Muhammadislom - AyTi Blog – Telegram
Muhammadislom - AyTi Blog
1.27K subscribers
613 photos
48 videos
10 files
215 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Bugun
7-Yanvar

Xalqaro Dasturchilar Kuni

Международный день программистов

International Programmers Day

@Muhammadislom_Dev
🎉4🔥3🤩3
Microsoft 90-yillardagi Windows o'yini — Minesweeper (Сапёр) stilidagi sviterlarni sotmoqda.

🎄 Yangi yil yaqinlashayotgani munosabati bilan Microsoft o'zining bayramona + nostalgia dizayndagi Windows Minesweeper Ugly Sweater nomli sviterlarini sotmoqda.

Sviter narxi $74.99 bo'lib, savdodan tushgan mablag' AbleGamers hayriya ishlariga yo'naltiriladi.

Agar siz o'sha 90-yillarning Minesweeper (Сапёр) o'yinini o'ynashni istasangiz ushbu saytga istalgan vaqt tashrif buyurishingiz mumkin:
https://nickarocho.github.io/minesweeper/

@Muhammadislom_Dev
👍1🔥1
🎗Assalom alaykum 🎗mard va jasur, alp qomat yurtimizning qo'rqmas o'g'lonlari barchangizni 14- yanvar vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman.Oila azolaringiz baxtiga doim sog'-salomat bo'linglar.Hammangiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shuvchi insonlar bo'ling.Tinchligimizga ko'z tegmasin.Doimo osmonimiz musoffo bolsin.Bayram barchangizga muborak bo'lsin!!!

@Muhammadislom_Dev
Toshkentlik UzMobile aloqa operatori abonentlari uchun xushxabar!

🚇 Endi siz metroda ham qo‘ng‘iroq, SMS, Internet-aloqa xizmatlaridan muammolarsiz to'liq foydalanishingiz mumkin.

Bundan oldin Ucell abonentlari uchun bu turdagi xizmat mavjud edi.

@Muhammadislom_Dev
⌨️ Klaviaturada tez yozish bo'yicha saytlar:

www.typingclub.com — bu klaviturada tez, to'g'ri va xatosiz yozishni o'rgatadigan eng zo'r saytlarning biri.

tezyoz.uz — bu o'zbek tilida tez yozishni mashq qilish uchun eng yaxshi sayt.

play.typeracer.com — bu saytda do'stlaringiz yoki boshqalar bilan tez yozish bo'yicha musobaqalar o'tkazishingiz mumkin.

@Muhammadislom_Dev
👍4🔥1😢1
Endi rasmdagi keraksiz narsalarni Telegram'dan chiqmasdan o'chirib yubora olasiz!

@MagicEraserBot - ushbu bot sizga rasmdagi o'zingiz istagan narsalarni olib tashlashda yordam beradi. Botdan quyidagicha foydalanishingiz mumkin:

1. Botga original rasmni yuboring;
2. So'ng original rasmga Reply qilgan holda yana shu rasmni rasmdan o'chirmoqchi bo'lgan narsani belgilagan holda jo'nating va bot sizga uni o'chirib, qayta jo'natadi.

P.S. Endi sizga ortiqcha dasturlar kerak emas!

@Muhammadislom_Dev
Kimlar dasturchi bo'la oladi? 🧐

Hozirgi kunda zamonaviy kasblarni o'rganishga bo'lgan talab va qiziqishlar yuqori. Shunday IT kasblardan biri dasturchilik. Xo'sh, o'zi kimlar dasturchi bo'la oladi? O'rganishni boshlashdan oldin nimalarni bilish talab qilinadi?

Oʻz fikringizni muhokamalarda qoldiring!!!
❗️РАСМАН: Ўзбекистондаги барча ОТМлар (давлат, нодавлат, хусусий ҳамда хорижий филиаллар) ва профессионал таълим муассасалари, академик лицейларда (барча таълим шакллари ва турлари бўйича) 24 январидан бошлаб, бир ой муддат давомида таълим олиш тизими масофавий (онлайн) шаклда олиб борилади — Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


👉 @xushnudbek 👈
⌨️ Siz bilmaydigan beshta klaviatura kombinatsiyalari:

CTRL + ESC = Windows tugmasi
ALT + ESC = ALT + TAB
SHIFT + F10 = sichqonchaning o'ng tomonini bosish

ALT + ENTER = fayl haqidagi ma'lumotlar oynasini ochadi
WIN + PAUSE/BREAK yoki WIN + FN + PAUSE/BREAK = kompyuter haqidagi ma'lumotlar oynasini ochadi

@Muhammadislom_Dev
👍3🔥3
Tavsiya etaman: Visual Code Mobile - Websites Builder.
Telefon orqali ham bemalol kod yozishingiz mumkin notebook yo'q boʻlganlar uchun

https://play.google.com/store/apps/details?id=lk.visual.code.mobile
👍3🔥2
Dasturchilarning tabiati shunaqa...

@Muhammadislom_Dev
👍3🔥1
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas

👨‍💻 @Muhammadislom_Dev
👍1
🎮 CSSni o'yin o'ynab o'rganing

Qiziqarli o'yin bilan bilimlar oson o'zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o'yin o'ynaysiz va CSSni o'rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba'zi saytlar mavjud.

- Grid Garden
CSS Grid'ni o'rganishga ko'maklashadi. Bog'ni tartibga soling va o'yinda g'olib bo'ling. Shu bilan birga CSS Grid bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz

- Grid Critters
O’yin sizga CSS Grid'ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.

- Flexbox froggy
CSS Flexbox'dan foydalanib qurbaqalarni o'z o'rniga qaytarishga yordam bering. O'yin 24 ta bosqichdan iborat bo'lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o'ta olasizmi buni hoziroq tekshiring

- Flexbox Zombie
CSS Flexbox'ni epchillik bilan o'rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O'yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o'yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.


@Muhammadislom_Dev
👍3💩3
Telegram'da bloklangan kanallarni o'qisa bo'ladimi?

🚫 AppStore va Google Play qoidalari sabab ayrim Telegram kanallar bloklab qo'yiladi va obunachilar kanalga qayta kirolmaydilar. Bunday vaziyatda:

Android foydalanuvchilari Telegram'ni Google Play'dan emas, balki, saytidan yuklab olishlari kerak.
https://telegram.org/android saytiga o'ting va yuklab tugmasini bosing.

iOS foydalanuvchilariga esa kompyuter kerak bo'ladi. Uni ham Telegram saytidan yuklab olish mumkin.
https://desktop.telegram.org/ saytiga o'tib macOS uchun Telegram'ni yuklab oling va o'rnating. Keyin esa Настройки > Конфиденциальность'ga o'tib, Выключить ограничения'ni yoqib qo'ying va qurilmalaringizda Telegram'ni qayta ishga tushiring.

🧑‍💻 Shundan keyin ham bloklangan kanallarni shunchaki qidirib topa olmaysizlar, ularga faqat o'zlaring havolalari yordamida kirishingiz mumkin.

@Muhammadislom_Dev
👍3