CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
Forwarded from Web Dasturlash kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir IT ni o'rgansam qancha vaqtda 1000$ - 10000$ topa olaman 🧐🤑?

Haqiqiy motivatsiya Laziz Adhamov

@webdev07
​​👨🏻‍💻Dasturchilar haqida 7 ta qiziqarli faktlar!

1️⃣ Dasturchilarning 99% ini erkaklar, atigi 1% ni esa ayollar tashkil etishadi.

2️⃣ Dasturchilar kompyuter taʼmiri bilan shugʻullanmaydi, aksincha kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqishadi.

3️⃣Dasturchi” kasbi dunyodagi eng koʻp talab etiladigan kasblar ichida 10 talikka kiradi.

4️⃣ Dasturchilarning 90 % i 45 yoshdan kichik.

5️⃣ Kompyuter ishlatish bir vaqtning oʻzida yuz minglab dasturchilar bilan muloqot qilish degani.

6️⃣ Dasturchilarning yarmi ishxonaga tapochka/shippakda kelishadi. Shu sababdan ularni “Guys in sandals” deb atashadi.

7️⃣ Dunyoda 8500 dasturiy til mavjud boʻlsa-da, dasturchilar ularning 10dan birini ishlatadilar.

Ⓜ️ zen.yandex.ru

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Nega Python dasturlash tilini hozirdan o’rganish kerak?🤔

🔸2020 yil fevral oyida Python dasturlash tili TIOBE indeksida uchinchi o'rinni, PYPL indeksida esa birinchi o'rinni egalladi.

Pythonni nima shunchalik mashhur qilayotganini aniqlab olamiz:

🔸O'rganish oson

- Python dasturlash tili asoschisi Gido van Rossumning asosiy maqsadi keng doiradagi odamlar uchun sodda va tushunarli dasturlash tilini yaratish edi.
Har qanday dasturlash tilini o'rganish qat'iyat va intizomni talab qiladi. Ammo Python bu borada, ayniqsa yangi boshlovchilar uchun eng qulay tillardan biri hisoblanadi. Oddiy sintaksis uni o'rganish, o'qish va almashishni osonlashtiradi. Aynan shu jihat uni shunchalik mashhur qiladi.

🔸 Python o'zining boy standart kutubxonasi (qo'shimcha sozlamalarsiz mavjud funksiyalar to'plami) tufayli ko'p qirrali, shuning uchun Python turli sohalarda qo'llaniladi:

● Veb-ishlab chiqish;
● Mashina ilmi (ML) va sun'iy intellekt (AI) (TensorFlow, scikit-learn, NLTK);
● Katta ma'lumotlar tahlili;
● O'yinni rivojlantirish;
● Kompyuter xavfsizligi;
● Ilmiy tadqiqotlar (Matematika(NumPy, SciPY, Pandas, SymPy), biologiya - DNK ketma - ketligi ).

☝🏻Python dagi bilimingiz sizni talab katta bo’lgan mutaxassisga aylantiradi!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
1
​​🌐 w3schools.com - Zamonaviy dasturlash tillarini tez va oson o'rganishda juda qulay sayt.

📌Ushbu sayt orqali siz:
● HTML
● CSS
● Bootstrap
● Java Script
● SQL
● Python
● PHP
● Jquery va ko'plab texnologiyalarni o'rganishingiz mumkin.

☝🏻Saytning qulay tarafi shundaki ushbu saytni o'zida siz yozgan kodlarni kompilyatsiya qilasiz.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
💻Turli sohalarda TOP dasturlash tillari!

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz.

🔹Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

🔹Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

🔹iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

🔹Kompyuter dasturlash
• C#
• C++
• Python

🔹Oʻyin yaratish
• Python
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

🔹Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

🔹Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​⚡️Yuqori darajadagi (High-Level) dasturlash tili va Quyi darajadagi (Low-Level) dasturlash tili

Odatda dasturlash tillarini o'rganish davomida high-level yoki low-level kabi atamalarga duch kelamiz.

🔼 Xo'sh, yuqori daraja dasturlash tillari nima?
Bular odam tushunishi osonroq bo'lgan dasturlash tillari sinfiga kiradi. Ya'ni mashina tilidan ko'ra ularni o'rganish, ishlatish ancha soddaroq.
Masalan: Python, Java, PHP

🔻Kamchiligi
Kompyuter uchun boshqaruv funksiyalari ozroq bo'ladi.

🔽 Quyi daraja dasturlash tillari
Odam tushunishi biroz murakkab bo'lgan tillar safida bo'ladi. Kutganingizdek mashina tiliga yaqinroq, shuning uchun o'rganish murakkab sanaladi. Kompyuter uchun ko'proq boshqaruv funksiyalar beradi.
Masalan: Binary, Assembly

🔻Kamchiligi
Ishlatish uchun ko'proq vaqt va kod sarflanadi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​​​Bo'lajak Dasturchilar uchun qimmatli TOP 3 maslahatlar!🤓

1⃣ Guruh bo'lib ishlash.

Siz albatta kelajakda dasturchi bo'lib biron firma yoki kampaniyaga ishga kirasiz, siz guruh bo'lib ishlaysiz. Siz keyin u yerda yangi insonlar bilan aloqaga chiqasiz. Ulardan ma'lum bir darajaga chiqguncha ko'p savollar berasiz. Guruhdagi insonlar albatta o'z ishlari bo'yicha mutahassis bo'lishadi. Sizga guruhdagi barcha insonlarga yoqmasligi mumkin, lekin siz ular bilan ishlashingiz kerak va ishlayolasiz ham! Demak nima qilish kerak? Odam tilini o'rganish kerak, xuddi dasturlash tilini o'rgangan kabi!

2⃣ Savollar berishdan aslo qo'rqmang!

Savol berish va unga yaxshi javob olish orqali siz dasturlashni yaxshi o'rganasiz.
Savol berishdan oldin, internetdan qidirib ko'ring! Google.com sayti sizga 99% yordam beradi! Agar savolingizga internetdan javob topaolmasangiz va uni o'zingiz xal qilaolmasangiz demak uni mutahassislar so'rash kerak. Savol bergandaham shunday gapirib qo'yingki, u inson sizga yordam bergisi kelsin!

3⃣ Xech qachon o'rganib oxiriga yetaolmaysiz!

Kundan kunga yangi informatsiyalar chiqayabdi. Misol uchun siz HTML ni endi o'rganib bo'ldim deganingizda yangi HTML 10 chiqib qoladi. Shunda yana o'rganasiz va bu narsa davom qilaveradi. Dunyoda xech bir dasturchi bitta tilni tag-tugi bilan bilmaydi. Bilaolmaydiham, chunki har soatda yangi dasturlash asboblari, modullar yaratilyabdi.

📢 Kanallarimizga a'zo bo'ling va do'stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​🌐 Veb sayt uchun bepul hosting servislari!

Sizda veb sayt bo'lsa uni qanday bepul hosting joylashni bilamayotgan bo'lsangiz, unda ushbu postimizdagi bepul hosting servislaridan foydalansangiz bo'ladi.😉

Bepul hosting servislari TOP 5:

1. https://heroku.com

2. https://www.netlify.app

3. https://cloud.google.com

4. https://www.aws.amazon.com

5. https://www.pages.github.com

🤗Agarda siz ham shunga o'xshash saytlar haqida bilsangiz kommentariyada boshqalar bilan ulashib qo'yishni unutmang!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Senior va Beginner darajadagi dasturchilar!😆

Telegram | Instagram
Agar siz o’zingizdan «Pythonni o’rganishim kerakmi?», «Bu til yangi boshlaganlarga mos keladimi?» va «Bu tilni tajribali dasturchining ko’nikmalari toʻplamiga kiritish toʻgʻri boʻlarmikan?», degan savollar o’ylantirsa, unda bu maqola siz uchun!🤗

🔸Mashhurlik

Hozirda Python dunyodagi ikkinchi eng mashhur dasturiy tilidir. Dunyoda bu tilning dasturchilariga bo’lgan talab yil sayin o’sib bormoqda. Ko’pgina yirik kompaniyalar uzoq vaqt davomida Python dasturchilariga ehtiyoj sezishyapti, chunki bu til ko’pgina murakkab biznes masalalarni yechishning eng maqbul vositasidir.

NASA, Google, Dropbox, Instagram va boshqalar Pythondan foydalanadigan kompaniyalarning ro’yxati, lekin bu hammasi emas.

🔸Oʻrganish osonligi

Pythonni o’rganish unchalik qiyin emas. Kichik bir kod yozish uchun ikki kun yetarli. Ushbu dasturlash tili bilan ish oqimlarini avtomatlashtirish, veb-saytlarni yaratish, shuningdek, ilovalari va o’yinlar yaratish. Python dasturlash tili ochiq bo’lganligi uchun, boshqa dasturchilar kodlarini qanday yozishganini ko’rishingiz mumkin. Ayniqsa, PyTorch mashinali o’rganish uchun yozilgan alohida freymvorkni aytib oʻtish darkor.

🔸Mashinali oʻrganish va Suniy intelekt

Tushunilishi oson, yozilishining bejirimligi hamda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati borligi Pythonni dasturlashda koʻp tanlanadigan til qiladi. Python mashinali talimda keng tarqalganining yana bir sababi ushbu tilda yozilgan ko’p sonli freymvorklar va kutubxonalarning mavjudligidir.

🔸Yordam

Python Internetda juda mashhur bo’lgani sababli unda, sizning dastlabki dasturingizni ishlab chiqishda sizga yordam beradigan, koʻplab manbaalar juda va sifatli hujjatlar mavjud. Yangi dasturchilar ushbu tilni o’zlashtirish va ulardan foydalanish jarayonida o’zlarining savollariga javob olishlari mumkin.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Python kodlaridan motivatsiya!🤩

💡Muvaffaqiyatga erishishning oltin qoidasi. Asrlar o'tsada o'zgarmaydigan va bajarilsa doim natija beradigan qonun.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Dasturlash muhitilari bilan ishlash.
#python #VSCODE

🔷 IDE (Integrated development environment), VSCODE

🤗 Kanalimizda endi python bo'yicha videodarslar ham chiqishni boshlaydi, do'stlaringizni ham ta'klif qilishni unutmang!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Dasturchilar oyiga qancha topishadi?🧐

Kuzatishlarim bo'yicha dasturchilar soatiga 5-15$ gacha ishlaydiganlar bor. Masalan soatiga o'rtacha 10$ olsa, kuniga 80$, oyiga 2000$ topar ekan. Bundan kam oladigani ham ko'p oladigani ham bor. Mustaqil frilanserlar esa 1000-3000$ atrofida topishadi. Oyiga 20 000$ pul topadigan kuchli dasturchilar ham bor.

☝️🏻Yuqori daromadli kasbga ega bo'lish uchun C++, C#, Java va Python dasturlash tillarini o'rganishingizni tavsiya qilaman.

P.s: Bu o'zimizdagi ma'lumotlar, xorij davlatlarida ancha katta xaq to'lashadi.😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Python dasturlash tilini Windows 10 ga o'rnatish!
#python #video

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa, unda rivojlanish bo'lmaydi?🧐

Siz dasturlashni o'rganmoqchisiz, maqsad — ko'p pul topish. Lekin maqsad xato qo'yildi, nega — chunki siz bir nuqtada qolib ketasiz.🤦🏻‍♂️

☝🏻Sizning maqsadingiz pul emas, qiziqish bo'lishi kerak. Pul uchun o'rganilsa yaxshi o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab bir nuqtada qolib ketasiz. Bu qanday?

💡Siz 3 oy dasturlashni o'rgandingiz. Aslida dasturlash uchun 3 oy — hech narsa emas. 3 oy ichida ancha-muncha narsani o'rgandingiz. Bir kuni bir buyurtma oldingiz, uni bajardingiz, pul topdingiz. Pul odamni buzadi deganlaridek, pulga qiziqasiz va o'rganishdan qolib ketasiz. Kuchingiz yetmagan narsani pul uchun qilishga shoshilasiz, eplab qilasiz. Lekin vaqt ketdi...

P.s: Iloji bori-cha xohlagan bir sohani o'zingizni mutaxassis deb xis qilgancha o'rganing. Frilansdan tashqari kamida 2 soat o'rganish uchun sarflang.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ushbu videoda python dasturlash tilida print funksiyasi haqida tanishamiz!
#python #print

🔴 You tube orqali ko'rish

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​👨🏻‍💻Nima uchun IT sohasi serdaromad?

🔸 IT da barchasini onlayn hal qilish mumkin.
IT sohasining eng qulay tarafi — onlayn ham ishlash mumkin. Onlayn bo'lgani kabi, u serdaromad ham. Chunki IT-mutaxassislar ayni damda kam va shu uchun unga talab yuqori. Konkurent kam bo'lgani sabab, narxlar yuqori va daromad ham yaxshi :)

🔸 Chet elliklar bilan ham ishlash mumkin.
Agar o'zimizdagi daromad sizni qoniqtirmasa, bemalol upwork, fiverr frilans-birjalari orqali chet elliklar bilan ishlash mumkin. Ular yaxshi to'lashadi, lekin ular uchun sifat muhim.

🔸 IT-kompaniyalar yuqori daromadni kafolatlaydi.
Oddiy kompaniyadan ko'ra, IT-kompaniyalar tez ko'tariladi. Bu 1-bo'limda aytganimdek, IT-mutaxassis kam, konkurent deyarli yo'q. Shu uchun ham ushbu kompaniyalarga biznes tashkilotlarning ishi tushadi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Nega siz kod “yozishdan” qoʻrqyapsiz?

🤔Koʻpchilik insonlar dasturlashni oʻrganishdan qoʻrqishadi. Go'yo ular uchun dasturlash olami tushunarsiz belgilardan iborat rangsiz sayyoradek tuyildi.

✔️
Quyidagi maqola orqali odamlar dasturlashni oʻrganishdan qoʻrqishining uchta asosiy sababini bilib olishingiz mumkin.


1️⃣ Koʻpchilik insonlarda kodlashtirishni oʻrganish qiyin degan tushuncha mavjud. Chunki koʻpchilik tushunarsiz belgilarni koʻrganda va texnik jarayonlarda hamda dasturlash terminologiyalari haqida eshitganda oʻzlarini bu sohani oʻrganishga qobiliyatsiz deb oʻylashadi.

Aslida bu unchalik qoʻrqinchli emas, aksincha ozgina boshlangʻich bilimlarni oʻzlashtirib olganingizdan keyin barchasi oson tuyila boshlaydi va siz dasturiy taʼminotlar yaratish mantig'ini tushuna boshlaysiz.


2️⃣ Muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish tuyg'usi.
Dasturchilikka endi qadam qoʻygan insonlarda katta miqdorda yangi tushuncha va terminlarga duch keladi. Ularning barchasini yodda saqlash ilojsizdek tuyiladi. Koʻpchilik insonlar oʻzlaridan shubhalanishni boshlaydilar va natijada kodlashni oʻrganish qiyin degan ishonch paydo boʻladi.

Aslida bu har qanday sohani oʻrganishda paydo boʻladigan ikkilanish tuygʻusidir. Bu baʼzilarda uzoqroq muddat baʼzilarda qisqa paytda oʻtib ketadi. Muhimi bu vaqtinchalik. Agar Siz shu jarayonda oʻtib olsangiz marra sizniki.


3️⃣ O'rganishni juda kech deb oʻylash.
Kimdir 10 yoshida kodlashni oʻrganishni boshlaydi, kimdir 20 yoshda va baʼzi insonlar 30 yoshda. Ko'pchilik insonlar oʻzlarini boshqalar bilan solishtiriladi va oʻrganish uchun endi kech deb oʻylashadi.

Aslida dasturlash bu Sizning shaxsiy rivojlanishingiz uchun zarur boʻlgan yangi bilimlardir. Har kim har qanday yoshda ushbu koʻnikmaga ega boʻlishi mumkin. Bu bilimlarni faqat yosh bilan bogʻlash notoʻgʻri.


🧐 Koʻrib turganingizdek, Dasturlash tillarini oʻrganish qiyin emas. Siz faqat oʻz qoʻrquvingizni yengishingiz va ishonch bilan oldinga harakat qilishingiz kifoya.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​👨🏻‍💻Dasturchi qobiliyatlarini doimiy rivojlantirishi zarur!

💡Hech bir dasturchi aynan bitta til va texnologiyaga bog'lanib qolishi mumkin emas. Masalan, backend dasturchi sifatida sizdan yana HTML, CSS va Javanoscript kabi frontend texnologiyalari ham talab qilinishi mumkin.

Kod yozish va murakkab algoritmlar yozish uchun quyidagi bir nechta onlayn platformlarni tanishtirib o'tamiz.🤗

🔹 Hackerrank.com - Turli dasturlash tillarida masalalarni topish mumkin. Istalgan dasturlash tiliga aloqador masalalar yechishingiz ham mumkin. Yana bir ajoyib tomoni shuki, masalalarga turli hil foydalanuvchilar tomonidan berilgan yechimlarni ham mavjud.

🔹 Leetcode.com - 9 ta dasturlash tili uchun masalalar to'plami mavjud. Asosan ushbu sayt ishga kirmoqchi bo'lganlar uchun ham juda qo'l keladi. Ko'plab IT kompaniyalar ham yaxshi dasturchilarni ushbu platoforma orqali topadi. Undan tashqari ishga kirish uchun ham turli sinovlarni yechishingiz mumkin.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
☝🏻Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.

CODESCHOOLUZ da 1000 ta obunachi🥳

Kanalimizga yangi qo'shilgan va bizni oldindan kuzatib kelayotgan barchaga katta rahmat. Bizni kanalimizdagi postlar sizlar uchun foydali bo'layotgan bo'lsa biz bundan hursandmiz.🤗

Kanalimizdan uzoqlashmang, sizlarni python bo'yicha yangi videolar va qiziqarli ma'lumotlar kutmoqda!😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
“Kompyuter tushunadigan kodni har qanday ahmoq yozishi mumkin. Yaxshi dasturchi inson uchun tushunarli boʻlgan kodni yozadi”.
©️Martin Fowler

👨🏻‍💻 Junior, Middle va Senior dasturchilar kim ekanligini aniqlab olamiz!

• Mutaxassislarni junior, middle va seniorga boʻlish dastur ishlab chiquvchilarga yaxshi tanish — bu odatda ularning malaka darajasini belgilaydi. Biroq, agar ish beruvchiga “Junior “, “Middle” yoki “Senior” kerak boʻlsa, undan qanday talablarni kutish kerak? Keling, buni ushbu maqola orqali tushunishga harakat qilamiz.

➡️ Maqolani o'qish

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!