<DevCon /> – Telegram
<DevCon />
85 subscribers
54 photos
4 videos
7 files
107 links
DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

Murojaat va takliflar uchun:
http://t.me/iplosvoy
support@devcon.uz
Download Telegram
Roppa rosa bir yil avval yangi yil kelishini umuman istamagan edim. Chunki unda onam o'lishi oldindan belgilangan edi. Men 2019-yilda eng qimmatli narsam yo'qotdim va shu ondan kamida 10 yilga ulg'aydim deb hisoblayman.

Balkim bu yil men uchun katta yutqazish va yutuqlar yili bo'lgandir lekin chindan bu yil kelishini xohlamaganman. Tezroq ketishini ham istayman.

Ko'plab do'stlar ortirdim, ko'plari bilan shunchaki orani ochiq qildim. Kuldim yig'ladim kezi kelsa boriga ko'nikishga o'rgandim.

Men uchun bu yil ham iqtisodiy ham psixologik jihatdan ancha og'ir kechdi. Na iloj ne bo'lsaki odam bolasi har narsaga ko'nika olarkan.

Bilasizmi orzularning ham joni bor ekan va ular ham o'lishi, ularni ham qabrga ko'mish mumkin ekan. Bir tomondan quvonarlisi esa yangi orzular tug'ila olishida.

O'zingizni hech qachon egoistman deb atay ko'rmang. Egoizm bu yo'q tushuncha, shunchaki atrofdan vaqtinchalik chalg'ishni ego deb ataymiz. Inson psixologiyasida bu tushuncha bo'lishi uchun esa avvalo uning ko'ngli xotirjam bo'lishi kerak. Yaqinlariz yonizda bo'lmasligi mumkin lekin ularning tirikligi ham sizga xotirjamlik bera oladi. Demak egoizm bo'lishi uchun sizsa hamma narsa bo'lishi kerak ekan, uning yaroqlik muddati esa inson bolasi yolg'iz qolgunga qadar.

Kimsalardan uzoqda bo'lish va umuman ularning yo' qligi orasida katta farq bor. Birida ular mavjud, sen ularni qayta ko'ra olishinga ishonasan yana birida esa ular mavjud emas lekin ko'rishni juda istaysan. Ammo bu ilojsiz. Aslida eng azoblisi shu hisoblanadi. Doimiy sog'inch bu jon azobidan ham og'ir.

Yangi yil uchun yangicha rejalar, orzular qilish albatta yaxshi lekin unutmang hayot juda iplos narsa u sizni bir zumda umuman boshqa muhit va boshqa insonga aylantira oladi. Yangi orzular qilayotgan vaqtingizda eskilarini ko'mishingiz mumkinligi haqida ham bir on o'ylab ko'ring.

Bugun kimlardir bayram kutish o'rniga o'z xizmat vazifasini mardlarcha bajarmoqdalar, yana kimlardir o'z yaqinlariga kasalxonada yuziga g'amli tabassum bilan qarab bo'lsada umid bag'ishlashga harakat qilmoqdalar. Men qorbobodan qaydandir yangi yilda moshina olish yoki boyib ketish kabi shablonoviy tilaklarni eshitavermasdan ayni shu insonlar qalbiga ham bir nazar solishini so'ragan bo'lardim. Shundagini seni mo'jizakor ekaningga odamlar ishonsa arziydi.

Yana "oliviya"mi deb noshukurlik qilmang. Bu salatni yozni o'rtasida ham bozordan sotib olish mumkin. Lekin bozordagisiga uyimiz farishtalaring bu kungidek mehr va eng a'lo tilaklarini qo'shilmagan. Yoki kun kelib ayshi shu salatdagi mehrni sog'inib qolishingiz mumkin. Shunday ekan borida qadriga yeting. Bu siz uchun maxsus so'nggi salat bo'lishi ham mumkin.

Yangi yilni ko'chadagi fohishalar bilan o'tkazmang. Balkim bu bayram kofirlarnikidir lekin oila a'zolari birlashadigan kun hisoblanadi. O'z oilangizni esa 300$lik fohishalarga almashmang. Insonning eng qimmatli boyligi shu hisoblanadi. Hattoki sog'liqdan ham ustuni. Bu kunni ko'chada ham pitarda otib daydigan holda o'tkazish shart emas. Bu kun ularga va sizga emas oilangizga tegishli kun. Uni besamar o'tkazishga esa haqqingiz yo'q.

Albatta men sizga bu kunni qanday o'tkazishni o'rgatmoqchi emasman. Uni qanday o'tkazish o'zingizni hukmizgizda. Men esa bir donishmanddan eshitganimni sizga yetkazmoqdaman xolos. Xohlang uni gaplariga amal qiling xohlang amal qilmang. Ammo unutmang u bekorga donishmand emas.

Eng muhimi esa sizga yangi yilda faqat baxtli onlar kelishiga tilakdoshman. Barcha yaxshi niyatlaringizga bundan keyingi yillarda ham erishib yuring. 2019-yil ham millionlab yillar kabi tarixga aylanadi. Undan xulosa chiqarishni o'zimiz hal qilamiz albatta. Faqat buni unutmasak bas.

Barchangizga bayram muborak azizlar.

————

Quyidagisi esa real bo'lmasada salyutlar chaqirig'idan bahramand bo'ling:

http://2020.devcon.uz

@devcon
Yangi yil uchun kichik sovg'a

http://2020.devcon.uz/
Ho'sh boshlaymiz demak. Hozircha oxirgi tasdiqlangan dasturlar va o'yinlar ro'yxati. Bemalol yuklab olib foydalanishingiz mumkin. Ortgani yana tekshirish jarayonida turipti.

Kitoblar:

1. Fyodor Dostoyevskiy - Kulgili odamning tushi - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.kulgili_odamning_tushi

2. Robert Kiosaki - Boy ota, kambag'al ota - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.kiosaki_boyota

3. Shifokorlarimiz uchun juda ham kerakli bo'lgan "Интерпретация биохимического анализа крови" ilovasi. Kasalliklarga qon analizlari orqali tashxish qo'yish uchun yaxshi ma'lumotlar jamlanmasi. Kitob faqat shifokorlarga emas oddiy odamlarga ham tavsiya etiladi - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.interpretatsiya_bio

4. Qur'oni Karim (Tafsirlar va ma'nolar. Jumladan Islom dini tarixidan qisqacha ilovalar va tasavvuf ilmi haqida alohida bir kitob ham joy olgan) - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.quran

5. Islom dinida jinslar tengligi. Ushbu kitobda ko'pxotinlik, taloq, meros, madaniyat kabi ko'plab tushunchalarga tarix va bugungi kun nuqtai nazari bilan qaralgan fikrlar jamlangan (Ushbu kitob UNICEF hamkorligi asosida O'zbek tiliga aniq manbalardan tarjima qilingan) - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.islamgender

O'yinlar:

1. Bo'sh vaqtlaringizni maroqli o'tkazish uchun Ikki nuqta o'yini - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.ikkinuqta

2. Boshqotirmalarni yoqtiruvchilar uchun ajoyib Slide to Star o'yini - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.slidetostar

Ta'lim:

1. Ingliz tilini o'rganishni xohlovchilar uchun "Lingway Beginner" ilovasi. Ushbu ilova 600ga yaqin so'zlar, 12 tadan ortiq darslar mavjud bo'lib, har bir darslarda 7 bosqichda o'rgatishni amalga oshiradi. Jumladan: Xato so'zlarni belgilash, tarjimasini topish va yozish, tinglab topish va iboralar ustida ishlash. - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.lingway_beginner

Ma'lumotnoma:

1. My Dealer mobil ilovasi ushbu dasturni o'rnatganingizdan so'ng O'zbekiston mobil aloqa operatorlari UMS, Uzmobile, Ucell, Beeline va Perfectum haqida barcha savollaringizga javoblar olasiz. - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.mydealer

P.S: Hozircha shular, tez orada sizlar bilan boshqa ilovalarni ham ulashaman albatta. Yuqoridagi sahifalardagi ilovalarga baho berishni unutmang)

@devcon
Sizlar uchun navbatdagi loyihalardan biri. Simple video downloader - Facebook, instagram, youtube, twitter, odnoklassniki, vkontakte, vimeo, tumblr, imgur, ted va mover.uzlardan muammosiz videolar yuklab oluvchi dastur.

Tez orada play marketdan yuklab olishingiz mumkin.

Ushbu ilovaga qo'shimcha saytlardan yuklashni yoki boshqa bir takliflarni beruvchilar quyidagi "Открыть комментарии" tugmasini bosish orqali fikr bildirishlari mumkin.

@devcon
Ўзбек дастурчиси казуал мобил ўйин яратди!
Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=62158
Yaqinda Rustam Ashurov dan elektron detallarni chuqurroq o'rganish uchun ularning fizik xossalari, kimyoviy tarkibi va ularning ishlab chiqish jarayonlari haqida so'ragandim. Qo'shimcha sifatida birad hozircha O'zbekistonda mikrosxemalarni noldan teradigan (mantiqiy amallar asosida) mutaxassislar yo'qligini aytagandilar. Balkim bordir xz. Asosiysi bor bo'lganda ham shundaylar yetishmayotgani aniq. Raqamli texnologiya asri deganimiz bilan ko'plab qurilmalar hozirgacha mukammal emas. Kompyuterda ong bor lekin hali hanuz u o'zidan oddiy issiqlik ishlab chiqishni davom etmoqda. Tabiiy qurilmadagi issiqlik ma'lum miqdorda energiya sarfi hisoblanadi. Bularning tagiga yetish uchun esa avvalo mavjud narsalarni o'rgana olishimiz lozim.

Postni asosiy mazmuniga o'tadigan bo'lsam sizlarga ajoyib bir kanalni ulashmoqchiman. Kompyuterdan foydalanishdan ko'ra uni noldan yasab ko'rishga qiziquvchilar uchun yaxshi youtube kanal.

Ikkilik sanoq tizimlarida mantiqiy amallardan boshlab toki impulslargacha chiroyli tushuntirib bergan. Hattoki tranzistorli variatlar ham chetda qolmagan. Albatta sabr toqat bilan kuzatib, o'rganishingizga bog'liq asosiysi.

Men boshlanishiga arduinoda inson tiliga yaqin dasturlar tillari bilan boshlamoqchiman (githubda yetarlicha librarylar ham bor ekan). Qolganiga sekin asta tarixga yuzlansa bugungi kunda o'rganish uchun eski kompyuterlarni ham yasab ko'rish muammo emaskan. Chunki har qanday darslik va radiodetalni topish muammo emas. Dasturlash tillariga doir narsalar ham uje karroziyaga uchrashni boshlagan))

Qo'shimcha ma'lumot sifatida ko'pchilikga ustoz darajasiga chiqqan Алишер Жалолов tomonlaridan bir vaqtlar yozilgan kompilyator qanday ishlashi haqida ajoyib maqolani ham ulashib ketaman. Bu esa prinsipni o'rganishga yanada ko'proq yordam beradi.

http://telegra.ph/Bu-qanday-ishlaydi-Kompilyator-1-qism-07-26

https://www.youtube.com/user/eaterbc

https://youtu.be/AwUirxi9eBg

P.S: 3 hafta zerikib yotamanmi deguvchilarga elektronika va dasturlash juda ajoyib hobby bo'la oladi. Bekorga aytishmagan "Dunyoda ikki soha vakillari o'zlariga huzr bag'ishlaydigan ishga haq olishadi. Birinchi toifa olimlar, ikkinchi toifa fohishalardir".

@devcon
Sizlar uchun yangi o'yin. Bloklarni to'ldirib miyyangizni charxlashni unutmang.

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.thefill

@devcon
Video tojikchada uzr so'rayman. Bir yaqin kishimga jo'natgandim buyerda ham ulashay dedim.

Basic asosida mini o'zbekcha emulator (qishlaqchasiga kompyuterning boshlanishi).

Imkoniyatlar

1. Oled, lcd va vga ekranlar bilan ishlash. Epromda ma'lumot saqlash.

2. Usb va ps2 klaviatura o'qiydi.

3. Arduinonig barcha analog va raqamli pinlari bilan ishkay olish. O'zida audio drayver mavjudligi.

Operatorlar

O'zgaruvchilar: BELGILA X=123; Yoki BELGILA X="abvg";
Matnni ekranga chiqarish: CHOPET "Matn";
Foydalanuvchi tomonidan literal qabul qilish: KIRIT$ X; (X buyerda o'zgaruvchimiz)
Biror bir matn uzunligini aniqlash: UZUNLIK("Matn");
Tasodifiy raqam olish: TASODIF;
Matnni kerakli qismini kesish: CHAPDAN("Matn", UZUNLIK);
Ekranni tozalash: TOZALA
Arduino pinlari bilan ishlash: QADAGICH SON, QIYMAT (Misol - QADAGICH 4,1);
Epromdagi ma'lumotlarni ro'yxat shaklida ekranga chiqarish: RO'YXAT
Epromga ma'lumot saqlash: SAQLA "Fayl nomi"
Epromdagi ma'lumotni o'qish: YUKLA "Fayl nomi"
Epromdagi ma'lumotni o'chirish: O'CHIR "Fayl nomi"

Funksiya yaratish - YANGI
Funksiyani ishga tushirish - ISHLAT

Sikllar: TAKRORLA X=1 DAVOMIYLIK 5

Shart operatorlari: <> > >= < <= (AGAR 3>2 KEYIN CHOPET "3 katta 2dan")
Mantiqiy amallar: VA, YOKI, EMAS

Arifmetik ammallar: + - * /

Misollar

//matnni ekranga chiqarish va kerakli qismini kesish
10 BELGILA X="MATN"
20 BELGILA Y=CHAPDAN$(X,2)
30 CHOPET X;
40 CHOPET Y

//foydalanuvchi ismini kiritga salomlashuvchi funksiya
10 CHOPET "ISMINGIZ?"
20 KIRIT ISM$
30 CHOPET "SALOM ";ISM$

//ikki raqamni taqqoslash
10 CHOPET "Birinchi raqam?"
20 KIRIT A$
30 CHOPET "Ikkinchi raqam?"
40 KIRIT B$
50 AGAR A$>B$ KEYIN CHOPET "A katta Bdan"
60 AGAR A$<B$ KEYIN CHOPET "A kichkina Bdan"

//bir vaqtda bir necha sikllar bilan ishlash
10 TAKRORLA M=0 GACHA 6
20 TAKRORLA N=0 GACHA M
30 CHOPET M;":";N;" ";
40 KEYINGI N
50 CHOPET
60 KEYINGI M

//arduino pin bilan ishlash
10 QADAGICH 4,1
20 CHOPET "YONDI"
30 TANAFFUS 200
40 QADAGICH 4,0
50 CHOPET "YONDI"
60 TANAFFUS 200
70 QATORGA 10

Kamchiliklar
1. Faqat klaviatura uchungina port mavjud
2. Shart operatorlarida equal normal ishlamayapti
3. Funsiyalar yetarli emas
4. Til masalasini ham ko'rib chiqish lozim

Do'stlarga ulashishni unutmang 👇
https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAEkuHVcE79uAWhWM2g
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi matn videosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uyda_qoling

Karantin davri 20-kun. Qachonki sen juda ham zerikib ketganingda...
Arduino yordamida Chrome offline T-rex o'yinini o'ynaymiz.

@devcon
Play market tekshiruvchilari koronavirusga chalingan shekilli. Albatta hazil)

Ko'p ilovalar hali ham jarayonda turgani sabab telegramda alohida kanal ochib joylab qo'yyapman.

Hozir asosiy ulashmoqchi bo'lganim "Hikoyalar to'plami ilovasi".

To'plamda yuzga yaqin turli mavzudagi hikoyalar mavjud bo'lib, karantin davrida o'qib ulardan bahramand bo'lishingizga tilakdoshman.

To'plamdagi hikoyalar ro'yxati bilan tanishish: https://telegra.ph/Hikoyalar-toplami-04-09

Ilova hajmi: 3.3 Mb

Telegram oqali yuklash: https://news.1rj.ru/str/devcon_apps/13

Shu jumladan @devcon_apps telegram kanaliga obuna bo'lishni va do'stlarga ham ulashishni unutmang.

@devcon
Ba'zida kompyuterni cho'miltirib turish ham zarar qilmaydi. Yoz yaqin, havo issiq. Muzdak vanna esa juda mazzali))
Assalomu alaykum qadrli do'stlar. Bugundan boshlab alohida vaqt ajratgan holda youtube video hostingida elektronika va dasturlash sohasida o'z videolarimni ulashib borishni boshladim.

Albatta ayni damda juda ko'p kamchiliklar bo'lishi mumkin. Shunday ekan sizlardan uzr so'ragan holda birinchi videoni ulashmoqchiman.

https://youtu.be/E71qUxvevHw
Forwarded from IT Park Uzbekistan
⭐️ Kompyuteri bo‘lmagan dasturchining tarixi

Sizlar bilan oliy ma’lumoti bo‘lmay turib ham IT sohasida muvaffaqqiyatga erisha olgan mahalliy dasturchilar tarixi bilan bo‘lishishda davom etamiz.

👨‍💻 Bu safar, bizning intervyumiz qahramoni, 23 yoshida “Devcon P/E” kompaniyasi bosh direktori bo‘lgan va oyiga $700 dan ziyod daromad olishga erishgan Manuchehr Usmonov.

Uning tarixi insonning muvaffaqqiyati o‘z qo‘lida ekanligi va barcha narsa istak hamda urinishlarga bog‘liq ekanligining yana bir isboti.

➡️ Havola bo‘yicha o‘ting va intervyuni o‘qing: https://clck.ru/QR7SK
Forwarded from IT Park Uzbekistan
⭐️ История программиста без компьютера

Продолжаем делиться с вами историями отечественных программистов, которые без высшего образования смогли достичь успеха в IT-сфере.

👨‍💻 На этот раз, героем нашего интервью стал Манучехр Усмонов, который в свои 23 года является генеральным директором компании «Devcon P/E» и зарабатывает более $700 в месяц.

Его история является еще одним доказательством того, что успех человека — в его же руках, и абсолютно всё зависит от желания и усилий.

➡️ Переходите по ссылке и читайте интервью: https://clck.ru/QR7X4
#beeline #boykot #internet

Yuz-yuzdan yig'ib turinglar deb aytgandima))

Bir necha kun oldin Beeline 4G unlim oy xizmatidan kompyuter qurilmalarida wifi hotspot orqali foydalanish yo'lni topganimni facebook sahifam orqali aytgan edim.
Ko'pchilik albatta bunga qiziqdi. Faqagina birgina muammo buyerda sozlash jarayonida edi. Shu sabab ham oddiy foydalanuvchilarga qulaylik yartish uchun kichik dastur va qo'llanma ham yozdim.

Quyidagi link orqali siz o'z qurilmalaringizni sozlab atiga 50000 so'm oylik to'lov evaziga harbqanday qurilmada cheksiz internetdan foydalanishingiz mumkin.

Do'stlarg ulashish tekin #yesli46 😉

https://telegra.ph/Oluvringlar-bitta-4G-unlim-xizmati-orqali-davlatimiz-qashshoqlashib-qolmaydi-08-27

@devcon
beeline4g.zip
60.5 KB
Yuqorida keltirilgan beeline 4 unlimited dasturida windows 10 foydalanuvchilar muammo kuzatilgani haqida xabar berishdi. Shu sabab ham yanada soddalashtirilgan variantda chrome uchun extensions yasab chiqdim. Quyidagi faylni yuklab chrome browserga o'rnating va xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin.

Quyida extensionsni qanday o'rnatish bo'yicha video qo'llanma ham beriladi.

@devcon
62500 perfokartaga joylashgan 4.5 megabaytli ma'lumot. AQSH 1955-yil.

P.S: Bugungi kun hisobida Ummoni bitta qo'shig'i))

@devcon
Robotexnika o'rgatamiz deydiganlarni va joylarni ko'pini kuzatdim. Ahvol juda ayanchli.
Biz hali Robototexnika ostonasi uyoqda tursin u haqida yetarlicha tasavvurga ham ega emaskanmiz.
Kurslar o'quvchilarga ijodiy qobiliyat emas chiroqcha yoqishni o'rgatadigandek hammasi.
Ko'ngil uchun elementar radiotexnikadan ham xabardor emas. Sxemotexnika haqida tushunchaga ega emas.
Radio detallarniku tasavvur ham qilisholmaydi. Bilganlari interdan ko'rgan maqolasini bolalar ongiga singdirish. Shuyam yo'lni o'rtasidan.
Bir ikkitasiga qiziqib transistorli kalit yasab bering yoki eng oddiy sxema tuzilishi qanday va qaysi detallardan tashkil topganini so'rasam shuniyam bilishmadi?
Asosiy yo'lni tanlab olsak, bolaga (umuman kelajakga) robototexnikani o'rgatishmi yoki soqqa qilish?!
Ushbu sohada eng ildam bo'lgan yaponiyaga razm solsak. Ularda kerak bo'lsa uyda boqiladigan it-mushuklarning ham robot versiyalari bor va bizdagi ba'zi birlardan aqlli)
Ular nima uchun ushbu sohada kuchli? Sabab oddiy fundamental bilim to'g'ri qo'yilgan.
Fundament bizda ham qo'yiladi lekin hech birimiz buni eslab qolishni xohlamaymiz.
Istalgan bitta elektron uskunani ochib ko'ring. 8-sinf fizikasida o'tilgan barcha mavzularni amaliyotda joriy qilinganini ko'rasiz. Kulon qonunidan boshlab yarim o'tkazgichlar mavzusihacha.
Atrofimiz aslida murakkab emas, shunchaki biz uni anglashni xohlamaymiz xolos.
Robototexnika eng zo'r kelajaklardan biri hisoblanadi. Ushbu soha chet-elda kirib kelganiga 100 yildan oshdi. Olmonlarning BMW, Mercedes kabi avtomobillarini deyarli 70-80% qismini robotlar tayyorlaydi. Uyingizdagi televizorni robotlar yig'ib beradi.
Koinotni ham insoniyat robotlar sabab o'rganmoqda.
Bizni mamlakat esa hali u haqida tuzukroq tasavvurga ham ega emas.
O'quv markazlar bolaga birinchi darsdanoq arduinoni tutqazib miyyasini zaharlashi shart emas. Kerak bo'lsa fizikidan elementar mavzulardan boshlashi kerak. Bolaradio detallar bilan tanishsin. Sxema chizish, o'qish va harayondagi hisob kitolablarni o'rgansin avval.
To'g'ridan to'g'ri dastur bilan raqamlashgan formatni unga tiqishtirmay avval analogli sxematikalarni o'rgatish kerak.
Oddiygina transistor, kondensator va qarshilikdan itartirib multivibrator yasatib keyingina hozirgi kunda manabunday microchiplar mavjud. Ularga ikki qator kod bilan lampochkani o'chib yonishini belgilay olasan deb o'rgatish kerak.
Bill gates ham birgina radiotexniksiz bir-tiyinli dasturchi hisoblanadi. Radiotexnik bo'lmasa dastrlash ham mavjud bo'la olmasdi. Robototexnika esa bu ikki sohani birlashgan varianti hisoblanadi.
Appleni dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan Stiv Vozniak ham radiotexnik edi xolos. Bular shu soha sabab eng katta insdustrayini boshlay olishdi. Appleni o'zi Amerikani juda katya hajmdagi iqtisodini hal qiladi. Yana ularda bunday kompaniyalar son sanoqsiz.
Katta ketish emas istagan robototexnika kursiga borib OM qonuni haqida so'rang, yarim o'tkazgichlar dieleksiyasini surishtiring nafasi ichiga tushib qoladi. Bular aslida ular dars beraman degan narsani asosi xolos.
Bolalarga avvalo nazariya, detallar, sxmalar bilan ishlash, analogli qurilmalarni o'rgatish, keyingina dasturlash bosqichidan o'tkazib robotexnikaga yo'l berish lozim.
Logic gates (mantiqiy amallarni)ni bola to'laqonli bilishi lozik. Shunagina yuklatilgan vazifani bajara oladi ular. Shundagina biz zamonga mos kelajak yaratib boshqa mamlakatlarkaga yaqinlasha olamiz.
P.S: Videoda eng oddiy misol sifatida bir vaqtlar o'zim reledan yasagan elektron hisoblash mashinamni keltirdim. Faqatgina kondensator va elektron reledan tashkil topgan bu matah. Zato sanashni biladi. Oscillator (tebratgich) ham releni o'zida qilingan. Bu narsa bugungi kundagi raqamli texnologiyaning boshi xolos. O'quvchilarga ham shundan boshab o'rgatish kerak aslida.
P.S: har bir lampochka 0 va 1 raqamlarini ifoda etadi.
000 = 0
001 = 1
010 = 2
011= 3
100 =4
101 = 5
110=6
111=7

@devcon