Muhammadali – Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍7
"Sosyedad" darvozaboni Remiro faoliyatidagi eng zo'r o'yinni o'tkazdi. "Barsa"ning hujum mashinasiga fantastik seyvlar bilan javob qaytardi. O'yingoh ham o'yin boshidan to oxirigacha alanga misoli yondi! Neytral muxlis uchun ajoyib o'yin, "Sosyedad" muxlisi uchun esa super bahs. Balki "Barsa"ning hujum mashinasiga Rafinya yetishmagandir. Chunki o'sha qanot baribir Yamalnikiga qaraganda sustroqdek taassurot qoldirdi.

Muhammadali
13👍6
APL
Setanta Sports O'zbekiston 🇺🇿
🎙PODKAST |  Xayrulla Hamidov, Muhammadali Muhammadkarimov

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Bugungi podkastda Angliya Premyer Ligasi, 22-tur oʻyinlari, katta jamoalari, “Arsenal”ning barcha frontda kurashi haqida gaplashdik.

#Football #Podcast #EPL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥32🤝2
😀 APL. "Bornmut" — "Liverpul": Slot uchun so‘nggi imkoniyatmi?

Bugun "Vitaliti" stadionida nafaqat navbatdagi tur o‘yini, balki murabbiylar taqdiri hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv guvohi bo‘lamiz.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Liverpul" va Slot atrofidagi bulutlar

Arne Slot uchun bosim eng yuqori nuqtaga chiqdi. "Byornli" bilan durangdan (1:1) so‘ng, ingliz OAVlari niderlandiyalik mutaxassis shu hafta iste’foga chiqarilishi mumkinligini yozmoqda. Jamoa 32 ta zarba berib ham g‘alaba qozona olmagani va yetakchilardan 14 ochko ortda qolgani rahbariyatning sabrini sinamoqda.
Qizig‘i shundaki, Slotning o‘rniga aynan bugungi raqib — "Bornmut" ustozi Andoni Iraola nomzodi ko‘rilmoqda.
Jamoa sardori Virjiil van Deyk esa so‘nggi o‘yindagi bo‘shashishdan g‘azabda:
"60-daqiqadan keyin pala-partish harakat qila boshlaganimiz meni g‘azablantiryapti — va bu birinchi marta emas. Bu haqda oldin ham gaplashgandik, lekin, afsuski, yana shu mavzuga qaytishga majburmiz".

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Bornmut": Yo‘qotishlarga qaramay yashovchan

"Olchalar" yozda asosiy himoyachilarini, qishda esa to‘purari Antuan Semenyoni sotganiga qaramay, grandlarga haqiqiy bosh og‘riq bo‘lmoqda. Ular yaqinda "Chelsi" va "Brayton" bilan durang o‘ynab, "Tottenhem"ni taslim etishdi. Iraola jamoasi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ham (2:3) oxirigacha jang qildi.

🔥 O‘yin intrigasi
O’zaro o’yinlar tarixi "Liverpul" tomonida (so‘nggi 6 o‘zaro o‘yinda g‘alaba), ammo hozirgi "Bornmut" o‘z uyida istalgan raqibga gol ura oladi.
Xo‘sh, Arne Slot o‘z kursisini saqlab qoladimi yoki Iraola "bo‘lajak jamoasi"ni dog‘da qoldiradimi?

🎙 Ushbu uchrashuvni bugun soat 22:30 da 📺 Setanta Sports 1 telekanalida sharhlab boraman. Bizni ajoyib o‘yin kutmoqda!

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4
🇪🇸La Liga. Turning markaziy to‘qnashuvi: "Vilyarreal" — "Real Madrid"

Bugun "Estadio de la Seramika"da Ispaniya chempionatining eng qiziqarli o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalida 3-o‘rinda borayotgan "Vilyarreal" peshqadamni ta’qib qilayotgan "Real"ni qabul qiladi.

"Vilyarreal": Tarixiy natija va "top-klublar sindromi"
Marselino Garsiya Toral jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, pley-off umidlarini deyarli uzdi (so‘nggi turda "Ayaks"ga 1:2 hisobida yutqazdi). Biroq La Ligada "Sariq suv osti kemasi" o‘z tarixidagi eng yaxshi birinchi davrani o‘tkazdi va haqli ravishda 3-pog‘onani egallab turibdi.
Lekin jamoada bir jiddiy muammo bor: bu mavsumda ular top-raqiblarga qarshi o‘yinlarning barchasida mag‘lub bo‘lishdi. O‘tgan turda "Betis"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:2) ham jamoaning hali grandlarga qarshi to‘liq tayyor emasligini ko‘rsatdi.

"Real Madrid": Arbeloa va beqarorlik
Xabi Alonsoning ketishi va Alvaro Arbeloaning tayinlanishi jamoada o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. "Qirollik klubi" Kubokdan chiqib ketgan bo‘lsa-da, ChLda "Monako"ni 6:1 hisobida tor-mor etib, o‘zining haqiqiy kuchini namoyish etdi.
La Ligada esa vaziyat qizg‘in: "Barselona"ning o‘tgan turdagi kutilmagan mag‘lubiyati "Real"ga oradagi farqni minimal darajaga qisqartirish imkonini berdi. Bugun faqat g‘alaba ularni chempionlik poygasida saqlab qoladi.

O‘zaro hisob-kitob
"Real" so‘nggi paytlarda "Vilyarreal"ga qarshi yaxshi o‘ynamoqda (5 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya). Birinchi davrada madridliklar 3:1 hisobida ustun kelishgandi. Lekin barchamizning yodimizda Aleksandr Syorlotning pokeri bilan tugagan o‘sha mashhur 4:4 hisobidagi triller turibdi.
Bugun "Vilyarreal" o‘zining "top-klublar kompleksi"ni yenga oladimi yoki "Real" chempionlik sari yana bir qadam tashlaydimi?

🎙 Ushbu murosasiz bahsni soat 01:00 da 📺Setanta Sports Football Youtube kanalida sharhlab boraman.

🟥Havola: youtube.com/live/bvOfFJh4QUc

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍62👏1
“Real” bu tur markaziy bahsda maydonga tushgan bo'lsa, “Barselona” chempionatda soʻnggi oʻrinda borayotgan autsayder “Ovyedo” bilan oʻynaydi.

Rotatsiya orqali ba'zi futbolchilarga dam berish va ChLning soʻnggi turi, "Barsa" uchun muhim bahs - “Kopengagen"ga tayyorlanishga zoʻr imkoniyat.

Birinchi davrada 3:1 hisobida gʻalaba qozongan kataloniyaliklar 20 dan ziyod zarba bergandi. Bugun ham koʻp gollar koʻramiz degan umid bor. Sababi bu uchrashuvni Setanta Sports Football Youtube kanalida sharhlab boraman.

📌20:15
🟥Havola: youtube.com/live/ORrkJmWegj8

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yamalning ajoyib goli!

Muhammadali
🔥21👍62😁2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
17👍8🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴ARSENAL QANDAY CHEMPION BO'LMOQCHI?!

"Markaziy Sektor" yangi murabbiy bilan ketma-ket chempionlikka davogar jamoalar ustidan g'alaba qozonib kelayotgan Michael Carrick hamda Manchester Yunayted - Arsenal bahsiga to'xtaldi.

Tomosha qilish uchun: https://youtu.be/AmQWQ6PJ1L0

Reklama va hamkorlik uchun👇
+99 888 030 0808 (Telegram: @markaziysektor_uz )

Ijodimizni qoʻllab-quvvatlash quyidagi usullarda donat qilishingiz mumkin:)

TIRIKCHILIK: https://tirikchilik.uz/@markaziysektor

Hammasi futbol haqida — @markaziysektor
6🔥4🏆1😎1
Chempionlar ligasi
Setanta Sports O'zbekiston 🇺🇿
Chempionlar Ligasi oxirgi turi oldidan Davron aka bilan 📺 Setanta Sports telegram kanalida audio-podkast amalga oshirdik. Eng markaziy oʻyinlarga birma-bir toʻxtalib oʻtdik va bu bosqichning eng muhim, turnir jadvaliga ta`sir o'tkazuvchi maʼlumotlar ham aytib oʻtildi.

Oʻyinlargacha tinglashingiz mumkin

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Orif Tolipov
Бу ҳафта @markaziysektor подкастимизда бошқа таркибда суҳбат ўтди. Ўйлашимча, топ клубларнинг тур ўйинларига атрофлича тўхталдик. ЕЧЛ олдидан маълум хулосалар қилиш мумкин.
Shu podkast izohlaridan biri.

Mana shunday futbol muxlislari ham bor, shukr, lekin ular koʻp emas. Ko'payadi degan umiddaman.

Biz ham imkon qadar "saviyamizni" oshirishga harakat qilamiz. Lekin "bular bo'mapti, saviyasiz ekan" deydiganlar, iltimos, sizlar ham saviyangizni oshirib, qarshi fikr bildirish orqali tanqid qiling, shunchaki "bo'mapti"dan nariga o'tolmasangiz, unda uzr.

Muhammadali
25👍15🔥1👏1
"Arsenal" inqiroz yoqasidami? Chempionlik poygasida navbatdagi va eng qiyin sinov: "Elland Road"

Mikel Arteta jamoasi uchun mavsumning eng og‘ir pallasi boshlandi. "Manchester Yunayted"dan qabul qilingan mag‘lubiyat va so‘nggi turlardagi ochko yo‘qotishlardan so‘ng, peshqadamning ta’bichilari bilan oradagi farq 4 ochkoga qisqardi. Eng havotirlisi — "Arsenal" ketma-ket uch o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti va bu o‘yinlarda o‘z o‘yinchilari hisobiga gol urishni ham uddalay olgani yo‘q.

Bugun "Arsenal"ni "Lids" maydonida nima kutmoqda?

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Arsenal": Ruhiy bosim va charchoq alomatlari
21 yillik "qurg‘oqchilik" va chempionlik istagi jamoaga ortiqcha bosim yuklayotgandek. Statistikaga e’tibor bering:
Mavsumning dastlabki 18 ta turida "Arsenal" o‘z darvozasi oldida raqib zarbasiga olib keluvchi o‘rtacha 0.4 ta xato qilgan bo‘lsa, so‘nggi 5 ta o‘yinda bu ko‘rsatkich 1.6 taga yetdi. Martin Subimendi kabi eng ishonchli o‘yinchilarning oddiy vaziyatlarda to‘p yo‘qotishi (MYU bilan o‘yindagi Mbeumo goli) — bu nafaqat jismoniy charchoq, balki ruhiy toliqish belgisidir. Arteta ham tig‘iz taqvim jamoani ham jismonan, ham mental tomondan "siqib qo'yganini" tan oldi.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Lids": Aldamchi 15-o‘rin va Farke effekti
Turnir jadvaliga qarab xulosa qilmang. Daniel Farke boshchiligidagi "tovuslar" dekabr oyidan beri APLda faqat bir marta (o‘shanda ham dramatik 3:4 hisobida) mag‘lub bo‘lishdi. So‘nggi 9 o‘yinda 15 ochko — bu ligadagi eng yaxshi 6-natija.

O‘tgan turda "Everton" bilan durang (1:1) o‘ynashdi, ammo o‘yin sifati bo‘yicha "Lids" "boshni aylantirib" qo‘ydi:
— Birinchi bo‘limda safarda 10 ta zarba (2021-yildan beri eng yaxshi ko‘rsatkich);
— xG (kutilgan gollar) bo‘yicha 1.11 ga 0.15 ustunlik;
— Aniq zarbalar va "katta imkoniyatlar" bo‘yicha yaqqol dominatsiya.
Jeyms Jastin va hujum chizig‘i yaratilgan vaziyatlarni to‘liq golga aylantira olmayotgan bo‘lsa-da, o‘yin sifati va intensivlik bo‘yicha "Lids" hozir istalgan grandga bosh og‘riq bo‘la oladi.

⚔️ O‘zaro to‘qnashuv
Birinchi davrada "Arsenal" raqibini 5:0 hisobida yakson qilgandi va umumiy hisobda so‘nggi 7 ta o‘zaro o‘yinda "to'pchilar"ning qo‘li baland kelgan. Biroq, bugungi "Lids" o‘sha mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan, ancha tartibli va agressiv jamoa. "Elland Road"dagi atmosfera va "Arsenal"dagi mavjud asabiylikni hisobga olsak, bugun Artetani oson "sayr" kutmayotgani aniq.

Bugun "Arsenal" xatolar limitini tugatib bo'lgan. G'alaba — hayot-mamot masalasi.

🎙 Ushbu to‘qnashuvni soat 20:00 dan boshlab 📺 Setanta Sports 1 telekanalida sharhlab boraman.

Futbol muxlislari uchun haqiqiy jang va'da qilingan oqshomda ko‘rishguncha!

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
La Liga peshqadami "qulay" raqibga qarshimi yoki "kichik Madrid" tuzog'i? "Elche" – "Barselona" o'yini prevyusi

Xansi Flik boshchiligidagi "Barselona" ajoyib formaga kirdi: so'nggi 11 o'yinda g'alaba (barcha turnirlarda), "Real" ustidan qozonilgan Superkubok g'alabasi va Yevrokuboklardagi ishonchli o'yin. Ammo La Ligada bo'shashishga haqqi yo'q – "Real Sosyedad"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, ta'qibchilar bilan oradagi farq minimal ko'rinishga keldi.

Bugun "Martinez Valero" stadionida oson o'yin bo'lmaydi. Nega? Quyidagi faktlarga e'tibor bering.

📉 "Elche"ning aldamchi inqirozi va 2026-yilgi omadsizlik
Mezbonlar turnir jadvalida 9-o'rindan pastlab, xavfli zonadan atigi 3 ochko masofada qoldi. Eder Sarabiya jamoasi 2026-yilda hali g'alaba qozongani yo'q: "Vilyarreal" va "Betis"ga mag'lubiyat, "Valensiya" bilan durang.
Eng alamli jihati – ular o'yinni nazorat qilib turib ochko yo'qotmoqda. "Sevilya"ga qarshi 2:0 hisobidagi ustunlikni boy berishdi, o'tgan turda esa "Levante" maydonida birinchi bo'limni yutib, yakunda g'alabani qo'ldan chiqarishdi.

📊 Autsayder emas, dominant jamoa
Jadvalga qarab aldanmang. "Elche" o'yin uslubi bo'yicha La Liganing eng kuchlilaridan biri:
To'p nazorati bo'yicha ligada 3-o'rin (58.8%) – faqat grandlardan ortda.
Pressing (PPDA) bo'yicha 4-o'rin (10.2).
Bu shuni anglatadiki, bugun "Barsa"ga qarshi shunchaki himoyalanadigan emas, to'p uchun kurashadigan va hujum qiladigan jamoa maydonga chiqadi.

🔥 "Barselona"ga qarshi "Real Madrid" agentlari
Bu o'yinning eng qiziq intrigasi – "Elche" safidagi "qaymoqranglilar".

1. Viktor Chust (Markaziy himoya) – "Real" tarbiyalanuvchisi.
2. Alvaro Rodriges (Hujumchi) – "Kastilya" yulduzi, hisobida 4 gol va 4 assist bor.
Ulardan tashqari, jamoada Messi bilan "Inter Mayami"da o'ynagan Federiko Redondo va APL maktabini ko'rgan Yago Santyago ("Tottenhem") hamda Gradi Diangana ("Vest Xem") kabi ijrochilar bor.

🚑 Tarkibdagi holat va yo'qotishlar
"Barselona": Gavi va Kristensen yo'qligi yetmagandek, jamoa "miyasi" – Pedri ham jarohatda.
"Elche": Asosiy yarim himoyachi Aleyks Febas diskvalifikatsiya tufayli o'ynamaydi. Lekin hujumda "Krishtianu Ronaldu vorisi" deb atalgan Andre Silva (4 gol) va jarohatdan qaytgan Rafa Mir (6 gol) "Barsa" himoyasini yorib o'tishga tayyor.

🎯 Levandovski rekordi va tarix
Robert Levandovski La Ligada 56 xil o'yinda gol urishga ulgurdi. Yana bitta o'yin – va u Xavi, Kuman hamda Rakitich (57) ko'rsatkichiga yetib oladi.
Tarixga nazar solsak: "Elche" o'z uyida "Barsa"ni oxirgi marta 1974-yilda (Rinus Mixels davrida!) mag'lub etgan. Xansi Flik jamoasi bu 52 yillik an'anani davom ettira oladimi?

Xullas, bugun bizni shunchaki "favorit va autsayder" o'yini emas, balki taktik jihatdan boy va kutilmagan burilishlarga ega to'qnashuv kutmoqda.

🎙 O'yinni soat 00:50 dan boshlab 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida sharhlab boraman.

📌Havola: youtube.com/live/iKpgRyaTUdU

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6