Muhammadali – Telegram
Fransiya chempionati. 18-tur markaziy uchrashuvi: PSJ — Lill

Bugun tunda "Park de Prens" stadionida Liga 1 ning 18-turidan o‘rin olgan markaziy bahs bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalida yetakchilikni qaytarishni maqsad qilgan PSJ Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan "Lill"ni qabul qiladi.

Luis Enrike shogirdlari uchun bu uchrashuv o‘ziga xos reabilitatsiya vazifasini o‘taydi. Parijliklar yaqinda Fransiya Kubogida kutilmaganda quyi liga vakiliga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi. "Lans" yetakchilik qilayotgan jadvalda birinchi o‘ringa qaytish uchun PSJga faqat g‘alaba kerak. Jamoa o‘z uyida juda ishonchli o‘ynamoqda: Liga 1 doirasidagi so‘nggi 9 ta uy uchrashuvining 8 tasida raqiblar mag‘lub etilgan. Qolaversa, parijliklarning "Lill"ga qarshi o‘zaro o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetgan.

Bruno Jeneziyo boshchiligidagi "Lill" uchun 2026-yil omadsiz boshlandi. Jamoa avvaliga chempionatda "Renn"ga, keyin Kubokda "Lion"ga yutqazib qo‘ydi. "Doglar" ayni damda kuchli uchlik uchun kurashmoqda va ochko yo‘qotish huquqiga ega emas. Mehmonlarning umidi ularning so‘nggi safar o‘yinlaridagi ijobiy seriyasidan: jamoa mehmondagi oxirgi ikki bahsida g‘alaba qozongan.

Har ikki jamoada ham jiddiy yo‘qotishlar mavjud. Afrika Millatlar Kubogi finali sababli PSJ yetakchisi Ashraf Hakimi va "Lill" hujumchisi Igamane bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, parijliklardan Safonov va Li Kan In, mehmonlardan esa Ture jarohat sabab maydonga tusha olmaydi.

Ushbu qiziqarli kechishi kutilayotgan bahsni bugun 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida sharhlab boraman.

⚽️Boshlanish vaqti: 00:55
📌Havola: https://youtu.be/LvtWTCVrslk

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21
La Liga. "Real Madrid" — "Levante"

Bugun "Bernabeu"da Ispaniya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘z maydonida yarador "Real" jonlanayotgan "Levante"ni qabul qiladi.

"Real Madrid" ayni damda qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Xabi Alonsoning iste’fosidan so‘ng bosh murabbiy etib tayinlangan Alvaro Arbeloa debyutdayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi: jamoa kutilmaganda Ispaniya Kubogida quyi liga vakili "Albasete"ga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi. Undan oldinroq esa Superkubok finalida "Barselona"ga imkoniyat boy berilgandi. Bugungi bahs Arbeloa uchun La Ligadagi ilk jiddiy sinov va muxlislar oldida reabilitatsiya qilish imkoniyatidir.

"Levante"da esa aksincha, ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Yangi murabbiy Luish Kashtru qo‘l ostida jamoa o‘yini mazmunan boyidi. Valensiyaliklar yaqinda safarda "Sevilya"ni yirik (3:0) hisobda mag‘lub etib, "Espanyol" bilan durang o‘ynashdi va turnir jadvalining eng quyi pog‘onasidan qutulishga erishdi.

Garchi so‘nggi o‘zaro o‘yinlarda "Real" yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, bugungi uchrashuv oson kechmasligi aniq. "Levante" mezbonlarning hozirgi ruhiy holatidan foydalanib qolishga urinadi.

Ushbu qiziqarli bahsni 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida sharhlab boraman.

⚽️Boshlanish vaqti: 18:00
📌Havola: youtu.be/6OkplACpLH8

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74
APL. "Nottingem Forest" — "Arsenal"

Bugun "Arsenal" kubok bahslaridagi tanaffusdan so‘ng bor e’tiborini yana Premer-ligadagi chempionlik poygasiga qaratadi. Mikel Arteta shogirdlarini "Siti Graund"da jiddiy sinov kutib turibdi.

Bu stadion "to’pchilar" uchun noqulay maydon hisoblanadi: o‘tgan mavsumda londonliklar aynan shu yerda muhim ochkolarni yo‘qotib, nursiz durang (0:0) qayd etishgan edi.

"Nottingem Forest" ruhiy tomondan og‘ir holatda. Jamoa Angliya Kubogida quyi liga vakili "Reksem"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Bosh murabbiy Shon Daych ushbu o‘yinda imkoniyat berilgan zaxira futbolchilarini, jumladan, sobiq "Arsenal" futbolchisi Aleksandr Zinchenkoni ham qattiq tanqid ostiga olib, ularning o‘yinini "qabul qilib bo‘lmas holat" deb baholadi. Bugungi bahs ular uchun o’zini oqlash imkoniyati bo‘ladi.

"Arsenal" esa Liga Kubogida "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alaba bilan Nottinghamga tashrif buyurmoqda. Biroq Mikel Arteta "Stemford Brij"dagi o‘yinda jamoasi yirik hisobdagi ustunlikni saqlab qola olmaganidan va intrigani ochiq qoldirganidan to‘liq qoniqish hosil qilmagan. Bugun londonliklardan yanada sovuqqon o‘yin talab etiladi.

Ushbu qiziqarli to‘qnashuvni soat 22:30 da 📺Setanta Sports 1 telekanalida sharhlab boraman.

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3
Bugun tunda San-Sebastyanda qiziqarli to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Ajoyib seriya qayd etayotgan peshqadam "Barselona"ni o‘z uyida "tish ko‘rsata oladigan" "Real Sosyedad" kutib turibdi.

🇪🇸 "Real Sosyedad": Yangi murabbiy, yangi umidlar

Basklar dekabr oyini omadsiz o‘tkazishdi ("Alaves" va "Jirona"dan mag‘lubiyat), bu esa bosh murabbiy Serxio Fransiskoning ketishiga sabab bo‘ldi. Endi jamoani amerikalik/italiyalik mutaxassis — Pellegrino Matarazzo boshqarmoqda.

Matarazzo effekti: Yangi murabbiy qo‘l ostida jamoa hali yutqazmadi. "Atletiko" bilan jangovar durang (1:1) va "Xetafe" ustidan so‘nggi daqiqalardagi irodali g‘alaba muxlislarga umid bag‘ishladi.

Kubokdagi qahramonlik: Hafta o‘rtasida "Osasuna"ga qarshi kechgan dramatik bahsda 0:2 hisobida yutqazayotib, hisobni tenglashtirishdi va penaltilar seriyasida (4:3) g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olishdi.

🇪🇸 "Barselona": To‘xtatib bo‘lmas mashina

Xansi Flik shogirdlari ayni damda Ispaniyaning eng yaxshi formasidagi jamoasi bo‘lib turibdi.

Dahshatli seriya: Jamoa barcha musobaqalarda qatorasiga 11 ta o‘yinda g‘alaba qozondi! Bu so‘nggi 10 yillikdagi (Luis Enrike davridan beri) eng yaxshi natija.

Sovrindor kayfiyat: "Barsa" yilni ajoyib boshladi: Superkubok yarim finalida "Atletik"ni tor-mor etishdi (5:0) va finalda "Real Madrid"ni mag‘lub etib (3:2), mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishdi.

Kubokdagi yurish: Segunda peshqadami "Rasing" ham qiyinchilik bilan bo‘lsa-da mag‘lub etildi (2:0). Ferran Torres va Lamin Yamal o‘z so‘zini aytdi.

Birinchi davrada "Barselona" o‘z uyida "Sosyedad"ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida yenggan edi. "Anoeta" esa har doim kataloniyaliklar uchun noqulay maydon sanaladi.

"Barsa"ning charchoq alomatlari va basklarning o‘z uyidagi agressiv o‘yini bugungi bahsga o‘zgacha intriga qo‘shadi.

Ushbu uchrashuvni bugun soat 00:55 da 📺 Setanta Sports Football Youtube kanalida sharhlab boraman!

📌Havola: youtube.com/live/5K9cZe5OQoM

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍7
"Sosyedad" darvozaboni Remiro faoliyatidagi eng zo'r o'yinni o'tkazdi. "Barsa"ning hujum mashinasiga fantastik seyvlar bilan javob qaytardi. O'yingoh ham o'yin boshidan to oxirigacha alanga misoli yondi! Neytral muxlis uchun ajoyib o'yin, "Sosyedad" muxlisi uchun esa super bahs. Balki "Barsa"ning hujum mashinasiga Rafinya yetishmagandir. Chunki o'sha qanot baribir Yamalnikiga qaraganda sustroqdek taassurot qoldirdi.

Muhammadali
13👍6
APL
Setanta Sports O'zbekiston 🇺🇿
🎙PODKAST |  Xayrulla Hamidov, Muhammadali Muhammadkarimov

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Bugungi podkastda Angliya Premyer Ligasi, 22-tur oʻyinlari, katta jamoalari, “Arsenal”ning barcha frontda kurashi haqida gaplashdik.

#Football #Podcast #EPL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥32🤝2
😀 APL. "Bornmut" — "Liverpul": Slot uchun so‘nggi imkoniyatmi?

Bugun "Vitaliti" stadionida nafaqat navbatdagi tur o‘yini, balki murabbiylar taqdiri hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv guvohi bo‘lamiz.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Liverpul" va Slot atrofidagi bulutlar

Arne Slot uchun bosim eng yuqori nuqtaga chiqdi. "Byornli" bilan durangdan (1:1) so‘ng, ingliz OAVlari niderlandiyalik mutaxassis shu hafta iste’foga chiqarilishi mumkinligini yozmoqda. Jamoa 32 ta zarba berib ham g‘alaba qozona olmagani va yetakchilardan 14 ochko ortda qolgani rahbariyatning sabrini sinamoqda.
Qizig‘i shundaki, Slotning o‘rniga aynan bugungi raqib — "Bornmut" ustozi Andoni Iraola nomzodi ko‘rilmoqda.
Jamoa sardori Virjiil van Deyk esa so‘nggi o‘yindagi bo‘shashishdan g‘azabda:
"60-daqiqadan keyin pala-partish harakat qila boshlaganimiz meni g‘azablantiryapti — va bu birinchi marta emas. Bu haqda oldin ham gaplashgandik, lekin, afsuski, yana shu mavzuga qaytishga majburmiz".

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 "Bornmut": Yo‘qotishlarga qaramay yashovchan

"Olchalar" yozda asosiy himoyachilarini, qishda esa to‘purari Antuan Semenyoni sotganiga qaramay, grandlarga haqiqiy bosh og‘riq bo‘lmoqda. Ular yaqinda "Chelsi" va "Brayton" bilan durang o‘ynab, "Tottenhem"ni taslim etishdi. Iraola jamoasi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ham (2:3) oxirigacha jang qildi.

🔥 O‘yin intrigasi
O’zaro o’yinlar tarixi "Liverpul" tomonida (so‘nggi 6 o‘zaro o‘yinda g‘alaba), ammo hozirgi "Bornmut" o‘z uyida istalgan raqibga gol ura oladi.
Xo‘sh, Arne Slot o‘z kursisini saqlab qoladimi yoki Iraola "bo‘lajak jamoasi"ni dog‘da qoldiradimi?

🎙 Ushbu uchrashuvni bugun soat 22:30 da 📺 Setanta Sports 1 telekanalida sharhlab boraman. Bizni ajoyib o‘yin kutmoqda!

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4
🇪🇸La Liga. Turning markaziy to‘qnashuvi: "Vilyarreal" — "Real Madrid"

Bugun "Estadio de la Seramika"da Ispaniya chempionatining eng qiziqarli o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalida 3-o‘rinda borayotgan "Vilyarreal" peshqadamni ta’qib qilayotgan "Real"ni qabul qiladi.

"Vilyarreal": Tarixiy natija va "top-klublar sindromi"
Marselino Garsiya Toral jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, pley-off umidlarini deyarli uzdi (so‘nggi turda "Ayaks"ga 1:2 hisobida yutqazdi). Biroq La Ligada "Sariq suv osti kemasi" o‘z tarixidagi eng yaxshi birinchi davrani o‘tkazdi va haqli ravishda 3-pog‘onani egallab turibdi.
Lekin jamoada bir jiddiy muammo bor: bu mavsumda ular top-raqiblarga qarshi o‘yinlarning barchasida mag‘lub bo‘lishdi. O‘tgan turda "Betis"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:2) ham jamoaning hali grandlarga qarshi to‘liq tayyor emasligini ko‘rsatdi.

"Real Madrid": Arbeloa va beqarorlik
Xabi Alonsoning ketishi va Alvaro Arbeloaning tayinlanishi jamoada o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. "Qirollik klubi" Kubokdan chiqib ketgan bo‘lsa-da, ChLda "Monako"ni 6:1 hisobida tor-mor etib, o‘zining haqiqiy kuchini namoyish etdi.
La Ligada esa vaziyat qizg‘in: "Barselona"ning o‘tgan turdagi kutilmagan mag‘lubiyati "Real"ga oradagi farqni minimal darajaga qisqartirish imkonini berdi. Bugun faqat g‘alaba ularni chempionlik poygasida saqlab qoladi.

O‘zaro hisob-kitob
"Real" so‘nggi paytlarda "Vilyarreal"ga qarshi yaxshi o‘ynamoqda (5 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya). Birinchi davrada madridliklar 3:1 hisobida ustun kelishgandi. Lekin barchamizning yodimizda Aleksandr Syorlotning pokeri bilan tugagan o‘sha mashhur 4:4 hisobidagi triller turibdi.
Bugun "Vilyarreal" o‘zining "top-klublar kompleksi"ni yenga oladimi yoki "Real" chempionlik sari yana bir qadam tashlaydimi?

🎙 Ushbu murosasiz bahsni soat 01:00 da 📺Setanta Sports Football Youtube kanalida sharhlab boraman.

🟥Havola: youtube.com/live/bvOfFJh4QUc

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍72👏1
“Real” bu tur markaziy bahsda maydonga tushgan bo'lsa, “Barselona” chempionatda soʻnggi oʻrinda borayotgan autsayder “Ovyedo” bilan oʻynaydi.

Rotatsiya orqali ba'zi futbolchilarga dam berish va ChLning soʻnggi turi, "Barsa" uchun muhim bahs - “Kopengagen"ga tayyorlanishga zoʻr imkoniyat.

Birinchi davrada 3:1 hisobida gʻalaba qozongan kataloniyaliklar 20 dan ziyod zarba bergandi. Bugun ham koʻp gollar koʻramiz degan umid bor. Sababi bu uchrashuvni Setanta Sports Football Youtube kanalida sharhlab boraman.

📌20:15
🟥Havola: youtube.com/live/ORrkJmWegj8

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yamalning ajoyib goli!

Muhammadali
🔥21👍62😁2🤝1