Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov – Telegram
Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
355 subscribers
168 photos
75 videos
22 files
201 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
Forwarded from Dr. Algorithm
CrowdStrike muammosi va Blue Screen of Deathni Windows va MacOS da tuzatish bo`yicha ko`rsatma.

Windows uchun:
1. Safe mode da ishga tushiring.
2. Fayl tizimida quyigadi papkaga boring: C:\Windows\System32\drivers\Crowdstrike directory
3. Barcha `C-00000291` bilan boshlangan file larni o`chirib tashlang: C-00000291*.sys
4. Restart bersangiz ishlab ketishi kerak.

MacOS uchun:
1. Kompyuterni qopqogini ko`taring va ishga tushiring
2. Ishlavuring, behavotir. Sizga aloqasi hozircha yo`q. 😂💯💻


Ko`pchilik uchun kunguli tuyulgan narsa, AT mutaxassislari uchun juda katta dars, biznes egalari uchun esa katta yo`qotish bo`ldi. Ma'lumotlarga qaraganda 8,500,000 ta kompyuterga ziyon yetgan.

Muxandis admin (Kompyutershik)lar necha minglab qurilmalarni qo`lda tuzatishlari kerak bo`lmoqda. Faqat 19 Iyul emas, hozirda ham tuzatayotganlar bor.

Rasmda:
* 120 ta noutbuklar tahlanganini ko`rishingiz mumkin. Bu 2,000 tadan 120 tasi holos. Barcha kompyuterlarni bir yigit ishxonasida tuzatib o`tiribdi.
* bechora admin
* bechora muxandislar

* Assembler tilida muammoning nimada ekani ko`rsatilgan.
“mov r9d, [r8].” - bu yerda r9d dagi qiymat [r8] da joylashgan manzildagi o`zgaruvchiga saqlanishi kerak. Muammo, r8 da o`zgaruvchi manzili mavjud emas. Yo`q joyga ma'lumotni saqlamoqchi bo`lgan, va ....

Uyqusiz tunlarimda....

Ishingizdan nolimang,
IT oson deb hursand bo`lmang.

Kuningiz hayrli bo`lsin!

@DrAlgorithm #BSOD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 42⚡️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️42Code va 42Cloud

42.uz da o'rgangan bilimlaringizni amaliyotda qo'llash uchun jamoamiz bilan ushbu ikki mahsulotni ishlab chiqdik.

Foydalanish uchun havola:
- 42Code: 42.uz/course/express-algoritm
- 42Cloud: 42.uz/course/express-backend

@qirikki dan qaysi kurslarni kutyapsiz, izohlarda qoldiring👇
🔥1🎉1
2014-yil Dadam va Ayam kompyuter sovg'a qilishgan, bu rasmdagi usha kompyuterim sichqonchasi. 10 yil bo'libdi lekin haligacha ishlataman yaxshi ishlaydi.

Hozir u kompyuterim yaxshi ishlamaydi bir qaraganimda ustoz Qudrat akani darslari, PHP da qilgan mayda ishlarim va HTML saytlarim bor edi. Qiziqishga kechalari uxlamasdan nimalardur qilib ko'rardim internetda malumotlar juda kam edi faqat ucoz.ru va lark.ru dan qanday qilib sayt ochish va odnoklassniki.ru saytidan hisob ochish kabi ma'lumotlar edi 😄. Yana 2G internet :).

Ota onamni menga qilgan eng yaxshi investitsiyasi shu kompyuter bo'lgan.

@Py_uz
👍4🔥3
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Siz shu rasmda ko‘rib turgan lava lampalar internetning katta qismini xavfsiz qilishga juda katta yordam beradi.

Internetdan foydalanganingizda ma’lumot browseringizdan bir serverga, u serverdan boshqa serverga, boshqa serverdan esa yana bir boshqa serverga jo‘natilishi mumkin. Shu ma’lumot jo‘natilayotgan vaqtda yomon maqsadli odamlar ma’lumotni ushlab olib, uni o‘qiy olishi mumkin. 

Buni oldini olish maqsadida ma’lumot shifrlanadi. Ya’ni masalan “Mening adresim Qo‘shtepa ko‘chasi, 35-chi uy” deyishning o‘rniga uni shifrlab “TWVuaW5nIGFkcmVzaW0gVzaSwgMzVjaGkgdXk=” shaklida yuborish kerak bo‘ladi.

Bunday shifrlash uchun esa randomlik ya’ni tasodifiylik xususiyati juda muhim. Bo‘lmasi bu shifringizni bemalol asil holatiga qaytarib olish mumkin bo‘ladi.

Mana shu yerda bir katta muammo bor. Kompyuterlar 100% random ma’lumot yarata olmaydi. Kompyuterlarning dizayni o‘zi shunaqa, ular mantiqqa asoslangan. Ularning tagida if/else lar yotadi. Ularga bir xil input bersangiz u sizga har doim bir xil natija beradi. Shuning uchun ham kompyuterlar 100% random bo‘lgan ma’lumot bera olmaydi. Bu esa shifrlash uchun yaxshi xabar emas.

Shuning uchun ham xavfsizlik muhim bo‘lgan loyihalarda randomlikni kompyuterdan emas, tashqi manbadan olish kerak bo‘ladi.

Cloudflare bunga yaqqol misol. Dunyodagi millionlab loyihalar Cloudflareni ishlatadi. Ular uchun xavfsizlik suv va havodek muhim. Aynan mana shu kompaniya rasmdagi lava lampalarni randomlik manbasi sifatida ishlatadi.

Sababi oddiy. Ushbu lampalardagi “lava” hech qachon ikki marta bir xil shaklga ega bo‘lmas ekan va natijada shu lava lampalarni kuzatish tasodifiy ma’lumotlar uchun ajoyib manba hisoblanar ekan.

Cloudflare kompaniyasi shu lampalarni kuzatish uchun rasmdagi xonaga kameralar o‘rnatib qo‘ygan. U kameralar ora-orada lampalarni rasmga olib serverlarga yuboradi va u serverlar rasmni random string ga aylantirib ushbu stringni keyin shifrlashda ishlatadi.

Natijada hackerlar Cloudflare tomonidan shifrlangan ma’lumotlarni o‘qiy olmaydi. Beautiful.

@jakhonrakhmonov
Engineering Notes
Dasturlash sohasiga oid o'zbekcha resurslarni ko'paytirish tarafdoriman, lekin terminlarni ko'r-ko'rona tarjima qilishga qarshiman. Database – berilganlar ba'zasi, list – ro'yxat, class – toifa, bunaqa terminlarni tarjima qilish butunlay keraksiz va cringe deb hisoblayman. Bir ustozim aytgandi, 89-yil o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan keyin shunchalik "o'zbeklashib" ketganmiz-ki, gazetalarda traktor "o'rmalovchi" deb nomlanishni boshlagan deb. Bizda ham ba'zi terminlarni "o'rmalovchi" qilib yuborishayapti.
Bir tarafdan Bobosherning tanqidi o'rinli. Lekin boshqa tarafdan qaraganda bizda IT atamalar uchun standartlashgan texnik lug'at mavjud emas. Shu sababli hamma o'zining til bilish darajasi va dunyoqarashidan kelib chiqib tarjima qilaveradi. O'zim ham texnik maqola yozishimda "Buni tarjima qilsammikan, buni o'zbekchasi qanaqa bo'lardi va h.k." kabi savollar qiynab qo'yadi.
Shu muammoning yechimi sifatida atamalar tarjimasi uchun github repo yaratdim. Bu yerda barcha IT atamalar ro'yhati va taklif qilingan tarjimalari yozib boriladi. O'rtada muhokama qilib har bir atamaga bitta tarjima so'z biriktiramiz. Alohida telegram guruh ham ochdim: @uzittranslations

@husniddinblogi
🔥1
Forwarded from Muhandis Al Fars (Umar Forsiy)
Juda òrinli taklif. Òzbek tilida maqol, dokumentatsiya yozganimda qiynalaman va bore deb inglizchasini yozib qòyaman, Òziz òylang

route = marshrut
endpoint = oxirgi nuqta

Men user routerda endpoint chiqaring òrniga, foydalanuvchi marshrutida yangi oxirgi nuqta chiqaring desam, siz nimani tushunardiz. 😁.

Umar (r.a) fors imperiyasini fath qilganlarida davlatchilik terminlarini forschadan islomiychaga ògirganlar. Chunki arablarda davlatchilik umuman bòlmagan, fors bòlsa 4000 yil(400 emas) davomida deyarli har doim òzining imperiyasi bòlgan. Davlatchilik juda rivojlangan, shuning uchun kòchirilgan va islomiy arabchaga tarjima qilingan, chunki til madaniyatni olib kiradi.
👏2
Muhandis Al Fars
Juda òrinli taklif. Òzbek tilida maqol, dokumentatsiya yozganimda qiynalaman va bore deb inglizchasini yozib qòyaman, Òziz òylang route = marshrut endpoint = oxirgi nuqta Men user routerda endpoint chiqaring òrniga, foydalanuvchi marshrutida yangi oxirgi…
Terminlarni tarjima qilish va ularni izohlash bilan biz yangi avlodni sof o'zbek tilida AT(Axborot texnologiya)larini o'rganishga imkoniyat yaratilishiga sababchi bo'lamiz. Va shu bilan yangi avlod o'zbek tilida terminlarni aytsa ham usha avlod vakillariga g'alati tuyilmaydi.

Amerikada yashaydigan vatandoshimiz Cloud technology ni bulutli texnologiya deb tarjima qilishyapdi deb kulgandi juda xunuk va qo'pol tarzda bilidirlgan fikr deb hisoblayman. Chunki bu bir tomonlama yondashuv.

— Yandex Cloud for startupsni Облако для стартапов deb tarjima qilibdi va o'zbek tilida sayt ham qilishibdi :).
— Turkchada Bulut Bilişim ekan.
— O'zbek tilida Bulutli texnologiya.

Python dasturlash tilidagi list ma'lumot turini rus tili manbalari список deb to'g'ridan to'g'ri tarjima qilgan.

Tarjima va nomlash orasida farq bor. Cloud so'zi ko'p joyda tarjima qilingan, qilinmagan joylarda bu so'z biror xizmatni yoki tarifni nomi sifatida qo'llanilgan. Har bir tilda muqobil topilmasa boshqa tildan o'zlashtiriladi. #onatilimiz ni chuqur bilmay turib bizni tilda bunday so'z yo'q demasdan til bo'ycha mutaxasislar bilan hamkorlikda ishlaylik shunda to'g'ri yo'l topamiz. Hamma ishni o'z ustalari qilishi zarurligini hammamiz juda yaxshi bilamiz deb o'ylayman.

github.com ga havola qoldirilgan o'zbek tiliga hissangizni qo'shing.

@Py_uz
🔥1
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Har bir sportchi uchun eng yuqori cho'qqi!

Sportchilar shunday lahzalar uchun butun umrini bag'ishlaydi. G'alaba muborak, do'stlar.
🔥1🎉1🤩1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Inson 20-30 kunlab ovqat yemasdan yashashi mumkin ekan, lekin 2-3 kundan ortiq uxlamasdan yashay olmas ekan. Uxlash inson hayotining muhim jarayoni hisoblanadi.

Uxlamasdasdan, ishni tugatmasa bo'lmaydi deb ishlayotganlar oramizda bor. Vazifani to'g'ri baholashga harakat qiling.
Keyin normal uxlab ishlang. Joningizga, tanangizga rahmingiz kelsin.

Uxlamasdan ishlatishga yo'l qo'ymang, buni odat qilib shakllantirishga ham yo'l qo'ymang.

Eng yomoni nima aytaymi?
Uxlamasdan ishlasangiz boshliqni ham o'rgatib qo'yasiz, davay bos, san zo'rsan, san qila olasan deb gazizini berib ham turadi. Keyinchalik normal uxlab ishlasangiz yoqmay qolishi mumkin. Chunki siz uxlamasdan ishlab o'rgatib qo'ydingiz.

Zo'rsan, qila olasan, o'sasan ... kabi motivatsiyalarga jaa uchavermang, o'zingizni qiynab qo'yasiz, normal uxlab o'savering😎

"Og'alik maslahatlarim" turkumidan.
👍2
Президент Шавкат Мирзиёев сунъий интеллект ва IT соҳасидаги стартап лойиҳаларни ривожлантириш чора-тадбирларига доир тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по развитию технологий искусственного интеллекта и стартапов в сфере IT.

#Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #startap

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Python kuni!

📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam)

2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Senior Software Engineer, Epam)

3️⃣ "Odoo bilan birga yuksalamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+)

4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" -
Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

🌐 UzGeeks.uz
👍2🔥2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Agar dasturchilar texnologiyalari O‘zbekistonda ishlab chiqarilganda qanday bo‘lar edi.

Salom, men Qahva tili (☕️) dasturchisiman. Ora-orada Zanglagan tilda (🦀) ham yozib turaman. Yozgan dasturlarimni odatda Toshkent Bulut Xizmatlari orqali foydalanuvchilarga yetkazaman.

To‘g‘risini aytsam, yozgan dasturlarim ba’zan ishlamay qoladi. Ayniqsa qish vaqtida.

Dasturlarim kattalashib ketsa ularni, KichikXizmatchalarga bo‘lib chiqaman. KichikXizmatchalarning yaxshi tarafi shundaki - har bir KichikXizmatni boshqa dasturlash tilida yozsa bo‘ladi. Xohlasam Ilon tilida (🐍) , xohlasam Fil tilida (🐘), xohlasam Borish tilida (🏃), xohlasam hatto Yig‘ilish tilida yozishim mumkin.

Loyihalarni yaxshi boshqarish maqsadida biz Epchil metodologiyalaridan foydalanamiz. Har kuni ishga kelganimizda “O‘rningizdan Turing” yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va har birimiz qilgan ishlarimiz haqida aytib beramiz.

Biror bir ish qilishdan oldin biz JIRAga kirib Chipta yaratamiz va bu chiptada shu ishni bitirish uchun nima qilish kerakligini yozamiz. Masalan, OrqaTaraf dasturchilari OldiTaraf dasturchilari uchun IDI (Ilova Dasturlash Interfeysi) qilib berishi kerak bo‘lsa hammasini shu chiptada kelishib yozib qo‘yamiz.

Bizning jamoada OrqaTarafni odatda Qahva tili (asosan Bahor Etik frameworkida), Ilon tili (asosan TezIDI frameworkida) va Zanglagan tilda yoziladi. Fil tilini ko‘p ishlatmaymiz, chunki Fil tilida OrqaTarafni himoyalash qiyin vazifa. Bekorga Amazonda bu til taqiqlanmagan.

OldiTarafni esa QahvaSkript tilida yozamiz. Aytib o‘tish joizki QahvaSkript va Qahva boshqa boshqa tillar.

Bizning jamoamiz haqida biror savolingiz bo‘lsa izoh qoldiring va men qo‘ldan kelgancha javob berishga harakat qilaman.

@jakhonrakhmonov
😁1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi

Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda. Bunga sabab qilib, Durov Fransiya huquq organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani va Telegramda moderatsiya yo‘qligi keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda #freedurov heshtegi ommalashmoqda. Ko‘plab kanal adminlari Durovga ozodlik so‘rab, postlar qoldirgan.

Telegram ma’muriyati Durovning hibsga olinishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, zaxira rejalari mavjudligi, messenjer faoliyati bir maromda davom etishi uchun barcha choralar ko’rilishini ma’lum qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
👍1🔥1