Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
541 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
🧑🏻‍💻Dasturchi, dasturchi deysiz, dasturchi kimligini bilasizmi?

🤓 IT'ning 24\7 ishlaydigan bu vakillari vazifasiga ko'ra turli xil bo'ladi.

Masalan, mobile App Developer mobil uskunalar uchun dastur va ilovalar yaratadi, web developer vebsaytlar ishlab chiqadi, software Engineer dasturiy ta'minot yaratuvchi dasturchidir.

🙂Ro'yhatni davom ettirish navbatini esa sizga. Sizningcha dasturchi kim va ularning qanday turlarini bilasiz?

Izohlarda dasturchi tanishlaringizni belgilang.

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Rasm ko'ngildagidek chiqishi uchun necha martalab kadr olish mumkin?
Qayta qayta rasmga olish joningizga tegmadimi? Rakurs xato, chiroq yaxshi tushmagan, meni rasmda semiz qilib qo'yibsiz?"

Rasmga olayotganingizda odamlarning bunday xarxashalari joningizga tegdimi?

📸 Unday bo'lsa qo'lingizga fotoapparatni oling va 23-avgust kuni soat 13:00 Co-Learning Center'da bo'lib o'tadigan fotografiya & videografiya bo'yicha workshop'ga choping.

Tajribali filmmaker Sayyodbek Gafurdjanov ishtirokidagi intensiv workshop'da aynan sizni kutib qolamiz.

Ishtirok etish bepul.
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting. Cheklangan o'rinlardan biriga loyiq ekanligingizni motivatsiya xati orqali isbotlang 😉

Ro'yhatdan o'tish muhlati: 20-avgust
Joylar soni cheklangan.
👉 Havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSefzIpVIhCaDc-dn52_Ulxo_Y3RJNjfDaC4Rsz25VznOwPR8g/viewform

@colearninguz
👨‍💻 To'g'ri, tartibli va toza kod yoza bilish kuchli mantiq hamda sabrni talab qiladigan jarayon

Biroq yaqin va hamyonbop IT kurslarini topish muammo 😢

🌐 Shu sababli aytishniklarning juda ko'pchiligi asosiy bilimni internet tarmog'idan oladi. YouTube, Codecademy, Udasity, Skillbox, Udemy va boshqa manbalarda kurs, kitob olishadi, boshqa dasturchilar bilan fikr almashishadi.

✔️ Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda IT'ga qiziquvchilar guruhlarini siz kabilar xato va bilimlarini o'rganish uchun kuzatish mumkin.

O'zbek dasturchilari orasida Robocontest.uz sayti ancha ommalashgan.

Sizchi, dasturlashni mustaqil o'rganish borasida nimalarni tavsiya qilasiz?

@colearninguz
📸 "Cheese!"

Workshop qanday o'tdi?

- Yorug'lik va ranglar bilan ishlash;
- Kompozitsiya bilan ishlash;
- Trenddagi storizlar olish;
- Suratga tushish fishkalari;
- Professional video tasvirlar olish...

Bir olam ma'lumot, qizg'in bahs, ko'nikma alishish va yuz gram kulgu hamda motivatsiya.

🤝 Sayyodbek Gafurdjanovga workshop uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Yana qanday yo'nalishlarda workshop o'tkazishimizni xohlardingiz?

@colearninguz
🤔 SEO nima va u qanday ishlaydi?

SEO (eng. "Search Engine Optimization" - qidiruv tizimda optimallashtirish) - bu vebsaytni qidiruv tizimlarida chiqishi uchun, uni rivojlantirish jarayoni hisoblanadi.

🔍 Masalan, sizga Co-Learning Center markazining sayti kerak. Va siz Google'ga Co-Learning deb yozsangiz kifoya. Ya'ni sizda dastlabki qidiruvlardayoq markaz sayti ko'rinib turadi. Sababi Co-Learning Center SEO dan oqilona foydalangan.

😎 Shunga o'shash agar sizda shaxsiy sayt bo'lsa, SEO sizga saytingizning qidiruv jarayonini osonlashtirishga ham katta yordam beradi.

🤗 Xo'sh, yana qanday so'zlarning to'liq ma'nosi haqida bilishni istaysiz?

@colearninguz
Mazza qilib reklama ko'rayotganingda kino qo'yvorishadi 😏

Bilamizki, marketingning asosiy qurollaridan bir bu — reklamadir.

🤩 Albatta, to'g'ri vaqtda kerakli insonlarga qilingan reklama doimo istalgan natijani beradi.

📈 Statistik ma'lumotlarga qaraganda, rasmli reklamalarga nisbatan video rolikli reklamalar inson ongida ko'proq qolar ekan. Ayniqsa to'g'ri tanlangan — Tone of Voice albatta, o'ziga chorlashi tabiiy.

😉 Yuqorida biz sizlarga 2021-yilda e'lon qilingan mashhur brendlarning yangi reklamalaridan ko'rsatishga harakat qildik.

Sizchi, yoqtirib ko'rgan reklamangizni eslolasizmi?

@colearninguz
⁉️ Marketolog kim? U nima bilan shug'ullanadi?

Kommunikatsiya orqali mahsulotga bo'lgan talabni iloji boricha oshirishga harakat qiluvchi shaxs bu — marketologdir. O'zimizning tilda aytganda, savdo sotuvchisi yoki menejer.

Marketologning asosiy vazifalari:
- bozor tahlili;
- mijozlar bilan hamkorlik;
- raqobat muhitini tahlil qilish;
- mijozlarni jalb qilishning yangi usullarini izlash.

✔️ Marketolog maxsus ta'lim, muloqot qobiliyati, ijodkorlik, analitik fikrlash va albatta odamlar bilan til topishni puxta bilishi kerak.

Hozirgi kunda barcha tadbirkorlar yoki reklama bilan shug’ullanuvchilar o'zlarini marketolog deb ataydi. Aslida ham shundaymikan?...

Izohlarda o'zini “marketolog" deb biladigan do'stlaringizni belgilang 😅

@colearninguz