<DevCon /> – Telegram
<DevCon />
85 subscribers
54 photos
4 videos
7 files
107 links
DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

Murojaat va takliflar uchun:
http://t.me/iplosvoy
support@devcon.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uyda_qoling

Karantin davri 20-kun. Qachonki sen juda ham zerikib ketganingda...
Arduino yordamida Chrome offline T-rex o'yinini o'ynaymiz.

@devcon
Play market tekshiruvchilari koronavirusga chalingan shekilli. Albatta hazil)

Ko'p ilovalar hali ham jarayonda turgani sabab telegramda alohida kanal ochib joylab qo'yyapman.

Hozir asosiy ulashmoqchi bo'lganim "Hikoyalar to'plami ilovasi".

To'plamda yuzga yaqin turli mavzudagi hikoyalar mavjud bo'lib, karantin davrida o'qib ulardan bahramand bo'lishingizga tilakdoshman.

To'plamdagi hikoyalar ro'yxati bilan tanishish: https://telegra.ph/Hikoyalar-toplami-04-09

Ilova hajmi: 3.3 Mb

Telegram oqali yuklash: https://news.1rj.ru/str/devcon_apps/13

Shu jumladan @devcon_apps telegram kanaliga obuna bo'lishni va do'stlarga ham ulashishni unutmang.

@devcon
Ba'zida kompyuterni cho'miltirib turish ham zarar qilmaydi. Yoz yaqin, havo issiq. Muzdak vanna esa juda mazzali))
Assalomu alaykum qadrli do'stlar. Bugundan boshlab alohida vaqt ajratgan holda youtube video hostingida elektronika va dasturlash sohasida o'z videolarimni ulashib borishni boshladim.

Albatta ayni damda juda ko'p kamchiliklar bo'lishi mumkin. Shunday ekan sizlardan uzr so'ragan holda birinchi videoni ulashmoqchiman.

https://youtu.be/E71qUxvevHw
Forwarded from IT Park Uzbekistan
⭐️ Kompyuteri bo‘lmagan dasturchining tarixi

Sizlar bilan oliy ma’lumoti bo‘lmay turib ham IT sohasida muvaffaqqiyatga erisha olgan mahalliy dasturchilar tarixi bilan bo‘lishishda davom etamiz.

👨‍💻 Bu safar, bizning intervyumiz qahramoni, 23 yoshida “Devcon P/E” kompaniyasi bosh direktori bo‘lgan va oyiga $700 dan ziyod daromad olishga erishgan Manuchehr Usmonov.

Uning tarixi insonning muvaffaqqiyati o‘z qo‘lida ekanligi va barcha narsa istak hamda urinishlarga bog‘liq ekanligining yana bir isboti.

➡️ Havola bo‘yicha o‘ting va intervyuni o‘qing: https://clck.ru/QR7SK
Forwarded from IT Park Uzbekistan
⭐️ История программиста без компьютера

Продолжаем делиться с вами историями отечественных программистов, которые без высшего образования смогли достичь успеха в IT-сфере.

👨‍💻 На этот раз, героем нашего интервью стал Манучехр Усмонов, который в свои 23 года является генеральным директором компании «Devcon P/E» и зарабатывает более $700 в месяц.

Его история является еще одним доказательством того, что успех человека — в его же руках, и абсолютно всё зависит от желания и усилий.

➡️ Переходите по ссылке и читайте интервью: https://clck.ru/QR7X4
#beeline #boykot #internet

Yuz-yuzdan yig'ib turinglar deb aytgandima))

Bir necha kun oldin Beeline 4G unlim oy xizmatidan kompyuter qurilmalarida wifi hotspot orqali foydalanish yo'lni topganimni facebook sahifam orqali aytgan edim.
Ko'pchilik albatta bunga qiziqdi. Faqagina birgina muammo buyerda sozlash jarayonida edi. Shu sabab ham oddiy foydalanuvchilarga qulaylik yartish uchun kichik dastur va qo'llanma ham yozdim.

Quyidagi link orqali siz o'z qurilmalaringizni sozlab atiga 50000 so'm oylik to'lov evaziga harbqanday qurilmada cheksiz internetdan foydalanishingiz mumkin.

Do'stlarg ulashish tekin #yesli46 😉

https://telegra.ph/Oluvringlar-bitta-4G-unlim-xizmati-orqali-davlatimiz-qashshoqlashib-qolmaydi-08-27

@devcon
beeline4g.zip
60.5 KB
Yuqorida keltirilgan beeline 4 unlimited dasturida windows 10 foydalanuvchilar muammo kuzatilgani haqida xabar berishdi. Shu sabab ham yanada soddalashtirilgan variantda chrome uchun extensions yasab chiqdim. Quyidagi faylni yuklab chrome browserga o'rnating va xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin.

Quyida extensionsni qanday o'rnatish bo'yicha video qo'llanma ham beriladi.

@devcon
62500 perfokartaga joylashgan 4.5 megabaytli ma'lumot. AQSH 1955-yil.

P.S: Bugungi kun hisobida Ummoni bitta qo'shig'i))

@devcon
Robotexnika o'rgatamiz deydiganlarni va joylarni ko'pini kuzatdim. Ahvol juda ayanchli.
Biz hali Robototexnika ostonasi uyoqda tursin u haqida yetarlicha tasavvurga ham ega emaskanmiz.
Kurslar o'quvchilarga ijodiy qobiliyat emas chiroqcha yoqishni o'rgatadigandek hammasi.
Ko'ngil uchun elementar radiotexnikadan ham xabardor emas. Sxemotexnika haqida tushunchaga ega emas.
Radio detallarniku tasavvur ham qilisholmaydi. Bilganlari interdan ko'rgan maqolasini bolalar ongiga singdirish. Shuyam yo'lni o'rtasidan.
Bir ikkitasiga qiziqib transistorli kalit yasab bering yoki eng oddiy sxema tuzilishi qanday va qaysi detallardan tashkil topganini so'rasam shuniyam bilishmadi?
Asosiy yo'lni tanlab olsak, bolaga (umuman kelajakga) robototexnikani o'rgatishmi yoki soqqa qilish?!
Ushbu sohada eng ildam bo'lgan yaponiyaga razm solsak. Ularda kerak bo'lsa uyda boqiladigan it-mushuklarning ham robot versiyalari bor va bizdagi ba'zi birlardan aqlli)
Ular nima uchun ushbu sohada kuchli? Sabab oddiy fundamental bilim to'g'ri qo'yilgan.
Fundament bizda ham qo'yiladi lekin hech birimiz buni eslab qolishni xohlamaymiz.
Istalgan bitta elektron uskunani ochib ko'ring. 8-sinf fizikasida o'tilgan barcha mavzularni amaliyotda joriy qilinganini ko'rasiz. Kulon qonunidan boshlab yarim o'tkazgichlar mavzusihacha.
Atrofimiz aslida murakkab emas, shunchaki biz uni anglashni xohlamaymiz xolos.
Robototexnika eng zo'r kelajaklardan biri hisoblanadi. Ushbu soha chet-elda kirib kelganiga 100 yildan oshdi. Olmonlarning BMW, Mercedes kabi avtomobillarini deyarli 70-80% qismini robotlar tayyorlaydi. Uyingizdagi televizorni robotlar yig'ib beradi.
Koinotni ham insoniyat robotlar sabab o'rganmoqda.
Bizni mamlakat esa hali u haqida tuzukroq tasavvurga ham ega emas.
O'quv markazlar bolaga birinchi darsdanoq arduinoni tutqazib miyyasini zaharlashi shart emas. Kerak bo'lsa fizikidan elementar mavzulardan boshlashi kerak. Bolaradio detallar bilan tanishsin. Sxema chizish, o'qish va harayondagi hisob kitolablarni o'rgansin avval.
To'g'ridan to'g'ri dastur bilan raqamlashgan formatni unga tiqishtirmay avval analogli sxematikalarni o'rgatish kerak.
Oddiygina transistor, kondensator va qarshilikdan itartirib multivibrator yasatib keyingina hozirgi kunda manabunday microchiplar mavjud. Ularga ikki qator kod bilan lampochkani o'chib yonishini belgilay olasan deb o'rgatish kerak.
Bill gates ham birgina radiotexniksiz bir-tiyinli dasturchi hisoblanadi. Radiotexnik bo'lmasa dastrlash ham mavjud bo'la olmasdi. Robototexnika esa bu ikki sohani birlashgan varianti hisoblanadi.
Appleni dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan Stiv Vozniak ham radiotexnik edi xolos. Bular shu soha sabab eng katta insdustrayini boshlay olishdi. Appleni o'zi Amerikani juda katya hajmdagi iqtisodini hal qiladi. Yana ularda bunday kompaniyalar son sanoqsiz.
Katta ketish emas istagan robototexnika kursiga borib OM qonuni haqida so'rang, yarim o'tkazgichlar dieleksiyasini surishtiring nafasi ichiga tushib qoladi. Bular aslida ular dars beraman degan narsani asosi xolos.
Bolalarga avvalo nazariya, detallar, sxmalar bilan ishlash, analogli qurilmalarni o'rgatish, keyingina dasturlash bosqichidan o'tkazib robotexnikaga yo'l berish lozim.
Logic gates (mantiqiy amallarni)ni bola to'laqonli bilishi lozik. Shunagina yuklatilgan vazifani bajara oladi ular. Shundagina biz zamonga mos kelajak yaratib boshqa mamlakatlarkaga yaqinlasha olamiz.
P.S: Videoda eng oddiy misol sifatida bir vaqtlar o'zim reledan yasagan elektron hisoblash mashinamni keltirdim. Faqatgina kondensator va elektron reledan tashkil topgan bu matah. Zato sanashni biladi. Oscillator (tebratgich) ham releni o'zida qilingan. Bu narsa bugungi kundagi raqamli texnologiyaning boshi xolos. O'quvchilarga ham shundan boshab o'rgatish kerak aslida.
P.S: har bir lampochka 0 va 1 raqamlarini ifoda etadi.
000 = 0
001 = 1
010 = 2
011= 3
100 =4
101 = 5
110=6
111=7

@devcon
Borisovning "Библия радиотехников" nomini olgan ushbu kitob elektronikani o'rganishni istagan har qanday odamga eng yaxshi alifbo bo'la oladi.
Kitobning 8ta versiyasi 1951-1991 yillar orasida ommaga keng tarqatilgan. Eski nomlari Massovaya Radiobiblioteka.
Ushbu kitob oddiy zaryadlanish qonunidan boshlab mantiqiy mikrosxemalar bilan ishlash darajasigacha olib chiqish imkoniga ega. Minglab turli sxemalar o'rganish uchun berilgan. Ovoz kuchaytirgichdan boshlab raioaloqa tizimigacha yasashga loyihalar qo'shilgan.
Albatta kitobda sovet radiodetallari berilgan. Lekin ba'rini bugungi kundagi analogini topish mumkin.

Npn transistorlarga 2n222 eng yaxshi tavsiyam.
Pnp uchun S8550. Narxi 500 so'mdan edi adashmasam (yoki men doim mingtalab olganimga shunday to'g'ri kelar)

КА155ЛАЗ (laqabi lazik) mikrosxema o'rniga sn7400 ishlatsangiz bo'ladi.

Kondensator, resistor, potensiometer va induktivliklar muammo emas.

Kavsharlagich, mutimeter, atvyorka, bakarez va boshlang'ich detallar sizga 200-300 ming so'm atrofida tushishi mumkin.

Robototexnikaga shoshilmang faqat. Arduinoga qarab yugurib ketishdan avval kitob bilan tanishing.

Kitibni ushbu post ostida qoldiraman.

@devcon
Tug’ilganimdan boshlab elektronika ichida yurgan bo’lsamda microcontrollerlar ichiga shu yil mart oyidan boshlab kirib keldim.

O’rganish uchun ko’p ham vaqtim ketmadi. O’rtacha hisobda bir yarim oy yetarlicha bo’ldi men uchun. Ikkinchi oydan esa birinchi buyurtmamni oldim.

Boshlanishida arduino (atmega) bugun esa broadcom, arm chiplar bilan ishlashni o’rganib boryapman. Aniqroq aytganda atmega chiplar unchalik qiziqtirmay qo’ygan meni. Balkim arm bilan oraliq farqdadir hamma gap.

Sizlarga esa soddaroq bo’lishi uchun atmegadan vaz o’qishni boshlayveraman.

Atmega bu 1996-yilda avr olilasida dunyoga kelgan 8-birli RISC michropchip hisoblanadi. Bugunki kunda asosan atmega 328, atmega 2560 va kichik attiny versiyalari keng omma tomonidan qo’llanib kelinadi.

Masalan atmega328da
Xotira: 32Kb (0.5 bootlader uchun)
Chip maksimal tezligi: 20Mhz
Kuchlanish: 1.8-5.5v
Quvvatlanish: 40mA
SRAM: 2 KB
EEPROM: 1 KB
Kirish va chiqish pillar: 14ta (Bundan 6 donasi puls modulatsiya uchun ham ishlaydi)
Maksilmal o’tkazuvchanlik: 200mA

Arduino ham ayni shu chiplardan tashkil topgan.

Arduino unoda dip atmega328p ishlatilgan bo’lsa, arduino megada atmega 2560 qo’llanilgan. Albatta bularning imkoniyat darajalari turlicha hisoblanadi.

Arduino unoda chipga qo’shimcha tarzda lm1117 5 va 3.3 kuchlanish konvertori, 16Mhz kvarts, atmega16da foydalanuvchiga qulay bo’lishi uchun usb serial kiritilgan.

Dasturlash c va c++ tillari orqali amalga oshiriladi. Bunda asosiy ikki funktsiya void setup() va void loop() muhim ro’l tutadi. Dasturni esa unoga Arduino IDE dasturidan foydalanib yoki turli programmatorlardan foydalanib hex shaklida yuklash mumkin.

Setup funksiyasi chip bootladerdan o’tgach bir marta ishga tushib dasturni sozlash uchun xizmat qiladi. Bunda pinlar vazifasi, turli boshqa funksiyalarni ishga tushirish mumkin.

Loop funktsiyasi chipga qo’yilgan kvarts o’lchamiga qarab doimiy yangilanib turadi. Bunda asosan doimiy ish jarayonida yuklatiladigan kodlar biriktiriladi.

Qo’shimcha tarzda aytib o’tish lozimki dasturga bir va undan ortiq kutubxonalar yoki arduino kenggaytmasi ino fayllarni ham yuklash mumkin. Buyog’i tasavvur va bilimga bog’liq.

Tajriba (ish jarayoni videoda berilgan):

//ushbu funktsiya chip ish boshlaganda bir marotaba qo’llaniladi
void setup() {
// 13-sonli pinni quvvat chiqarish vazifasida ishga tushirish
// LED_BUILTIN o’rnida 13 raqamini ham qo’llash mumkin.
pinMode(LED_BUILTIN, OUTPUT);
}

//ushbu funksiya chip ish jarayonida qayta-qayta ishga tushiriladi
void loop() {
digitalWrite(LED_BUILTIN, HIGH); // svetodiodni yoqish
delay(1000); // bir soniya davomida kutish
digitalWrite(LED_BUILTIN, LOW); //svetodiodni o’chirish
delay(1000); // bir soniya davomida kutish
}


@devcon
Aziz obunachilar sizlar uchun

Gʻaryib telefonlar halokat testi

Texno yangiliklar

Barcha smartfonlar tafsiloti

Ajoyib texno videolar
Joy olgan kanal...

Kirib xabarlardan xabardor boʻlib yuring...
Manzil👇👇👇
Bosing👉Kanalga kiring...
https://news.1rj.ru/str/texno_time1
Elektr toki bilan tanishish bizga nega kerak?

Elektrning foydali xususiyatlarini bilish kundalik turmushimizni yengillashtiruvchi buyumlar ixtiro qilinishiga sabab bo’lgan. Masalan siz dazmoldan deyarli har kuni foydalanasiz. AJoyib kunlarning birida ayrim qarshiligi yuqori bo’lgan o’tkazgichlardan elektr toki o’tganda ulardagi elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanishini sezib qolishadi. O’tkazgichlarning bu xususiyati dazmolning kashf qilinishiga sabab bo’ladi. Juda oddiy kashfiyotdek tuyulsada insoniyat uchun keng yo’llarni ochib bergandi aslida. Elektr choynak, solo, telefon, televizor, notebook, tesla car va boshqa shunga o’xshash uskunalar aynan elektrning xususiyatlari kashf qilinishi natijasida paydo bo’lgan.

Elektr uskunalarining xususiyatlarini, energiya sarfi, quvvati, foydali ish koeffisenti, undan xavfsiz foydalanish usullarini bilishingiz bugungi kunda juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa siz kelejakdagi yo’lingizni robototexnika doirasida tasavvur qilayotgan bo’lsangiz. Elektr tokining sirli xususiyatlarini anglash har qanday kelajak odami uchun o’zgacha ixtirolar qilish imkonini yaratib beradi.

Dasturlash bugungi kunda bizning bozorga ham keng qamrovda kelib bo’ldi. Lekin microelektronika hali ham so’roq ustida turipti. Dasturchi dastur kodini yozishi, hisobchi chiqimlarni elektron hisoblashi, betamiz tiktoker o’zini videosini cloudga yuklashi kabi ishlarning barchasiga radiotexnik kerak. Shunday eken ushbu soha hech qachon o’lmaydi. Bundan keyin mukammalashishi mumkinki insoniyat undan voz kecha olmaydi.

@devcon
Quyi va yuqori dasturlash tillari haqida yuz gram. Chap tomonda assembler, o’ng tomonda python tilida yozilgan “Hello world” so’zini ekranga chiqarish kodlari.

P.S: Assemblerni o’rganishni boshlab o’zimni dangasaligimga shubha bilan qaray boshladim)

@devcon
“Hello world” dasturi turli tillarda qanday yozilishini ko’rib chiqamizmi? Unda boshladik!
!@#$%^&*()_+ dasturlash tili (Seryozno shunday til bor)

Dastur kodi:
^dlrow ,olleH(@)

Izoh:
^ - N qiymatini kiritish
( - Agar N 0 bo'lsa, tegishli ')' ga o'tishni belgilaydi
) - Agar N 0 bo'lmasa, tegishli '(' ga o’tkazadi
@ - N qiymatiga daxldor ASCII belgilarni ekranga chiqaradi.

@devcon
Ishni tanish bilishchilikda boshlash kerak ediyu mayli hali ham kech emas.

Hiq dasturlash tili. O’zbekistondagi dinozavr dasturchilardan biri Alisher Jalolov tomonidan ishlab chiqilgan.

Dastur kodi:
"Salom!" tfu!

Izoh:

tfu! - stek tepasidagi qiymatni ekranga chiqarish
a? - ma'lumot kiritishni so'rash
uff... - do sikl boshi
obbo! - do sikl ohiri (stek tepasidagi qiymat 0 dan farqli bo'lsa sikl takrorlanadi)
hiq! - stek tepasidagi qiymatni olib tashlash (delete(0))
oppa! - stekdagi n-qiymatni stek tepasiga nusxa olish (copy(n, 0))
hmm. - stekdagi 0- va 1- qiymatlar o'rnini almashtirish (swap(0,1))
uhh! - stek tepasidagi qiymatni nusxa olish va yana stek tepasiga qo'yish (duplicate(0))
iye? - shartli o'tish (stek tepasidagi qiymat 0 dan farqli bo'lsa iye? dan keyingi buyruqlar bajariladi aks holda eee! buyrug'igacha bo'lgan amallar tashlab o'tilib, bajarish eee! dan keyinga o'tiladi)
eee! - shartli o'tish chegarasi (end if)

+, -, /, * - qo'shish, ayirish, bo'lish va ko'paytirish amallari
>, <, ==, !=, >=, <= - mantiqiy amallar

——————
Ayni damda ushbu til kompilyatori faqatgina windows os muhitiga ishlab chiqilgan. Uztozdan tinchgina source kodeni berishlari yoki boshqa platformalarga ham ishlab chiqishlarini ko’rab qolamiz.

Quyidagi zip fayl compiler va dasturlash tilidan misollar keltirilgan.

@devcon