Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
541 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
😁 SMMʼshiklar xafa boʻlish yoʻq

Chunki, bugun sizlarning boshqalarga aytmaydigan sirlaringizni aytib qoʻyamiz.

SMMʼchilar tan olmasligi mumkin, tan olishlari shart ham emas. Baribir bular haqiqat. 😅

SMM jamoamizga qo’shiling. O’zingiz haqingizda ma’lumot va tajribangiz bilan @pm_support_chat ga murojaat qiling

@colearninguz
Tan oling, sizda ham sayt ochilmay qolsa 403, 500, 400, 404'lar asabingizga tegadi 😅

😉 Keling, shu sonli xatolar haqida ozgina gaplashib o'tamiz.

🔹 HTTP xatosi 500, serverda ichki xatolik chiqqanda siz ushbu sonni ko'rasiz.
🔹 Taqiqlangan veb-saytga kirishga harakat qilganingizda HTTP xatosi 403 chiqariladi.
🔹 HTTP 404 xatosi mavjud bo'lmagan. narsani kiritmoqchi bo'lganingizda chiqadi :)
🔹 HTTP xatosi 400 brauzeringizga noto'g'ri kirgan yoki so'rov buzilgan bo'lsa paydo bo'ladi.
🔹 Cheklangan saytga kirishga harakat qilganingizda HTTP 401 xatosi paydo bo'ladi. (Qisqasi, siz uchun emas 😂)

HTTP xatolarni bilmaydigan do'stlaringizni belgilang.

@colearninguz
😉 "Eng oson ish dizaynerniki:

G'oyani oladi, taaayyor dasturlarda chizadi, yoki taayyor rasmlarning uyoq-buyog'ini to'g'rilab beradi," — deb o'ylagan mijoz adashadi!

Avvalambor g'oyani o'ylab topish,
- uni maromiga yetkazib tasvirlash;
- bir nechta dasturda ishlay bilish;
- har bir kichik detal ustida ishlash;
- logotip chizish;
- yana u sizning brend uslubingizni hisobga olishi kerak...

🖥 Har bir soha o'zicha murakkab. Aqliy mehnat talab qiladigan kasblar esa, yanada murakkabroq. Dizaynerlar digital olamning maqsadini vizual yetkazib beradi.

Dizaynerlar shu yerdamisiz? 👋

@colearninguz
👍1
🤟 1, 2, 3 va 4-SMM kursi ham yakuniga yetdi

Noyabr oyini SMM kursimizning 4-avlodi vakillariga omad tilash bilan yakunladik!
Kreativ va uddaburon 11likdan tarkib topgan kurs Co-Learning Center jamoasining keyingi ishlarga motivatsiya berdi.

🤝 Bizni qo'llab-quvvatlayotgan Project Managers kompaniyasi va Toshkentdagi Inha universitetiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Kurs bitiruvchilari ayni paytda turli amaliyot dasturlarida o'zlashtirgan bilimlarini sinashni boshlashdi.

📸 Taqdirlash marosimi atmosferasini siz bilan vizual ulashdik.

@colearninguz
👍2
The Unicode Consortium 2021-yilda eng ko'p ishlatilgan emojilarni ma'lum qildi

Chapdan o'ngga qarab eng eng eng yuborilgan emojilar: 😂 ❤️ 🤣 👍 😭 🙏 😘 🥰 😍 😊

Siz ham o'z telefoningizdagi oxirgi yuborilganlar qatoridagi emojilarni skrinshot ko'rinishida yuboring. Qani kim qanday emojilar orqali emotsiyalarini ulashishini bilib olamiz 😉

@colearninguz
👍1
Assalomu alaykum do'stlar!
Dam olish kuningiz maroqli o'tayaptimi?
Biz bilan suhbat qilish, savol va murojaat yuborish istagida bo'lsangiz, https://news.1rj.ru/str/colearninguz_hub guruhimiz 24/7 siz bilan 😉
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni muborak bo'lsin!

Tinch hayot kechirishimizda muhim omil hisoblangan Konstitutsiyamiz 1992-yil, 8-dekabr kuni qabul qilingan.

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar, sizlarni mana shunday muhim kun bilan muborakbod etamiz.

Yurtimiz doimo tinch va osoyishta bo'lsin!

@colearninguz
Forwarded from Project Managers Blog
"Zamonaviy sohada o'z o'rnini topish va rivojlanish"

"Toshkent yoshlar forumi — 2021"
, Toshkent shahridagi "Congress hall"ning “Shosh" zalida Project Managers kompaniyasi asoschisi Alisher Tojiyev bilan shu mavzuda muloqot bo‘lib o‘tadi.

🎤 Mazkur muloqot davomida:

- zamonaviy kasblar,
- O'zbekistonda IT bozori rivojlanishi,
- bu sohada 0 dan jamoa va kompaniya tashkil etish
- jamoada o'z o'rnini topish

haqida qiziqarli suhbat bo'lib o'tadi.

Vaqti: 21-dekabr, soat 12:00.

@pmuzbekistan
Soʻzlardan emas, balki rasmlardan foydalaning 📸

Apple kompyuterining reklamasi 10 soʻzdan iborat. Bugungi kunga kelib, kompaniya veb-saytida va reklamalarida ham oʻz mahsulotlarini iloji boricha kamroq soʻzlar bilan yetkazishga harakat qiladi.

💡 Jobsning yana bir kashfiyoti - u tasvirlar matnlarga qaraganda ancha yaxshi taʼsir etishini bilardi.

💻 Shunday qilib, Stiv MacBook Air taqdimoti paytida oddiy ofis konvertidan oʻta ingichka noutbukni olib tashlash orqali tomoshabinlarni “portlatdi”. Ming soʻzga arziydigan oddiy reklama!

"Hattoki insonlar e'tibor bermaydigan joylar ham mukammal bo'lishi kerak" - Pol Jobs (Stiv Jobsning otasi).

@colearninguz
🎉5👍2
🎄Har bir yilimiz nima bilan mazmunli? Erishilgan yutuqlarga eltuvchi foydali bilimlar bilan!

Sevimli Co-Learning Center sizga kelayotgan 365 kun uchun bitmas-tuganmas quvonch, baxt-saodat, omad va asosiysi, sogʻlik tilaydi. Ulashayotgan bilimlarimiz katta cho'qqilarni zabt etishingizda hamroh bo'lsin.

🏂 Taqvimning yangi sahifasini yangicha shijoat bilan boshlang! Adrenalin, foydali bilimlar va shunchaki doʻstona muhit uchun Co-Learning Centerʼda qoling!

@colearninguz
🎉10👍1