DARAJA.ILMIY.UZ – Telegram
DARAJA.ILMIY.UZ
1.06K subscribers
48 photos
9 videos
35 files
103 links
🌐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

📍Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 7.
📬 E-mail: info@ilmiy.uz
☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 203-32-31
🌐 Rasmiy veb-sayt: www.innovation.gov.uz
Download Telegram
Avtoreferat nima?

Avtoreferat — bu ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bo‘lib, dissertatsiya muallifi tomonidan tayyorlanadi va alohida risola tarzida chop etiladi.

Asosiy maqsadi: – dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, muhim natijalari va asosiy xulosalarini qisqacha, tushunarli va tizimli tarzda jamlash; – ilmiy jamoatchilikka tadqiqot natijalari haqida umumiy tasavvur berish; – ilmiy kengashlarda himoya oldidan tarqatiladi va muhokama uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Avtoreferatda quyidagilar bo‘ladi:
Dissertatsiya mavzusi va dolzarbligi;
Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Ilmiy yangiliklar va natijalar;
Amaliy ahamiyati va foydalanish joylari;
Dissertatsiya boblari qisqacha tavsifi;
Xulosa va takliflar;
Muallifning ilmiy ishlari ro‘yxati.

Avtoreferat PhD va DSc dissertatsiyalari uchun alohida talablar asosida yoziladi va GOST standartlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

@scientific_servicess

🔗Telegram
1
“Dissertatsiya yozishda ‘savol qo‘yish’ usuli”

Ko‘p izlanuvchilar yozishni boshlaganda qaysi tomondan kirishni bilmay qiynaladi. Aslida esa samarali yo‘l — savol qo‘yish usuli. Masalan, mavzuingiz “Ta’limda raqamli texnologiyalar” bo‘lsa, avval quyidagi savollarni yozib chiqing:

Bu mavzu nima uchun dolzarb?
Qaysi muammo yechimiga xizmat qiladi?
Avvalgi tadqiqotlarda nimalar qilingan?
Qaysi metodlardan foydalanaman?
Qanday natija kutiladi?

Shundan so‘ng javoblarni yozishni boshlang. Shu oddiy texnika sizga matnni “sun’iy to‘ldirish”dan qutqaradi va dissertatsiyani ilmiy mantiqqa asoslangan qilib beradi.

Dissertatsiyani yozishda savollar sizning eng yaxshi yordamchingizdir. Savolsiz yozilgan bob chalkash, savol asosida yozilgan bob esa mantiqli va puxta bo‘ladi.

@scientific_servicess

🔗Telegram
🔥2👍1
Doktorantura (DSc)ga oʼqishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Elektron tizim orqali diplom ma'lumotlari integratsiya qilingan taqdirda majburiy emas);

- kamida 3 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan ((PhD) ilmiy darajasini olgandan so'ng nashr etilgan;

- qisqacha biografik maʼlumotnoma;

- xorijiy til sertifikati.

- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

2025-yil 5-oktyabr sanasidan boshlab bir oy muddatga qabul ochiladi.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

🔗Telegram
Kirish qismi — dissertatsiya ishining ustuni

Dissertatsiyaning kirish qismi — bu butun ilmiy ishning yuzini belgilovchi asosiy bo‘limdir. Aynan kirish orqali sizning ishga bo‘lgan yondashuvingiz, dolzarblik darajasi va ilmiy salohiyatingiz baholanadi.

Kirish qismini yozishning 7 qoidasi:
1. Mavzu dolzarbligini raqam va misollar bilan asoslang.
(Misol: "Hozirda sohada 72% samaradorlik pasaygani aniqlangan...")

2. Ilmiy muammoni aniq ko‘rsating.
("O‘zbekistonda bu yo‘nalish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar yetarli emas...")

3. Mavjud bilimlar va kamchiliklarni tahlil qiling.
(Nimani o‘rganganlar? Nima hali aniqlanmagan?)

4. Maqsadni bitta aniq gap bilan yozing.
(Misol: "Tashkiliy jarayonlarni samaradorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.")

5. Har bir vazifani qadamma-qadam sanab bering.
(Misol: "1) Nazariy asoslarni o‘rganish; 2) Amaliy tahlil o‘tkazish; 3) Model ishlab chiqish...")

6. Ob'yekt va predmetni toza va aniq ajrating.
(Ob'ekt: umumiy soha. Predmet: bu sohada siz o‘rganayotgan narsa.)

7. Ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatni ochiq va kuchli ko‘rsating.
(Misol: "Birinchi marta O‘zbekiston sharoitida shunday mexanizm ishlab chiqildi...")

P.S. Kirish qismini shunday yozingki, uni o‘qigan odam: "Ha, bu ish kerak ekan!" desin.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

🔗Telegram
👍41
#Eslatma ❗️

Yangi joriy etilayotgan tartibga ko'ra, oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimi uchun 2026-yilda ajratiladigan kvotalar mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar bo'yicha taqsimlanadi.

Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda Yagona elektron tizimga Research Proposal ham yuklaydilar.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

🔗Telegram
Research Proposal nima?

Ilmiy izlanish boshlashdan avval har bir tadqiqotchi Research Proposal tayyorlashi zarur. Bu — tadqiqotingizning dastlabki rejasini ifodalovchi hujjat bo‘lib, uchta asosiy savolga javob beradi:

Nimani o‘rganmoqchisiz?
Qanday metodlar bilan o‘rganasiz?
Bu izlanish nima uchun muhim?

Research Proposal odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

- kirish: mavzuning dolzarbligi va muammo qo‘yilishi;
- adabiyotlar sharhi: oldingi tadqiqotlar va mavjud bo‘shliqlar;
- maqsad va vazifalar;
- metodologiya: tadqiqot usullari, ob’ekt va predmet;
- kutilayotgan natijalar;
- ilmiy va amaliy ahamiyat;
- ish reja (timeline);
- foydalaniladigan manbalar.

Research Proposal nafaqat sizning izlanishlaringizni tartibga soladi, balki ilmiy kengash yoki moliyalashtiruvchi tashkilotga tadqiqotingizning qadrini ko‘rsatadi.

@scientific_servicess

🔗Telegram
2👍1
Stajyor-tadqiqotchilik
Tayanch doktorantura (PhD)
Mustaqil izlanuvchilik (PhD)
Doktorantura (DSc)
Mustaqil izlanuvchilik (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar 👇🏻
👉🏻
Havola orqali tanishib chiqing 👈🏻

🔗Telegram
Royxat.pdf
6.6 MB
“Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari boʻyicha ROʻYXATI”

@scientific_servicess

🔗Telegram
2026-yil uchun ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi:

1. Raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;

2. Atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;

3. Agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urug‘chilik, seleksiya, gen texnologiyalari;

4. Tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan biomeditsina, genetika, farmasevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarni oldini olish;

5. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni ta’minlash, jumladan cho‘llanishning oldini olish va iqlim o‘zgarishiga moslashish;

6. Yangi materiallar va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar.

7. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida tadqiqotlar olib borish.

@ilmiy_darajali_kadrlar

#Eslatma ❗️

Yangi joriy etilayotgan tartibga ko'ra, oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimi uchun 2026-yilda ajratiladigan kvotalar mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar bo'yicha taqsimlanadi.

Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda Yagona elektron tizimga Research Proposal ham yuklaydilar.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

🔗Telegram
2
📘 O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)
🇺🇿 oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha «OAK Byulleteni» jurnalini nashr etadi!

🧠 «OAK Byulleteni» sahifalarida siz quyidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:
🔹 Izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari
🔹 Dissertatsiya annotatsiyalari
🔹 Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi haqida e’lonlar
🔹 Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berilishi haqidagi ma’lumotlar
🔹 Shuningdek, ilmiy faoliyatga oid boshqa dolzarb yangiliklar ✍️

📚 Ilm-fan yo‘lida bo‘layotgan yutuqlarni kuzatib boring,
🧑‍🎓 «OAK Byulleteni» — sizni ilmiy yangiliklar olamiga yetaklaydi!

#OAK #Byulleten #IlmiyFaoliyat #Dissertatsiya #O‘zbekiston #IlmFan #OliyAttestatsiyaKomissiyasi

🔗Telegram
2026-yil kvotasi.pdf
1.8 MB
⚡️⚡️⚡️
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

@ilmiy_darajali_kadrlar

🔗Telegram
⚠️ Ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!

🦁 So‘nggi paytlarda o‘zini “xalqaro ilmiy jurnal” deb tanitayotgan, ammo haqiqiy ilmiy nufuzga ega bo‘lmagan — yirtqich (predatory) jurnallar soni keskin ortib bormoqda!

❗️Bunday jurnallar:
🔸 Juda qisqa muddatda maqola qabul qiladi 🕒
🔸 Tahririy tekshiruvsiz maqolani chop etadi 📝
🔸 “Qabul uchun to‘lov”ni talab qiladi 💸
🔸 Hech bir xalqaro bazalarda (Scopus, Web of Science va boshqalar) indekslanmagan 🌐

🎓 Shuni unutmang:
OAK tomonidan tasdiqlanmagan jurnallarda maqola chop etish —
👉 himoya jarayonida muammo tug‘dirishi mumkin!

O‘z ilmiy maqolangizni yuborishdan oldin:
1️⃣ Jurnalning rasmiy sayti va nashriyotini tekshiring
2️⃣ OAK ro‘yxatidagi tasdiqlangan jurnallar bilan solishtiring
3️⃣ DOI, ISSN va indekslanish ma’lumotlariga e’tibor bering

🔍 Ilmingizni himoya qiling — obro‘li, tan olingan jurnallarni tanlang!

#OAK #IlmiyFaoliyat #YirtqichJurnallar #Dissertatsiya #Ilm #Olimlar #Byulleten #O‘zbekiston

🔗Telegram
👍4
Dissertatsiya kirish qismi: nimalarga e’tibor berish kerak?

Hurmatli izlanuvchilar, dissertatsiya yozishda ayniqsa kirish qismi katta ahamiyatga ega. Quyidagi tavsiyalar sizga foydali bo‘lishiga ishonamiz:

🔹 Mavzu dolzarpligini asoslang.
Tadqiqotingiz mavzusi nima uchun dolzarb va muhim ekanini qisqa va aniq tushuntiring.

🔹 Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlang.
Obyekt — umumiy o‘rganiladigan jarayon yoki tizim,
Predmet — aynan shu jarayon ichidagi muayyan jihat.

🔹 O‘rganilganlik darajasini tahlil qiling.
Mavzu bo‘yicha ilgari qanday tadqiqotlar o‘tkazilganini, qaysi muammolar qisman yoritilganini va qaysi jihatlar yetarlicha o‘rganilmaganini aniqlang.

🔹 Maqsad va vazifalarni belgilang.
Maqsad — tadqiqotning asosiy natijasi,
Vazifalar — ana shu maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan ishlar.

🔹 Ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatini ko‘rsating.
Sizning tadqiqotingiz nimasi bilan yangilik bo‘lishini va uni qayerda qo‘llash mumkinligini ta’kidlang.

🔹 Metodologik asoslarini tushuntiring.
Tadqiqotda qo‘llangan nazariy yondashuvlar va usullarni qisqacha ko‘rsating.

🔹 Amaliy qo‘llanish doirasini yozing.
Natijalar qanday sohalarda, qaysi tashkilotlarda qo‘llanilishi mumkinligini ifodalang.

🔹 Avvalgi tadqiqotlardan farqini belgilab o‘ting.
Sizning izlanishingiz boshqa ishlardan qanday jihatlar bilan ajralib turadi — qisqa va ravshan yozing.

Kirish qismi — dissertatsiyaning “vizit kartasi”. O‘qituvchi, ekspert va ilmiy jamoatchilikka kuchli taassurot qoldirishi kerak. Shu sababli uni bir necha bor qayta ko‘rib chiqing va kerak bo‘lsa, maslahatchilardan fikr so‘rang!

@scientific_servicess

🔗Telegram
2
Dissertatsiya yozishda eng katta xato – “oxirida hammasini birlashtiraman” deb o‘ylash.

Ko‘pchilik izlanuvchilar dissertatsiya ustida ishlashni “ma’lumot to‘plash – yozish – formatlash” ketma-ketligida tasavvur qiladi. Natijada oxirgi oylar tinimsiz stress, uyqusizlik va chalkash hujjatlar bilan o‘tadi.

Eng samarali yondashuv – “parcha-parcha” usuli
Bu usulni Nature va Elsevier’ning ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassislari tavsiya qiladi:

1. Har bir bobni tugatgach, darhol formatlang GOST/APA bo‘yicha manbalarni yozing, Jadval, rasm, havolalarni to‘g‘rilang, til va imlo xatolarini tekshirib chiqing.

2. Bibliografiyani “so‘nggi ish” emas, “doimiy jarayon” sifatida yuriting, har manbani topgan zahoti EndNote, Zotero yoki Mendeley’ga kiriting, avtomatik havola qo‘yishni yoqing (bu 30% vaqtni tejaydi).

3. “Draft” arxivini yarating, har bobning alohida “xom” versiyasi bo‘lsin, qachonlardir qaytib ishlash uchun materialni yo‘qotmaysiz

Stanford University tadqiqotiga ko‘ra, dissertatsiyani “parcha-parcha” usulida tayyorlagan tadqiqotchilar o‘rtacha 5–6 oy tezroq himoyaga chiqadi va redaktsiya xatolari 40% kamroq bo‘ladi.

Dissertatsiya – bu bir martalik sprint emas, kichik marafonlar ketma-ketligidir. Har bob – alohida g‘alaba. Bugundan boshlab bob-bob qilib ishlashni boshlang – kelajakdagi o‘zingiz sizga rahmat aytadi.

@scientific_servicess

🔗Telegram
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

🟠 Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videorolik

🟠 Hujjat topshirish uchun sayt havolasi: https://daraja.ilmiy.uz

❗️Qabul joriy yilning 5-noyabrigacha davom etadi.

🔗Telegram
Monografiya.pdf
589.7 KB
MONOGRAFIYA nima va uni qanday yozish kerak?✏️


🖋Monografiya maqola va dissertatsiyadan nimasi bilan farq qiladi?

🗂Monografiyaning tuzilishi va umumiy talablari;

✍️Monografiya qaysi uslubda yoziladi?

✍️Dissertatsiya yoki turkum maqolalar asosida monografiyani tez va muvaffaqiyatli yozish bo‘yicha tavsiyalar.

Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.

@Science_technical_PhD

🔗Telegram
2
2024 Ихтиро ва ФМ ТИҚҚМИ.pptx
34 MB
#foydali

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📑 Patent va guvohnoma olish tartibi haqida ma’lumot.

Intellektual mulk markazi tomonidan tayyorlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Maqola va tezis o'rtasidagi farqlar quyidagilardan iborat:

1. Hajmi
Maqola: Ko'pincha to'liq ilmiy yoki tadqiqot ishlarini yoritib beradi. Odatda uzunroq bo'lib, 5-20 bet yoki undan ortiq bo'lishi mumkin. Bunda tadqiqot natijalari, metodologiya, tahlil va xulosa kengroq ko'rib chiqiladi.

Tezis: Qisqa, mazmunan ixcham formatda yoziladi. Odatda bir yoki ikki bet bo'lib, ilmiy konferensiyalarda nutq qilish uchun asosiy g'oyalarni qisqa va to'liq ifodalaydi.

2. Tuzilishi
Maqola: Aniq tuzilishga ega: kirish, tadqiqot metodologiyasi, natijalar, muhokama va xulosalardan iborat. Maqolalarda chuqur tahlil va izlanishlar bilan birgalikda batafsil dalillar keltiriladi.

Tezis: Tezisda faqat asosiy g'oyalar va eng muhim dalillar qisqacha ko'rsatiladi. To'liq metodologiya yoki chuqur tahlil kiritilmaydi.

3. Maqsad
Maqola: Maqsad ilmiy hamjamiyatga yangi bilimlar qo'shish, muayyan masala yoki mavzuni kengroq yoritishdir.

Tezis: Maqsad tadqiqotning asosiy fikrlarini qisqa formatda yetkazish va konferensiya yoki anjumanda taqdim qilish uchun mo'ljallangan.

4. Nashr joyi
Maqola: Odatda ilmiy jurnallarda, ilmiy to'plamlarda yoki nashrlarda chop etiladi.

Tezis: Tezislar odatda ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda taqdim etiladi va ularning materiallari anjuman to'plamlarida chop etiladi.

5. O'rganish darajasi
Maqola: To'liq tadqiqot ishiga asoslangan bo'lib, chuqur ilmiy izlanishlar bilan bog'liq bo'ladi.

Tezis: Tezis asosan kelajakda to'liq maqola yoki tadqiqotning qisqacha bayoni bo'lib xizmat qiladi.

@scientific_servicess

🔗Telegram
1
Forwarded from Izlanuvchilar maktabi
Yakka tartibdagi reja qanday tuziladi?

Yakka tartibdagi reja doktorant faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat. Asosiy 5 qoida:

- mavzu va maqsad aniq bo‘lsin. Dissertatsiya mavzusi, maqsadi va kutilayotgan ilmiy natijalar yoziladi;

- bosqichlar belgilanadi, soatlar emas. Tadqiqot, yozish, maqola va himoyaga tayyorgarlik muddatlar bilan rejalashtiriladi;

- natijaga yo‘naltiriladi. “Qachon nima topshiriladi” aniq bo‘ladi, boblar, maqolalar, hisobotlar;

- iIm va amaliyot bog‘lanadi. Agar ish faoliyati tadqiqotga xizmat qilsa, bu rejaning tabiiy qismi hisoblanadi;

- birgalikda tasdiqlanadi. Reja doktorant + ilmiy rahbar + tashkilot tomonidan kelishilib tasdiqlanadi.

Agar rejada qat’iy ish vaqti belgilanmagan bo‘lsa, doktorant bo‘sh vaqtini mustaqil boshqaradi. Bu qonunchilikka zid emas. Yakka tartibdagi reja taqiq emas, aniqlik va erkinlik muvozanati.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯 BEPUL ONLINE WEBINAR

📚 Mavzu:
Ilmiy maqolangizni sun’iy intellekt yordamida yozib nashr qiling.

👩‍🏫 Mentor:
Dr. Zebo Kuldasheva - PLOS One (USA) jurnalining akademik muharriri, jurnal redaktorining o’zidan maqolangizda plagiat chiqmasligi uchun ChatGPT, Gemini, DeepSeek, OpenAI va shu kabi sun’iy intellektlardan tadqiqot maqsadida qanday qilib to’g’ri foydalanishni o’rganib maqola yozish jarayonini osonlashtiring.

📌 Webinar - barcha yo’nalishdagi taqdidotchilar uchun mo’ljallangan!

🧠 Webinarda nimalarni o‘rganasiz?
-AI yordamida tez va professional ilmiy maqola yozish
-Adabiyotlar tahlilini (Literature Review) AI bilan samarali bajarish
-AI yordamida annotatsiya, kirish va metodologiya bo‘limlarini yaratish
-AI orqali qilingan xatolar va plagiatdan saqlanish
-Scopus & WoS talablariga to‘liq moslashtirish

🗓 Sana: 20.12.2025 (shanba)
Vaqt: 20:00
📍 Format: Onlayn
💰 Ishtirok: Bepul
🔗 Ro‘yxatdan o‘ting

🌐@PHD_ADMIN
2