CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
Unicode vs ASCII
#ascii #unicode

Unicode va ASCII belgilarni kodlashning standartlaridan bo'lib, hozirda butun dunyoda qo'llaniladi. Har biriga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Unicode - bu har qanday tilda matnli ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash va almashtirishni osonlashtirish uchun ishlatiladigan universal kodlash usuli. Unicode 140 000 dan ortiq belgilarni va 150 dan ortiq zamonaviy va tarixiy skriptlar va emoji larni belgilaydi.

Unicode UTF-8, UTF-16, UTF-32 va boshqalar kabi turli belgilar kodlari bilan aniqlanishi mumkin. Bularning ichida UTF-8 eng ommabop hisoblanadi. Chunki u internet web saytlarning 90% dan ortig'i va Windows OS zamonaviy operatsion tizimlarda qo'llaniladi.

ASCII - bu kompyuterlarda belgilar, harflar, raqamlar va boshqalar kabi matnlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. ASCII 128 ta inglizcha belgilarni raqamlar ko'rinishida ifodalash uchun ishlatiladi, har bir belgi 0 dan 127 gacha bo'lgan ma'lum bir raqamga tayinlanadi. Masalan ingliz bosh harfi "A" uchun ASCII kodi 65 ga teng.

❗️Ularning farqi nimada.

Hozirda Unicode ASCII ga qaraganda ko'proq belgilarni ifodalashi aniq. ASCII atigi 128 ta belgini kodlash uchun ishlatiladi, har bir belgi 7 bitdan iborat. Unicode 154 ta emoji va yozma noscriptlarni kodlaydi.

Shuni aytish mumkinki, Unicode ko'proq belgilarni kodlashda ishlatiladi va ASCII ga qaraganda ko'proq joy egallaydi.

Unicode ham, ASCII ham matn kodlash standartlari bo'lib, ular zamonaviy aloqada katta ahamiyatga ega.

🚀@codeschooluz
Live stream scheduled for
Python Foundation Course

Assalomu alaykum hammaga, sizlar uchun ajoyib yangilik, CODESCHOOLUZ jamoasi Python Foundation kursiga start bermoqda.

— Kursimiz birinchi oy bepul, kursni yaxshi tugatganlarga keyingi kurslarimizga ham chegirmalarimiz bor.

— Kurs haqida batafsil ma'lumotni Yakshanba kuni 19:00 da bo'lib o'tadigan ovozli chat - da aytib o'tamiz.

Ovozli chat shu kanalda bo'lib o'tadi - @codeschooluz

Python o'rganmoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuboring, bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi aniq😉

🚀@codeschooluz
Live stream started
Live stream finished (36 minutes)
Eslatma

Yana bir bor eslatib o'tamiz, kursga ro'yxatdan o'tish uchun @codeschooluz_admin ga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

• To'liq ism familya, Tug'ilgan kun - DD/MM/YYYY
VisualStudioCode dasturida "Hello, World" natijani chiqarib screenshot yuboring
Gihub account ochib link yuboring

👉 @codeschooluz_admin
❗️Github va Git haqida

Bugun sizlar bilan github va git haqida suhbatlashamiz, dasturlashni o'rganayotkan har qanday inson bularni ham o'rganishi kerak albatta, shuning uchun bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.

Git - bu bepul va ochiq manbali(open-source) versiya boshqaruv tizimi(version control system), dasturiy ta'minot bo'lib u dastlab Linus Torvalds tomonidan 2005 yilda yaratilgan.

— Versiya boshqaruv tizimi nima degani o'zi? Misol uchun siz birorta dastur tuzdingiz va ishga tushurdingiz, qachondir tajribangiz ortib u dasturning yangi versiyasini ishlab chiqdingiz lekin sizga eski versiya ham kerak, shu holatda versiyalarni boshqarish uchun git bizga yordamga keladi.

Github - 2008 - yilda ishlab chiqarilgan bo'lib bepul va code uchun bulutli platforma. U Git orqali siz va sizning jamoangiz kompyuterda birga ishlashingizga yordam beradi.

Git va Github bilan ishlash haqida yana bitta post qilamiz Insha'Alloh.

🚀@codeschooluz
👍1
CODE SCHOOL pinned «Eslatma Yana bir bor eslatib o'tamiz, kursga ro'yxatdan o'tish uchun @codeschooluz_admin ga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak: • To'liq ism familya, Tug'ilgan kun - DD/MM/YYYY • VisualStudioCode dasturida "Hello, World" natijani chiqarib screenshot…»
Assalomu alaykum hammaga, bugun kursimiz uchun ro'yxatga olishning oxirgi kuni, ro'yxatdan o'tish uchun topshiriqlarni yuborib adminga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun 👉 @codeschooluz_admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Firuz Allayev - Oxirgi paytlar nima koʻproq xavotirga solyapti, shu haqida javob berdi.

© AVLO PODCAST

🚀@codeschooluz
Number system
#number

Biz ba'zi harflar belgilar emojilarni yozganimizda, kompyuter ularni raqamlarga o'giradi, chunki kompyuter faqat raqamlarni tushuna oladi.

Kompyuter faqat pozitsion sanoq sistemasini tushunadi, raqamlar pozitsiyasiga qarab bir nechta turga bo'linadi:

• Decimal Number System
• Binary Number System
• Octal Number System
• Hexadecimal Number System

— Decimal Number System (O'nlik sanoq sistemasi)- bu kundalik hayotimizda foydalanadigan sanoq sistemasi o'nlik sanoq sistemasidir. O'nlik sanoq sistemasida 10 ta raqam mavjud, 0 dan 9 gacha bo'lgan 10 ta raqamdan foydalaniladi.

— Binary Number System(Ikkilik sanoq sistemasi) - raqamlarni yaratish uchun 2 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0 va 1. Ikkilik sanoq sistemasi elektron qurilmalar va kompyuter tizimlarida foydalaniladi.

— Octal Number System(sakkizlik sanoq sistema) - Sakkizlik sanoq sistemasi asosiy qiymati 8 ga teng. Sakkizlik sanoq sistema raqamlarini yaratish uchun u 8 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0-7.

Sakkizlik sanoq sistemasi keng tarqalgan emas. UNIX tizimlarida fayl ruxsatlarini va UTF-8 raqamlarini va hokazolarni ifodalash uchun stenografiya sifatida ishlatiladi.

— Hexadecimal Number System(O'n oltilik sanoq sistemasi) - Asosiy qiymati 16 bo'lgan sanoq sistemasi o'n oltilik sanoq sistemasi deb ataladi. Raqamlarini yaratish uchun u 16 ta raqamdan foydalanadi. 0 dan 9 gacha raqamlar o'nlik sanoq sistemasidagi raqamlar kabi olinadi, lekin 10 dan 15 gacha bo'lgan raqamlar A dan F gacha, ya'ni 10 - A, 11 - B, 12 - C, 13 - D, 14 - E, va 15 - F sifatida ishlatiladi.

Boshqa tarafdagi o'n oltilik sanoq sistemasi mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarda (Embedded system) qo'llaniladi, bu yerda ular kiritilgan ma'lumotlarni oltita sonlar sifatida qabul qiladi.

🚀@codeschooluz
#emoji #unicode

Bu yerda siz Unicode dagi barcha emoji larni codeni topishingiz mumkin.

LINK - https://apps.timwhitlock.info/emoji/tables/unicode

Ularni Pythonda ishlatilishini ham ko'rib ketamiz: print("\U0001F609")😉

P.S: Bu qaysi sanoq sistemasida? Javoblarni commentlarda qoldiramiz.

🚀@codeschooluz
🧐Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa rivojlanish bo'lmaydi?
#foydali_ilm

Biror sohani o'rganishdan avval maqsad qo'yib olishimiz kerak, ko'pchiligimiz atrofga qarab kim qaysi sohada ko'proq pul topayotkan bo'lsa shuni o'rgangimiz keladi, buyerda maqsad pul, to'g'ri pul uchun o'rganilsa o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab qaysidir nuqtada qolib ketasiz.

Bu qanday bo'ladi?

Siz ma'lum muddat, aytaylik 4 oy dasturlashni o'rgandingiz(aslida dasturlash uchun 4 oy hech qancha vaqt emas), 4 oy ichida ancha-muncha narsa o'rganasiz. Bir kuni buyurtma olasiz va bajarasiz, pul topasiz💰. Pul odamni buzadi deganlaridek, pul topishga qiziqasiz va o'rganishdan qolib ketasiz. Bilimingiz yetarli bo'lmagan, kuchingiz yetmagan ishlarni pul uchun qilishga shoshilasiz, eplab qilishingiz mumkin. Lekin vaqt ketadi...

— Iloji boricha o'rganayotkan sohangizni o'zingizni mutaxassis deb his qilmaguncha o'rganing. Ishlashni boshlagan taqdirda ham kamida ikki soat o'rganishga sarflang, o'rganishdan to'xtab qolmang.

🚀@codeschooluz
😁2
#data_type #primitive

Dasturlashda ma'lumotlar turini ikkiga bo'lib o'rganamiz, primitive va non-primitive.

Asosiy ma'lumot turlari bu dasturlash tillari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar turidir. Aksariyat dasturlash tillari murakkabroq ma'lumot turlari asosiy ma'lumot turlari ustiga quriladi va faqatgina qiymatini saqlab qolmasda o'zaro bog'liqlik ham bo'ladi.

— Pythonda 4 ta primitive ma'lumot turi mavjud:
• Integers
• Float
• Strings
• Boolean

— Non-primitive
ma'lumot turi faqat bir turdagi o'zgaruvchi emas, balki turli xil turdagi o'zgaruvchilarni ham o'zida saqlashi mumkin, bular quyidagilar:
• List
• Tuple
• Set
• Dictionary

🚀@codeschooluz
🧐Internet tezligi nima va u qanday o'lchanadi?

Internet tezligi bu WWW internet tarmog'idan kompyuter, planshet yoki telefoningizga ulanish tezligini anglatadi, u internetdan yuklab olish va yuklashni bildiradi.

Ushbu ma'lumotlarning tezligi soniyasiga megabit (Mbps) bilan o'lchanadi. Bir megabit 1024 kilobitga teng. Ushbu tezlik 1.0 Mbit/s sekundiga 1.0 Kilobit/s (Kbps) dan 1000 marta tezroq ekanligini anglatadi.

Download(internetdan yuklab olish) va Upload(internetga yuklash)ni soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak.

Donwload - internetdan yuklash tezligi raqamli ma'lumotlarni internetdan kompyuteringizga yuklash tezligi.

Upload - yuklash tezligi ma'lumotlarni internetga yuklash tezligidir.

Internet tezligi turlari.

Siz foydalanayotkan internet tezligi, siz ishlatayotkan internet turiga bog'liq. Internetga ulanish turga misol keltiradigan bo'lsak biz eng ko'p foydalanadigan 3G simsiz yoki 4G simsiz aloqa, mobil aloqa, mobil tarmoq nuqtalari, modem yoki dial-up DSL (raqamli abonent liniyasi), kabel, sun'iy yo'ldosh, ISDN (Integrated Services Digital Network) va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.

P.S: Shu mavzu bo'yicha yana qo'shimcha ma'lumotlar bo'lsa commentlar bo'limida qoldirishingiz mumkin.

🚀@codeschooluz
TOP 3 PYTHON IDEs/CODE EDITORS

Eng ko'p ishlatiladigan Python IDE(Integrated development environment)/code editorlar. Bu yerda ko'rsatilganlari hammasi emas, siz o'zingizga qulayini ishlatishni o'rgansangiz code yozish uchun yetarli.

Visual Studio Code — bu Windows, macOS va Linux uchun mavjud bo'lgan yengil, lekin juda kuchli code editor hisoblanadi. U ko'pchilik dasturlash tillari(masalan, C++, C#, Java, Python, PHP, Go)ni qo'llab quvvatlaydi. Boshlang'ich dasturchilar uchun juda qulay editor hisonlanadi.

PyCharm — Bu code editor ni kompyuteri kuchliroq bo'lgan dasturchilarimizga tavfsiya qilgan bo'lardim. RAM minimal 4 GB bo'lishi kerak, 8 GB bo'lgan kompyuterlarga tavfsiya etiladi, aks holda kompyuteringizda sekin ishlash kuzatilishi mumkin. Code editorning ikki xil versiyasi bor PyCharm Community Edition tekin versiyasi, PyCharm Professional Edition pullik versiyasi.

PyCharm Community versiyasi Apache 2 litsenziyasiga ega: bu bepul va ochiq manbali code editor hisoblanadi.

PyCharm Professional bu versiyasida PyCharm Community da mavjud bo'lmagan qoshimcha funksiyalarga kirishga imkon beradi.

Sublime Text — bu qulay va tekin Text va code editor hisonlanadi. Deyarli barcha dasturlash tillarini qo'llab quvvatlaydi. U Linux, MacOS, Windows kabi turli xil OSlar uchun ishlab chiqilgan.

🚀@codeschooluz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐 What is Computer Vision

Computer vision (kompyuter ko’rishi, sun'iy ko'rish)
- bu sun’iy intellekt(AI)ning asosiy yo’nalishlaridan biri bo'lib asosiy vazifasi tasvirdan qarab nimaligini tushunish hisoblanadi.

Misol uchun an’anaviy dasturlash yordamida tasvirdan oddiy it yoki mushuk tasfirini farqlash uchun biz birinchi navbatda uning hususiyatlarini (ko’z, qulog’ining shakli, rangi v.h) aniqlashimiz kerak, bu esa juda murakab hisoblanadi hamma holatda ham ishlamaydi va aniqlik darajasi anchagina past bo’ladi.

🚀@codeschooluz
Django nima, va u nima uchun ishlatiladi.
#django #python

Django - bu Python dasturlash tilida yozilgan bepul, ochiq manbali, yuqori darajadagi framework bo'lib, u dastlab 2003 - 2005 - yillarda tajribali dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan va 2005 - yil ommaga taqdim etilgan.

— Serqirrali framework - Django deyarli har qanday turdagi web saytlarning beckend qismini yaratish uchun ishlatish mumkin. U har qanday mijoz tizimi bilan ishlashi mumkin, u kontentlarni har qanday formatda (jumladan HTML, RSS feeds, JSON, XML va boshqalar) yetkazib bera oladi.

— Django o'zining xafsizligi borasida ham frameworklar orasida mashxur hisoblanadi.

Hozirda Djangodan juda ko'p kompaniyalar applar yaratish uchun foydalanmoqda, jumladan Instagram, YouTube, Mozilla, Dropbox, Spotify va yana bir nechta applarni misol keltirish mumkin.

🚀@codeschooluz
👍2