Coded Inequality (Kodlangan tengsizlik.)
Texnologiya hayotimizning ajralmas qismiga aylandiki, ba’zida uning zararlari haqida unitamiz. Odatda texnologiya qanday qilib yoshlarni e’tiborini egallab olgani haqida gaplashimiz. Lekin hech texnologiya millatchi va irqchi bo’lishini o’ylab ko’rganmisiz. Albatta bu noodatiy tushuncha, lekin juda oddiy. Barcha kodlar, va dasturiy ta’minotlar insonlar tomonidan yoziladi, ya’ni dasturiy taminotga beriladigan buyriqlar obyektiv emas balki subyektivdir. Bu degani, jarayonda, kodlarni/ma’lumot ba’zalarini yozayotgan va tayyorlayotgan dasturchilarning shaxsiy fikrlari va keng tarqalgan stereotiplar ham aralashadi.
Misol uchun oddiy insonlar ismini olaylik. O’ylab qarasak, ismlar har bir kishini shaxsini ifodalaydigan har kungilik vosita bo’lsada, texnologiyalar ularni ma’lum bir kategoriyalarga bo’lishi mumkin. Aeroportdagi yoki militsiyadagi tekshirish tizimi: Misol uchun Californiadaning “xavfli to’da a’zolari” listida 87% insonlar Latino va Qora tanliklardan iborat. Databazaga chuqurroq e’tibor berilganda, ismlarning ko’pi hali bir yoshga ham to’lmagan chaqaloqlar ekanligi topilgan(pg. 6, Ruha Benjamin.) Buning sababi texnologiyalar ularning turar joyi, va ismlari orqali saralagan. Ismingiz shunday stereotiplar ostidagi biror bir ro’yxatga tushdimi, ortga yo’l yo’q. Qayerga bormang doim kuzatilayotgan bo’lasiz.
Bu esa faqatgina ismga asoslanib. Deyarli har kuni boshqa millionlab inson ma’lumotlari texnologiyalar tomonidan turli xil yo’llarda ishlatilgan holda noxaqlik va irqchilik/millatchilikga olib keladi, va bu haqida yana postlar yozaman.
Instagram | Telegram

🆒21⚡6👍6💯4❤3✍1👌1🥱1😡1
Chuqur ishlash. (Deep Work)
O’ylaymanki ko’pchiligimiz Cal Newportning Deep Work kitobi haqida eshitganmiz.
Kitobda Newport, bor diqqatingizni jamlagan holda bir narsa ustida uzoq vaqt ishlash qay darajada samarali ekanligi haqida so’zlaydi.
Deep Work - barcha chalg’ituvchi buyumlardan holi joyda, telefoningizni o’chirib, faqatgina bir ishga/mashg’ulotga bor diqqatingizni berigan holda ishlash. O’ylab qaraganda, oddiy va oson bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin diqqatni jilovlash juda qiyin. Ayniqsa, barchaning hayoti turli xil texnologiyalar bilan qamrovda qolgan zamonda.
Kitobdan qisqacha mulohazalar:
1. Diqqat bilan bir narsa ustida uzoq vaqt ishlash, odatiy holga aylangan, turli xil mashg’ulotlar ustida ishlashdan(multitasking) ancha samarali. Deep Work ishlab chiqaradigan ish sifati ko'pincha yuqori bo'lib, qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga olib keladi.
2. Chuqur ishlang: kun davomida diqqatni jamlash mumki bo’lgan, chalg'itmaydigan ish vaqtlarini belgilang.
3. Zerikishni qabul qiling: Zerikish jarayonning bir qismi, va miyangizga dam bering.
4. Ijtimoiy tarmoqlardan voz keching: Ijtimoiy tarmoq va ish/hayotingizdagi boshqa chalg'itadigan narsalarning afzalliklarini tanqidiy baholang va ularni kamaytirish yoki yo'q qilish haqida o'ylab ko'ring.
5. Deep Work qilish uchun maxsus aniq vaqt ajrating, va kunning o’sha paytida har kuni chuqur ishlang.
Kitobni ancha oldin o’qib tugatgan bo’lsamda, hech tartibga tusha olmadim. Va yana bir bor ishontirib aytishim mumkinki boshlanishi va tartibga tushib olish juda qiyin.
Nihoyat bugun boshladim. Har kuni 9:00 da ishim boshlanadi. Ertalab 6da turdim, qahva oldim, telefonimni o’chirib qo’ydim va ikki soatlar atrofida, asosiy ishimdan oldin Deep Work qildim. Tez orada, foyda va o’zgarishlar haqida yozib boraman.

👍45❤12🆒7⚡3🔥1
Sog'liq. (1-qism)
2 - qism.
Bir oz avval, to’g’ri ovqatlanish va doimiy mashq qilish sog’liq uchun yuqpri darajada muhimligi, va odatda bunga befarqligimiz to’g’risida gaplashgandik. Bugungi postda, bu mavzuga yanada chuqurroq yondashgan holda, iste'mol va doimiy harakatning miya va ruhiy holati haqida gaplashamiz.
Nimalar istemol qilayotganimiz, kun davomida o’zimizni qanday his qilishimiz, va ruhiy salomatligimizga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Psixolog va tadqiqotchi Dr. Palmer ruhiy kasalliklarni - miyadagi metobolik kasalliklardir deb tariflaydi. Palmer, ko’plab ruhiy kasalliklardan(depressiya, tashvishlanish, shizinoferina) azob chekayotgan bemorlarini turli xil parhezlar bilan davolashni uddasidan chiqgan. Ulardan biri bu Keto Diet. Qisqacha qilib aytganda ushbu parxezda uglevodga boy bo’lgan taomlardan voz kechiladi, bularga barcha xamirli taomlar, gurunch, non, va hokazolar kiradi. Bu haqida chuqurroq detallar bilan online manbalarda o’qishingiz mumkin.
Gazlik ichimliklar va fast food kabi mahsulotlarni iste’mol qilmaganimga deyarli 1 yil bo’ldi.
Zalga muntazam ravishda borayotganimga 4 oy bo’ldi
To’liq 7-8 soatlik uyqu olayotganimga deyarli 2 oy bo’ldi.
Bir narsani aytishim mumkunki, yuqoridagi barcha narsalar bir biriga chambarchas bog’liq, va boshqa narsalarga e’tibor berishdan oldin, sog’lig’ingiz birinchi kelishi lozim. Barchasini boshlaganimdan beri ancha narsalar o’zgardi. Ertalab uyg’onishga qiynalmayman, hissiyotlarimni jilovlash oson, va deyarli har kuni o’zimni energiyaga to’la va yaxshi his qilaman. Natijada, barcha vazifalarim va ishlarimga bor diqqatimni bergan holda vaqtim sifatli o’tadi. Oila, do’stlar va akademik hayotimga yetarlicha vaqt taqsimlay olaman.
Ovqatlanish va ruhiy salomatlik haqida podcast - link

👍37❤10🫡4🆒4⚡1✍1🔥1🌚1
📍Princeton
👍10❤4🆒4❤🔥3⚡1😍1
Princeton shahri.
Princeton universiteti New Jersey shtatining Princeton shaxarchasida joylashgan. Shahar aholisi bor yo’g’i chamasi 30,000 ni tashkil qiladi. Asosiy aholi qatlami badavlat insonlardan iborat bo’lib shahar kichi bizneslar bilan to’la, va umuman baland binolar yo’q. Misol uchun birorta ham McDonald’s yoki KFC kabi mashhur fast food brandlari yo’q. Agarda kiyim sotib olmoqchi bo’lsangiz albatta online yoki qo’shni shaharga borishingiz kerak, chunki Princeton shahrida faqat Ralph Lauren yoki Madewell kabi juda qimmat do’konlar bor halos. Bundan tashqari, shaharda Charles Schwab, badavlat insonlar banki sifatida tanilgan bank ham joylashgan.
Restoranlarga kelsak, tushlik yoki kechlik uchun o’rtacha 25$ atrofida sariflaysiz. Albatta bu o’rta-miyona restoranlar, eng arzon taomlari $100 atrofidagi restoranlar ham yo’q emas. Lekin, albatta har bir ikki haftada student sifatida ko’chada ovqatlanishni iloji bor. Starbucksda qahvani o’rtacha 6$ atrofida olishingiz mumkin.
Shahar atrofi o’rmonlar bilan o’ralgan. Yotoqxonam campus chekkasida va 10 daqiqalik masofada Carnegie ko’li joylashgan. Yuqoridagi video va rasmda, universitet atrofidagi muhitni ko’rishingiz mumkin. Umuman olganda, o’zim nisbatan kichik shaharda o’sib ulg’ayganim uchun, qimmat bo’lishiga qaramasdan Princeton muhiti juda yoqadi, kichik va tinch.

👍35❤🔥11🆒7❤5🔥2⚡1
📍Princeton Grad School
Princeton magistraturaga qaraganda, bakalavrga bo’lgan kuchli e’tibori bilan ham boshqa top universitetlardan ajrailb turadi. Bu degani, magistrlar soni bakalavr studentlar sonidan ancha kam. Shu bilan birga, Princetonda, Harvard kabi Med school, Law School, yoki Business School lar yo’q.
📸 Yuqoridagi binolar, Princetonning magistrlar yotoqxonasi. Yotoqxona asosiy campusdan chamasi piyoda 15 daqiqalik yo’l. Rasmlar yarim tunda olingan, shuning uchun sal xira. Tez orada yana kunduzgi rasmlardan joylayman, va qisqa qilib aytganda grad school manzaralari campusdagi eng chiroyli manzaralardan biri.

🔥24👍15❤8⚡1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi Palmer Square. Aholi uchun madaniy hordiq chiqaradigan maskan, va shahar markazi. Har harda shunday jonli musiqa chiqishlari bo’lib turadi. Maydon atrofi turli hil do’konlar va restoranlar bilan o’ralgan. Aytgancha, Rojdestvo arafasida o'rtadagi archa shahar markaziy archasi sifatida yasatiladi.
Instagram | Telegram
Instagram | Telegram
❤15👍7☃5⚡2🤩2🆒1
👍29🤗8❤4🎃4☃1🔥1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Room tour.
Yoz davomida vaqtinchalik honada turdim, va kecha yillik yotoqxonamga ko’chdim.
Xona to’rt kishiga mo’ljallangan bo’lib, ikki yonda ikki kishilik yotoqxona, va o’rtada darsxona joylashgan. Xona atrofi ham juda yoqdi, qulay. Xonadan chiqish bilan, dam oladigan common room; lift ham xonamizni oldida.

🆒38👍17❤13🤩11🔥7
Princeton graded paper.
Oxirgi paytda ko’pchilik, Princeton admissionsda talab qiladigan graded paper haqida so’rayapti.
Princeton juda ko’p mustaqil ish talab qiladigan va tadqiqotga qaratilgan muassasaligi bilan mashhur. Misol uchun, 1- kursligingizda, qiyinligi bilan tanilgan, Writing Seminar olishingiz kerak, va semester davomida 3 ta ilmiy tadqiqot ishlari yozishingiz kerak. Bundan tashqari, 3 - kursda erkin ish (Junior Paper) va 4 - kursda “Thesis” 100 betlik ilmiy ish yozishingiz lozim. Shularni hissobga olgan holda, graded paperning maqsadi, sizning yozish qobiliyatingizni ko’rish. Albatta sizdan zo’r yozuvchi bo’lishingiz kutilmaydi, shunchaki Princeton barcha qabul qiladigan talabalar asosiy(basic) tahliliy yozish ko'nikmalariga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
To’g’ri bizning maktablarda bunday ingliz tilida odatda insholar yozilmaydi, shu tomondan chet ellik o’quvchilarga qiyinchiliklar tug’iladi. Maslahatim, ingliz tili darsida yozgan insholaringizni topishga harakat qiling, yoki yangi yozing va o’qtuvchingizdan tekshirib berishlarini so’rang.
Umuman olib aytganda, graded paper qabul jarayonida u darajada katta ro’l o’ynamaydi, va admissions officerlar qanday mamlakatdan topshirayotganingizni biladi. Shuni yodda tutgan holda, e’tiboringizni applicationning boshqa muhim jihatlariga qarating.

❤21👍12⚡2🆒2🔥1
Seshanba kuni Oliy sudning kollej talabalarni qabul qilishda irqi, etnik kelib chiqishi va milliy kelib chiqishini hisobga olishni taqiqlovchi qaroridan deyarli ikki oy o'tgach, Princeton seshanba kuni o'z insho savollariga o’zgartirishlar kiritdi. Maqsad, studentlar irq va millati qabul komissiyasiga ochiq oydin aniq bo’lmasligi.
Princetonda xilma xillikni saqlab qolish uchun yangi insho mavzusida o’quvchilardan “hayotiy tajribangiz Princetondagi suhbatlarga qanday ta’sir qiladi” deb so’ralgan. Shu yo’l orqali, irq/millatni aralashtirmagan holda, o’quvchiga yashab o’sgan muhiti haqida fikr yuritish imkoni beriladi.
Bundan tashqari, universitet vasiylik kengashi yangi qo’mita tuzdi, qo'mita vazifasi: kelgusi yillarda qabul qoidalariga o’zgartirishlar kiritish. Qo’mita yig’ilishida, Legacy Admissions haqida qayta o'ylab ko'rish, va Class Based Affirmative Action* kabi qoidalarni yo’lga qo’yish haqida ham galashilgan.

👍23🔥4❤3☃3🆒2🌚1
Seshanbadan ikkinchi kursni boshlayman.
Yuqorida dars jadvalim, ko’rib turganingizdek bir kunda uzog’i 4 ta dars bo’ladi. Bu semester, COS217 (Introduction to Programming Systems), MAT202 (Linear Algebra), Sotsiologiya, va Microeconomics kabi darslar olyabman. Har bir darsda odatda Leksiya va Precept bo’ladi. Precept Princetonga xos bo’lib, dars mavzularini chuqurroq o’rganish uchun kichik guruhlarda bo’ladigan, Leksiyaga qo’shimcha dars turi. Leksiyada odatda 200 dan ortiq o’quvchi o’tiradi, va precept larda o’quvchi soni 15dan ortmaydi, va barchaga ishtirok etish va chuqurroq mulohaza yuritish imkoni beriladi.

👍39🔥13🆒3
Har yili Forbes AQSHning 500 ta eng yaxshi kollejlarini baholaydi. Baholashda, bitiruv ko'rsatkichlari, bitiruvchilarning maoshi va kam ta'minlangan talabalarning natijalari hissobga olinadi. Birinchi o'rinda, bitiruvchilar boshlang'ich maoshi o'rtacha $88k va bitirish ko'rsatkichi 98% bilan Princeton🐅🐅🐅
Manba: Forbes Magazine
Instagram | Telegram
Manba: Forbes Magazine
Instagram | Telegram
🔥30👍19☃6🥱2❤🔥1🆒1💘1
Yaqinda Borderless ga interview berdim, va maqolani quyida link orqali ko'rishingiz mumkin. Interviewda, o'qishga kirish va hujjat topshirishning barcha muhim jihatlari (Insho yozish, qo'shimcha mashg'ulotlar, va hokazo) haqida gaplashdik.
Interview olib, maqolani a'lo darajada yozgani uchun Yulduzga alohida rahmat!
Link: https://borderless.so/posts/navigating-the-ivy-league-my-journey-to-princeton-with-full-financial-aid

❤17👍9⚡3🆒2❤🔥1
Bugun 1-kurs talabalarning rasman kirib kelish marosimi. Marosimni to’g’ridan to’g’ri quyida link orqali ko’rishingiz mumkin👇
https://www.youtube.com/live/M5c6UpBi6YQ?si=hXWPoR1hJi9Vcyly

YouTube
Princeton University Opening Exercises 2023
The University marks the beginning of each academic year with Opening Exercises. The annual interfaith service includes an address by President Christopher Eisgruber, and the recognition of academic achievements of undergraduate students.
First-year students…
First-year students…
👍18❤3🤣1