feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Ota-onalarga.

Maktabni bitirish arafasida, odatda ushbu gaplar ko’pchilik orasida tez qaytariladi: “O’tish balli kam bo’lgan joyga topshiraman/topshiradi…” Bizda hali ham ko’pchilik shu fikrlash(mindset) bilan yashaydi, ya’ni odatda aniq maqsad yo’q. Asosiy maqsad “Diplom” olish. U qaysi yo’nalish bo’yicha? U yo’nalish ularga yoqadimi yoki yo’q? Bularni ahamiyati yo’q.

Xo’sh, bunga sabab nima?
O’ylaymanki bu yoshlikdan boshlanadi. Bizni oilalarda bolalar odatda jimlantiriladi - “Yosh bolasan, jim o’tir…” Bu holat, ayni bolalar fikrlashni boshlab, ularni ifodalashni o’rganayotgan paytda bo’ladi, va ota - onalar deyarli bolalar fikri bilan qiziqishmaydi. Bu esa, farzand fikrlash qobilyatini o’ldiradi. Bolalar ota-onlalar tomonidan hech qanday qiziqarli mashg’ulotlar yoki sportga yo’naltirilmaydi, kitob o’qishga undalmaydi, aksincha doim ish buyuriladi. Ayniqsa hozirgi kunda, bolalar iloji boricha jim o’tirsin deb qo’liga smartphone yoki planshet tutqiziladi, va bu bolaning sog’lig’iga/aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilishi bilan qiziqishmaydi.

Bu holat, deyarli bir umr davom etadi. O’qishga topshirish vaqti kelganda, aksariyat holatlarda ham o’qishga topshirish maskani ota-onalar tomonidan belgilanadi.

Ishga kirish vaqti kelganda ham, albatta ota-onalar aralashadi. Uni buni qo’ying, voyaga yetib umrini birga o’tkazishi kerak bo’lgan inson ham albatta ota-ona tomonidan topiladi. Ularning fe’l atvori bir biriga yoqadimi yo’qmi, buni ham albatta farqi yo’q. Qisqa qilib aytganda, “mustaqillik”, “ma’suliyatlilik” kabi sifatlar farzandlarga begonalashib boradi.

Albatta bu hammaga ham to’g’ri kelmasligi mumkin, lekin tan olishimiz kerakki bu holat juda ko’p uchraydi. Ko’p ota-onalar bolamga yaxshilik qilyabman degan hayolda bo’lishi mumkin. Va albatta juda qattiq adashishadi, insonning hayotining har qisimidan erkini tortib olish bilan yordam bera olmaysiz, huddi qanoti qirqilgan qush kabi inson ruhini tamom qilasiz.

Ota-onalarga aytdigan gaplarga kelsak, bolalik bo’lishga qaror qildingizmi, ularga barcha kerakli e’tibor va mehrni bering; gaplari va fikrlariga quloq soling; kitob olib bering; o’zingiz ham foydali mashg’ulotlar bilan shug’illanib ularga o’rnak bo’ling; va vaqti kelganda maqsad va orzusiga yetishishiga kerak bo’lgan resurlarni bering. Shu orqalikgina siz farzandingizga yordam bergan bo’lasiz.

Instagram | Telegram
👍79❤‍🔥2915💯8👎533🆒21
Qiziqarli suhbat va uchrashuv uchun rahmat!

📍Toshkent

Instagram | Telegram
🆒4226👍13👎311🦄1
1-qism

Sog'liq.


Hamma ham hayotda muvaffaqiyatli bo’lishga, va qandaydir maqsadlarga erishgisi keladi. Ammo, har qanday marraga yetib borish uchun eng birinchi o’rinda kerak bo’lgan Sog’liqga juda kam e’tibor beriladi. Bizda esa, yog’li, va sog’liq uchun zararli bo’lgan ovqatni yeb bo’lgandan keyin, “Umrimiz uzoq bo’lsin” deb duo qilishdan boshqa chora ko’rilmaydi. Yaxshi niyat qilish bilan birgalikda, ancha harakat ham qilish kerak.

Misol uchun, 2019-yilning o’zida, 195 ta davlat orasida O‘zbekistonda ovqatlanish bilan bog‘liq o‘lim holatlari eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo’libdi – 100 000 kishiga 892 ta o‘lim(Manba.) Albatta, to’g’ri/sog’lom ovqatlanish yaxshi miqdorda pul talab qilishi mumkin, lekin bizda bor mazali sabzavot, meva va ko’katlar orqali yaxshi, me’yorli ovqatlanish tartibini yo’lga qo’yish mumkin.

Bu bir masala, boshqasi esa harakatda bo’lish/jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’illanish. Oddiy qilib aytganda, tana doimiy harakatda bo’lsa, qon yaxshi aylanadi, va tananing barcha qisimlariga yaxshi yetib boradi, tanada ortiqcha yog’ to’planmaydi. Semizlik esa, deyarli har qanday o’lim havfini keltirib chiqaruvchi kasalliklarga olib keladi, va hayot davomiyligini qisqartiradi. Bizda odatda, maxsus sportzalga borish u yoqda tursin, uyda ham mashq qilinmaydi. Ayniqsa, kattalar (35+) ishlarni yoshlarga buyurishni boshlashadi, ya’ni hattoki uydagi yumushlarni qilishni ham to’xtatishadi.

Qissadan hissa, keyingi safar ichingizga qanday ovqat qo’yayotganingiz, va qanchalik harakatchanligingiz, tana va miya faoliyatingizga qay darajada muhimligi haqida o’ylab ko’ring. O’z tanangizga bu darajada shafqatsiz bo’lmang!

Instagram | Telegram
🆒40👍20933🔥1😁1💯1
Erta tonggi Princeton manzaralari.

Instagram | Telegram
72👍22❤‍🔥12😍9🕊3🆒21🙉1
Ijtimoiy tarmoqdan voz keching.

O’tgan semesterda, imtihonlar arafasida instagramni o’chirib tashladim. Bir ikki kun bilindi, lekin tez o’tib kunlar samarali o’tayotganini sezdim. Odatda, o’zimiz bilmagan holda, soatlab ijtimoiy tarmoqda, sanoqsiz Tik Tok videolari, va Instagram Reel larini ko’rish bilan ancha vaqtimizni bekorga sarflayotganimizni sezmaymiz. Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat sizning vaqtingizni oladi, balki miya faoliyatiga ta’sir qilgan holda diqqat qila olish qobilyatingizni pasaytirib yuboradi. Amerikada ko’plab yoshlar, tinimsiz Tik tok ko’radi, va ko’pchilikda ADHD(Attention-deficit/hyperactivity disorder) kasalligi borligini guvohi bo’ldim.

Dopamine - miyadagi kimyoviy modda bo'lib, insonda zavqlanish hissini boshqarishga yordam beradi va biz xohlagan narsani olganimizda ishlab chiqariladi - bu yangi kiyim yoki Instagramda yangi obunachi bo'lishi mumkin.

Dopamine bilan bog'liq muammo shundaki, u bizni qisqa muddatli mamnuniyat keltiradigan narsalarga jalb qiladi: shirinliklar, spirtli ichimliklar va ijtimoiy tarmoqlar. O’z-o’zidan miya tabiiy ravishda o'zimizni yaxshi his qiladigan narsalarni istagani uchun(faqat bir marta emas, balki qayta-qayta), biz ko'pincha o'zimizni umuman samarasiz bo’lgan narsalarga yopishib qolamiz, masalan, ijtimoiy tarmoqlarni aylanib chiqish. Bu sizga vaqtinchalik zavq bag'ishlagan bo'lsa-da, keyinchalik qilgan qarorlaringizdan afsuslanishingiz aniq. Shuning uchun, o’zingizni intizomli (discipline) qilishingiz kerak, va bunga ancha qiyinchilik bilan erishiladi.

Kechagi kuni barcha ijtimoiy tarmoqlarni o’chirib tashladim (Instagram, Snapchat, BeReal.) 25 kundan so’ng, o’zgarishlar va buning ta’siri haqida yana post yozaman.

Instagram | Telegram
👍65109🆒5🔥3❤‍🔥21🌚1
Amerikada o’qish bilan birgalikda ishlash.

Chet ellik, F-1 vizasi bilan o’qiydigan o’quvchilar o’qish davomida haftasiga faqat 20 soat, va ta’tillarda 40 soat ishlashlari mumkin. Ko’pgina universitetlarda, o’qish hududidan tashqarida ishlashga ruxsat berilmaydi, ya’ni faqat o’qish tomonidan beriladigan ishda ishlashingiz mumkin. Albatta bu hamma yerda ham emas.

Bahorgi semesterda, Firestone kutubxonasidan ish oldim. Firestone katta kutibxona, va ish joyim eng pastgi qavatda joylashgan Sa’nat va Arxealogiya bo’limida joylashgan. Vazifamga asosan kirib kelayotganlar bilan so’rashish va agarda savollari bo’lsa javob berish. Odatda, hamma nima qilayotganini biladi, va hech kim savol so’ramaydi. Xullas, ishga borib o’zimni darslarimni qilib o’tirib oylik olaman.

Universitetlarda, studentlar uchun ish ko'p. Agarda, darslaringiz qiyin bo’lsa, majburiyati kam bo’lgan, va sizga o’z darsingizni qilishga ham imkoniyat yaratadigan ish tanlang. Eng asosiysi, pulga berilmang!

Instagram | Telegram
👍7418💋32🥰2😍1🆒1😘1
2023-yildan, Princeton yangi moliyaviy yordam dasturini ishga tushirdi. Unga ko’ra, yillik daromadi $100 000 kam bo’lgan oilalar hech narsa to’lamaydi. Ba’zi univeristetlarda, to’liq moliyaviy yordam oladigan o’quvchilarga, cho’ntak puli topish uchun, universitet tomonidan ishlar taklif qilinadi. 1-kursligimda, o’zimda ham sdutent contribution $3,500 edi, ya’ni bu degani shuncha pulingiz bo’lishi kerak degani emas. Bu miqdor, shunchaki universitet tomonidan chamalab olingan miqdor. Misol uchun agarda kiyim-kechak va shunga o’xshash narsalar olmoqchi bo’lsangiz, o’z yoningizdan to’lab olasiz.

Bu yildan, ushbu miqdor $4050 ko’tarildi, va universitet tomonidan o’quvchilarga topshiriladi. Asosiy maqsad, o’quvchilar uchun yanada erkinlik yaratish, va o’z ehtiyojlariga ketadigan pul topishga ketadigan vaqtlarini, foydali bo’lgan mashg’ulotlar bilan almashtirish uchun sharoit yaratish.

Yuqorida ko'rib turganingizdek, umumiy harajatlar $87,416, va oilam tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan miqdor $0.
👍66🔥1312🆒61
Telegram messenjer turidan endi o’rtamiyona ijtimoiy tarmoqqa aylanmoqchimi?

Xabar topgan bo’lsangiz, endi telegramda ham stories ulashsangiz bo’ladi, faqatgina premium tarifingiz bo’lsa. Lekin, qolganlar qo’ygan stories uchun premium bo’lishi shart emas.

Ko’pchilik muoammo nimada deb o’ylashi mumkin. Telegram bu messenjer, ya’ni ko’pincha xabar ulashadigan tarmoq. O’zimga telegramning yoqadigan taraflari bu mu’loqot uchun oson, va o’zingiz xoxlagan sahifalarga a’zo bo’lasiz. Qisqa qilib aytganda, ma’lumot ulashish va olish uchun qulay joy. Endilikda stories kabi ijtimoiy tarmoq xususiyatlari qo’shilar ekan, odamlarda chalg’ishga moyillik oshadi, huddi instagram kabi. Har safar telegramga kirsangiz endi stories diqqatingizni tortadi.


Instagram | Telegram
👍46💯27👨‍💻5🤷‍♂1🗿1
On Affirmative Action.

A few weeks ago, U.S. Supreme Court put an end to affirmative action in college admissions.
What is affirmative action to begin with? Affirmative Action is a policy that promotes equal opportunities to historically excluded groups. Colleges and universities employed affirmative action to diversify their student bodies by considering race as a contributing factor in the admissions process. However, most people misunderstand the whole idea of this policy. They often think that someone got accepted to a college just because they’re black or Hispanic, and call it unfair. In reality, it’s part of a holistic review, where race can be used as one factor among many others (GPA, SAT scores, ECs, Application, Interviews…) The end of affirmative action will now create social disparities among students.

There is another phenomenon called affirmative action for white people, which is legacy admissions. In legacy admissions, colleges give preferential treatment to the kids of rich donors and alumni. 25.5% of Princeton’s class of 2026 consists of legacy students, indicating at least one member from their family had previously attended Princeton. If we genuinely seek fair admissions, we should be going after legacy admissions first.

Instagram | Telegram
👍29💯7🤨2🆒211