CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
606 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
Machine Learning nima.

Machine Learning
atamasini 1959 - yilda Artur Samuel kiritgan.

Machine Learning(ML) - bu sun'iy intellekt(AI) ning bir qismi bo'lib, ma'lumotlar va algoritmlardan foydalangan holda shu paytgacha faqat odamlar tomonidan bajariladigan vazifalarni avtomotik ravishda o'rganishdir. Bu insonning minimal aralashuvi, ya'ni aniq dasturlashsiz amalga oshiriladi. Bu qanday bo'ladi, kompyuterga sifatli ma'lumotlar beriladi va turli algoritmlardan foydalangan holda o'rgatish uchun ML modellari yaratiladi.

Machine Learning bir nechta usullarga bo'linadi.

• Supervised Machine Learning
• Unsupervised Machine Learning
• Reinforcement Machine Learning

Keyingi postlarimizda Machine Learning usullari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

🚀@codeschooluz
Supervised Machine Learning(SL) - bu ingliz tilidan "Nazorat ostida mashinaga o'rgatish" ya'ni aniqroq aytganda o'qituvchi yordamida mashinaga o'rgatish deyishimiz mumkin.

Supervised Learning qanday ishlaydi.

Supervised Learning
-ga biz ma'lumotlarni to'plab natijalar bilan training(o'rgatish) qilamiz va yangi ma'lumotlarni model-lar orqali prediction(tahmin) qilishimiz mumkin.

Supervised Learning da ikki xil muammoni yechish uchun ma'lumotlarni yig'ishimiz mumkin.

Classification
Regression

Bular haqida keyinroq to'liq to'xtalib o'tamiz.

🚀@codeschooluz
#python #statements #dars

📖 Mavzu: Shu paytgacha sizlar bilan chiziqli dasturlashni ko’rib chiqdik, bugun esa tarmoqlanuvchi dasturlash bilan tanishib chiqamiz.

🔴 Youtube: You tube orqali ko'rish

🚀@codeschooluz
Unsupervised Learning(UL) - bu nazoratsiz o’rganish aniqroq aytganda o’qituvchi yordamisiz o’rganish deyishimiz mumkin. Supervised Learning(Nazorat ostida o’rganish)dan farqi hech qanday o’qituvchi tayinlanmaydi ya’ni hech qanday ta’lim berilmaydi.

What is Unsupervised Learning ?

O’tgan postlarimizda sizlar bilan Supervised Learning bilan tanishgandik. Supervised Learning-da biz to’g’ri javobni bilgan holatda qo’llar edik. Unsupervised Learning(Nazoratsiz o’rganish)da esa to’g’ri javobni bilmagan holda qo’llaymiz ya’ni Supervised Learning-da ma’lumotlarning javobini bilgan holda classification yoki regression muammolarni yechishimiz mumkin. Unsupervised Learning bilan esa classification, regression muammolarni yecha olmaymiz chunki tepada aytib o’tganimizdek Unsupervised Learning-da ma’lumotlarni to’g’ri javobni bilmagan holda qo’llaymiz va AI algiritmlaridan foydalanib ma’lumotlarni tahlil qilamiz, va sinflarga ajratishimiz mumkin.

P.S. Biz ko’proq Supervised Learning-ga e’tibor qaratamiz ya’ni Supervised Learning bo’yicha ma’lumotlar tashlab boramiz.

🚀@codeschooluz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AYoQShlarning buzilish ehtimolini 97 % to'g'ri aniqladik

Dunyodagi katta-katta kompaniyalardagi havflarni sun'iy intellekt orqali oldindan bartaraf etilayapti.

© Osmondagi bolalar

A'zamjon Nemadaliev
sun'iy intellektdan ilk loyihalarida qanday foydalanganligini so'zlab berdilar.

🚀@codeschooluz
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 AI ning aqlliy Robotlari.

🤔Sizda ham shunday shaxsiy it bo'lishini hohlaysizmi ?

🚀@codeschooluz
Robotlar va AI ning farqi nimada.

Koʻpchilik Robototexnika AI ning bir qismi yoki AI robototexnika ning bir qismi deb oʻylashadi. Lekin ikalasi boshqa boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Robototexnika - bu robotlar bilan shugʻullanadigan texnologiya boʻlimi, 🤖Robot esa harakatlanadigan mexanik qurilma. U harakatlarni yoki funksiyalarni ketma-ket bajaradigan dasturlashtirilgan avtomatik mashina. AI esa inson aqlini talab qiladigan vazifalarni bajarish uchun hizmat qiladi. AI haqida oldingi postlarimizda batafsil toʻxtalib oʻtgandik.

❗️Shundan hulosa qilishimiz mumkinki sunʼiy aqilliy robotlar Robototexnika va AI oʻrtasidagi koʻprikdir. Robotlar koʻpchiligi sunʼiy aqilliy emas, yaqin-yaqingacha, barcha sanoatdagi robotlar faqat takrorlanadigan harakatlar ketma-ketligini bajarish uchun dasturlashtirilgan, ularga biz muhokama qilayotkan sunʼiy intellekt(AI)ni talab qilmaydi.

🚀@codeschooluz
What is an Artificial Neural Network ?

Artificial Neural Network(ANN)
- bu ingliz tilidan "sun'iy neyron tarmoqlari" deb tarjima qilinadi. ANN ML(AI) ning bir bo'limi bo'lib ma'lumotlardan mustaqil o'rgana olish usullaridan biri. An'anaviy ML algoritmlaridan farqi ma'lumotlardagi xususiyatlarni o'zi taniydi va mustaqil ajrata oladi.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Javohir Jalilov - AI
❗️Switch-Case endi Pythonda.

Python 3.10.0
versiyasi deyarli toyyor bo'lgani Documentationda aytilmoqda. Pythonning yangi versiyasida yangi operator qo'shilgan, New operator: match-case.
Bu operatorni hozircha oldindan ko'rish uchun taqdim etilgan, uni IDE lar da ishlatish tavsiya etilmaydi.

P.s. Endi Pythonda ham if elif qilmasdan match dan foydalansak bo'ladi, yangi versiya taqdim etilgandan keyin albatta. Oramizda if elif haqida bilmaganlar bo'lsa darslarimiz davomida birgalikda o'rganib ketamiz 😉.

P/s². C++ biladiganlar Pythonda switch-case bormi dep so'rashardi mana endi Pythonda ham huddi shu vazifani bajaradigan operator qo'shilmoqda 😊.

@JavohirJalilov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AI(Sunʼiy intelekt) ning boshqa sohalarda qoʻllanilishi.

Suʼniy intellekt
yaqin 10 yilda juda tez rivojlanganligi sababli kirib kelmagan soha deyarli qolmadi. Shu jumladan Agriculture(qishloq xoʻjaligi)dan ham yaxshigina oʻrin egalladi.

🎥 Videoda toʻliqroq koʻrib olishingiz mumkin.

🚀@codeschooluz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AI ning mashhur yo'nalishlaridan biri bu hech shubhasiz self-driving car(o'z o'zini boshqaradigan avtomobil) lar hisoblanadi.

Ularning aksariyatini quyidagi ro'yxatda ko'rib chiqishingiz mumkin:

• Tesla
Waymo
• Zoox
• Cruise
Argo
Mobileye

Bular ichida siz Tesla haqida ko'p eshitgansiz.

🎥 Qisqacha video rolikda tanishib olishingiz mumkin 😉

P.S. Keyinchalik har biriga to'xtalib o'tamiz.

🚀@codeschooluz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi yillar AI juda ko'plab ishlarning o'rnini bosa oladi degan xavotir bor edi. Oxirgi bir necha oylar AI code yozishga yordamlashmoqchi Copilot haqida eshitgan edik, va yana bir necha kun oldin Codex ham chiqdi.

P.S. AI dastur tuzishni boshlasa dasturchilarga talab qolmaydi degan savol tug'ilishi tabiiy, aslini olganda bu dasturchilarga bo'lgan talabni oshiradi, bu haqida keyinroq batafsil to'xtalamiz.

🚀@codeschooluz
Yangi ishlab chiqarilgan GPT-3 texnologiyasi AI dunyosida katta shov-shuv uyg'otdi. GPT-3 Elon Musk asos solgan OpenAI tatqiqot kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

GPT-3 nima.

GPT-3 kengaytmasi Generative Pre-trained Transformer(oldindan tayyorlangan umumiy transformator) - 3, bu GPT ning 3-versiyasi hisoblanadi. Qisqacha aytganda, bu oldindan tayyorlangan algoritmlar yordamida matn yaratadi degan ma'noni anglatadi. Unga 575 GB matnli ma'lumotlar berilgan. Bunday katta miqdordagi ma'lumotlarni o'rgatish uchun OpenAI kompaniyasi 4,6 million dollar sarflagan.

GPT-3 - nima qila oladi.

GPT-3
- savollarga javob berishi, insho yozishi, uzun matnlarni umumlashtirishi, tillarni tarjima qilishi, va hatto kompyuter kodini yozishi mumkin. U matn yaratishda jumlalarni qanday keltirishni bilsh uchun simantik tahlil qiladi, nafaqat so'zlarni balki matnda ishlatilgan so'zlarga qarab so'zlarni ishlatilishi qanday farq qilishini ham tekshiradi.

P.S. Biz bilgan Copilot, Codex, GPT-3 asosida ishlaydi.

🚀@codeschooluz
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport #AI

O'tgan postlarimizda AI ning turli sohalarda qo'llanilishi haqida aytgandik. Ularga yana bir misol Sport da keng qo'llanilmoqda.

Sports analytics(sport analitikasi, tahlillari) uchun, real vaqtda o'yin ma'lumotlarini taqdim etishga yordam beradigan avtomatik tizimlarni AI va Computer Vision yordamida ishlab chiqilmoqda.

🚀@codeschooluz
❗️Artificial Neural Network Application.

AI(Sunʼiy intellekt)
ning turli sohalarda qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hozirgacha yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda.

Computer Vision
Natural language processing
Speech Recognition
Speech Synthesis

Keyingi postlarimizda har biri boʻyicha qisqacha toʻxtalib oʻtimsiz.

P.S. Biz koʻproq Computer Visionga eʼtibor qaratamiz.

🚀@codeschooluz