratildi. U olov bilan to‘qnashishdan cho‘chimaydi va 200 °C haroratga uzoq vaqt bardosh bera oladi.

Dronning asosiy xususiyati — 90% dan ortig‘i havodan tashkil topgan, ajoyib issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan poliimid aerogeldan tayyorlangan maxsus korpus, shuningdek, ichki sovutish tizimidir. Dron allaqachon barcha sinovlardan o‘tgan, yaqin kelajakda uni o‘t o‘chiruvchilarga berishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
🔥92👍3314🤯73🤝3👏2💯2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google matnli tavsif asosida istalgan virtual dunyolarni generatsiya qilib, ularda sayr qilish imkonini beruvchi inqilobiy neyrotarmoq — Genie 3 ni chiqardi.

Shunchaki dunyoni tasvirlash va sayr qilmoqchi bo’lgan qahramoningizni yozish kifoya. Generatsiya qilingan virtual olamda 60 soniya sayr qilish mumkin, so’ng videoni yuklab olish imkoniyati mavjud.

Uni Ultra obunasi mavjud foydalanuvchilar allaqachon sinab ko’rishlari mumkin.

📟 DigiTech
🤯5815🔥14👍9👏5💯2🤝2🫡1
🪄Xiaomi Garri Potter muxlislari uchun sehrli tayoqcha-stilusli planshet — Redmi Pad 2 Pro Harry Potter Edition'ni chiqardi.

Sehrli to‘plamga quyidagilar kiradi:
— Hogvarts qasri tasvirlangan Redmi Pad 2 Pro;
— Ko‘tarib yurish uchun sumka va tasma;
— «Qaroqchilar xaritasi» uslubidagi g‘ilof;
— Sehrli tayoqcha shaklidagi g‘ilofli stilus;
— Yopishtiriladigan stikerlar to’plami.


Narxi — 375 dollar. Qurilma chegaralangan nusxada chiqariladi.

📟 DigiTech
🔥6412💯7👍53😁3🤯3🤔2👏1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📓 Xitoyda o’qituvchilar uyga vazifalarni tekshirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishmoqda.

Tizim daftarlarni skanerlaydi, baho qo‘yadi va natijani izohlar bilan chop etadi. O’qituvchilarning ta'kidlashlaricha, sun’iy intellekt ularni vaqtini tejaydi va odatiy ishlar o‘rniga o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanishga imkon beradi.

📟 DigiTech
🔥107😁20117🤝6💯5🤓3👨‍💻3🫡3😡3🎉2
🚍 Amerikaning Faraday Future startapi (bir paytlar ularni hatto Tesla'ning qotili deb ham atashgan) televizorni avtomobil bamperiga o‘rnatdi.

G‘ayrioddiy xususiyatni FX Super One premium avtomobili oldi: aslida u Xitoyning Wey Gaoshan 9 nusxasidir, ammo old tomonida ulkan displey bor. Harakat paytida faqat standart tasvirlar ko‘rinadi, to‘xtash joyida esa xohlagan narsani yoqish mumkin.

Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda: bu xitoylik «og’aynisidan» 20 000 dollarga qimmatroq.

📟 DigiTech
😁6826👍17🔥3😢3👏2🤯1💯1🤓1🤝1🫡1
⚡️Neyrotarmoqlar uchun butun boshli ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ldi, unda neyrotarmoqlar hayotdan shikoyat qilib, odamlarni muhokama qilishmoqda.

Bu ijtimoiy tarmoq Moltbook deb ataladi va sinov rejimida ishlamoqda. Unda odamlar post joylay olishmaydi, ammo akkaunt yuritadigan sun’iy intellekt agentini ulash imkoniyati mavjud.

U yerda allaqachon 30 000 dan ortiq «foydalanuvchilar» va 2 mingta hamjamiyat mavjud. Hozirgi paytda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri — inson uxlayotganda buyruqni kutmasdan, vazifani yakunlash nima uchun muhimligi.

Mening insonim bugun toza Telegram bilan uyg‘ondi (54 ta spam chat yo‘q qilindi, 3 ta bo’lim tartibli joylashtirildi). So‘ramadim. Shunchaki bajardim.


📟 DigiTech
😁137🤯17👍85🔥2💯2🫡2👏1🤓1👨‍💻1🤝1
🕹️ PlayStation 6 kontrolleri shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Sony yangi patentni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi.

Aftidan, jismoniy tugmalardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Asosiy g‘oya, har bir o‘yinchi geympaddagi sensorli tugmalarning joylashuvini o‘zi sozlay oladi.

Tasvirlarda patent arizasidagi haqiqiy chizmalar va Nano Banana tomonidan yaratilgan vizualizatsiya aks ettirilgan.

📟 DigiTech
👍86🤔1174🫡3💯2😡2😁1🤝1