Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
541 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
😁 SMMʼshiklar xafa boʻlish yoʻq

Chunki, bugun sizlarning boshqalarga aytmaydigan sirlaringizni aytib qoʻyamiz.

SMMʼchilar tan olmasligi mumkin, tan olishlari shart ham emas. Baribir bular haqiqat. 😅

SMM jamoamizga qo’shiling. O’zingiz haqingizda ma’lumot va tajribangiz bilan @pm_support_chat ga murojaat qiling

@colearninguz
Tan oling, sizda ham sayt ochilmay qolsa 403, 500, 400, 404'lar asabingizga tegadi 😅

😉 Keling, shu sonli xatolar haqida ozgina gaplashib o'tamiz.

🔹 HTTP xatosi 500, serverda ichki xatolik chiqqanda siz ushbu sonni ko'rasiz.
🔹 Taqiqlangan veb-saytga kirishga harakat qilganingizda HTTP xatosi 403 chiqariladi.
🔹 HTTP 404 xatosi mavjud bo'lmagan. narsani kiritmoqchi bo'lganingizda chiqadi :)
🔹 HTTP xatosi 400 brauzeringizga noto'g'ri kirgan yoki so'rov buzilgan bo'lsa paydo bo'ladi.
🔹 Cheklangan saytga kirishga harakat qilganingizda HTTP 401 xatosi paydo bo'ladi. (Qisqasi, siz uchun emas 😂)

HTTP xatolarni bilmaydigan do'stlaringizni belgilang.

@colearninguz
😉 "Eng oson ish dizaynerniki:

G'oyani oladi, taaayyor dasturlarda chizadi, yoki taayyor rasmlarning uyoq-buyog'ini to'g'rilab beradi," — deb o'ylagan mijoz adashadi!

Avvalambor g'oyani o'ylab topish,
- uni maromiga yetkazib tasvirlash;
- bir nechta dasturda ishlay bilish;
- har bir kichik detal ustida ishlash;
- logotip chizish;
- yana u sizning brend uslubingizni hisobga olishi kerak...

🖥 Har bir soha o'zicha murakkab. Aqliy mehnat talab qiladigan kasblar esa, yanada murakkabroq. Dizaynerlar digital olamning maqsadini vizual yetkazib beradi.

Dizaynerlar shu yerdamisiz? 👋

@colearninguz
👍1
🤟 1, 2, 3 va 4-SMM kursi ham yakuniga yetdi

Noyabr oyini SMM kursimizning 4-avlodi vakillariga omad tilash bilan yakunladik!
Kreativ va uddaburon 11likdan tarkib topgan kurs Co-Learning Center jamoasining keyingi ishlarga motivatsiya berdi.

🤝 Bizni qo'llab-quvvatlayotgan Project Managers kompaniyasi va Toshkentdagi Inha universitetiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Kurs bitiruvchilari ayni paytda turli amaliyot dasturlarida o'zlashtirgan bilimlarini sinashni boshlashdi.

📸 Taqdirlash marosimi atmosferasini siz bilan vizual ulashdik.

@colearninguz
👍2
The Unicode Consortium 2021-yilda eng ko'p ishlatilgan emojilarni ma'lum qildi

Chapdan o'ngga qarab eng eng eng yuborilgan emojilar: 😂 ❤️ 🤣 👍 😭 🙏 😘 🥰 😍 😊

Siz ham o'z telefoningizdagi oxirgi yuborilganlar qatoridagi emojilarni skrinshot ko'rinishida yuboring. Qani kim qanday emojilar orqali emotsiyalarini ulashishini bilib olamiz 😉

@colearninguz
👍1
Assalomu alaykum do'stlar!
Dam olish kuningiz maroqli o'tayaptimi?
Biz bilan suhbat qilish, savol va murojaat yuborish istagida bo'lsangiz, https://news.1rj.ru/str/colearninguz_hub guruhimiz 24/7 siz bilan 😉