Marjona Teaches | Edutopian – Telegram
Marjona Teaches | Edutopian
370 subscribers
42 photos
12 videos
2 files
27 links
Ingliz tili o'qituvchisi.
TESOL yo‘nalishi bo‘yicha magistr.
TEFL va C1 sertifikatlari, shuningdek 5 yillik tajribaga egaman.
Zamonaviy o‘qitish metodikalari asosida dars olib boraman.
Ta’limda tenglik, ongli yondashuv va tanqidiy fikrlash tarafdoriman.
Download Telegram
Asabiylashmaydigan ustozni ko‘rganmisiz?

Ko‘plab o‘quvchilar darslarimda aynan yoqtiradigan jihat — bu ijobiy va xavfsiz o‘quv muhiti. Bu muhit tasodifan paydo bo‘lmaydi. U, avvalo, ustozdan taraladi. Ustoz qanchalik xotirjam, pozitiv va xushmuomala bo‘lsa, dars jarayoni ham shunchalik qiziqarli, samarali va musaffo kechadi.

Biroq bunday ustoz bo‘lish faqat xarakter masalasi emas. Bu — kasbiy kompetensiya masalasi. Ya’ni, o‘z fanini chuqur bilish bilan birga, pedagogika va TESOL metodologiyasiga tayangan holda dars olib borishni ham talab qiladi.

Avvalo, ustoz qachon asabiylashishini tahlil qilib olaylik. Odatda bu holat o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘yganida yuz beradi. Afsuski, ko‘pchilik o‘quvchilar uchun xato qilish — salbiy tajriba, hatto travmaga aylangan. Vaholanki, zamonaviy pedagogika nuqtayi nazaridan xato — o‘rganish jarayonining ajralmas va muhim qismi, ayniqsa til o‘rganishda.

TESOL amaliyotida xatolarni to‘g‘rilashning bir nechta samarali usullari mavjud:

Recasting — o‘quvchi xatosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmasdan, to‘g‘ri shaklda qayta takrorlash

Elicitation — o‘quvchini o‘zi to‘g‘ri variantni topishga undash

Clarification request — “Iltimos, yana bir bor ayting” kabi yumshoq signal berish

Delayed correction — xatoni darhol emas, mashq yoki faoliyat oxirida muhokama qilish

Bundan tashqari, ba’zi xatolarga vaqtincha ko‘z yumish ham pedagogik jihatdan to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Agar xato kommunikatsiyaga halal bermayotgan bo‘lsa va tabiiy jarayonning bir qismi bo‘lsa, uni darhol to‘xtatish shart emas. Ammo xato takror-takror kuzatilsa, albatta, tizimli va muloyim tarzda to‘g‘rilanishi lozim.

Shu bois ingliz tili ustozlariga asosiy maslahatim shuki:
xatolarga radikal yoki jazolovchi yondashuv bilan emas, balki tabiiy va metodik asoslangan yondashuv bilan munosabatda bo‘ling.

Ana shundagina siz asabiy emas, balki ijobiy, ishonchli va do‘stona o‘quv muhitini yarata olasiz. Bu muhit esa til o‘rganishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

@edutopian - Marjona Teaches..
7🥰6👍2💯2🔥1
Oilangizda bir necha kishi ingliz tilini o'rganyaptimi?

Tabriklayman, agar oilangizda sizdan boshqa kimdir ingliz tilini bilsa yoki o'rganayotgan bo'lsa, endi butun oilangiz bu tilni o'zlashtirib olishi mumkin. Quyida sizga buni sirini o'rgataman.

"English Zone" tashkil qiling. Ya'ni faqat ingliz tilida muloqot qilinadigan hudud. Olaylik, oshxona — bu yerda faqat ingliz tilida gapiriladi. Kimdir o'zbekcha gapirib qo'ysa jarima — idishlarni yuvadi. Ovqatlanish jarayonida ham ingliz tilida gapirilishi kerak. Masalan, "Pass me the salt, please".

Bu jarayonda SPEAKING'da bo'ladigan qo'rquvingiz yo'qoladi.
Lug'atdagi so'zlar jonli muloqotga ko'chadi.
Natijada, immersion (sho‘ng‘ish) — sun’iy ravishda ingliz tili muhitini yaratish va tilni tabiiy o‘zlashtirishga erishasiz.

@edutopian - Marjona Teaches..
👍105👏5
Bolalarimning ingliz tilida kitob o’qiydigan onasi bo’lishi xohlagandim.

Va shunday. Ularning ingliz tilida o’qiydigan, bu tilda kino ko’radigan va so’zlasha oladigan onasi bor. Eng muhimi, ularga ingliz tilini o’rgata olishim mumkinligi.

Kitob o’qish - yaxshi. Ingliz tilida o’qish esa boshqacha zavq beradi..

@edutopian - Marjona Teaches…
10🔥4💯2👍1
Ingliz tilini o'rganmaslik uchun sabab yo'q. Ingliz tili - sayohatlar, yangi bilimlar va juda keng dunyoqarash bera oladi sizga. Shuningdek, obro' va qo'shimcha daromad ham.

Endi esa o'rganmaslik uchun bahona ham yo'q. Chunki boshlang'ich darajadagi yangi guruhimni ochyapman. Dars vaqti juda qulay, online - uyda qahva ichib, dam olib jonli muhitda professional o'qituvchidan til o'rganishga nima yetsin-a?

Darslar uchun yozilgan bir nechta "otziv"larni shu linklarda o'qib ko'rishingiz mumkin:

Ms Kimyo - uch farzandning onasi

Ms Noila - yosh ona, stomatolog

Ms Kamola - shoira, suhandan, ikki farzandning onasi

Endi esa Sizning navbatingiz. Vaqtingiz va kuchingizni Sizga manfaatli bo'lgan ilmni o'rganishga sarflang.

Bog'lanish uchun: @Marjona_Kholmurodova
8
- 10 kishidan iborat kichik guruhlar
- Zamonaviy o'qitish metodlari
- Professional o'qituvchi
- Qulay 20:00-22:00 dars vaqti
- Birinchi kundanoq ingliz tilida gapirish imkoniyati!

Kirish darsi 4-fevral kuni! Qolib ketmang, quyidagi guruhga qo'shilib oling.

👉 Boshlang'ich darajadagilar uchun guruh
Tushkunlikda bo'lsangiz til o'rganing - chalg'iysiz.
Zerikkan bo'lsangiz til o'rganing - vaqtni mazmunli o'tkazasiz.
O'zgarmoqchi bo'lsangiz til o'rganing - yangiliklar kashf qilasiz.
Ko'p pul topmoqchi bo'lsangiz til o'rganing - hamkasblaringizdan kuchliroq bo'lasiz.
Farzandlaringiz uchun yaxshilik qilmoqchi bo'lsangiz til o'rganing - ularga ham o'rgatasiz.
Rivojlanishni istasangiz til o'rganing - yangi tanishuvlar, kengroq ma'lumotlar eshigi ochiladi.

Umuman olganda, o'zingizni eng yaxshi versiyangiz bo'lishni istasangiz - albatta til o'rganing. Qaysi tilni o'rganishga kelganda esa, siz va oilangiz uchun manfaatli bo'ladigan tilni tanlang.

@edutopian - Marjona Teaches...
10💯5👍1
4-fevraldan boshlanadigan boshlang'ich darajadagi darslarimga qabul davom etyapti.

Online dastur haqida qisqacha:

1. Darslarni shaxsan o'zim o'taman. Men haqimda ma'lumot ushbu linkda.
2. Guruhda maksimal o'quvchi soni 10 ta, undan oshmaydi.
3. Flipped-classroom, student-centered learning, audio-lingual metod kabi zamonaviy yondashuvlarda dars olib boraman.
4. Dars vaqti qulay, 20:00-22:00 yoki 16:00-18:00. O'zingizga ma'qulini tanlaysiz.
5. Darslar jonli, har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanaman. Uyga vazifa tekshirib, feedback beraman.
6. O'quvchilarim birinchi kundanoq ingliz tilida gapira boshlaydi.

👉 Guruhga qo'shilish uchun ushbu linkdan foydalaning.
🔥2👍1
Shaxsiy hayotidan ortib shu kabi izoh yozadigan o'quvchilarga rahmat, aslida. Tabiiy, jonli va kerakli. Mehnatingiz va harakatlaringiz kim uchundir foydali ekanligini his qilish sizga ilhom beradi.

Sarflagan vaqtingiz va samimiy fikrlaringiz uchun rahmat, Ms Sharifa 🤍
🔥64💯1
Nega ba'zi o'quvchilar tilni juda tez o'rganadi, ammo ba'zilar yillab harakat qilsa ham natija kutilgandek bo'lmaydi?

Fanda buni "Affective Filter" ya'ni "Hissiy Filtr" deb ataydi.

Bu nima degani? Tasavvur qiling, miyangizda bir "filtr" bor. Agar bu filtr yupqa bo‘lsa, bilim miyaga oson kiradi. Agar filtr qalin bo‘lsa, u bilim yo‘liga to‘siq (blok) bo‘ladi.

Filtrning qatlamlarini esa quyidagi hissiyotlar tashkil qiladi:
Xavotir - "Xato qilsam-chi?", "Ustimdan kulishsa-chi?" degan qo‘rquv.
O'ziga bo'lgan ishonch pastligi - "Men baribir o‘rgana olmayman" deb o‘ylash.
Inhibition & Introversion - Tortinchoqlik va o‘zini haddan tashqari nazorat qilish.
Ishtiyoqsizlik - Til o‘rganishdan maqsad aniq emasligi.

Bu filtr qalinlashib, "mental block"ni tashkil qiladi, natijada til o'zlashtirish jarayoni sustlashadi, samarasizdek tuyiladi. Shu sabali ham ingliz tili darslarida do'stona muhit, ustoz-shogird sog'lom munosabatlari va positiv o'qituvchi juda muhimdir. Shu bilan, o'quvchilardan ham

- Yuqori ishtiyoq
- O'ziga bo'lgan baland ishonch
- Xato qilishdan qo'rqmaslik
- Xotirjamlik va ijobiy kayfiyat

talab qilinadi. Til o‘rganish - bu ichki qo‘rquvlarni yengishdir. Shu sababli ham qaysidir tilni uddalab o'rgangach, odamlar ijobiy tomonga o'zgarib qolishadi.

@edutopian - Marjona Teaches...
9🔥2
Ag'darilgan dars qanday ishlaydi?

Ha, men ag'darilgan uslubda ingliz tilini o'rgataman. Bu an'anaviy ta'lim tizimiga mutlaqo zid. An'anaviy tizim - darsga kirasiz, ustoz yangi grammatikani tushuntiradi, mashq bajarasiz, uyga mustahkamlash uchun qo'shimcha mashg'ulotlar beradi. Agar sizni boshingiz og'riyotgan bo'lsa, kayfiyatingiz yo'q yoki charchagan bo'lsangiz o'sha mavzuni o'zlashtira olmay qolasiz. Bunday holat bir necha bor takrorlansa, qoloq o'quvchiga aylanasiz.

Menda esa teskarisi - darsdan oldin yangi grammatik mavzuni tushuntirib 10-15 daqiqalik video tarzida yozib yuboraman. O'quvchi hushyor va tetik payti mavzuni ko'rib, berilgan mashqlarni bajaradi. Darsga esa bugun o'tiladigan mavzuni allaqachon bilib kiradi. Endi 2 soat davomida nima qilamiz? Faqat gapiramiz, mashg'ulot qilib, nazariy bilimni amaliyda sinaymiz. Birga yangi so'z o'rganamiz. Grammatik mavzu, yangi so'z va ma'noli kontentni birlashtirib ajoyib mashg'ulotlar bajaramiz.

Natijada nima bo'ladi:
1. Darsdagi 2 soat vaqtni "qutqarib" qolamiz.
2. Siz o'zingizga qulay vaqtda grammatik videoni ko'rsangiz yaxshi o'zlashtirsiz.
3. Darsda ko'p-ko'p speaking qilamiz. Bu "mental block"ni yupqalashtiradi.
4. Dars qizg'in, nazariyalarsiz, hammani qamrab olgan tarzda o'tadi.

Mana shunday "stilny" darslar o'taman men. Qo'shilish uchun imkon bor.

- Haftasiga 3 kun jonli dars
- Darsdan oldin grammar mavzuni videosi
- Talaffuz, speakingga katta diqqat
- Har bir o'quvchiga individual yondashuv

Shunday keng qamrovli dasturning ishtirokchisi bo'lishni istasangiz, shu guruhga qo'shiling. 4-fevralda birinchi dars!

PS: Aytgancha - "ag'darilgan dars" fanda "Flipped-classroom" deyiladi.
Quyida o'quvchilarimni fikrini o'qing.

@edutopian - Marjona Teaches...
🔥41🥰1
“Ag’darilgan dars”ga nisbatan o’quvchilarim fikri!
🔥8👍2💯1
Elementary'lar ham marhamat!

Agar bir o'qib, bir tashlab yurgan bo'lsangiz - aniq darajangiz elementary. Sizni ham ertangi darsga taklif qilaman chunki Beginner va Elementary guruhlarga bo'laman.

Guruh: https://news.1rj.ru/str/+n1ImhJVS8LQwZmU1
Ustoz falsafasi

“Teaching philosophy” iborasi bor - uni “o‘qitish falsafasi” yoki “ustoz falsafasi” deb tarjima qilish mumkin. Buni oddiy qilib aytganda, o‘qituvchining qadriyatlari deb tushunsak bo‘ladi. Men o‘z qadriyatlarimni aniq belgilab olganman: dars jarayonida ham, ustoz-shogird munosabatida ham men uchun nimalar muhimligini yaxshi bilaman. Hatto shu mavzu bo‘yicha inshomni yozib, Professor Thomas’dan “A” baho olganman. Professorim haqida yana alohida gapirib beraman. Hozir esa o‘z ustozlik falsafamni yozmoqchiman.

Quyida bullet pointlarda - o‘qishga yengil va tushunarli shaklda bayon qilaman:

1. O‘quvchi shaxsiyatini va qobiliyatini hurmat qilish

Kim bo‘lishidan qat’i nazar, mening sinfxonamga kirgan har bir kishi - bir xil qadriyatlarga ega, til o‘rganayotgan talaba. Millat, e’tiqod, ijtimoiy maqom - men uchun farqi yo‘q. Eng muhimi, har bir insonda til o‘rganish qobiliyati borligiga chin dildan ishonaman. Til o‘rgatish “qilib bo‘lmaydigan ish” emas - to‘g‘ri yondashuv bilan barchada natija bo‘ladi.

2. Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish

Til - bu muloqot. Muloqot esa - munosabat. Shuning uchun sinfdagi atmosfera erkinlik, ijobiylik va do‘stlik asosida qurilishi kerak. O‘quvchilar o‘zaro, hamda o‘quvchi–o‘qituvchi orasidagi iliq munosabatlar til o‘rganish jarayonini tezlashtiradi.

3. Mustaqil ishlashga o‘rgatish

Hamma narsani ustoz aytib turishi shart emas. Ustozsiz bajarish mumkin bo‘lgan vazifalar, mustaqil mashqlar, izlanishlar bo‘lishi kerak. Chunki haqiqiy o‘zlashtirish shunda boshlanadi - o‘quvchi o‘z uslubini topadi, o‘zi izlanadi va o‘zi natija chiqaradi.

4. Faqat tilni emas, til orqali yangi bilimlarni o‘rgatish

Ingliz tili menga yoqishining asosiy sababi - har qanday mavzu orqali dars o‘tish mumkin: sog‘lom turmush tarzi, moda, psixologiya, geografiya, tarix, san’at va boshqalar. Eng qiziq tomoni - men ham o‘quvchilarimdan o‘rganaman. Bu jarayon bir vaqtning o‘zida ham til ko‘nikmalarini, ham dunyoqarashni kengaytiradi.

Mening qadriyatlarimni o‘quvchilarim ham qadrlashadi. Kattalarga dars berishda faqat bilim berishning o‘zi yetmaydi - ularning ishtiyoqini saqlab qolish, sharoitdan kelib chiqib to‘g‘ri ruhlantira olish juda muhim. Quyida darslardan vaqtinchalik tanaffus olgan o‘quvchimning xatini o‘qing va mening “teaching philosophy”imni aynan shogirdlarimning so‘zlarida ko‘ring.

@edutopian - Marjona Teaches...
3👍1
Qadriyatlarim shogirdlarim so'zlarida..
5👍1
So’nggi eslatma!

Bugün ikki imkonning ham oxirgi kuni: mendan dars olish va hozirgi narxda dars olish.

İzoh:

1. Mening bo’sh vaqtlarim uchun barcha guruhlar bugün shakllanadi. Va kim bilsin keyin qachon o’zim uchun guruh ochaman yana.


Tanishuv darsi bugün 20:00da shu guruhda bo’ladi: https://news.1rj.ru/str/+n1ImhJVS8LQwZmU1

2. Guruhda o’quvchi soni chegaralangani uchun kelasi patoklardan dars narxlarini oshirishni reja qilganmiz. Barcha darajalar uchun to’lov 400 ming so’m bo’lganida qo’shilib oling va bu narx sizga butun umrga amal qiladi.
4