Marjona Teaches | Edutopian – Telegram
Marjona Teaches | Edutopian
365 subscribers
42 photos
12 videos
2 files
23 links
Ingliz tili o'qituvchisi.
TESOL yo‘nalishi bo‘yicha magistr.
TEFL va C1 sertifikatlari, shuningdek 5 yillik tajribaga egaman.
Zamonaviy o‘qitish metodikalari asosida dars olib boraman.
Ta’limda tenglik, ongli yondashuv va tanqidiy fikrlash tarafdoriman.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga bo'ladigan darsimizgacha ushbu videoni ham diqqat bilan ko'ring.
🔥4👍1
Sizni til o'rganish ishtiyoqi yetaklab keldi bizning Edutopia'ga!

Modomiki siz shu xabarni o'qiyotgan ekansiz, demak sizga ingliz tili kerak. To'lov sharti bilan o'qitiladigan darslarda hamma ham qatnasha olmasligi, yoki kimlardir shunchaki hobbi sifatida ingliz tilini o'rganib yurgan bo'lishi mumkin.

Shuning uchun biz kanalda tez-tez ochiq darslar o'tib turamiz. Sifatli darslar uchun esa qulay sinfxona kerak. ZOOM sizning qulay sinfxonangizdir, barcha jihozlar mavjud bo'lgan.

Ertangi Mr Otabek tomonidan o'tkaziladigan dars ham "Zoom" da davom etadi, iltimos telefoningizga ZOOM platformasini o'rnatib oling va bizni kuzatishda davom eting.

Sizning Edutopian.
👍1
Ushbu quiz ham foydadan holi emas: https://wordwall.net/resource/70686569
Marjona Teaches | Edutopian pinned «Sizni til o'rganish ishtiyoqi yetaklab keldi bizning Edutopia'ga! Modomiki siz shu xabarni o'qiyotgan ekansiz, demak sizga ingliz tili kerak. To'lov sharti bilan o'qitiladigan darslarda hamma ham qatnasha olmasligi, yoki kimlardir shunchaki hobbi sifatida…»
Bir soat sarfladim

5:30'da boshlagan edim mana shu videodagi speakerni gapini dictation qilishni. Yozib olib, tekshirib chiqishga bir soat ketdi. Video 5 daqiqa.

Orada to'xtatsammi, bo'ldi, buncha tushunarsiz bu degan hayollar ko'p o'tdi. Lekin to'xtamadim. O'zim o'quvchilarimga berayotgan vazifalarim yodimga tushdi. Ularning sabr bilan bajarayotganligi meni ham boshlagan ishimni tugatib qo'yishimga turtki bo'ldi.

Men o'quvchilarimdan ko'p narsani o'rganaman. Ularga faqatgina til borasida bilim bera olishim mumkin, ammo boshqa sohalarda ular men uchun na'muna.

Chuqur suhbat qursam, o'quvchilarimning orasida eng bekorchisi men bo'lib chiqaman. Chunki mening ustozim yo'q menga 3 yoki 4 soat vaqt ketadigan vazifalar beradigan.

Ularni iloj va vaqt topib, til o'rganishayotganini ko'rib men ilhomlanaman. Men ham yana-da o'sishga harakat qilaman.

Hayot "circular"dir. Doira ichida aylanadi. Biz bir birimizdan ko'rib o'rganamiz, xulosa chiqaramiz.
3👍2🔥2
Flipped Classroom haqida fikringiz?
🔥4
Darsda qatnashgan hammaga rahmat, guys💚
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zoom'da dars o'zi qanday bo'ladi, deb ikkilanib turgan va online darslarni boshlay olmayotgan o'quvchilarimizga mana ZOOMda dars qanday bo'lishi haqida video

- Har bir o'quvchi bilan shug'ullaniladi
- O'zingizni haqiqiy sinfxonadagidek his qilasiz (faqat bugun o'quvchilarga kameralarini o'chirishlariga ruxsat berdim)
- Qizg'in suhbat ba muhokamalar
- Ajoyib kayfiyat
- Qulaylik va kamroq hayajon 💚
5🔥1
Dushanba kuni yana kanalda dars o'tamizmi?
👍3
Marjona Teaches | Edutopian
mavzuni tanlang
Dushanba 20:00da eng ko'p ovoz yig'gan mavzu bo'yicha dars o'tamiz.
Marjona Teaches | Edutopian
mavzuni tanlang
Hozircha Dushanba kuni o’tadigan mavzumiz if conditionals bo’lib turibdi. Bugun 20:00 gacha kutaman, eng ko’p Ovoz yig’gan mavzu asosida grammatikani tushuntirib video yuboraman, Dushanba 20:00 da esa mashg’ulot qilamiz!
Darsni tugatdik, qatnashganlarga rahmat 💚
🔥31
Guys!
Kanalga dumaloq video joylab borishni reja qilgandim, lekigin tishimdagi briketlarimdan uyalardim. Oldirsam, keyin boshlayman derdim. Ammo menimcha nimadir boshlash uchun mukammal vaqtni kutish kerak emas. Shunga hozir dumaloq video yuboraman. Ko’ppala reaksiya bosib, comment-pomment yozib tashlasangiz, yana ham ilhonlanaman. Sizlar mening Edutopianlarimsiz! Sizning munosabatingiz men uchun juda ham ahamiyatli!
Marjona Teaches | Edutopian pinned «Kanalga dumaloq video joylab borishni reja qilgandim, lekigin tishimdagi briketlarimdan uyalardim. Oldirsam, keyin boshlayman derdim. Ammo menimcha nimadir boshlash uchun mukammal vaqtni kutish kerak emas. Shunga hozir dumaloq video yuboraman. Ko’ppala reaksiya…»