CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
🆕 2022-yilda veb-ishlab chiqish uchun eng yaxshi 10 ta Python Framework

• Django
• Pyramid
• CherryPy
• Flask
• Bottle
• WebPy
• TurboGears
• CubicWeb
• AIOHTTP
• Dash

P.S: Django va Flask haqida ko'p gaplashdik, nima deysiz qolganlari haqida ham ma'lumot ulashib boraylikmi?

🚀@codeschooluz
👍3🔥1
Python dasturlash tilini Windows 10 ga o'rnatish.

Python dasturlash tillini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun boshlang'ich qadamlarni qo'yishga yordam berib yuboramaiz.

Fodali bo'lgan bo'lsa do'stlarga ulashing.

🔴 YouTubehttps://youtu.be/9Ic3pgVWN8A

🚀@codeschooluz
👍3
HAPPY NEW YEAR🥳

Barchaga kirib kelayotkan yangi yil bilan CODESCHOOLUZ jamoasi nomidan tabriklaymiz. Yangi yilda barcha maqsadlaringizga erishishingizga tilakdoshmiz. Yangi yilda baxt-saodat, sihat-salomatlik va omad tilab qolamiz! Hurmat bilan CODESCHOOLUZ team.

❄️@codeschooluz
🎉13
Computer Vision problems.

Computer vision ni biz 3 ga bo’lib o’rganamiz:

▫️low-level — quyi daraja (image processing)
▫️mid-level — o’rta daraja (feature extraction)
▫️high-level — yuqori daraja (intelligent).

Image Processing (tasvirni qayta ishlash, ishlov berish) - bu rasmlar bilan ishlashga oson bo'lishi qayta ishlash jarayoni. Misol uchun RGB rasmni GRAYSCALE ga, HSV, BINARY shunday formatlarga o'tkazish.

Feature extraction(xususiyatlarni ajratib olish) - Computer vision da obyektni aniqlashda xususiyatlarni ajratib olish juda muhim. Xususiyatlarni ajratib olish uchun edge detection va corner detection orqali aniqlashimiz mumkin.

— Edge detection - tasvirning qirralarini aniqlash uchun ishlatiladi, tasvir xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki Computer vision tajribalari qirralarni aniqlash va oddiy obyektlarni, doira, kvadrat aniqlash bilan o'tkazilgan.

Corner detection - tasvirdan qarab burchaklarni aniqlash, tasvirdagi ma'lum turdagi xususiyatlarni olish va tasvirning mazmunini aniqlash uchun ishlatiladi.

intelligent - bunda kompyuterga tasvirlardan qarab, oldindan o'rgatilgan, ya'ni yuqoridagi sanab o'tganlarimiz orqali xususiyatlaridan o'rganib taniy olish.

🚀@codeschooluz
👍10
Version control system.

Sizlar bilan yuqorida versiyani boshqarish tizimi, Git haqida gaplashgandik, bu haqida qisqacha video tayyorladik. YouTube orqali ko'rishingiz mumkin.

YouTubehttps://youtu.be/1U48AZKAaew

🚀@codeschooluz
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chrome dinosaur offline game!

Ko'pchilik internetga kirish uchun Google Chrome'dan foydalanadi, foydalanish davomida internet ishlamay qolsa nima bilan mashg'ul bo'lasiz odatda? Albatta Dinosaur o'yinini o'ynaysiz😅

Biz ham shundan ilhomlanib bu o'yinni python yordamida o'ynamoqchi bo'ldik, natija ancha yaxshi.

Videoda ko'rib turgan code da foydalanilgan Python kutubxonalar.

Pillow - oynalarni screen qilish uchun va qayta ishlash uchun
pygetwindow - oynalarni GUI ma'lumotlarini olish va boshqarish uchun
pyautogui - va kompyuter klaviaturalarini avtomatik boshqarish

Python kutubxonalarini o'rnatish bo'yicha post ulashganmiz.

— Python dasturlash tilini biladigan, Github bilan ishlay oladigan, va yana AI ga qiziqadiganlar proyektda qatnashib ko'rishi mumkin.

Bundan maqsad shunchaki ko'ngilhushlikmi? Yoq, bu proyektdan siz ko'p narsalar olishingiz mumkin - Github bilan ishlashni chuqurroq o'rganish, githubda jamoa bo'lib ishlash va tajriba.

Proyektga o'z hissangizni qo'shing

🚀@codeschooluz
👍7
Forwarded from bakiroo
Нима учун масофавий таълим узун таътиллардан афзалроқ?

Албатта, олдиндан айтиш керакки, мактаблардаги дарсхона ва университет аудиторияларидаги таълим жараёни сифати ва самараси ўрнини ҳеч бир онлайн усул боса олмайди.

Лекин қишки таътилнинг деярли бир ой давом этиши, яна чўзилиш эҳтимоли билан бирга, болаларнинг ҳам, талабаларнинг ҳам ўзига нисбатан талабчанлигини пасайтириб юборади ва билим олиш узвийлигини кескин ёмонлаштиради.

Уйда қолаётган болалар мисолида айтаман. Ҳозир ёз фасли эмас. Кўча совуқ. Болаларни лагерга ё пансионатларга дам олишга жўнатиб бўлмайди. Ота-оналари ё қариндошлари қишлоқда яшайдиганлар фарзандларини қишлоққа ҳам жўната олишмайди. Чунки Ўзбекистонда қишлоқ жойларда ҳаёт тарзи нафақат болаларга, катталарга ҳам оғир.

Оқибатда болалар деярли бир ойга чўзилган таътилларда фақат гаджетлар ва тв назоратига ўтиб қолишмоқда. Уларнинг уйқу ва овқатланиш режими, суткалик дисциплинаси ҳам издан чиқди. Чунки аксарият болаларнинг ота-онаси кундузи ишда ё хизматда. Тонг сахардан кеч оқшомгача болалар ўзи билан ўзи овора.

Шунинг учун онлайн тарзида бўлса ҳам дарс жараёнлари бошлангани афзалроқ эди. Болаларнинг камида 4-5 соат бандлиги таъминланарди. Уй вазифаси билан машғулотлар узвийлигини давом эттириш мумкин бўларди.

Бу ўта шахсий фикр.

@the_bakiroo
👍4
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Kelajakdan kelibsan imtihon javoblarni olib kelsang bo'lmaydimi baraka topkur 😅

@javohir_webdev
👍6😁4🔥1
❗️Computer Vision va Image Processing o'rtasidagi farq

Computer vision
- kompyuterlar yoki mashinalar insonning vizual tizimi bajaradigan vazifalarni avtomatlashtirish maqsadida kiritilgan raqamli tasvirlar yoki videolardan yuqori darajadagi tushunish uchun yaratilgan. U ko'plab texnalogiyalardan foydalanadi, Image processing ham ulardan biri hisoblanadi.

Image Processing - bu bilan biz tasvirlarning parametrlari, xususiyatlarini to'girlash va sozlash orqali tasvirlarni yaxshilash mumkin. Image processing Computer vision'ning kichik bir qismi hisoblanadi.

— Ikkalasi ham visual tasvirlar, ya'ni tasvirlar va videolar bilan ishlar ekan. Ularni kompyuter sohasida chalkashtirishlar bo'lib turadi ularning farqi nima ekanligini ko'rib chiqamiz.

➜ Image processing asosan kiritilgan tasvirlarni yaxshilash yoki ularni boshqa vazifalar bajarishga tayyorlash uchun qayta ishlashqa qaratilgan.
Computer vision inson miyasi kabi vizual kirishni taxmin qilish uchun ularni to'g'ri tushunish uchun kirish tasvirlari yoki videolaridan ma'lumot olishga qaratilgan.

Quyidagi rasmdan yana farqlarini ko'rishingiz mumkin.

🚀@codeschooluz
👍5
Forwarded from WEB DUNYOSI
Dunyodagi eng boy insonlarning 30% foizini IT sohasi vakillari tashkil etar ekan.

P.s. IT'da pul ko'p azizlar :)

Kanalimiz 👉 @web_developer001
👍6
❗️Jeck of all trades, master of none

"Jeck of all trades, master of none" – bu dasturlash olamidagi tushuncha bo'lib, bu toifadagi dasturchilar ko'p yo'nalishlarda bilimga ega va ko'p yo'nalishlarda ish qila oladigan, ammo birortasida mutaxassis bo'lmagan dasturchiga nisbatan aytishimiz mumkin.

— Bu atama barcha turdagi ishlarni bajara oladigan, ammo biron bir turda mutaxassis bo'lmagan o'rta asr hunarmandidan kelib chiqqan.

Hozirgi kunda ham juda ko'p yo'nalishlarda bilimga ega lekin birortasining ustasi bo'lmagan dasturchilarni ko'p uchratamiz va bundaylarni topish biror bir soha bo'yicha chuqur mutaxassisni topishdan oson.

Bunga sabab nimada? Ko'pchilikda biror sohani tanlashda juda ko'p ikkilanish bo'ladi, xattoki biror sohada anchagini bilim olib bo'lgandan keyin ham boshqasiga qiziqish uyg'onish bo'lishi ham tabiiy, va shu jarayon davom etaveradi, shundan keyin hech bir sohada chuqur mutaxassis bo'lib yetishmaydi.

Ishga kirayotkanda ham ko'p sohalarni bilgan emas bitta sohada chuqur mutaxassis bo'lgan yutadi.

P.S. O'zingiz o'rganayotkan sohaning mutaxassisi bo'lmaguningizcha qolgan sohalarga qiziqmay turganingiz maqul.

🚀@codeschooluz
👍4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️Kasbing seni o'zgartirmaguncha sen kasbingni o'zgartirma !

Kasbni o'zgartirish oqibatlari haqida Alisher Tojiyev yaxshi tushuntirib berdilar.

P.S: Bitta kasbni o'rganishni boshladikmi oxirigacha o'rganaylik(chigirtka bo'lmasdan😁).

© AVLO PODCAST

🚀@codeschooluz
👍6
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.

FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. (WebDev jamoasiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)


🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin);
🔸 Narxi: Oyiga 490 000 so‘m (600 000 so'm Fevral oygacha 20% chegirama );
🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
🔺Chegirma tugash muddati: 30-Yanvar;

🔸 Joylar soni: 20 ta. (Imkoniyatni qo'ldan chiqarmang)

👨‍💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
🔹 5 yillik tajribaga ega
🔹 30+ loyihalar bilan ishlagan, WebDev loyihasining asoschisi.
🔹Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing

✍️ Murojaat uchun: https://news.1rj.ru/str/Frontend_admin
📞 Telefon: +998993942087
👍1
Google Waymo self-driving car

O'z-o'zini boshqaradigan mashinalar deganimizda hammaning hayoliga birinchi Tesla keladi. Tesladan tashqari ham bir nechta kompaniyalar o'zining o'z-o'zini boshqaradigan mashinalarini yaratgan, bugun Google tomonidan yaratilgan Waymo haqida qisqacha gaplashamiz.

Google ham oʻz-oʻzini boshqaradigan texnologiyasini ishlab chiqishni 2009-yil 17-yanvarda boshlangan. U Google asoschilaridan biri Sergey Brin tomonidan boshqariladigan kompaniyaning maxfiy Google X laboratoriyasida boshlagan.

Loyiha Stenford sun'iy intellekt laboratoriyasining (SAIL) sobiq direktori Sebastyan Thrun va 510 Systems va Enthony's Robots asoschisi Entoni Levandovski tomonidan boshlangan.

Aytishlariga qaraganda Waymo'ning hardware qismi Tesla'nikiga qaraganda ancha mustahkam. U qayerda ishlayotgani haqida real vaqtda tasvirni yaratish uchun bir nechta ortiqcha sensorli tizimlardan, jumladan, lidar, radar va kameralardan foydalanar ekan.

P.S: Bundan tashqari bunday mashinalardan ko'pchilik kompaniyalar ishlab chiqgan, nima deysiz qolganlari haqida ham gaplashamizmi?

🚀@codeschooluz
👍3
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Bahona yoki sabab?

Siz dasturlashni o'rganishni boshladingiz, boshida juda qiziqish bilan kirishgansiz maʼlum bir vaqtdan keyin muammolarga duch kelasiz.

Muammolar, Hammasi qiyindek tuyildi va dasturlash siz uchun emasligini yoki bu dasturlash tili yaxshi emas, o'qituvchi mavzularni tushuntira olmayapti, uyga vazifalarni ishlashga vaqtingiz yetmayapti …

Shunday holatlarga tushgan bo'lsangiz qaror chiqarishga shoshilmang bularni ko'pi bahona, aniqroq qilib aytganda o'zingizga o'zingiz bahona qidiryapsiz, sababi nafaqat dasturlashda umuman olganda har qanday ishda odam qiyinchilikni ko'rsa oson yo'lini izlashga tushadi, va o'zingizni o'zingiz aldashni boshlaysiz, eng qizig'i shundaki o'zingiz ham sezmaysiz, shunday vaqtda siz sabablarini topishga harakat qiling.

Muvaffaqiyatga erishish uchun shunchaki ko'proq mehnat qilish kerak.

@naxalov
👍14
AI(sun'iy intellekt) haqida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishni xohlaysizmi?

AI haqida eshitgan va endi o'rganmoqchi bo'lib yurganlar ham kam emas, ushbu soha bo'yicha bilimingizni yanada oshirish uchun 30-yanvar(yakshanba) 20:00 da bo'lib o'tadigan "voice chat" da qatnashishga taklif etamiz!

Voice Chat qanday tartibda bo'ladi:
— AI ga kirish
— Savol-javob
— Mavzu bo'yicha suhbat

Speaker: Zarifjon Naxalov
Dasturlash bo’yicha 10+ yillik va AI, Computer Vision bilan so'nggi 6 yillik davomida tajribaga ega mutaxassis.

👨🏻‍🏫 @naxalov
👍2
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi "Voice chat"ga qatnasha olmaganlar, yozib olingan video orqali ko'rib chiqishingiz mumkin.

👨🏻‍🏫 @naxalov
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerika davlati (self-driving car)o’z-o’zini boshqaradigan aftamabillarni rivojlantirish maqsadida DARPA nomli tanlovini o’tkazadi hattoki 1 million dollar mukofot qo’yilgan.

2004-yil Kaliforniya shtati bo’lgan DARPA Grand Challenge yoʻnalishini hech bir jamoa muvaffaqiyatli yakunlamadi sabab qiyin cho’l sharoitida xech qaysi jamoa to’liq belgilangan masofani bosib o’ta olmadi.

Bir yil o'tgach, 2005 yilda Kaliforniya shtatining cho'lida Grand Challengesning navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi va unda Stenford jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritadi va 2 million dollarlik sovrinni qo'lga kiritdi. Hammasi bo'lib beshta jamoa Grand Challenge kursini yakunladi

P.S Ushbu Challenge ga qatnashga jamolar hozirgi kunda eng muvaffaqiyatli startuplarni asoschilar hisoblanadi.

👨🏻‍🏫 @naxalov
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#git #github #practice

Git va Github bilan birgalikda amaliy ishlaymiz.

Sizlar bilan avvalroq Git va Github haqida gaplashgandik. Bugun sizlar bilan amaliyotda ko'rib chiqamiz.

🔴 YouTubeYouTube orqali ko'rish

🚀@codeschooluz
👍4
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
Online ta'lim

Bundan yarim yilcha ilgari online ta'lim haqidagi fikrim salbiyroq edi. Men o'rgatadigan o'quvchim har doim oldimda bo'lishi kerakligi, o'zlashtira olmay qolishi mumkinligi haqida o'ylardim. Shunday bo'lsa ham har doim o'quvchilarimga "dasturchi bo'lish uchun mustaqil fikrlay olish kerak, mustaqil izlana olish kerak" deb bod-bod takrorlardim. Chunki, mustaqil fikrlay olmaydigan, doim kimningdir turtkisi bilan biror ishni bajaradigan inson dasturchi bo'la olmaydi.

Bir sabab bo'ldi-yu online dars berishga o'tdim. O'quchilarimning o'zlashtirishida hech nima o'zgarmadi. Offlineda o'z ustida ko'p ishlab, mustaqil amaliyot qiladiganlar o'zlashtirishda davom etdi, doim "turtkilab" turadiganlarim esa har doimgidek orqada qolaverdi.

Xulosa qilib aytganda, online ta'lim o'rganuvchilarni avtomatik sinovdan o'tkazadi: kim dasturchi bo'la oladi, kim esa yo'q.

Bir kursni tugatib, keyin "mustaqil kod yoza olmayabman" deb yurganlarga jo'natamiz.

@uzbhasan_blog
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Kremniy Vodiysi - dunyoning IT poytaxti (2020)

@webdev07
👍3