Edu.uz – Telegram
Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kelajakka_qadam #Dastur

“Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi


Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida vazirlik mas’ul xodimlari va tijorat banklari vakillari ishtirokida ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bitiruvchilarni korxona va tashkilotlarga amaliyotga yo‘naltirish, amaliyot shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda amaliyot jarayonlarini moliyalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim tashkilotlari prorektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda talabalarning bandlik holati hamda tyutorlar faoliyatining samaradorligi muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida “Karyera” hamda “Tyutor HEMIS” axborot tizimlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/114337

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12👍73😁1
Turk, nemis, ingliz va arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

🇹🇷 Turk, 🇩🇪 nemis va 🇸🇦 arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini, 🇺🇸 ingliz tilidan esa faqat gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslariga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🗓 Kurs muddati: 1 oy
Kurs uchun ajratilgan vaqt: 36 soat
📅 Boshlanish sanasi: 7-yanvar
💻 O‘tkazilish shakli: Zoom platformasi orqali jonli, masofaviy

🇺🇿 Kurs davomida tinglovchilarga: turk, nemis va arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini, ingliz tilidan faqat gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi.

❗️ Eslatma: Mazkur kursda ishtirok etish tinglovchilarga bilim va malakalarini oshirish imkonini beradi. Biroq, ushbu kursni tamomlagan barcha tinglovchilarning tashqi ekspert sifatida jalb etilishi kafolatlanmaydi. Ekspertlarni jalb etish belgilangan talablar va ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

📌Quyidagi talablarga javob bergan mutaxassislar tashqi ekspert sifatida jalb etilish mumkin:

🔸 Turk, nemis, ingliz yoki arab tillaridan C1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lish;

🔸 Mazkur tillar filologiyasi yoki unga mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega pedagog bo‘lish;

🔸 Mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlash.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 6-yanvarga qadar

📝 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 https://registration.ilmiymarkaz.uz/

‼️ Diqqat: Kursda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, u tashqi ekspert sifatida jalb etilishning majburiy sharti hisoblanmaydi.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2
#yil_talabasi2025

🗣“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilning eng faol talabalarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida 7 ta nominatsiya bo‘yicha 38 nafar nomzodlar taqdimotlari baholandi va g‘oliblar aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, nominatsiya g‘oliblari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:


“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
🥇Sevinch Murodulloyeva – SamDCHTI talabasi;
🥈Jamshidbek Usmonov – FarJDTI talabasi;
🥉Zarina Arolova – SHDPI talabasi.

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
🥇Muhammadnur Murodxonov – TDYU talabasi;
🥈Baxodir Israilov – TDIU talabasi;
🥉Abdulaziz Qurbonov – TDTibU UF talabasi.

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”

🥇Sardorxon G‘oyibnazarov – TDTibU talabasi;
🥈Laylo Bekmurodova – BuxDPI talabasi;
🥉Sabinabonu Babaeva – TDTrU talabasi.

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
🥇Eshimova Shaxzoda – QarDU talabasi;
🥈Yunusova Samiya – O‘zMPU talabasi;
🥉Botirova Farangiz – TDTibU talabasi.

“Yilning eng faol sportchi talabasi”

🥇Abdulloh Madaminov – FarDU talabasi;
🥈Malika Tursunpulatova – NamDU talabasi;
🥉Dilshoda Usmonova – ADPI talabasi.

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
🥇Qahramon Sattixo‘jayev – NamDU talabasi;
🥈Nilufar Ruxillayeva – O‘zMU talabasi;
🥉Umida Tursinbayeva – O‘zDK NF talabasi;
🥉Aziza Shaxobiddinova – ADPI talabasi.

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”
🥇Shaxzoda Imomaliyeva – DTPI talabasi;
🥈Zebiniso Tairova – NukusDPI talabasi;
🥈Mohinur Orifjonova – FarDU talabasi;
🥉Go‘zal Yusupova – O‘zMPU talabasi.

🔖 Tanlov bo‘yicha taqdimotlar yakunlanganidan so‘ng, Markaz rahbari Abdumalik Akramov tanlov ishtirokchilarini adolatli baholagan Hakamlar hay’ati a’zolariga tashakkurnomalar topshirdi. Shu bilan birga, nominatsiyalar bo‘yicha 4- va 5-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar vazirlikning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

☑️G‘oliblar tantanali taqdirlash marosimida maxsus statuetka, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26🔥6👍2👏2🎉1
#Sarhisob

Oliy taʼlim: qamrovdan sifatga

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim bilan qamrovning kengayishi ortida sifatga qaratilgan izchil islohotlar yotibdi, shu bois Oʻzbekiston oliygohlari xalqaro reytinglarda tobora mustahkam oʻrin egallab bormoqda.

2025-yilda oliy taʼlim tizimida qamrovni kengaytirish va sifatni oshirish boʻyicha quyidagi natijalar qayd etildi:

Soʻnggi 8 yilda oliy taʼlim tashkilotlari soni 77 tadan 207 taga yetdi, talabalar soni 280 ming nafardan 1,7 millionga oshdi. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 44 foizni tashkil etdi.

2025/2026 oʻquv yili uchun jami 217 276 ta qabul kvotasi tasdiqlandi, shundan 45 422 tasi davlat granti hissasiga toʻgʻri keldi. Masofaviy taʼlim beruvchi oliygohlar soni 21 tadan 52 taga oshirildi.

Qamrovning kengayishi xalqaro sifat koʻrsatkichlarida ham oʻz aksini topdi. QS World University Rankings–2026 natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning 7 ta oliy taʼlim tashkiloti reytingda qayd etildi, ularning 5 tasi ilk marotaba ishtirok etdi.

Times Higher Education World University Rankings–2026 natijalarga koʻra, Oʻzbekistonning 4 ta oliy taʼlim tashkiloti jahon reytingida qayd etildi, shulardan 1 tasi TOP–600 (501–600) talikka kirdi, 58 ta oliygoh esa reportyor (daʼvogar) sifatida roʻyxatga olindi.

Shuningdek, Times Higher Education Impact Rankings–2025 natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning 12 ta oliy taʼlim muassasasi jahonning TOP–1000 talik roʻyxatidan oʻrin oldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
31👍18🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom tanlov — yorqin kelajak garovi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning talabalar va yoshlarga muhim videomurojaati.

Bugungi shiddatli zamonda har bir qadamimiz, ayniqsa, sog‘lig‘imiz yo‘lida qilayotgan tanlovimiz ertangi kunimizni belgilaydi. Giyohvandlik nafaqat inson salomatligini, balki uning orzu-umidlarini va butun bir jamiyat kelajagini barbod qiluvchi tahdiddir.

Aziz yoshlar, har biringiz davlatimizning ertangi kuchi va tayanchisiz. Kelajakni giyohvandlikka emas, ilm-fanga, innovatsiyaga va sog‘lom turmush tarziga almashtiring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
19👍9😁1
Forwarded from Markaziy bank
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Markaziy bankdan Makroiqtisodiy Intellektual tanlov - CBU challenge

🟢Siz qachondir Markaziy bank asosiy stavka boʻyicha qaror qanday qabul qilinishini oʻz yondashuvingiz bilan koʻrsatib berishni istaganmisiz? Oʻz tahlilingiz va fikringizni taklif qilishni oʻylaganmisiz?

Endi bunday imkoniyat bor,
aloqa va javoblar uchun:

📞 Murojaat uchun telefon: +998 71 233 00 65
📨 Elektron pochta: j.mamasalaev@cbu.uz
@cbu_challenge_bot

➡️ Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4🔥3
Forwarded from Hilola Umarova
#Prezident_qarori
#ilm_fan

Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
 
Ushbu muhim, tarixiy hujjat bilan Fanlar akademiyasining asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi. 2030-yilga qadar FA va uning tizim tashkilotlarida yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmi 3 baravarga; ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushi 60 foizgacha; nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar soni 4 baravarga; akademiklar va professorlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki 5 baravarga; xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar soni 3 baravarga oshiriladi.

Xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy diasporani O‘zbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilinib, FA ilmiy muassasalarini raqobat tamoyili asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tadi, yoshlarning akademik fanlarda ishtirokini kuchaytirish uchun ularni rag‘batlantirish tizimini yaratiladi.

Akademiyaning yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, hujjat bilan FA faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, 2030-yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari, ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish rejasi tasdiqlandi.

Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 nafar etib belgilandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Innovasion rivojlanish agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazini Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkaziladi.

Namangan, Samarqand va Termiz shaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi tashkil etiladi.

Yana bir muhim yangilik – ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi va davlat byudjetidan har yili 80 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.

Endi tizim oldida turgan eng muhim vazifa – mazkur qaror ijrosini samarli tashkil etish, belgilangan vazifa, marralarni bajarish. Davlatimiz rahbari tomonidan sharoit yaratilmoqda, imkoniyat berildi undan foydalanish, birgalikda mamlakat ilm-fani kuchini yuqori darajaga olib chiqishimiz lozim!

@hilola_umarova
23👍15🔥2👏1🤔1
Hurmatli tadbirkorlar!

Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha xususiy sektordagi ish beruvchilarning takliflarini o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi.

Sizdan ushbu so‘rovnomada ishtirok etib, yoshlar bandligini ta’minlash va ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shishingizni so‘raymiz:
👉https://forms.gle/4mFT8FeD7eSozhM49

So‘rovnomani to‘ldirishga 5 daqiqa vaqt ketadi. Yangi tizimni ishlab chiqishda sizning yordamingiz biz uchun muhim!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
👍114
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

2025-yil — Yoshlar akademiyasi uchun tarixiy natijalar yili


Yakunlanayotgan yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan g‘oyalar ilmga, ilm esa real natijalarga aylandi.

minglab yoshlar o‘z g‘oyalarini real loyihaga,
loyihalarni amaliy natijaga,
natijalar bilan esa yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shdi.

2026-yil — navbat SIZGA!

Agar siz:

ilm-fanga qiziqsangiz,
yangilik yaratishni xohlasangiz,
O‘zbekiston kelajagiga o‘z hissangni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz,

Yoshlar akademiyasiga qo‘shiling!

🇺🇿 2026-yilda biz bilan bo‘ling — Uchinchi Renessans tarixini yarating!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍4
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida Vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlariga 2026-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Seminar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar barcha tizim xodimlarini census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga tayyorlash;
Asosiy tadbir 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar davom etishi;
Jarayonni samarali tashkil etishda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berish.

Uchrashuv yakunida barcha oliy ta’lim muassasalarida mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xodimlarning xabardorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15🔥2👏1