Muhammadislom - AyTi Blog – Telegram
Muhammadislom - AyTi Blog
1.27K subscribers
613 photos
48 videos
10 files
215 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Universitet bilim uchun emas

1. Universitetning asosiy maqsadi bilim berish, kirishdan asosiy maqsad bilim olish yoki ishli bo’lish degan odam adashadi.

2. Universitetlarning asosiy maqsadi bilim berish emas, Standfordda ham, Cambridge, Harvard, o’zimizning Westminsterda ham.

3. Bilim hammasi necha yillardan beri kitoblarda, ustozlarda, kurslarda, onlayn leksiyalarda bemalol turibdi. Uni o’rganish uchun motivatsiya kerak xolos.

4. Universitet ana shu motivatsiyani beradi. O’zingga o’xshagan maqsadli bollarni atrofingga yig’ish, diplom berish, o’qimasang haydab yuborish xavfi orqali.

5. O’zingni o’zing qamchilay olasanmi? Har kuni to’xtamay o’rganishga undaydigan nima bor? Nazoratsiz ham rivojlana olasanmi? Sohangdagi eng zo’r ustozlarni va rivojlanishga tayyor odamlar muhitini topa olasanmi?

6. Javoblar «ha» bo’lsa oilangga bir necha ming dollar tejab berasan. «Yo’q» bo’lsa — kirish uchun yaxshiroq joy tanlashni boshlayver.

@azizrakhimov_blog
2🔥1
Tushungan tushundi...

@Muhammadislom_Dev
😢2🤩1
Frontend dasturlash o'zi nima?

💻 Frontend dasturlash — bu sayt yoki dasturning foydalanuvchi uchun atalgan qismini, ya'ni foydalanuvchi interfeysini yaratishdir. Bunda sayt dizayni va foydalanish qulayligi asosiy omillar hisoblanadi.

🧑🏻‍💻Frontend dasturlash nima ekanligini tushunish uchun istalgan web-sahifaning kodini ochish kifoya. Sahifaning kodi — bu frontend dasturchining ish mahsulidir.

Frontend dasturlash uchun qaysi tillar ishlatiladi?

Frontend dasturlash uchun HTML, CSS va JavaScript tillari ishlatiladi. Shulardan faqat bittasi — JavaScript dasturlash tili hisoblanadi.

CSS — bu web-sahifalarning ko'rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan til. Aynan ushbu kod sahifadagi alohida elementlarni brauzer tomonidan tanib olinishi uchun xizmat qiladi.

JavaScript — bu ko'p paradigmali dasturlash tili bo'lib, u brauzerlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. JavaScript sahifalarni tom ma'noda jonlantiradi va ularga interaktivlik qo'shadi.


@Muhammadislom_Dev
1👏1
Bugun
7-Yanvar

Xalqaro Dasturchilar Kuni

Международный день программистов

International Programmers Day

@Muhammadislom_Dev
🎉4🔥3🤩3
Microsoft 90-yillardagi Windows o'yini — Minesweeper (Сапёр) stilidagi sviterlarni sotmoqda.

🎄 Yangi yil yaqinlashayotgani munosabati bilan Microsoft o'zining bayramona + nostalgia dizayndagi Windows Minesweeper Ugly Sweater nomli sviterlarini sotmoqda.

Sviter narxi $74.99 bo'lib, savdodan tushgan mablag' AbleGamers hayriya ishlariga yo'naltiriladi.

Agar siz o'sha 90-yillarning Minesweeper (Сапёр) o'yinini o'ynashni istasangiz ushbu saytga istalgan vaqt tashrif buyurishingiz mumkin:
https://nickarocho.github.io/minesweeper/

@Muhammadislom_Dev
👍1🔥1
🎗Assalom alaykum 🎗mard va jasur, alp qomat yurtimizning qo'rqmas o'g'lonlari barchangizni 14- yanvar vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman.Oila azolaringiz baxtiga doim sog'-salomat bo'linglar.Hammangiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shuvchi insonlar bo'ling.Tinchligimizga ko'z tegmasin.Doimo osmonimiz musoffo bolsin.Bayram barchangizga muborak bo'lsin!!!

@Muhammadislom_Dev
Toshkentlik UzMobile aloqa operatori abonentlari uchun xushxabar!

🚇 Endi siz metroda ham qo‘ng‘iroq, SMS, Internet-aloqa xizmatlaridan muammolarsiz to'liq foydalanishingiz mumkin.

Bundan oldin Ucell abonentlari uchun bu turdagi xizmat mavjud edi.

@Muhammadislom_Dev
⌨️ Klaviaturada tez yozish bo'yicha saytlar:

www.typingclub.com — bu klaviturada tez, to'g'ri va xatosiz yozishni o'rgatadigan eng zo'r saytlarning biri.

tezyoz.uz — bu o'zbek tilida tez yozishni mashq qilish uchun eng yaxshi sayt.

play.typeracer.com — bu saytda do'stlaringiz yoki boshqalar bilan tez yozish bo'yicha musobaqalar o'tkazishingiz mumkin.

@Muhammadislom_Dev
👍4🔥1😢1
Endi rasmdagi keraksiz narsalarni Telegram'dan chiqmasdan o'chirib yubora olasiz!

@MagicEraserBot - ushbu bot sizga rasmdagi o'zingiz istagan narsalarni olib tashlashda yordam beradi. Botdan quyidagicha foydalanishingiz mumkin:

1. Botga original rasmni yuboring;
2. So'ng original rasmga Reply qilgan holda yana shu rasmni rasmdan o'chirmoqchi bo'lgan narsani belgilagan holda jo'nating va bot sizga uni o'chirib, qayta jo'natadi.

P.S. Endi sizga ortiqcha dasturlar kerak emas!

@Muhammadislom_Dev
Kimlar dasturchi bo'la oladi? 🧐

Hozirgi kunda zamonaviy kasblarni o'rganishga bo'lgan talab va qiziqishlar yuqori. Shunday IT kasblardan biri dasturchilik. Xo'sh, o'zi kimlar dasturchi bo'la oladi? O'rganishni boshlashdan oldin nimalarni bilish talab qilinadi?

Oʻz fikringizni muhokamalarda qoldiring!!!
❗️РАСМАН: Ўзбекистондаги барча ОТМлар (давлат, нодавлат, хусусий ҳамда хорижий филиаллар) ва профессионал таълим муассасалари, академик лицейларда (барча таълим шакллари ва турлари бўйича) 24 январидан бошлаб, бир ой муддат давомида таълим олиш тизими масофавий (онлайн) шаклда олиб борилади — Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


👉 @xushnudbek 👈
⌨️ Siz bilmaydigan beshta klaviatura kombinatsiyalari:

CTRL + ESC = Windows tugmasi
ALT + ESC = ALT + TAB
SHIFT + F10 = sichqonchaning o'ng tomonini bosish

ALT + ENTER = fayl haqidagi ma'lumotlar oynasini ochadi
WIN + PAUSE/BREAK yoki WIN + FN + PAUSE/BREAK = kompyuter haqidagi ma'lumotlar oynasini ochadi

@Muhammadislom_Dev
👍3🔥3
Tavsiya etaman: Visual Code Mobile - Websites Builder.
Telefon orqali ham bemalol kod yozishingiz mumkin notebook yo'q boʻlganlar uchun

https://play.google.com/store/apps/details?id=lk.visual.code.mobile
👍3🔥2
Dasturchilarning tabiati shunaqa...

@Muhammadislom_Dev
👍3🔥1