IT Education Association – Telegram
IT Education Association
1.32K subscribers
694 photos
209 videos
469 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
🔍 O‘zbekiston IT hamjamiyatining yirik uchrashuvi - GDG Tashkent DevFest 2025 o‘tkazildi

Bugun, 6-dekabr kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Google Developer Group (GDG) Tashkent tomonidan tashkil etilgan yillik DevFest 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda AQSh, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Malayziya va BAA kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan 30 dan ortiq xalqaro spiker, shuningdek Google, Yandex, Pinterest, Bank of America va boshqa yetakchi texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Festivalga 5000 dan ziyod ishtirokchi qatnashib, uni O‘zbekiston IT-hamjamiyatidagi eng yirik voqealardan biriga aylantirdi.

🌐 Tadbirning kirish so‘zida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov DevFestning yillar davomida rivojlanib borayotgani, ishtirokchilar sonining ortishi va davlat rahbariyatining IT sohasiga e’tibori bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi va mamlakatimizning IT-hub sifatida shakllanishida ularning hissasi muhim ekanini qayd etdi.


🇺🇸 🇺🇿 Tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik ham so‘zga chiqib, bunday texnologik uchrashuvlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashini hamda yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/108648

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
⚡️Coursera hamkorligidagi xalqaro onlayn ta’lim platformasi orqali yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi

✔️Bugun, 6-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yirik texnologiya anjumani — “GDG Tashkent DevFest 2025” doirasida O‘zbekiston IT hamjamiyati uchun muhim voqea yuz berdi.

➡️ Marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, O‘zbekistonda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasini e’tirof etdi.

Vazir eng faol va muvaffaqiyatli o‘rganuvchilarga munosib mukofotlarni topshirdi.

Taqdirlanganlar:

Muslima Ahmedova — Development Learning Achiever (Dasturlash yo‘nalishidagi yutuqlari uchun)

Yasmina Marufova — Consistent Learning Achiever (Barqaror o‘qish intilishi uchun)

Arman Mannapov — Data Learning Enthusiast (Data yo‘nalishidagi faol ishtiroki uchun)

Asadbek Abdunabiyev — Excellence in AI Learning and Application (Sun’iy intellekt bo‘yicha chuqur bilim va amaliyoti uchun)

Dauletiyar Kalila
yev — Progress Excellence Award (Bir nechta yo‘nalishlarda tez sur’atlarda o‘sish uchun)


Siz ham sun’iy intellektni o‘rganing. Endi buni 5 million sun'iy intellekt yetakchilari” aileaders.uz yangi ta’lim platformasi orqali oson va qulay tarzda boshlashingiz mumkin, rivojlaning va zamonaviy texnologiyalar dunyosida o‘zingizga yangi yo‘l oching!

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/108661

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Aziz yurtdoshlar!

IT Ta’lim Uyushmasi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi!


Konstitutsiyamiz — bu shunchaki hujjat emas, balki adolatli jamiyat qurish, inson qadr-qimmatини ulug’lash va yosh avlod uchun erkin va xavfsiz kelajak yaratishning mustahkam asosidir.

Bugun biz Konstitutsiyada belgilangan tamoyillarga tayanib, raqamli savodxonlikni oshirish, zamonaviy bilimlarni yoshlar ongiga singdirish va innovacion tafakkurni rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etamiz.

Ushbu bayram barchamizda qonun ustuvorligi, adolat ва mas’uliyat tuyg’usini mustahkamlasin.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga fayz-baraka tilaymiz.
🎉6🔥1🤩1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
GDG Tashkent DevFest OAV nigohida

Yaqinda IT ta'lim Uyushmasi mamlakatdagi eng katta IT tadbirlardan biri GDG Tashkent DevFest 2025'ni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

5000 dan ortiq ishtirokchi va 30 dan ortiq xalqaro spikerni bir joyga jamlagan festivalda Google, Yandex, Pinterest, Bank of America kabi yetakchi texnologik kompaniyalar vakillari ham bor edi.

Festival bir qator OAVlar tomonidan yoritildi. "O'zbekiston 24" telekanali tomonidan festival haqida tayyorlangan reportajni e'tiboringizga havola etamiz.
🔥3👍1👨‍💻1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajakda yaxshiroq daromad topaman desangiz, albatta, aileaders.uz orqali Sun’iy intellektni o‘rganing!

Hurmatli Prezidentimiz “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga rasmiy start berish tadbirida eng asosiy e’tiborni mamlakatimizdagi inson kapitaliga qaratdilar.

Bizdagi demografiya va yoshlarning shijoatiga juda ko‘p iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ekspertlari havas qilishadi. Shuning uchun ham yoshlarimiz kelgusida yanada raqobatbardosh bo‘lishlari uchun Sun’iy intellektni o‘rganib, undan o‘zlarining unumdorliklarini oshirishda foydalanishlari juda muhim.

Bu esa aileaders.uz sayti orqali mutlaqo bepul va oson! Vaqtingizni bekor o‘tkazmang, vaqt borida o‘z malakangizni oshiring!

BAA bilan hamkorlikdagi Sun’iy Intellekt Promptlarini yozish kursi juda oson va qisqa. Lekin u bilan kelgusida cheklanmay, ushbu saytimizdagi Coursera va boshqa hamkorlarimiz kurslarini ham tizimli o‘rganib boravering, shunda kelgusida shu sohada haqiqiy lider bo‘lasiz!
🔥3
Forwarded from Sherzod Shermatov
O‘z bilimi tufayli Milliarder bo‘lgan o‘quvchilarimiz ko‘payaversin!

Bugungi taqdirlash marosimida ishtirok etib, Xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olib Milliard so‘mdan ortiq pul mukofotiga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilarini ko‘radigan kunlarga ham kelganimizdan benihoyat xursand bo‘ldim!

Jamiyatda aynan ilmli insonlarni hurmatini oshirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasida yoshlarimiz orasida o‘z bilimlarini oshirishga va Xalqaro darajadagi fan olimpiadalarida yurtimiz obro‘sini ko‘tarish bo‘yicha katta harakat boshlanganini yildan-yilga g‘oliblar soni va medallar darajasi ortib borishidan yaqqol ko’rsa bo‘ladi!
🔥4🫡1
Xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida 100 nafar iqtidorli o‘quvchiga Coursera professional kurslariga 1 yillik obuna taqdim etildi

3–12-dekabr kunlari 38-xalqaro informatika olimpiadasi (IOI-2026)ga tayyorgarlik doirasida Respublikaning turli hududlaridan saralab olingan 100 nafar eng iqtidorli o‘quvchi uchun malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

🤝 Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ucell ko‘magida barcha 100 nafar ishtirokchiga Coursera onlayn ta’lim platformasining professional kurslariga 1 yillik obuna litsenziyalari taqdim etildi.

🌍 Bu imkoniyat yoshlarimizning xalqaro darajadagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir!

Eslatib o'tamiz. 2023-yilning 20-dekabrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim qarorlar qabul qilingan edi. Xususan, unda 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan.

________

As part of the preparation for the International Olympiad in Informatics (IOI 2026), 100 talented students have been granted one-year access to Coursera Professional Courses.

From December 3 to 12, training camps are being conducted for 100 of the most gifted students selected from various regions of the country, as part of the preparation for the 38th International Olympiad in Informatics (IOI 2026). The program features intensive training sessions delivered by experienced international and local experts.

🤝 With the support of the Ministry of Digital Technologies and Ucell, all participants received one-year subnoscription licenses to professional courses on the Coursera online learning platform.

🌍 This initiative represents a significant step toward strengthening the international-level knowledge and skills of young talents.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
What a day — and what a decade! 💙

DevFest Uzbekistan 2025 marked 10 years of GDG Tashkent, and the celebration felt truly special.

More than 5000 participants filled the venue, and every corner had its own story:
🔹 someone met their future mentor
🔹 someone discovered a career-changing idea
🔹 someone took their first step into tech
🔹 someone reunited with friends from past DevFests

Thank you to everyone — speakers, volunteers, partners, and every attendee who brought this day to life.

📸 Below you’ll find our photo highlights - LINK
📂 You can also find all session slides - HERE
💬 Network with fellow GDG members - LINK

Thank you once again and see you at our future events!
🔥2👍1