Marjona Teaches | Edutopian – Telegram
Marjona Teaches | Edutopian
370 subscribers
42 photos
12 videos
2 files
27 links
Ingliz tili o'qituvchisi.
TESOL yo‘nalishi bo‘yicha magistr.
TEFL va C1 sertifikatlari, shuningdek 5 yillik tajribaga egaman.
Zamonaviy o‘qitish metodikalari asosida dars olib boraman.
Ta’limda tenglik, ongli yondashuv va tanqidiy fikrlash tarafdoriman.
Download Telegram
Kimdan ingliz tilini o'rganmoqchisiz?

- Ingliz tilini xalqaro o'qitish imkoniyatini beradigan TEFL sertifikatiga ega
- Ingliz tilini xalqaro o'qitish darajasidagi magistratura bitiruvchisi
- Amerikaning xalqaro Webster Universiteti bitiruvchisi
- Ikki marotaba C1 sohibasi
- 7 yillik ingliz tilini o'qitishda va o'qitishga oid material tayyorlashda tajribaga ega

mendan dars olmoqchisiz. Hozir onalik ta'tilida bo'lganligim sababli, bilmimni online tarzda ulashmoqchiman. Edutopia kanalimda o'z online oilamni yaratmoqchiman💚
64🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu inson mening yapon tili ustozim bo’ladilar. Bu kishi aytayotgan gaplarni ingliz tili misolida ham tushunish mumkin. Umuman olganda, hayotda ham nimani boshlagan bo’lsangiz, tugatib qo’yishga odatlanishingiz kerak.
👏7
🧠 Mental Rehearsal - Speaking'ni rivojlantirish uchun foydali texnikalardan biri!

Sizga yoqdimi?
🔥6👍5
📌Mental Rehearsal uchun mashq

Could you clarify what exactly you mean by that?

Ma'nosi: bu gap bilan o'zi nima demoqchisiz)
👍3
3 ta Skin Care Vocabulary

Bugun siz bilan teri parvarishiga oid 3 ta foydali inglizcha so‘zni o‘rganamiz

Moisturizer – namlantiruvchi krem

Meaning: A cream or lotion that adds moisture to the skin.
Example: I always use a moisturizer after washing my face.
🇺🇿 Yuzimni yuvgandan keyin doim namlantiruvchi krem ishlataman.

Exfoliate – terini tozalash (o‘lik hujayralardan)

Meaning: To remove dead skin cells from the surface of the skin.
Example: It’s good to exfoliate your skin once or twice a week.
🇺🇿 Haftasiga bir-ikki marta terini tozalash foydali.

Serum – konsentrlangan parvarish suyuqligi (svirotka)

Meaning: A liquid skincare product with active ingredients that target specific skin problems (like wrinkles or dark spots).
Example: She applies a vitamin C serum every morning.
🇺🇿 U har kuni ertalab C vitamini serumi surtadi.


❗️Note: Example'da berilgan gaplarni Mental Rehearsal yo'li orqali aytishni o'rganing va commentda buni bajarganingizni yozib qoldiring.
👍3
https://news.1rj.ru/str/edutopian/56


bu yerdagi so'zlarning talaffuzi
👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Speakingni rivojlantirishni usullari haqida so'ragandingiz, javob berdim.

Videodagi video linki: https://youtu.be/l0Z8A4u3CtI?si=OUlDnMAZwA2XC1YD

Osh bo'lsin, foydali bo'lsin. Olovchani bosib qo'ying, Edutopianlarim💚
🔥171
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌑 Oy tutilishi” ingliz tilida “lunar eclipse” deyiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot:

Solar eclipse – Quyosh tutilishi

Lunar eclipse – Oy tutilishi

👉 Masalan:

We watched a lunar eclipse last night.
→ Kecha kechasi Oy tutilishini ko‘rdik.

A solar eclipse happens when the Moon passes between the Earth and the Sun.
→ Quyosh tutilishi Oy Yer bilan Quyosh orasidan o‘tganda sodir bo‘lad
🔥5
Til o'rganishda AI (Sun'iy Intellekt) dan foydalanasizmi? Ha bo'lsa, qanday qilib?
Yakshanba, soat 18:00 da, “Sun’iy intellektdan til o’rganishda to’g’ri foydalanish” mavzusida dars o’tamizmi?

Nega shunchaki foydalanish emas, to’g’ri foydalanish! Chunki 97% odam sun’iy intellektdan to’g’ri foydalanmaydi va uning hamma funksiyalarini ishlata olmaydi.

Shu post 100 ta olovcha yig’sa, dars aytilgan vaqtda bo’ladi
🔥941🥰1
Marjona Teaches | Edutopian pinned «Yakshanba, soat 18:00 da, “Sun’iy intellektdan til o’rganishda to’g’ri foydalanish” mavzusida dars o’tamizmi? Nega shunchaki foydalanish emas, to’g’ri foydalanish! Chunki 97% odam sun’iy intellektdan to’g’ri foydalanmaydi va uning hamma funksiyalarini ishlata…»
Nega biz kurs sotib olamiz?

İnternet Bizni istalgancha bilim bilan ta’minlashi mumkin. YouTube tayyor darslar, Google eng katta kutubxona, ChatGPT eng zo’r instructor. Lekin nega biz hali ham ingliz tilini o’rganish uchun pul to’lab, kurs sotib olamiz? Fikringizni va tajribangizni yozib qoldiring
Marjona Teaches | Edutopian
Nega biz kurs sotib olamiz? İnternet Bizni istalgancha bilim bilan ta’minlashi mumkin. YouTube tayyor darslar, Google eng katta kutubxona, ChatGPT eng zo’r instructor. Lekin nega biz hali ham ingliz tilini o’rganish uchun pul to’lab, kurs sotib olamiz? Fikringizni…
Siz bilim emas, intizom sotib olasiz. Muntazamlik sotib olasiz.

Men bir yildan buyon yapon tilini o'rganaman. Ammo har gal 6-7-mavzularga kelganda, men buni mustaqil bajara olaman-ku, baribir ustozdan hech narsa o'rganganim yo'q, hammasini YouTubedan ko'rib o'rganyapman-ku, deb guruhdan chiqib, mustaqil ishlay boshlayman. Ammo bir ikki darsdan keyin yapon tilidan "muhim"roq bo'lgan yumushlarga chalg'iyman, natijada bir yildan buyon 10-darsdan bu yog'iga o'tolmayman.

Ha, biz dasturlashtirilgan kurslarda o'qish orqali mumtazamlikka, intizom va nazoratga ega bo'lamiz. Chunki biz odammiz, va hammamiz bir xil - qachondir o'zimizga keragidan ko'p erkinlik berib yuboramiz. Bilim olish esa tartib, doimiylik va sabrni talab qiladi.
👏9👍5
Ingliz tilini qancha vaqtdan buyon o'rganyapsiz?
Necha soat dars qilish kerak?

Ikki yil, bir yil, to'qqiz oy - bunday raqamlar sizning til bilish va o'zlashtirish darajangizni belgilamaydi. Til o'rganishda soatlar muhim. Masalan, to'qqiz oydan buyon balki kuniga 1 soat dars qilayotgandirsiz. Bu 270 soatni tashkil qiladi. 270 soat dars qilgan o'quvchining darajasi esa A2 ga to'g'ri keladi.

Keling, IELTSdan 7 olishga yoki C1 darajaga qancha vaqt ketishini hisoblab chiqamiz:

📊 Ingliz tili darajalari va soat talablari (0 dan boshlab)

A1 (Beginner / Elementary)
👉 ~100–120 soat
(Alifbo, kundalik so‘zlar, oddiy gap tuzish)

A2 (Elementary / Pre-Intermediate)
👉 +180–200 soat (jami ~300 soat)
(Oddiy suhbat, qisqa matnlar, asosiy grammatik tuzilmalar)

B1 (Intermediate)
👉 +350–400 soat (jami ~600–650 soat)
(O‘rtacha darajada fikr bildirish, sayohat, ish mavzularida gaplasha olish)

B2 (Upper-Intermediate)
👉 +450–500 soat (jami ~1,000–1,100 soat)
(Murakkab mavzularni tushunish, IELTS 6.0–6.5 daraja)

C1 (Advanced)
👉 +700–800 soat (jami ~1,700–1,900 soat)
(Professional daraja, akademik yozuv va muloqot, IELTS 7–8.0)

❗️ Albatta, sizning zehningiz va to'g'ri yondoshuv ham ahamiyatga ega, faqatgina soatlar emas.

@edutopian
🔥51
Marjona Teaches | Edutopian
Necha soat dars qilish kerak? Ikki yil, bir yil, to'qqiz oy - bunday raqamlar sizning til bilish va o'zlashtirish darajangizni belgilamaydi. Til o'rganishda soatlar muhim. Masalan, to'qqiz oydan buyon balki kuniga 1 soat dars qilayotgandirsiz. Bu 270 soatni…
Demak, 0 dan C1 gacha kerak bo‘ladi: ~1,800 soat (o‘rtacha).

Siz kuniga 4 soat dars qilsangiz, 1 oyda ≈ 120 soat (30 kun deb hisoblasak). 1 yilda ≈ 1,440 soat.

C1 ga chiqish muddati:

1,800 ÷ 1,440 ≈ 1,25 yil → ya’ni 1 yil 3 oy atrofida muntazam o‘qisangiz C1 darajaga chiqishingiz mumkin.

👉 Shunday qilib, 1 yil 3–4 oy ichida C1 darajaga chiqish mumkin — lekin buning uchun:

grammatika + so‘z boyligi + listening + speaking + writing balansda bo‘lishi kerak,

faqat kitob emas, balki real practice (filmlar, podkast, suhbat, IELTS materiallari) ham kerak.
🔥9
Siz qanday ingliz tili imtihoni uchun tayyorlanyapsiz?
Anonymous Poll
44%
IELTS
38%
CEFR
17%
OET
1%
TOEFL
3