Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov – Telegram
Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
355 subscribers
168 photos
75 videos
22 files
201 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Har bir sportchi uchun eng yuqori cho'qqi!

Sportchilar shunday lahzalar uchun butun umrini bag'ishlaydi. G'alaba muborak, do'stlar.
🔥1🎉1🤩1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Inson 20-30 kunlab ovqat yemasdan yashashi mumkin ekan, lekin 2-3 kundan ortiq uxlamasdan yashay olmas ekan. Uxlash inson hayotining muhim jarayoni hisoblanadi.

Uxlamasdasdan, ishni tugatmasa bo'lmaydi deb ishlayotganlar oramizda bor. Vazifani to'g'ri baholashga harakat qiling.
Keyin normal uxlab ishlang. Joningizga, tanangizga rahmingiz kelsin.

Uxlamasdan ishlatishga yo'l qo'ymang, buni odat qilib shakllantirishga ham yo'l qo'ymang.

Eng yomoni nima aytaymi?
Uxlamasdan ishlasangiz boshliqni ham o'rgatib qo'yasiz, davay bos, san zo'rsan, san qila olasan deb gazizini berib ham turadi. Keyinchalik normal uxlab ishlasangiz yoqmay qolishi mumkin. Chunki siz uxlamasdan ishlab o'rgatib qo'ydingiz.

Zo'rsan, qila olasan, o'sasan ... kabi motivatsiyalarga jaa uchavermang, o'zingizni qiynab qo'yasiz, normal uxlab o'savering😎

"Og'alik maslahatlarim" turkumidan.
👍2
Президент Шавкат Мирзиёев сунъий интеллект ва IT соҳасидаги стартап лойиҳаларни ривожлантириш чора-тадбирларига доир тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по развитию технологий искусственного интеллекта и стартапов в сфере IT.

#Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #startap

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Python kuni!

📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam)

2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Senior Software Engineer, Epam)

3️⃣ "Odoo bilan birga yuksalamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+)

4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" -
Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

🌐 UzGeeks.uz
👍2🔥2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Agar dasturchilar texnologiyalari O‘zbekistonda ishlab chiqarilganda qanday bo‘lar edi.

Salom, men Qahva tili (☕️) dasturchisiman. Ora-orada Zanglagan tilda (🦀) ham yozib turaman. Yozgan dasturlarimni odatda Toshkent Bulut Xizmatlari orqali foydalanuvchilarga yetkazaman.

To‘g‘risini aytsam, yozgan dasturlarim ba’zan ishlamay qoladi. Ayniqsa qish vaqtida.

Dasturlarim kattalashib ketsa ularni, KichikXizmatchalarga bo‘lib chiqaman. KichikXizmatchalarning yaxshi tarafi shundaki - har bir KichikXizmatni boshqa dasturlash tilida yozsa bo‘ladi. Xohlasam Ilon tilida (🐍) , xohlasam Fil tilida (🐘), xohlasam Borish tilida (🏃), xohlasam hatto Yig‘ilish tilida yozishim mumkin.

Loyihalarni yaxshi boshqarish maqsadida biz Epchil metodologiyalaridan foydalanamiz. Har kuni ishga kelganimizda “O‘rningizdan Turing” yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va har birimiz qilgan ishlarimiz haqida aytib beramiz.

Biror bir ish qilishdan oldin biz JIRAga kirib Chipta yaratamiz va bu chiptada shu ishni bitirish uchun nima qilish kerakligini yozamiz. Masalan, OrqaTaraf dasturchilari OldiTaraf dasturchilari uchun IDI (Ilova Dasturlash Interfeysi) qilib berishi kerak bo‘lsa hammasini shu chiptada kelishib yozib qo‘yamiz.

Bizning jamoada OrqaTarafni odatda Qahva tili (asosan Bahor Etik frameworkida), Ilon tili (asosan TezIDI frameworkida) va Zanglagan tilda yoziladi. Fil tilini ko‘p ishlatmaymiz, chunki Fil tilida OrqaTarafni himoyalash qiyin vazifa. Bekorga Amazonda bu til taqiqlanmagan.

OldiTarafni esa QahvaSkript tilida yozamiz. Aytib o‘tish joizki QahvaSkript va Qahva boshqa boshqa tillar.

Bizning jamoamiz haqida biror savolingiz bo‘lsa izoh qoldiring va men qo‘ldan kelgancha javob berishga harakat qilaman.

@jakhonrakhmonov
😁1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi

Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda. Bunga sabab qilib, Durov Fransiya huquq organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani va Telegramda moderatsiya yo‘qligi keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda #freedurov heshtegi ommalashmoqda. Ko‘plab kanal adminlari Durovga ozodlik so‘rab, postlar qoldirgan.

Telegram ma’muriyati Durovning hibsga olinishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, zaxira rejalari mavjudligi, messenjer faoliyati bir maromda davom etishi uchun barcha choralar ko’rilishini ma’lum qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
👍1🔥1
Forwarded from Dr. Algorithm
Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan. Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda.…
Qizziq. Telegram oʻchishi mumkinligi haqida gap yuritgan edik. Lekin bunchalik tez boʻlishini kutmagan edim.

Email hech qachon oʻchib qolmaydi, - deb aytganimda, aynan messangerlar umri qisqaroq boʻlishi bilan solishtirgan edim.

Email bu yagona protokol. Uni ishlashi uchun dasturlar koʻp va bir biri bilan xabarlasha oladi.

Messangerlar biroz boshqacha. Ular bir biri bilan gaplasha olmaydi. Siz Telegramda turib WhatsAppʼga xabar yubora olmaysiz.

Shu sababli Email xizmatini Oʻzbekistonda rivojlantirishimiz kerak.

Yaxshilik boʻlsin!

@DrAlgorithm
👍2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"UzGeeks" IT hamjamiyati vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi

muxbir: Muxlisa Abdujalilova

#Toshkent shahri

@hududtv
👍1
#ishga_taklif

⚡️ Yagona integrator Uzinfocom turli yo‘nalishdagi mutaxassislarni ishga taklif etadi.

☝️ Bunga ko‘ra DBA, PHP, VueJS va Python dasturchilari. Shuningdek axborot xavfsizligi mutaxassisi, videograf/fotograf, devops kabi soha egalariyam e’tibordan chetda qolmasliklari mumkin.

Kompaniya sizga nimalarni taklif beradi:

🔸 Nufuzli ish joyi
🔸 Karera o‘sishi
🔸 Imtiyozlar
🔸 Yaxshi bilimga asosan, yaxshi daromad


📥 Vakansiyalar haqida to‘liqroq maʼlumot olish va o‘z rezyumengizni taqdim qilish uchun telegram orqali @shakhzoda_nosirova manziliga xabar yo‘llashingiz mumkin.

🌐 Bo‘sh ish o‘rinlari va ularga bo'lgan talablar haqida quyidagi havola orqali ko'proq ma'lumotga ega bo'la olasiz 👇

https://uzinfocom.uz/uz/company/career
Forwarded from Dr. Algorithm
Hammabop Oʻzbek tili

Loyiha muallifi juda kuchli mutaxassis. Qilgan loyihalarini koʻrib hursand boʻldim. Bizda shunday loyihalar koʻpayishi ham millatimizga ham tilimizga dastak boʻlar edi.

Loyihani kuzatib borishni tavsiya etaman.


Bu kundalik
soʻzlashuvlarimizni tuzatib borishimiz, xato (hato)siz yozishni oʻrganishimiz uchun tayyor yechim ekan.

Kanalni kuzatib boring, foyda berishi aniq:

👉 YouTube: @Hammabopozbektili
👉 Telegram: @suvaydo


@DrAlgorithm tavsiya etadi
👍1
Forwarded from IT Made🤖
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, O'zbekiston nomidan finalda qatnashmoqda.

2024-yil 5-8 sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan final bosqichida "Baykar technology" kompaniyasi Texnologiyalar bo'yicha bosh direktori Selçuk Bayraktar ham qatnashmoqda.