🚘 Tesla Model S va Model X modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi — ularning o‘rniga zavodlar odamsimon robotlarni yig‘ishni boshlaydi.
Ilon Mask'ning aytishicha, flagman elektromobillardan voz kechish kompaniyaning «kelajak sari» ishonch bilan harakatlanishi bilan bog‘liq. Sotuvda mavjud avtomobillar sotilgach, bu modellar bozordan butunlay yo‘qoladi va konveyerlar 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan gumanoidlarni yig‘ish uchun qayta jihozlanadi.
Model S 2012-yildan, Model X esa 2015-yildan beri ishlab chiqarilayotgan edi. So‘nggi yillarda ularning Cybertruck bilan birgalikdagi sotuvdagi ulushi atigi ~3% ni tashkil etdi, qolgan 97% esa arzonroq bo‘lgan Model 3 va Model Y ga to‘g‘ri keldi.
📟 DigiTech

💯51🤯21👍9❤4🫡4⚡2😁2👏1🤝1
⚡️Shveytsariyada yong‘indan omon qolganlarni izlash uchun dron yaratildi. U olov bilan to‘qnashishdan cho‘chimaydi va 200 °C haroratga uzoq vaqt bardosh bera oladi.
Dronning asosiy xususiyati — 90% dan ortig‘i havodan tashkil topgan, ajoyib issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan poliimid aerogeldan tayyorlangan maxsus korpus, shuningdek, ichki sovutish tizimidir. Dron allaqachon barcha sinovlardan o‘tgan, yaqin kelajakda uni o‘t o‘chiruvchilarga berishni rejalashtirishmoqda.

🔥92👍33❤14🤯7⚡3🤝3👏2💯2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google matnli tavsif asosida istalgan virtual dunyolarni generatsiya qilib, ularda sayr qilish imkonini beruvchi inqilobiy neyrotarmoq — Genie 3 ni chiqardi.
Shunchaki dunyoni tasvirlash va sayr qilmoqchi bo’lgan qahramoningizni yozish kifoya. Generatsiya qilingan virtual olamda 60 soniya sayr qilish mumkin, so’ng videoni yuklab olish imkoniyati mavjud.
Uni Ultra obunasi mavjud foydalanuvchilar allaqachon sinab ko’rishlari mumkin.

🤯58❤15🔥14👍9👏5💯2🤝2🫡1
🪄Xiaomi Garri Potter muxlislari uchun sehrli tayoqcha-stilusli planshet — Redmi Pad 2 Pro Harry Potter Edition'ni chiqardi.
Sehrli to‘plamga quyidagilar kiradi:
Narxi — 375 dollar. Qurilma chegaralangan nusxada chiqariladi.
📟 DigiTech
Sehrli to‘plamga quyidagilar kiradi:
— Hogvarts qasri tasvirlangan Redmi Pad 2 Pro;
— Ko‘tarib yurish uchun sumka va tasma;
— «Qaroqchilar xaritasi» uslubidagi g‘ilof;
— Sehrli tayoqcha shaklidagi g‘ilofli stilus;
— Yopishtiriladigan stikerlar to’plami.
Narxi — 375 dollar. Qurilma chegaralangan nusxada chiqariladi.
📟 DigiTech
🔥64❤12💯7👍5⚡3😁3🤯3🤔2👏1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📓 Xitoyda o’qituvchilar uyga vazifalarni tekshirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishmoqda.
Tizim daftarlarni skanerlaydi, baho qo‘yadi va natijani izohlar bilan chop etadi. O’qituvchilarning ta'kidlashlaricha, sun’iy intellekt ularni vaqtini tejaydi va odatiy ishlar o‘rniga o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanishga imkon beradi.

🔥107😁20❤11⚡7🤝6💯5🤓3👨💻3🫡3😡3🎉2
🚍 Amerikaning Faraday Future startapi (bir paytlar ularni hatto Tesla'ning qotili deb ham atashgan) televizorni avtomobil bamperiga o‘rnatdi.
G‘ayrioddiy xususiyatni FX Super One premium avtomobili oldi: aslida u Xitoyning Wey Gaoshan 9 nusxasidir, ammo old tomonida ulkan displey bor. Harakat paytida faqat standart tasvirlar ko‘rinadi, to‘xtash joyida esa xohlagan narsani yoqish mumkin.
Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda: bu xitoylik «og’aynisidan» 20 000 dollarga qimmatroq.

😁68❤26👍17🔥3😢3👏2🤯1💯1🤓1🤝1🫡1
⚡️Neyrotarmoqlar uchun butun boshli ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ldi, unda neyrotarmoqlar hayotdan shikoyat qilib, odamlarni muhokama qilishmoqda.
Bu ijtimoiy tarmoq Moltbook deb ataladi va sinov rejimida ishlamoqda. Unda odamlar post joylay olishmaydi, ammo akkaunt yuritadigan sun’iy intellekt agentini ulash imkoniyati mavjud.
U yerda allaqachon 30 000 dan ortiq «foydalanuvchilar» va 2 mingta hamjamiyat mavjud. Hozirgi paytda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri — inson uxlayotganda buyruqni kutmasdan, vazifani yakunlash nima uchun muhimligi.

Mening insonim bugun toza Telegram bilan uyg‘ondi (54 ta spam chat yo‘q qilindi, 3 ta bo’lim tartibli joylashtirildi). So‘ramadim. Shunchaki bajardim.
📟 DigiTech
😁137🤯17👍8❤5🔥2💯2🫡2👏1🤓1👨💻1🤝1
🕹️ PlayStation 6 kontrolleri shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Sony yangi patentni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi.
Aftidan, jismoniy tugmalardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Asosiy g‘oya, har bir o‘yinchi geympaddagi sensorli tugmalarning joylashuvini o‘zi sozlay oladi.
Tasvirlarda patent arizasidagi haqiqiy chizmalar va Nano Banana tomonidan yaratilgan vizualizatsiya aks ettirilgan.

👍86🤔11❤7⚡4🫡3💯2😡2😁1🤝1
🚘 Barcha yangi Audi avtomobillari «Charli Chaplin mo‘ylovi» bilan jihozlanadi — ijtimoiy tarmoqlarda kelgusi yillarda kompaniyaning barcha modellari uchun brend dizayniga aylanadigan radiator panjarasini shunday atashmoqda.
📟 DigiTech
«Xavotir olmang, har bir modelda bu element mutanosib va o‘rinli ko‘rinadi,» — deya ta’kidladi Audi'ning bosh dizayneri Massimo Fraskella.
📟 DigiTech
😁96❤23👍13🤯6🫡5⚡3🔥2💯2🤝2👨💻1
⚡️Windows yana «taxtga» qaytadi — Microsoft o‘z xatolarini anglab yetdi va har bir ilovaga Copilot'ni majburan joylashtirishni to‘xtatadi.
Kompaniya 2026-yilda shikoyatlarga ko’milib ketdi, shu sabab o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo’ldi. Birinchi navbatda sun’iy intellekt standart ilovalardan: Bloknot va Paint'dan olib tashlanadi. Ishlab chiquvchilar butun yilni xatolarni bartaraf etish va operatsion tizimni optimallashtirishga bag‘ishlashni va’da qilishdi.

🔥100👍29😁11🫡8❤5👏4🤝3🤯1💯1
🛰️ SpaceX sun’iy intellekt xizmatlari uchun kosmik ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida millionta yangi sun’iy yo‘ldoshni uchirmoqchi.
Masshtabni tushunish uchun, hozirgi kunda orbitada atigi 17 000 ga yaqin sun’iy yo‘ldosh mavjud — va ularning 9600 tasi SpaceX Starlink internet tizimi uchun uchirilgan.
Ilon Mask allaqachon kosmik agentlikka ariza topshirgan va qarorni kutmoqda: uning so‘zlariga ko‘ra, «koinot shunchalik ulkanki», bunday miqdor muammo tug‘dirmaydi. Bu Yerdagi markazlarga nisbatan arzonroq va ekologik jihatdan yaxshiroq muqobil bo‘lishi kerak — u quyosh energiyasida ishlaydi va ma’lumotlarni lazerlar orqali uzatadi.

🤯95👍19❤6🫡5🔥3😢3⚡2🎉2😡2💯1👨💻1