CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
🧐Flask nima va u nima uchun ishlatiladi?
#flask #foydali_ilm

Flask - bu web-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatiladigan pythonda yozilgan mikroframework. U 2011-yil Armin Ronacher tomonidan taqdim etilgan.

Bu framework mustaqil va moslashuvchan bo'lganligi sababli ko'plab boshlang'ich dastuchilar Flaskdan boshlashni ma'qul ko'radi.

❗️Flaskning asosiy xususiyatlari.

Yengilligi(Lightweight), Bu tashqi kutubxonalardan mustaqil bo'lganligi uchun yengil framework hisoblanadi.

— Moslashuvchan tuzilishga ega kengaytirilgan framework. Dasturchi o'zi xohlagan tarzda backend tizimini yaratishi mumkin.

— Har qanday turdagi ma'lumotlar bazasi bilan osongina foydalanish mumkin. ORM yoq shuning uchun SQLAlchemy-dan foydalanishingiz mumkin.

— Boshlash uchun oson framework. Agar siz biror narsani ham tez yaratib ham o'rganmoqchi bo'lsangiz Flaskdan foydalanishingiz mumkin.

Flask haqida ko'p gaplashishimiz mumkin, keyingi postlarimizda ham chuqurroq o'rganib ketamiz.

🚀@codeschooluz
Nega aynan Python.
#python #foydali_ilm

Pythonni ko'plab yirik kompaniyalar ilovalar(backend uchun) ishlab chiqish uchun foydalanadi ularning ba'zilari - Google, Shopify, Netflix, Reddit, Dropbox, Stripe, facebook, Instagram.

❗️Pythonda juda ko'p dasturlar yaratilgan, unda ko'plab yo'nalishlar bo'yicha o'zining kutubxonalari yozib chiqilgan, ulardan quyidagilarni ko'rishimiz mumkin:

Web: Django, Flask
Desktop: Kivy, Tkinter, PyQt
Mobile: Kivy, BeeWare
Game: Pygame, Godot
Embedded: MicroPython, CircuitPython
AI & ML: TensorFlow, PyTorch, Keras

😎 Agar Python dasturlash tilini o'rganishda muammoga duch kelsangiz, tashvishlanmang, siz yolg'iz emassiz. Hozirda dunyoda python dasturchilari juda ko'p, ular internetda ko'plab maqolalar chiqargan ular orqali siz savollaringizga javob topishingiz mumkin.

Buning uchun siz ingiliz tilini bilishingiz kerak bo'ladi. Agar ingliz tilini bilmasangiz hoziroq boshlang.

P.S: Albatta biz ham o'zbek tilida savollaringizga javob beramiz va o'zbek tilida foydali kontentlar chiqarishga harakat qilamiz.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Uzbek students in Korea
#interesting #fact
Oxirgi 1 yil ichida Google'da "IELTS" so'zini qidirish bo'yicha O'zbekiston dunyoda birinchi o'ringa chiqib olibdi.

TOPIK (Koreys tili darajasini aniqlash testi) bo'yicha esa dunyoda 4-o'rinda ekanmiz 🤔

Manba: Google trends

@uzbek_students_korea
Unicode vs ASCII
#ascii #unicode

Unicode va ASCII belgilarni kodlashning standartlaridan bo'lib, hozirda butun dunyoda qo'llaniladi. Har biriga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Unicode - bu har qanday tilda matnli ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash va almashtirishni osonlashtirish uchun ishlatiladigan universal kodlash usuli. Unicode 140 000 dan ortiq belgilarni va 150 dan ortiq zamonaviy va tarixiy skriptlar va emoji larni belgilaydi.

Unicode UTF-8, UTF-16, UTF-32 va boshqalar kabi turli belgilar kodlari bilan aniqlanishi mumkin. Bularning ichida UTF-8 eng ommabop hisoblanadi. Chunki u internet web saytlarning 90% dan ortig'i va Windows OS zamonaviy operatsion tizimlarda qo'llaniladi.

ASCII - bu kompyuterlarda belgilar, harflar, raqamlar va boshqalar kabi matnlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. ASCII 128 ta inglizcha belgilarni raqamlar ko'rinishida ifodalash uchun ishlatiladi, har bir belgi 0 dan 127 gacha bo'lgan ma'lum bir raqamga tayinlanadi. Masalan ingliz bosh harfi "A" uchun ASCII kodi 65 ga teng.

❗️Ularning farqi nimada.

Hozirda Unicode ASCII ga qaraganda ko'proq belgilarni ifodalashi aniq. ASCII atigi 128 ta belgini kodlash uchun ishlatiladi, har bir belgi 7 bitdan iborat. Unicode 154 ta emoji va yozma noscriptlarni kodlaydi.

Shuni aytish mumkinki, Unicode ko'proq belgilarni kodlashda ishlatiladi va ASCII ga qaraganda ko'proq joy egallaydi.

Unicode ham, ASCII ham matn kodlash standartlari bo'lib, ular zamonaviy aloqada katta ahamiyatga ega.

🚀@codeschooluz
Live stream scheduled for
Python Foundation Course

Assalomu alaykum hammaga, sizlar uchun ajoyib yangilik, CODESCHOOLUZ jamoasi Python Foundation kursiga start bermoqda.

— Kursimiz birinchi oy bepul, kursni yaxshi tugatganlarga keyingi kurslarimizga ham chegirmalarimiz bor.

— Kurs haqida batafsil ma'lumotni Yakshanba kuni 19:00 da bo'lib o'tadigan ovozli chat - da aytib o'tamiz.

Ovozli chat shu kanalda bo'lib o'tadi - @codeschooluz

Python o'rganmoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuboring, bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi aniq😉

🚀@codeschooluz
Live stream started
Live stream finished (36 minutes)
Eslatma

Yana bir bor eslatib o'tamiz, kursga ro'yxatdan o'tish uchun @codeschooluz_admin ga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

• To'liq ism familya, Tug'ilgan kun - DD/MM/YYYY
VisualStudioCode dasturida "Hello, World" natijani chiqarib screenshot yuboring
Gihub account ochib link yuboring

👉 @codeschooluz_admin
❗️Github va Git haqida

Bugun sizlar bilan github va git haqida suhbatlashamiz, dasturlashni o'rganayotkan har qanday inson bularni ham o'rganishi kerak albatta, shuning uchun bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.

Git - bu bepul va ochiq manbali(open-source) versiya boshqaruv tizimi(version control system), dasturiy ta'minot bo'lib u dastlab Linus Torvalds tomonidan 2005 yilda yaratilgan.

— Versiya boshqaruv tizimi nima degani o'zi? Misol uchun siz birorta dastur tuzdingiz va ishga tushurdingiz, qachondir tajribangiz ortib u dasturning yangi versiyasini ishlab chiqdingiz lekin sizga eski versiya ham kerak, shu holatda versiyalarni boshqarish uchun git bizga yordamga keladi.

Github - 2008 - yilda ishlab chiqarilgan bo'lib bepul va code uchun bulutli platforma. U Git orqali siz va sizning jamoangiz kompyuterda birga ishlashingizga yordam beradi.

Git va Github bilan ishlash haqida yana bitta post qilamiz Insha'Alloh.

🚀@codeschooluz
👍1
CODE SCHOOL pinned «Eslatma Yana bir bor eslatib o'tamiz, kursga ro'yxatdan o'tish uchun @codeschooluz_admin ga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak: • To'liq ism familya, Tug'ilgan kun - DD/MM/YYYY • VisualStudioCode dasturida "Hello, World" natijani chiqarib screenshot…»
Assalomu alaykum hammaga, bugun kursimiz uchun ro'yxatga olishning oxirgi kuni, ro'yxatdan o'tish uchun topshiriqlarni yuborib adminga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun 👉 @codeschooluz_admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Firuz Allayev - Oxirgi paytlar nima koʻproq xavotirga solyapti, shu haqida javob berdi.

© AVLO PODCAST

🚀@codeschooluz
Number system
#number

Biz ba'zi harflar belgilar emojilarni yozganimizda, kompyuter ularni raqamlarga o'giradi, chunki kompyuter faqat raqamlarni tushuna oladi.

Kompyuter faqat pozitsion sanoq sistemasini tushunadi, raqamlar pozitsiyasiga qarab bir nechta turga bo'linadi:

• Decimal Number System
• Binary Number System
• Octal Number System
• Hexadecimal Number System

— Decimal Number System (O'nlik sanoq sistemasi)- bu kundalik hayotimizda foydalanadigan sanoq sistemasi o'nlik sanoq sistemasidir. O'nlik sanoq sistemasida 10 ta raqam mavjud, 0 dan 9 gacha bo'lgan 10 ta raqamdan foydalaniladi.

— Binary Number System(Ikkilik sanoq sistemasi) - raqamlarni yaratish uchun 2 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0 va 1. Ikkilik sanoq sistemasi elektron qurilmalar va kompyuter tizimlarida foydalaniladi.

— Octal Number System(sakkizlik sanoq sistema) - Sakkizlik sanoq sistemasi asosiy qiymati 8 ga teng. Sakkizlik sanoq sistema raqamlarini yaratish uchun u 8 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0-7.

Sakkizlik sanoq sistemasi keng tarqalgan emas. UNIX tizimlarida fayl ruxsatlarini va UTF-8 raqamlarini va hokazolarni ifodalash uchun stenografiya sifatida ishlatiladi.

— Hexadecimal Number System(O'n oltilik sanoq sistemasi) - Asosiy qiymati 16 bo'lgan sanoq sistemasi o'n oltilik sanoq sistemasi deb ataladi. Raqamlarini yaratish uchun u 16 ta raqamdan foydalanadi. 0 dan 9 gacha raqamlar o'nlik sanoq sistemasidagi raqamlar kabi olinadi, lekin 10 dan 15 gacha bo'lgan raqamlar A dan F gacha, ya'ni 10 - A, 11 - B, 12 - C, 13 - D, 14 - E, va 15 - F sifatida ishlatiladi.

Boshqa tarafdagi o'n oltilik sanoq sistemasi mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarda (Embedded system) qo'llaniladi, bu yerda ular kiritilgan ma'lumotlarni oltita sonlar sifatida qabul qiladi.

🚀@codeschooluz
#emoji #unicode

Bu yerda siz Unicode dagi barcha emoji larni codeni topishingiz mumkin.

LINK - https://apps.timwhitlock.info/emoji/tables/unicode

Ularni Pythonda ishlatilishini ham ko'rib ketamiz: print("\U0001F609")😉

P.S: Bu qaysi sanoq sistemasida? Javoblarni commentlarda qoldiramiz.

🚀@codeschooluz
🧐Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa rivojlanish bo'lmaydi?
#foydali_ilm

Biror sohani o'rganishdan avval maqsad qo'yib olishimiz kerak, ko'pchiligimiz atrofga qarab kim qaysi sohada ko'proq pul topayotkan bo'lsa shuni o'rgangimiz keladi, buyerda maqsad pul, to'g'ri pul uchun o'rganilsa o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab qaysidir nuqtada qolib ketasiz.

Bu qanday bo'ladi?

Siz ma'lum muddat, aytaylik 4 oy dasturlashni o'rgandingiz(aslida dasturlash uchun 4 oy hech qancha vaqt emas), 4 oy ichida ancha-muncha narsa o'rganasiz. Bir kuni buyurtma olasiz va bajarasiz, pul topasiz💰. Pul odamni buzadi deganlaridek, pul topishga qiziqasiz va o'rganishdan qolib ketasiz. Bilimingiz yetarli bo'lmagan, kuchingiz yetmagan ishlarni pul uchun qilishga shoshilasiz, eplab qilishingiz mumkin. Lekin vaqt ketadi...

— Iloji boricha o'rganayotkan sohangizni o'zingizni mutaxassis deb his qilmaguncha o'rganing. Ishlashni boshlagan taqdirda ham kamida ikki soat o'rganishga sarflang, o'rganishdan to'xtab qolmang.

🚀@codeschooluz
😁2
#data_type #primitive

Dasturlashda ma'lumotlar turini ikkiga bo'lib o'rganamiz, primitive va non-primitive.

Asosiy ma'lumot turlari bu dasturlash tillari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar turidir. Aksariyat dasturlash tillari murakkabroq ma'lumot turlari asosiy ma'lumot turlari ustiga quriladi va faqatgina qiymatini saqlab qolmasda o'zaro bog'liqlik ham bo'ladi.

— Pythonda 4 ta primitive ma'lumot turi mavjud:
• Integers
• Float
• Strings
• Boolean

— Non-primitive
ma'lumot turi faqat bir turdagi o'zgaruvchi emas, balki turli xil turdagi o'zgaruvchilarni ham o'zida saqlashi mumkin, bular quyidagilar:
• List
• Tuple
• Set
• Dictionary

🚀@codeschooluz