feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
20 daqiqadan so'ng!

Instagram | Telegram
👍28❤‍🔥5😴1
Forwarded from noordiev.dev
​​Reflections from this talk

A lot of high school students put way too much emphasis on the application process and disregard other aspects of their lives that indirectly affect their intellectual abilities. Exercise, outdoor activities, reading for fun, eating good foods, or anything of sorts would probably have a much better impact on your cognitive abilities than a can of red bull and pringles. Good habits go far beyond the application season and will help you a lot in the long term.

@noordievdev
👍31😘42
Imtihonlar arafasida, post yozishga vaqt bo'lmayapti.
Matematika, Computer Science and Economics dan, keyingi 2 haftada yakuniy imtihonlarim bor.

Tez orada, kunlik postlar chiqarishni boshlayman. Stay tuned


Instagram | Telegram
👍8224🆒9👌7🔥62🤝2🫡2
The chillest class in Princeton ever! (SOC101)
👍4712🤪123👏2🗿1
EA natijalari chiqadi.

Qabul qilinganlar bormi?


Instagram | Telegram
44😱9👏8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Campus fox 🦊

Instagram | Telegram
63🤣25👍15🤯8😱5🤷‍♂4🆒4🙈3🦄3😁21
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Sizga ko'proq vaqt kerak emas. Ko'proq bilim kerak emas. Ko'proq energiya kerak emas.

Sizga ko'proq diqqat kerak. Fokus kerak.

@jakhonrakhmonov
9418👍18🤷‍♂3👏3🙏2💯2❤‍🔥1🫡1
It takes a village.

Payshanba, soat 21:30. “Pencils down”, xona bo’ylab Christopher Moretti ning ovozi jarangladi. Ikkinchi kursning 1 yarim yilligi o’z nihoyasiga yetdi. Bu semester eng qiyini bo’ldi. Lekin, juda ko’p narsa o’rgandim.

Small World qahvaxonasida o’tirib, quloqchinimdan Boney M ning “Rivers of Babylon” qo’shig’i yangragan holda ushbu postni yozarkanman, hayolimda faqat bir narsa - “Qanday qilib hozirga holatimga erishdim?” Atiga ikki yil avval, Qo’qonda, hattoki 1 chaqirim naridagi do’konga ham o’zim chiqishimga ruxsat berishmas edi. Bugun esa, uydan 6 minglab chaqirim uzoqlikda yashab o’qiyabman. Albatta, bularga qaysidir ma’noda, qattiq mehnatim sababchidir, lekin bir narsani unutmasligim kerak. Ushbu post sarlavhasidek, kimnidir rivojida juda ko’p insonlar hissasi bo’ladi. Shaxsan mening sayohatimda, ancha insonlarning katta yordami bo’lga, xususan, ota-onam, akam, opamlar, amakimlar, va bunga chuqurdan chuqur bir umur minnatdorman. Odatda, hursandligimizdan yoki g’ururimizdan, kimlar yordam berganini, balki juda kichik bo’lsada, unutamiz.

Bu postni yozishdan oldin, semester davomida yordam bergan o’qituvchilarimga rahmatnomalar jo’natdim. Yil oxirlarkan, o’tgan yilga aks eting. Hozirgi holatingizga kelishingizga kimlarni hissasi tegdi, ularga albatta rahmat ayting. Aslini olganda, vaqt bu nisbiy narsa, reflect qilish uchun yilning oxirini kutish ham shart emasdir balki. Eng qizig’i, 2 yil oldin, inshoyimni tekshirib bergan, ba’zilarga ma’lum bo’lgan admissionsmom ga rahmat xatimni bugun yozdim, va albatta, hechdan ko’ra kech yaxshi.

Instagram | Telegram
🔥74👍1911❤‍🔥3👏3🥰2🎉2🆒2😘2💅1
New Year's Resolution.

Ko’pchilik yangi yildan maqsadlar qo’yishadi, va odatda boshlangan ishlar 20 kun ham davom etmaydi. Balki kimdirlar ohirigacha qilib tugatar, lekin ko’pincha “Yangi yildan boshlayman” degan gapni ko’p eshitamiz. Misol uchun zalda, yil boshida odam juda ko’p bo’ladi, va oy o’tgan sari yana kamayib ketadi.

Vaqt bu nisbiy tushuncha, bir ishni qilish uchun yangi yil boshi, oy boshi, yoki dushanbani kutish kerak emas. Bu dangasalik belgisi. Maqsad qildingizmi, imkon topishingiz bilan qiling. Bu bilan yil uchun umuman maqsadlar qo’ymang demoqchi emasman. Muhimi va qiyin tarafi o’sha ishlarni amalga oshirish.


Instagram | Telegram
62👍27🫡11🔥85👏32
Realistik maqsadlar qo’ying.

Ohirgi paytlarda juda ko’p kunlarim stressda o’tdi. Go’yoki yetarlicha qilmayabman. Yetarlicha o’qimayabman, ish qilmayabman. Asl sababi bu o’zimdan kutgan norealistik talablarim.

Har kungilik qilishim kerak bo’lgan ishlarim ro’yxatiga, inson jismoniy jihatdan tugatishi mumkin bo’lmagan miqdorda task lar qo’yardim. O’z-o’zidan tugatolmasdan, tushkunlikka tushardim.

Qissadan hissa, kun, oy va yil uchun qo’lingizdan keladigan, rostan ham amalga oshirishga kuchingiz yetadigan tasklaringizni yozib qo’ying.

Instagram | Telegram
🫡84👍24❤‍🔥14135🔥5😈2👎1🗿1
Kichik qadamlar.

Odatda, yangi yildan “yangi hayot” boshlash maqsadida o’zimizga katta bosim qo’yamiz, va 10 kun o’tar o’tmas “burnt out” holatiga kelasiz. O’z salohiyatingizga shubha qilasiz.

Barchasi kichik qadamlardan boshlanadi. Misol uchun, turishingiz bilan suv ichishga odatlaning, stretching yoki meditation qiling, kichik bo’lsada skincare tartibga qo’ying. Bularni barchasiga deyarli 20 daqiqa ham ketmaydi. To’g’ri ovqatlaning. Tanangizni harakatlantiring. Ijtimoiy tarmoqlarni o’chirib tashlang, voz keching. Har kuni, 2 bet bo’lsa ham kitob o’qing.

Vaqt o’tishi bilan, bularni barchasi odatga aylandi. Agar, boshida o’zingizni majburlab qilayotgan bo’lsangiz, vaqt o’tib barchasini o’zingiz hohlab bajarasiz (Discipline.)

Instagram | Telegram
79👍27💯20❤‍🔥43🤔2🤷‍♂1😍1😘1
🗿25👍14🔥8😘8
📍Hamza Hakimzoda Niyoziy Uy-Muzeyi
👍64👏9🤓2🕊1
Qo’qonga kelganimdan beri bir narsa guvohi bo’ldim:

tik tok, instagram reels, youtube, youtube shorts, va turli xil ilovalarga mukkasidan ketgan yosh bolalar.

Qayerga qaramang, hoh u 2 yosh bo’lsin hoh 12, ko’zlari ekrandan uzulmagan holda, ikki bukulib telefonga qarayotgan bolalarni ko’rasiz. Agar qo’lidan qurilmasi olib qo’yilsa, asabiylashib butun uyni boshiga ko’taradiganlarini ham ko’rdim.

Hozirgi bolalarga tug’ilishi bilan qo’liga smartfon tutqiziladi. Ayni aqliy faoliyati rivojlanishi kerak bo’lgan paytda, kitob o’qish o’rniga asosiy vaqti 15 soniyalik videolaru, o’yinlar o’ynash bilan o’tadi. Zerikishni unutadi. Bolalar odatda zerikkanidan, miyadagi bo’shliqni to’ldirish uchun har xil g’oyalar bilan chiqadi, o’yinchoqlar o’ynaydi, o’zini xursand qilish uchun har xil ishlar qilib ko’radi, ya’ni creative bo’ladi. Endi, cheksiz soatlab telefon o’ynar ekan, bolalar aqliy faoliyatida o’zgarishlar sodir bo’ladi, undan tashqari “myopia” rivojlanadi. Bular haqida ko'plab maqola/ilmiy ishlar bor.

Eng achinarli tarafi shundaki, ota-onalar o’z manfaatlari uchun farzandlarini soatlab telefonda qarovsiz qoldirishadi. Yana, “2 yosh bo’lsa ham o’zi bemalol telefonni butunlay boshqara oladi” -deb mag’rurlanishadi, va kulishadi. Bu yoqda esa, bola kelajagini barbod qilishayotganini unutishadi.

Farzandli bo’lish o’zini juda katta mas’uliyatlari bilan keladi. Agar doimiy nazorat qilishga, birga o’tirib rasm chizish, o'ynashga, darslarini qildirishga yoki kitob o’qishga vaqtingiz bo’lmasa, yana o’ylab ko’ring, o’z farzandingizga dushman bo’lmang.

Instagram | Telegram
🔥84👍2617😢8👏4💯3🫡31
📍 Princeton

1. Nassau Hall (oldi tarafi)
2. Patton-Wright Hall (yotoqxona)
3. Nassau Hall va East Pyne (orqa tarafdan)
4. New College West (Hozirgi yotoqxonam)
64👍31❤‍🔥17😘6🔥3🫡1