feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
👍5217👾12🍓3🍾21😁1😱1🐳1🙉1
Princetondagi har kungilik taomlarning ko’rinishi.


Instagram | Telegram
❤‍🔥28🔥9👍7🥱52🍓21
Forwarded from Ibrat Farzandlari
$300.000 grant yutgan o'zbek yigiti

🇶🇦 Qatarda o'qishga qiziqadiganlar bormi? Agar javobingiz ha bo'lsa, navbatdagi intervyumiz aynan siz uchun.

Top universitetlar loyihamizning bu galgi qahramoni ''Georgetown University in Qatar'' talabasi Nurmuxammad Muxammadiyev.

🔥 Suhbat davomida Qatarda o'qish va yashash, grant yutish yo'llari haqida foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Jonli efir bugun soat 19:00 da YouTube sahifamizda bo’lib o’tadi.

😊 ''Qayerga o'qishga topshirsam ekan'' deb o'ylanayotgan do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang!

👍 @ibratfarzandlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🤮432🔥2🥰21👎1
Forwarded from Ibrat Farzandlari
🗣 $300.000 grant yutgan o'zbek yigiti

Suhbat boshlandi!
👉 https://youtube.com/live/aiBDU04Sp34?feature=share
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8🤮4👍2🆒1
https://www.youtube.com/live/aiBDU04Sp34?feature=share

Ibrat farzandlarining Noor (akam) bilan bo'lib o'tgan interviewlarining to'liq videosi☝️

Interviewda juda ko'p qiziqarli savollarga batafsil javob aytib o'tildi: Top universitetlarga kirish, shaxsiy rivojlanishdan tortib yosh ota-onalarga ham muhim maslaxatlar berildi. O'zingiz ko'rishni, va do'stlar/ota-onalar bilan ulashishni maslahat berardim.

Instagram | Telegram
🐳26👍12🔥7🤮3❤‍🔥211🆒1
Ota-onalarga.

Maktabni bitirish arafasida, odatda ushbu gaplar ko’pchilik orasida tez qaytariladi: “O’tish balli kam bo’lgan joyga topshiraman/topshiradi…” Bizda hali ham ko’pchilik shu fikrlash(mindset) bilan yashaydi, ya’ni odatda aniq maqsad yo’q. Asosiy maqsad “Diplom” olish. U qaysi yo’nalish bo’yicha? U yo’nalish ularga yoqadimi yoki yo’q? Bularni ahamiyati yo’q.

Xo’sh, bunga sabab nima?
O’ylaymanki bu yoshlikdan boshlanadi. Bizni oilalarda bolalar odatda jimlantiriladi - “Yosh bolasan, jim o’tir…” Bu holat, ayni bolalar fikrlashni boshlab, ularni ifodalashni o’rganayotgan paytda bo’ladi, va ota - onalar deyarli bolalar fikri bilan qiziqishmaydi. Bu esa, farzand fikrlash qobilyatini o’ldiradi. Bolalar ota-onlalar tomonidan hech qanday qiziqarli mashg’ulotlar yoki sportga yo’naltirilmaydi, kitob o’qishga undalmaydi, aksincha doim ish buyuriladi. Ayniqsa hozirgi kunda, bolalar iloji boricha jim o’tirsin deb qo’liga smartphone yoki planshet tutqiziladi, va bu bolaning sog’lig’iga/aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilishi bilan qiziqishmaydi.

Bu holat, deyarli bir umr davom etadi. O’qishga topshirish vaqti kelganda, aksariyat holatlarda ham o’qishga topshirish maskani ota-onalar tomonidan belgilanadi.

Ishga kirish vaqti kelganda ham, albatta ota-onalar aralashadi. Uni buni qo’ying, voyaga yetib umrini birga o’tkazishi kerak bo’lgan inson ham albatta ota-ona tomonidan topiladi. Ularning fe’l atvori bir biriga yoqadimi yo’qmi, buni ham albatta farqi yo’q. Qisqa qilib aytganda, “mustaqillik”, “ma’suliyatlilik” kabi sifatlar farzandlarga begonalashib boradi.

Albatta bu hammaga ham to’g’ri kelmasligi mumkin, lekin tan olishimiz kerakki bu holat juda ko’p uchraydi. Ko’p ota-onalar bolamga yaxshilik qilyabman degan hayolda bo’lishi mumkin. Va albatta juda qattiq adashishadi, insonning hayotining har qisimidan erkini tortib olish bilan yordam bera olmaysiz, huddi qanoti qirqilgan qush kabi inson ruhini tamom qilasiz.

Ota-onalarga aytdigan gaplarga kelsak, bolalik bo’lishga qaror qildingizmi, ularga barcha kerakli e’tibor va mehrni bering; gaplari va fikrlariga quloq soling; kitob olib bering; o’zingiz ham foydali mashg’ulotlar bilan shug’illanib ularga o’rnak bo’ling; va vaqti kelganda maqsad va orzusiga yetishishiga kerak bo’lgan resurlarni bering. Shu orqalikgina siz farzandingizga yordam bergan bo’lasiz.

Instagram | Telegram
👍79❤‍🔥2915💯8👎533🆒21
Qiziqarli suhbat va uchrashuv uchun rahmat!

📍Toshkent

Instagram | Telegram
🆒4226👍13👎311🦄1
1-qism

Sog'liq.


Hamma ham hayotda muvaffaqiyatli bo’lishga, va qandaydir maqsadlarga erishgisi keladi. Ammo, har qanday marraga yetib borish uchun eng birinchi o’rinda kerak bo’lgan Sog’liqga juda kam e’tibor beriladi. Bizda esa, yog’li, va sog’liq uchun zararli bo’lgan ovqatni yeb bo’lgandan keyin, “Umrimiz uzoq bo’lsin” deb duo qilishdan boshqa chora ko’rilmaydi. Yaxshi niyat qilish bilan birgalikda, ancha harakat ham qilish kerak.

Misol uchun, 2019-yilning o’zida, 195 ta davlat orasida O‘zbekistonda ovqatlanish bilan bog‘liq o‘lim holatlari eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo’libdi – 100 000 kishiga 892 ta o‘lim(Manba.) Albatta, to’g’ri/sog’lom ovqatlanish yaxshi miqdorda pul talab qilishi mumkin, lekin bizda bor mazali sabzavot, meva va ko’katlar orqali yaxshi, me’yorli ovqatlanish tartibini yo’lga qo’yish mumkin.

Bu bir masala, boshqasi esa harakatda bo’lish/jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’illanish. Oddiy qilib aytganda, tana doimiy harakatda bo’lsa, qon yaxshi aylanadi, va tananing barcha qisimlariga yaxshi yetib boradi, tanada ortiqcha yog’ to’planmaydi. Semizlik esa, deyarli har qanday o’lim havfini keltirib chiqaruvchi kasalliklarga olib keladi, va hayot davomiyligini qisqartiradi. Bizda odatda, maxsus sportzalga borish u yoqda tursin, uyda ham mashq qilinmaydi. Ayniqsa, kattalar (35+) ishlarni yoshlarga buyurishni boshlashadi, ya’ni hattoki uydagi yumushlarni qilishni ham to’xtatishadi.

Qissadan hissa, keyingi safar ichingizga qanday ovqat qo’yayotganingiz, va qanchalik harakatchanligingiz, tana va miya faoliyatingizga qay darajada muhimligi haqida o’ylab ko’ring. O’z tanangizga bu darajada shafqatsiz bo’lmang!

Instagram | Telegram
🆒40👍20933🔥1😁1💯1
Erta tonggi Princeton manzaralari.

Instagram | Telegram
72👍22❤‍🔥12😍9🕊3🆒21🙉1