CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Twitterda ishlovchi dasturchining bir kuni!

🚀 Dasturlashni o'rgan va sen ham shu dasturchi kabi katta kompaniyalarda ishlash imkoniga ega bo'l!

Bu video sizga oz bo'lsada motivatsiya bergan bo'lsa kommentga bitta like!😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Python har doim yetakchi o'rinda!🦾

💻 2021 - yilda backend uchun eng yaxshi frameworklar.
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turganidek, pythonning django frameworki backend uchun ishlatiladigan frameworklar ichida birinchi o'rinda turganini ko'rishingiz mumkin. Hozirda ushbu framework uchun talab oshib bormoqda!

● Django
● Laravel
● Ruby on Rails
● ExpressJS
● CakePHP
● Flask

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Dasturlash tamon 5 qadam oldinga yuring!🤓
#maqola

Ushbu maqola “Dasturlashni anchadan beri niyat qilib yurgan, lekin boshlay olmayotgan dasturchilar” uchun. Agar sizda ham shunday muommolar bo’lsa, bu maqola aynan siz uchun. Sizni dasturchi bo'lishingizdan ajratib turadigan 5 ta bahonalar haqida gaplashamiz.

🔸Ertangi kunni kutmang!
Nafaqat dasturlash sohasida, balki xar bir sohada yordam beradigan eng muhim tushuncha – bu ertangi kunni kutmaslik.
Ko’pchilik "Bugun charchadim, ertadan boshlayman" kabi jumlalarni juda ham yaxshi ko’rishadi. Hech qachon kelmaydigan "Ertaga" ni kutib yashashadi. Nafaqat ertangi kunni, balki bugunning qaysidur paytini ham kutmang, maqolani o'qib bo’lishingiz bilan, dasturlashni o'rganishni boshlang.

🔸Bolalar kabi bo'ling!
Agar yosh bolalarga e'tibor bersangiz doim yangi narsalarni, bilimlarni o’rganishga intilishadi, hamma narsaga qiziqishadi va maqsadiga erishmaguncha, injiqlik qilib bo’lsa xam, to'xtashmaydi. Kattalar esa aksincha "Bu nimaga kerak ?, Menga foydasi tegarmikan ?" kabi ko'plab savollar qurshovida qoladi. Hech kimga o'xshashga xarakat qilmang, yosh bolalar kabi o'zingizning dunyoyingizni yarating va o'zingiz kabi bo'ling.

🔸Bilim darajangiz haqida o'ylamang!
Buni oddiy misol bilan tushuntirib bermoqchiman. Onam oddiy uy bekasi va 30 yildan ortiqroq vaqtdan beri biz uchun mazali ovqatlar pishiradi. Onam oshpaz tayyorlash universitetida yoki oshpalik kurslarida ham o'qimagan. Lekin u baribir oshpaz va u pishirgan taomlar juda mazali. Ya'ni siz dasturlashni boshlashingiz uchun nimalarnidur bilishingiz, yoki qayergadur borishingiz shart emas. Dasturlash bu raketalar yaratish sohasi emaski, mashq qilish olamshumil narsalar yaratish shart emas. Ha, dasturlashni boshlash "Ovqat pishirishdan ko'ra osonroq", Shunday ekan, hech qanday yomon fikrlarga berilmasdan dasturlashni boshlashingiz mumkin. Ishoning eng muhumi siz ideal bo'lishingiz emas, kichk narsalardan bo'lsa amaliy ishni boshlashingiz.

🔸Super darajadagi matematika siz ham dasturchi bo'lish mumkin!
Odamlar orasida juda keng tarqalgan gaplar bor ”Dasturlashni o'rganish uchun matematika va logikani yaxshi bilish kerak". Bunday afsona qachon va qayerdan kelib qolganini bilmayman. Lekin o'z nomi bilan Bu gap haqiqiy afsona. Dasurlashni boshlash uchun sizda matematika va logikadan yetarlicha bilim mavjud. Agar Googledan izlab ko'rsangiz, 6-7 yoshli dasturchilarga ko'zingiz tushishi mumkin. Menimcha sizning matematikadan bilimlaringiz 6-7 yoshli bolalarnikidan yaxshi va dasturlashni o'rganishni boshlash uchun hech qanday muommo tug'dirmaydi.

🔸
Kuchli kompyutersiz dasturlashni o'rgana olmayman!
Biz kundalik hayotimizda juda kop gadjetlarni ishlatamiz. Ba'zi insonlarda gadjetlari bo'lishi mumkin. Ba'zilarda esa yo’q. Yani agar komputeringiz bo'lmasa bu siz dasturlashni o'rgana olmaysiz degani emas. Bu maqolani o'qiyotgan xar bir insonning qo'lida hech bo'lmaganda smartfoni bor. Kompyuteringiz bo'lmasa smartfoningiz orqali video darslar, kodlash o'yinlari va online dasturlash muhutlarida ishlab har hil amaliy ishlar bajarib, shunchaki o’zingizga yoqqan manbalardan dasturlashni o'rganishingiz mumkin.

☝🏻Hullas hayotingizda qandaydur marralarga erishmoqchi bo'lsangiz hoziroq maqsadingizni aniq qiling va maqsad yo'lida har kuni, har daqiqa ozginadan bo'lsada harakat qiling. Shunda albatta maqsadingizga yetasiz. Unutmang sizning dunyoyingizni faqat siz o'zgartira olasiz!

©️Yulduz Sabirova

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Su'niy Intillekt (AI) nima?🧐
#AI

Yildan yilga ta’lab juda keskinlik bilan oshib borayatgan Artifical intelligence (Su’niy intilekt) o’zi nima degan savolga javob bersak. Oddiy qilib aytganda bu odam intilekti ta’lab qilinadigan ishlarni machine (kompyuter) ga o’rgatish bularga misollar:

🔹VISUAL PERCEPTION (Tasvirni tanish);
🔹SPEECH RECOGNATION (Ovozni tanish);
🔹DECISON-MAKING (qaraor qabul qilish);
🔹Language translation (tarjima qilish);

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammasi dasturlashdan boshlandi. Elon Musk kabi bo'l! 🦾

Xechkimga sir emas yaqinda dunyodagi eng boy odam Elon Musk bo’ldi. U birinchi bo’lib BASIC dastulrash tilini o’grangan va 1984-yilda 12 yoshida o’zingin birincha Blastar o’yinin yaratadi. Keyinchalik Blastar o’yinin 500$ ga sotadi.

🔹 Elon Internet orqali yangi to'lov usulini yaratmoqchi bo’ladi va PayPal ni yaratadi.

🔹 Elon elektr mashinasini yaratmoqchi bo’ladi va Tesla Motors ni yaratadi.

🔹 Elon kosmosda zamin yaratmoqchi bo'ladi va SpaceX ni yaratadi.

🔹 Elon tezkor tashish mashinasini yaratmoqchi bo’ladi va Hyperloop ishlab chiqaradi.

☝🏻Ertani kutmasdan hozirdan dasturlashni boshlasangiz kerak bo'lsa siz ham Elon Muskdan o'tib ketasiz, faqat siz boshlashingiz kerak!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Nima uchun Python dasturlash tilini o'rganish kerak?🧐

1️⃣ Sodda va o'rganish oson
- Birinchi sabab Python juda sodda va o'rganish oson. Python juda kuchli til va u ingliz tiliga juda o'xshash. Bepul va open source.
Agar siz "Hello, world" so'zini ekranga chiqarish uchun Javada 3 qator kod yozamiz lekin Pythonda shunchaki print("Hello, world").

2️⃣ Web dasturlash
- Python veb-saytlarni ishlab chiqish uchun bir qator frameworklar bor. Mashhur frameworklar Django, Flask, Pylons va boshqalar. Ushbu frameworklar Python-da yozilganligi sababli , kodni tez va barqaror qilishiga asosiy sabab.
- Boshqa veb-saytlardan ma'lumotlarni olish mumkin bo'lgan joylarda ham amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, Instagram, Pinterest kabi ko'plab veb-saytlar faqat ushbu frameworklar bilan yozilgan.

3️⃣ Su'niy intellekt va machine learning
- AI texnologiya dunyoda tez va jadal rivojlanib borayotgan yo'nalishlardan biri. Siz aslida inson miyasiday o'ylaydigan, tahlil qiladigan va qaror qabul qiladigan Machine (kompyuter) yaratishingiz mumkin. Bularni barchasini Keras va TensorFlow kutubxonalari bilan qilsa bo'ladi.

4️⃣ Data Science
- Python ko'plab ma'lumotlar ustida ko'plab amalarni amalga oshirish mumkin. Hozirgi kunda ma'lumotlarni barchasi raqamli bo'lib bo'ldi endi ularni tartibga solish, ular ustida amalar bajarish kerak. Bu uchun pythonda "Numpy" va "Pandas" kabi kutubxonalar bilan amalga oshiriladi.

5️⃣ Pythonning mashhurligi va yuqori ish haqi
- Python dasturchilari sohada eng yuqori ish haqiga ega. AQSHda Python dasturchisining o'rtacha ish haqi taxminan $120,000 ni tashkil qiladi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Assalomu aleykum barchaga ushbu post CODESCHOOLUZ-ning python bo'yicha online kurs o'quvchisi fikri haqida bo'ladi!🤗
#kurs #fikr

"Assalomu aleykum Man Narimon Madiyorov CODESCHOOLUZ asoschisi Zarif Naxalov tamonidan tuzilgan online python kursida o'qiyotgan bo'lajak dasturchiman. Kursni boshlaganimga hali 1 hafta bo'ldi va bir narsani tushundimki python dasturlash tili boshqa dasturlash tillariga nisbatan o'rganish ancha oson bo'lgan dasturlash tili ekan. Aynan man uchun juda oson bo'lyapti balki, ustozimiz darsni shu darajada qiziqarli va sifatli o'tgani uchunmi, yoki matematikadan bilimim yaxshi bo'lganligi uchunmi, man uchun python dasturlash tili o'rganishda oson bo'lyapti, nima bo'lganda ham python dasturlash tili menga juda yoqib qoldi. Kursning online bo'lganligi juda ko'p imkoniyatlar yaratdi. Masalan, biz kursga borish uchun yo'lda ortiqcha vaqt va ortiqcha mablag' yo'qotmaymiz, faqat kompyuter va internetimiz bo'lsa shuni o'zi kifoya uyimizdan chiqmasdan o'ragnishimiz mumkin va biz o'tilgan darsni yana bir marta o'tishimiz mumkin ya'ni o'tilgan dars videoga yozilib saqlab olinadi, agar biz biron bir darsga tushunmasak yoki shu darsga qatnasha olmasak shu darsni qayta ko'rish imkoniyatimiz ham bor. Agarda qaysi dasturlash tilini o'rganishni bilmayotgan do'stlarimiz bo'lsa hech ikkilanmasdan python dasturlash tilini boshlashni ta'vsiya etaman bu dasturlash tiliga talab ham yuqori hamda o'rganish ham boshqa dasturlash tillariga nisbatan anacha oson hisoblanadi!"

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Bizga boshqa dasturchilar kerak emas!🤔

- O’zbekistonda oxirgi 3-4 yillarda dasturchilarga bo’lgan talab oshib bormoqda, o’z navbatida dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar ham yildan yilga oshib bormoqda va ko’pchilikda qiziq fikr paydo bo’lmoqda “endi dasturchilar kerak emas hamma joyda yetarli”.

☝🏻Aslida unday emas, bu shunchaki O’zbekistonda oxirgi yilda trend juda kattalashganligi sabab. Butun jahon miqyosida qaraydigan bo’lsak dasturchilarga yildan yilga talab oshib bormoqda. O'zbeksitonda ham dasturlashga bo'lgan e'tibor ancha oshib bormoqda, masalan: "IT park" va uning filiallari, "one million coders" loyhasi va yangi "Amity" universtitetining filiali va boshqa ko'plab ishlardan buni bilish mumkin. O'zbekistonda IT kompaniyalar soni ham yildan yilga ancha oshib bormoqda, masalan: "payme", "mytaxi", "express24", "click" va hakazo.

Shunday ekan ortda qolib ketmaslik uchun dasturlashni hozirdan boshlang!

Dasturchi bo'lishning afzalliklari

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
🎥 8-dars. Pythonda string slicing va metodlari.
#python #video

🔜 Videoni ko'rish

You tube kanalimizga ham obuna bo'lib qo'yish esdan chiqmasin u yerda ham videolar chiqishda davom etmoqda!😉

@codeschooluz
​​Dasturlash sohasining kamchiliklari🤫

Ko'pchilik dasturlash sohasini afzalliklarini ya'ni yaxshi tamonlarini gapirishadi. Lekin uni kamchiliklarini eshitmaymiz yoki bilmaymiz. Ushbu post aynan shu haqida bo'ladi!🤗

So’roqlar

— Afsuski, oddiy odamlar – dasturchilar, har-qanday texnikani tuzata oladi deb o’ylashadilar, dazmoldan boshlab PlayStation 4 gacha. Har kuni tanishlaringiz "WINDOWS menga qo’yib ber, noutbukimni tuzatib ber, Wi-Fi ni qarab ber" kabi savollar berishaverishadilar. Shunday so’roqlarga, qila olmayman deb javob bersangiz, ular xafa bo’lishadilar!

Salomatlik susayishi🤕

— Albatta, 8 soat, o’tirib, monitorga qarab o’tirish, salomatlikka yomon ta’sir etadi. Eng tarqalgan muammo – ko’rish qobiliyati susayishi. Ikkinchi muammo – umurtqa bilan muammolar. Dasturchilar salomatligiga jiddiy qarashiga to’g’ri keladi: sport zallariga, basseynga chiqish kerak, bo’lmasa, 40 ga kirganingizda halitdan, bir qator ham kod tera olmaysiz.

☝🏻Hamma sohaning ham o'ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Agar kamchiliklar sizga qo’rquv uyg’atolmagan bo’lsa, mardlarcha dasturchilikka intiling. Dasturchi bo’lib ishlash juda ham qiziqarli, ahir bu eng muhimi-ku, to’grimi?

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Ishingizdan ko'ra o'zingiz ustida ko'proq ishlashni o'rganing.🎯

Yaxshi dasturchi bo'lish uchun 3 ta maslahat!🤗

1️⃣ Ishingiz bilan faxrlaning.
- Bu oddiy ko'rinadi, ammo bu shart. Sizning ishingiz shunchaki ish emas. Siz dunyoni o'zgartiradigan ajoyib narsa yaratmoqdasiz. Bu juda kam odamning qobiliyatiga ega bo'lgan narsadir. Nima uchun developer-larning bunday katta tanqisligi bor deb o'ylaysiz? O'zingizning ishingizdan g'ururlanish doimiy ravishda izlanish, ma'lumotlarni tahlil qilish, yangi dasturlash tillarini o'rganish, xatolarni tuzatish va kodingizni saqlash deganidir. Yaxshi dasturchi bo'lish uchun bu narsalar juda zarur.

2️⃣ Boshqa biror narsani rivojlantirishdan oldin o'zingizni rivojlantiring.
- Kasbiy rivojlanishning muhim qismlaridan biri bu o'z-o'zini anglashdir. Bu mas'uliyatli, hurmatli bo'lishni, to'g'ri qarorlarni qabul qilishni va egalik qilishni anglatadi. Kasb-hunar egalari stress yoki kuchaytiruvchi bosim ularning ishlash ko'rsatkichlariga ta'sir qilishiga yo'l qo'ymaydi. Professionallar kodni yozishga shoshilmaydilar. Mutaxassislar o'rganishni to'xtatmaydi. Yaxshi dasturchi bo'lish uchun har kungi o'zaro munosabatlardagi kichik tafsilotlarga alohida e'tibor berishingiz kerak.

3️⃣ Faqat o'rganishni davom eting.
- Kurs yoki dasturni tugatgandan so'ng, keyingisi kelguncha kutib o'tirmang. Keyingisini qaysi birini tanlashni darhol o'rganing. Mumkin bo'lgan barcha manbalarni o'qing, ko'proq tadqiqotlar olib boring va o'rganishni davom eting. To'xtash uchun hech qanday sabab yo'q, chunki to'xtaganda, siz yaxshilanishni to'xtatasiz. Eng yaxshi dasturchilar shunchaki tasodifan kod yozishga qodir emaslar. Ular faqat tug'ma qobiliyat bilan tug'ilmagan. Ajoyib ishlab chiquvchi bo'lish ta'limga to'g'ri munosabatni talab qiladi. Ushbu o'rganish tafakkurini tarbiyalaganingizdan so'ng, hech qachon tushkunlikka tushmang.

O'zgarishlar uchun o'zingizni rivojlantirish vaqti keldi deb o'ylamaysizmi?

@codeschooluz
​​Python dasturlash tilini o'rganish uchun boshlang'ich maslahatlar!🤓

🔸 Vazifani o'z vaqtida bajaring. Chunki mavzular bir birga bog'liq. Vazifani o'z vaqtida bajarmasangiz siz o'rganayotgan keyingi mavzular siz uchun qiyinlashib boradi.

🔸 Ko'pchilik endi o'rganayotganlar qaysi dasturlash muhitida ishlashni o'ylashadi, buni umuman ahamiyati yo'q, oddiy pythonning o'zining matn muharriridan foydalansak ham bo'ladi. Muhimi qaysi dasturlash muhitida ishlash emas qanday kod yozishimizga bog'liq!

🔸 Yangi kalit so'zlarni yodlab olishdan oldin uni ma'nosini tushunib oling. Shunda ular esimizdan chiqmaydi.

🔸 Dasturlash degani bu kod yozish degani emas. Kod yozishdan oldin biz masalani o'zimiz qog'ozda yechishimiz kerak. Keyin uni kodini yozishimiz muammo bo'lmaydi.

🔸 O'rgatish bu o'rganish uchun yaxshi usullardan biridir. Siz o'rganyotgan paytingizda boshqalarga ham o'rgatishga urinib ko'ring. O'rgatganingizda siz shu narsani yanada chuqurroq o'rganib olasiz.

🔸 Agar siz kod yozishda xatoga yo'l qo'ysangiz va nima sodir bo'layotganini aniq bilolmasangiz tanaffus qiling! Tanaffus qilayotganda kompyuterdan uzoqroq turing, sayr qiling yoki do'stingiz bilan suhbatlashing.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Database(Ma'lumotlar bazasi) nima?🧐

💡Ma'lumotlar bazasi — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.

● Hozirgi kunda Internet tarmog'ida ma'lumotlar bazalari orqali ishlaydigan ko'plab dinamik veb-saytlar mavjud. Masalan, mehmonxonada xonalar mavjudligini tekshiradigan model. Bu ma'lumotlar bazasidan foydalanadigan dinamik veb-saytning namunasi.

● MySQL, Sybase, Oracle, MongoDB, Informix, PostgreSQL, SQL Server va boshqalar kabi ko'plab MBBT-lar mavjud.

MBBT nima o'zi?🤔
💡MBBT (Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi) — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
👨🏻‍💻Qancha vaqtda junior/middle/senior developer bo'lish mumkin?

— Bu rasmda dasturchilarning qancha muddatda darajalari oshishi mumkinligi ko’rsatilgan bu albatta o’rtacha qiymat xolos darajangizni oshirish esa albatta o’zingizga bog’liq.

Bu yerda dasturchi bo’lib yetishib bo’lgandan so’ng, anchagina tajriba qilishdi boshlagan yillaridan hisoblangan shu sabab birinchi maqsadni Junior Developer bo’lishga qo’ying.😉

@codeschooluz
👨🏻‍💻Dasturchi portfoliosi uchun qulay sayt.

🌐 Github.com – bu dasturchilar yoqtiradigan platforma hisoblanadi. Bunga sabab, dasturchilar jamo bo'lib ushbu platformada ishlashadi va ushbu saytda dasturchilar o'zlarining qilgan ishlarini qo'yishadi shuning uchun juda qulay platforma hisoblanadi. Ish beruvchi mijozlar odatda Github sahifasini soʻrashadi.

Shuningdek, ushbu saytdan koʻplab dasturlarning qilgan ishlarini topishingiz mumkin va bularning ba'zilaridan tekinga foydalanishingiz mumkin.

➡️ Git va Github haqida ma'lumot

@codeschooluz
G'oyalar izlash maqsadida!🧐

— Agar e’tibor bergan bo’lsangiz oxirgi kunlarda kanalimizda postlar vaqtim yo’qligi (dangasalik 😔) sabab to’xtalib qolgan edi va Motivation gaplar izlash maqsadida qolgan kanallarni o’rganishga tushdim. Qarasam hammada deyarli bir-xil bo’lgan postlar ekan ya’niy asosan motivation lar ko’p ekan, shuning uchun motivation yetarlicha borligi sabab endi asosan dasturlash bo’yicha ma’lumotlar, bilimlar, vazifalar va testlar (vaqtim bo’lsa 😂) doimiy ravishda post qilib turaman.

Ps: Dasturlash bo’sh vaqtda o’rganadigan mashg’ulot emas, unga vaqt ajratib o’qish kerak!
© Naxalov. Z

➡️Dasturlashni nima uchun o'rganish kerak?

@codeschooluz
#python #print #dars
📖 Mavzu: Bugungi darsimizda print funksiyasi haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
🤔Ko’pchilik o’ylashi mumkin print shunchaki ekranga ma’lumot chiqaradi deb bu qisman to’g’ri lekin uning imkoniyatlarini to’liq ko’rib chiqamiz.

⚡️ Bugundan boshlab bizning kanalimizda shunday ko’rinishda dars va kerakli ma’lumotlar berib boramiz.

🔴 Youtube: YouTube orqali ko'rish.

🚀 @codeschooluz