CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
607 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
#Internet #Starlink

Elon Musk dushanba kuni Twitter sahifasida so'ngi habarlarida aytganidek, uning SpaceX aerokosmik korxonasi hozirgacha 100 ming Starlink terminalini jo'natgan va hozirda 14 ta mamlakatga litsenziya arizalari bilan xizmat ko'rsatmoqda.

Starlink - bu SpaceX xususiy kosmik parvoz kompaniyasi tomonidan uzoq joylarni arzon internet bilan ta'minlash uchun ishlab chiqarilayotkan sun'iy yo'ldosh tarmog'ining nomi.

Starlink sun'iy yo'ldoshi hozirda beta - sinov bosqichida, cheklangan imkoniyatlarga ega va test paytida Internet tezligi 50 Mbit / s dan 150 Mbit / s gacha bo'lganligi aniqlangan. Bu yil ikki barobrga 300 Mbit / s gacha ko'payishi aytilmoqda.

Starlink sun'iy yo'ldoshini an'anaviy sun'iy yo'ldoshdan ajratib turadigan asosiy farqi shundaki, u yerga 60 barobar yaqinroq.

P.S. Starlink tekin internet emas va biz ishlatadigan an'anaviy Wi Fi ham emas, agar qiziquvchilar bo'lsa keyingi postlarimizni shu haqida qilamiz.

🚀@codeschooluz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi yillarda shu #savol juda ko'pchilikda tug'uldi va juda ko'pchilik javob berishgan. Lekin menga aynan shu javob ko'proq yoqdi, sababi bu savolga to'g'ri yoki noto'g'ri javob berib bo'lmaydi. Speaker: Feruzbek Allayev Asaxiy books asoschisi.

© MFaktorUz

P.S. Ha men ham o'qiganman, agar yana qaytadan o'qish kerak bo'lsa yana o'qigan bo'lardim.

🚀@codeschooluz
🧐Starlink sun'iy yo'ldoshi qanday ishlaydi va u an'anaviy internetdan nimasi bilan farq qiladi

Biz sizlar bilan Starlink haqida gaplashgandik. Aytganimizdek Starlink sun'iy yo'ldoshi an'anaviy internet provayderlari bog'lanadigan sun'iy yo'ldoshiga qaraganda yer yuzasiga ancha yaqinroq.

Bu bizga qanday yordam beradi deb o'ylasangiz, bu bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o'tishda ma'lumoatning yetib kelish vaqti kechikishini oldini oladi. Bu bizga nima beradi, sun'iy yo'ldosh joylashuvi yer yuziga yaqinroq bo'lsa, Starlink da'vo qilganidek video qo'ng'iroqlar va onlayn o'yinlar sifati nazariy jihatdan yaxshilanadi.

Kompaniya sun'iy yo'ldoshlarni yuborgandan so'ng orqa tomondan qo'llab-quvvatlash uchun ko'proq yer stansiyalarini o'rnatadi, So'ngra foydalanuchu ulanish uchun ro'yxatdan o'tganda u Starlink to'plami bilan taminlanadi, unga Starlink (idishi), quvvat manbai o'rnatish shtativi, kabellar, shuningdek Wi Fi router kiradi. Rasmda ko'rib olishingiz mumkin.

Starlink osmonning aniq ko'rinishini talab qiladi, chunki Starlink sun'iy yo'ldoshga to'gridan to'gri nur orqali bog'lanadi. Sun'iy yo'ldosh harakat qilar ekan nur ham harakatlanadi va har qanday to'siqlar nurga to'sqinlik qilishi mumkin, natijada internet aloqasi uzuladi. Shu sababli kompaniya Starlink antennasini iloji boricha eng balandroq nuqtaga o'rnatishni tavfsiya qiladi.

Keyinchalik Starlink ko'proq sun'iy yo'ldoshlarni ishga tushurish bilan bu cheklovlarni oldini olishga umid qilmoqda.

💰Starlink narxlari

Starlink
narxlariga keladigan bo'lsak juda oddiy, Starlink uskunalar to'plami uchun bir marta 499$ to'lov va har oy 99$ to'lanadi. Starlink'dan hamma bir hil narxda foydalanadi, ya'ni hamma uchun bir xil ta'rif 50 - 150 Mbit / s tezlikda cheklanmagan internet.

🚀@codeschooluz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Computer vision (kompyuter ko'rishi) bu - sun'iy intilek(AI)ning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib asosiy vazifasi tasvirdan qarab nimaligini tushunish hisoblanadi.

Misol uchun an'anaviy dasturlash yordamida tasvirdan oddiy it yoki mushuk tasvirini farqlash uchun biz birinchi navbatda uning hususiyatlarini (ko'zi, qulog'ining shakli,rangi v.h) aniqlashimiz kerak, bu esa juda murakab hisoblanadi, hamma holatda ham ishlamaydi va aniqlik darajasi anchagina past bo'ladi. Deep Learning yordamida juda yuqori aniqlikda ajratishimiz mumkin.

PS: Ushbu video ssd neural network architecture yordamida object detection qilingan keyingi postlarimizda batafsil tushuntiramiz.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Python yaxshimi yoki Golang yaxshimi?

Bunday savollar faqat har bir millisekund muhim bo'lgan produktlarda o'rinli. Mana Discordning holatini o'qib chiqing: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust

Goda yozilgan ekan bir servisi. Zo'r yozganmiz deyapti. Lekin Go tilining "Garbage Collector"i o'ziga hos ishlagani uchun Discordga to'g'ri kelmabdi. Ba'zida shu sababli sekinlashish kuzatilibdi. Shuning uchun Godan Rustga o'tishibdi.

Siz oddiygina API yozasizmi? Sizda hali millionlab foydalanuvchilar yo'qmi? Qaysi tilni jamoangiz yaxshi bilsa o'sha tilni tanlang. Bu PHP bo'ladimi, JavaScript bo'ladimi, Python bo'ladimi, Golang bo'ladimi...farqi yo'q.

@jakhonrakhmon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
© Abdukarim Mirzayev

Bu ketishda dunyo rivojlanishni davom etsa 2050-yilda insoniyatning qo'lidagi 50 -60% asosan jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarni Robotlar oladigan bo'lsa, bugun jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan xalqlar qiyin ahvolda qolib ketadi.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
#HarYakshanba
1-son

Bu sonda sizlar bilan internet, web va undagi mijoz-server aloqalari, web-sahifa, sayt, domain, HTTP protokoli, URL hamda DNS server kabilar haqida batafsil so'zlashamiz.

Web-dasturchilar uchun foydali bo'ladi degan umiddaman. O'zingizga foydali deb bilganingizni boshqalar bilan ham baham ko'ring.

P.S.
Endilikda faqat @uzbhasan_blog kanalini yuritaman. Shu sababdan loyiha ham shu kanalda olib boriladi.

@uzbhasan_blog
Bizga boshqa dasturchilar kerak emas!🤔

- O’zbekistonda oxirgi 3-4 yillarda dasturchilarga bo’lgan talab oshib bormoqda, o’z navbatida dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar ham yildan yilga oshib bormoqda va ko’pchilikda qiziq fikr paydo bo’lmoqda “endi dasturchilar kerak emas hamma joyda yetarli”.

☝🏻Aslida unday emas, bu shunchaki O’zbekistonda oxirgi yilda trend juda kattalashganligi sabab. Butun jahon miqyosida qaraydigan bo’lsak dasturchilarga yildan yilga talab oshib bormoqda. O'zbekistonda ham dasturlashga bo'lgan e'tibor ancha oshib bormoqda, masalan: "IT park" va uning filiallari, "one million coders" loyhasi va yangi "Amity" universitetining filiali va boshqa ko'plab ishlardan buni bilish mumkin. O'zbekistonda IT kompaniyalar soni ham yildan yilga ancha oshib bormoqda, masalan: "payme", "mytaxi", "express24", "click" va hakazo.

🚀@codeschooluz
Siz dasturlashni bir yildan beri o‘rganyapsiz lekin hozirgacha video darsliklar kurayapsizmi?

🚀@codeschooluz
Qanday bog‘liqligi bor?
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
VPN

To'g'ri kelgan VPN dasturini olib o'rnatmang. VPN sizga internetdan foydalanish uchun shifrlangan tunel yaratadi. Eng yomoni bu tunel faqat siz chiqishingiz uchun emas, sizga kirishlariga ham xizmat qiladi. Tekin VPN o'rnataman deb o'zingizga zarar yetkazmang. Undan ko'ra o'rnatmay qo'ya qoling.

@uzbhasan_blog
Kanalimiz mavzusiga aloqadar bo'lmagan mavzuda postlari va kelishmay qilgan xatti-harakatlari uchun Adminni ishdan oldik!
😂😂😂

P.S. Python dasturlash mavzusiga qaytamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#memes

💻 Senior va Junior darajadagi dasturchilar !

Kimda shunaqa holatlar bo'lgan fikrlarni commentlar bo'limida qoldiramiz😉

🚀@codeschooluz
Siz o‘zingizning asosiy yo‘nalishingizdan tashqari har-xil video darsliklarni yig‘ib yurasizmi?
Anonymous Poll
59%
Ha
33%
Yo'q
8%
Natija
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi bo'lmoqchi bo'lgan yigit haqida ertak

Bir bor ekan bir yo'q ekan, qadim qadim zamonda bir o'qituvchi yigit bo'lgan ekan. U yosh avlodga matematika va fizika fanlaridan dars berar ekan. Yillar o'tib u o'z kasbiga bo'lgan qiziqishi kamayib borganini sezibdi. Ayniqsa yosh avlodda bu darslarga bo'lgan qiziqish yo'qligi uni juda ranjitibdi. Shunday qilib u kasbini almashtirishga qaror qilibdi.

Qayerga qaramasin hamma joyda IT haqida gapirishayotgan ekan. Oyliklari yaxshi, ish joylari yaxshi, sharoitlari yaxshi, boshqa davlatlarga ko'chib ketish imkoniyatlari bor. Huddi eng zo'r ishday tuyila boshlabdi. Shunday qilib dasturchi bo'lishga qaror qilibdi.

Nimadan boshlashni bilmay, har xil Telegram kanallarga qo'shilibdi. Tahminan 19tasiga. Har bir kanalning egalaridan bir savolni so'rabdi: "Qaysi dasturlash tilidan boshlash kerak?". Birinchi kanal egasi Java debdi. Eng ishonchli, eng tez tillardan biri. Ish ham juda ko'p debdi. Ikkinchi kanalni egasi esa Python debdi. Yangilangan reytingni ko'rdingmi? Python birinchi o'ringa chiqib oldi mashxurlik bo'yicha debdi. Eng mashxur tilmi? Demak eng zo'r til debdi.

Bu yigitning boshi qotib o'zi taniydigan Senior Android dasturchi tanishidan so'rabdi. U tanishi Python tilmas debdi. Atvichayu debdi. Javadan boshqasi tilmas debdi. Zub dayu debdi.

Yigitning yana battar boshi qotib Python zo'r degan Telegram kanalga kelibdi. Shu tanishim Python til ham emas, yordamchi instrument dedi debdi. U kanalda katta tortishuv bo'libdi. Bu tillar orasiga C qo'shilibdi, C++ qo'shilibdi. Baribir bir qarorga kelinmabdi.

Shundan keyin ertak qahramoni qolgan 17ta kanal egalaridan so'rashga kirishibdi. Huddi shunday diskussiyalar u kanallarda ham bo'libdi. Ularning hammasidan so'raguncha oradan 5 yil o'tib ketibdi. Bu 5 yil ichida qahramonimiz uylanib oila quribdi, bola-chaqali bo'libdi. Endi ularni boqish kerak, iloji yo'q. Dasturlashga kirishsa pulni qayerdan oladi? Shunday qilib o'qituvchilikda qolib, Matematika va Fizikadan tashqari yana Kimyo fanidan dars o'tishni boshlabdi.

Roppa rosa 5 yil oldin, yana bir yigit 2-3 kun izlanish qilib hamma tillar ham yaxshiligini tushinib, PHPni ko'z yumgancha tanlab o'rganishni boshlabdi. Yarim yil deganda yaxshi o'rganib, mahalliy kompaniyaga ishga kiribdi. 1 yil ichida middle dastuchi, 4 yil ichida senior dasturchi bo'libdi. 5chi yili esa unda USAga ketish imkoniyati paydo bo'libdi. Shunday qilib u hozir Googleda Senior Software Engineer bo'lib ishlayotgan ekan.

@jakhonrakhmon
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
🧐 Siz dasturlashni bir yildan beri oʻrganayapsiz lekin haligacha video darsliklar koʻrayapsizmi?

Boshlanishiga men sizlarga video darslik koʻring yoki koʻrmang, dasturlashni video darslar bilan oʻrgansa boʻladi yoki boʻlmaydi deb ayta olmayman, bunga bir nechta sabablar bor. Birinchidan bu katta baxsli mavzu hisoblanadi, ikkinchidan menda siz haqingizda yetarli ma’lumot yoʻq, keyin har bir kishining oʻzining tajribasi va holatidan kelib chiqqan holda aytish mumkin.

Endi asosiy savolga qaytaylik, Siz dasturlashni bir yildan beri oʻrganayapsiz lekin haligacha video darsliklar koʻrayapsizmi?

Qisqa qilib aytganda video darsliklarni koʻrishni toʻxtading (Yoki dasturlash siz uchun emas, hazil).

Agar siz haliyam oʻqiyotgan boʻlsangiz tabriklayman. Hozirgi zamonda(TikTok davrida) shuyergacha oʻqib kelganingiz oʻzi bir muvaffaqiyat.
Endi video darslikga qaytadigan boʻlsak, toʻxtatish kerak emas shunchaki yondashishni oʻzgartiring.

- Shunchaki videoni koʻrmang oʻzingiz takrorlab koʻring oʻxshamasa bu tabiiy, qaytadan urinib koʻring (google), yana oʻxshamasa boshqa video darslikga oʻting.

- Siz oʻzingiz ozgina boʻlsa ham mustaqil, video darsliksiz code yozishni boshladingiz, lekin ba’zan keyword lar esingizdan chiqqan va tez-tez aynan video da qayerida bu mavzu borligini bilasiz va qayta koʻrasiz, bu juda yaxshi, havotir olmang sababi bunday holatdan koʻpchilik oʻtgan, siz shunchaki oʻzingizga(node) eslatmalar qilib boring, 3-4 martada video dan emas oʻzingizning qoʻlanmangizdan koʻring shunda asta sekinlik bilan yanayam mustaqil code yoza oladigan boʻlasiz.

Endi siz video darsliklarni koʻrayapsiz va ancha erkin tushina oladigan boʻldingiz, mavzular juda osonlik qilayaptimi, murakabroq mavzuda video darslik topa olmayapsizmi? Tabriklayman siz end dasturlashni oʻrganmayapsiz, siz o’zingizni boshlangʻich dasturchi deb hisoblasangiz boʻladi.

P.S: Albattda shuncha maslaxatdan keyin "Endi nima qilish kerak?" degan tabiiy savol tugʻiladi. Agar sizda shunday savol tugʻilgan boʻlsa toʻgʻri yoʻlda ketayapsiz.

🚀@codeschooluz
🚘 Tesla Autopilot, Andrej Karpathy

Hamma Tesla kompaniyasi haqida eshitgan, hech shubhasiz Ilon Mask uning asoschisi ekanligini ham hammamiz bilamiz. Tesla nimasi bilan mashhur? Degan savolga javob beradigan bo'lsak Tesla asosan Self driving cars(o'z o'zini boshqaradigan avtomobil)lari bilan mashhur hisoblanadi.

❗️Avvalgi postlarimizda aytib o'tganimizdek faqat mashhur insonlar haqida emas kuchli dasturchilar haqida ham gaplashamiz.

Andrey Karpati
Tesla kompaniyasining Artificial Intelligence va Autopilot Vision direktori, ya'ni barcha Tesla avtomobillarining o'z o'zini boshqarishini taminlab beruvchi shaxs. U 1986 - yilda Slovakiyada tug'ilgan. 2015 - yilda Stenford universitetini PhD darajasini tugatgan, U 2016 - yil sentabr oyida Sun'iy intellekt bo'yicha OpenAI guruhiga tadqiqotchi olim sifatida qo'shiladi va 2017 - yil iyun oyida Tesla'ning Sun'iy intellekt direktori bo'ladi, u hozirgacha shu lavozimda ishlab kelmoqda.

P.S: Bunday postlarni yozishdan maqsad, mashhur kompaniyalarning rivojlanishida katta hissasi bo'lgan insonlar haqida ham ma'lumotlar berib o'tish.

🚀@codeschooluz
#python #statements #test

O'tgan mavzuni qanday o'zlashtirganimizni testlar yordamida tekshirib ko'ramiz!

🚀@codeschooluz