feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Bugun bahorgi ta’tildan oldin ohirgi o’qish kuni. Professorlarimdan biri, maruzaga kuchugi bilan kelibdi.
🤣60🤩59😁2416👍7🔥5😐31👎1
Princetonga Bahor keldi🌱

Shunaqa iliq kunlarda o’zimni uydadek his qilaman, lekin go’yo uyda hech kim yo’q.
🔥63😢22👍10💔96
Happy birthday to Albert!
👍88🎉21❤‍🔥109😁61👎1🔥1
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
2000-yillar. Internet rivojlanib, emaildan foydalanish ommalashayotgan davr. Psixiatr Dr Wilson (King’s College London University) bir savol bilan qiziqadi.

”Aqliy mehnat bilan ishlovchilar orasida elektorn pochtalarni tez-tez tekshirish inson aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilmoqda?”

80 ga yaqin ilmiy tekshiruvlar davomida aqliy mehnat qiluvchilar IQ darajasini kun davomida tekshirib boradi. Natijalar shuni ko’rsatadiki emailni tez-tez tekshirish inson IQ darajasini kun davomida 10 ballga pasaytirar ekan. Odam bir kecha uxlamasa ertasi kungi IQ darajasi odatdagidan 10 ballga pastroq bo’lishi isbotlangan. Nasha (marixuana) chekkan odamda esa 4 ballga pasayar ekan.

Bu 2004-yildagi natijalar. Facebook 2006-yil ochildi. Instagram 2010, Tik-Tok esa 2016. Ular kuchli psixolog va muhandislarni yollab, bizni qaram qilish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqishdi va chiqishmoqda. Aqliy mehnat samaradorligi past ekanligi sabablari mana qayerda.

Biz nasha kabi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalardan qaytarilganmiz.

Nasha kuchsizroq, lekin geroin, amfetamin kabi kuchli narkotik moddalar bor. Ularni qabul qilgan odam fikrlashi buziladi, qaror qabul qilish markazi ishdan chiqadi, qattiq qaramlik - narkomaniya rivojlanadi.

Shu o’rinda bir qiziq ma’lumot.

Geroin, kokain va amfetamin kabi og’ir narkotiklar inson qaror qabul qilish markaziga qanday salbiy ta’sir ko’rsatsa Facebookga qaramlik ham shu darajada ekan. Tik-Tok bundanda battar bo’lsa hayron qolmayman.

”Xullas, nashavandmasakanmizu, lekin gerani har kuni urib yurippizakan, narkosha bo’lib”

Ko’pchilik o’ziga men dangasaman, fikrim chalg’igan, tartib yo’q, intizom yo’q, qat’iyatsizman, ma’suliyatsizman deb baho beradi. Bu xislatlar barchasi alkash va narkomanlarni birlashtiradigan xislatlar ekanligiga e’tibor berish zarur.

Zaharingiz tanlovi o’z qo’lingizda.

Bek Olimjon
«Balki foydasi tegar…»
24.03.2024
Norvegiya
👍6412😢5🔥3🫡31👏1😁1😘1
Priorities.

Mana 2 yildirki, bir narsani ko’p guvohi bo’ldim. Studentlar tuni bilan yetarlicha uxladim degani uyalishadi, go’yo shunday bo’lsa ular yaxshi, qattiq o’qimayotgandek. Aksincha, qancha kam uxlagan bo’lsangiz shuncha zo’rsiz.

Hammamizda, inson tanasiga eng muhim bo’lgan narsalardan biri, uyqu uchun yetarlicha vaqt bo’lishi kerak. Uyqusiz ishingiz samarasi ancha kuchsiz. O’sha tuni bilan dars qilishimga to’g’ri keldi deydiganlarni, kunduzi TikTok da doom-scrolling qilib o’tirganini ko’rasiz.

Shu bilan birga ko’pchilik bahona qiladigan narsalar, jismoniy mashq qilishga vaqt yo’q, kitob o’qishga vaqt yo’q, va shunga o’xshash inson rivoji uchun kerak bo’lgan narsalarga vaqt yo’q.

Vaqtingiz va sog’lig’ingiz bilan ma’suliyatli bo’ling. Get your priorities straight!

Instagram | Telegram
👍130🔥1611💯6🫡5💔3💘32🙈2👌1👀1
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Livestream: Feruza / Vohid

Agenda: Aniq bir mavzu yo’q, podcast stilida gaplashamiz
Qachon: 20:00 shanba, 30-mart (UZB timezone)
Qayerda: @vovopapcom
Yozib olinadimi: Ha

Feruza Mukhammadieva Qo’qon shaxridan bo’lib hozirda Princeton universitetining Computer Science programmasi bo’yicha 2-kurs talabasi.

Feruzaga savollaringiz bo’lsa comment qoldiring, o’rinli deb bilsam so’rashim mumkin. Podcast ohirida tinglovchilardan ham savollar olamiz.

Ko’rishguncha!
👍30😘85
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navruzga kichik tadbir uyushtirdik!

Princetonning yana bir yaxshi tomonidan biri bu puli ko'pligida, va xilma-xillik(diversity) juda qadirlanadi. $2800 miqdorda tadbir uyushtirish uchun universitetdan pul olishga besh daqiqa ketti halos.
👍78🔥23😍6👏4😁3💘2😘21
19👍732👎1
👍39👏95💅43🐳1
🇶🇦Qatarga keldim!

QCRI (Qatar computing research institute), yaqin sharqdagi eng oldi tadqiqot markazlaridan birida machine learning/cybersecurity soxalarida malaka oshiryabman.

Payshanba yetib keldim, va yakshanbadan birinchi ish kunimni boshladim. Qatarda dam olish kunlari Juma va Shanba bo’lib, hafta boshi yakshanbadan boshlanar ekan. Havo juda quruq va issiq, 44 daraja atrofida. Shahar chiroyli, baland binolik, boy shahar markaziy ko'chalari qaysidir jihatdan new yorkning toza va keng variantini eslatib yuboradi. Issiqligi uchun, ko’chalarda deyarli hech kim yo’q.

Qatardagi kunlik hayotim to'g'risida ko'proq yozib boraman.

Instagram | Telegram
👍94😍1514🔥10🆒4👏3
Yozmaganimga ham ancha bo’libdi. 9-5 soatlik ish kun hayoti o’ylaganimdanda bandroq bo’lar ekan, va energiyani olib qo’yarkan.

Qatarga kelganimga ham bir oydan oshdi. Ta’ssurotlar ko’p, shu kunlarda ular haqida batafsil yozib boraman. Ko’pchilik hozirgi qilayotgan ishim haqida so’ragandi. Avval, aytganimdek QCRI markazida malaka oshiryabman (internship).

Nimaga aynan Qatar deydigan bo’lsangiz, Princetonning International Internships Program (IIP) dasturi bo’yicha keldim. Dasturning ma’nosi, Amerikadan tashqaridagi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib bizga ko’proq imkoniyatlar topish. QCRI da Princetondan 6 kishimiz, va shu yerga kelib malaka oshirishimiz uchun barcha harajatlar Princeton tomonidan qoplangan.

Qilayotgan ishimga kelsak, LLMlar bo’yicha ilmiy ish olib boryabman. Xususan, kiberhavfsizlik doirasida tokenizerlar ro’li bo’yicha.

Savollar va fikrlaringizni izohlarda qoldiring, kelgusi postlarda javob berishga harakat qilaman.
40👍22❤‍🔥6🔥6👏31🫡1
Forwarded from noordiev.dev
As promised, I'm giving away a new paperback version of this book.

rules are simple:
1. be interested in computer science and based in Uzbekistan at the time of contest.
2. follow @noordievdev and @feruza_dev
3. share this post with one friend (preferably also people who are interested in coding). The date of the shared post will be checked upon announcing the winner.
4. comment your username under this post so I can choose a winner.

i'll choose a random person on August 1, 2024. We'll ship the book anywhere in Uzbekistan.

@noordievdev
👍189
I would appreciate it if you guys could give me affordable hotel/hostel recommendations in Samarkand for friends visiting soon.
👍9
Avgust oyi boshida o’qishdan yaqin do’stlarim O’zbekistonga ko’rgani kelishdi. Bir ikki kundan so’ng ulardan biri aytib qoldi: “Everything here is somehow related to weddings, no?”

Tarjimasi: “Bu yerda hamma narsa oxiri borib to’ylarga taqalar ekan, a?”. Ya’ni, bir bor nazar tashlab bu yerda odamlar tug’ilishi bilan to’y qilishni boshlaydi deb o’ylaydi kishi.

E’tibor berib qarang a. Misol bozorni ko’rdik, har tarafdan savdo qilish umididagi savdogarlar ovozi jaranlab turibdi, ”Kelin sarpo”, “Kuyov sarpo”, “Qudalarga bop narsalar”. Ayni o’sha sarpolarni solish uchun mahsus qutilar sotadigan do’konlar ham har qadamda uchraydi. Keyin u sarpolarni tashish uchun mahsus bezatilgan mashinalarni aytmasa ham bo’ladi. Hattoki oddiy uy jihozlari sotiladigan do’konlar ham “To’yona” deb nomlangan. Aytgancha, bunday narsalar o’ylashimcha oxirgi uch to’rt yilda shakillandi.

Xo’sh, bu ishlarga mukkasidan ketishni sababi nima bilmadim. Xulosa o’zingizdan.

Instagram | Telegram
👏46💯16👍7😁64🙈2
Fall 24

Telegram
👍40❤‍🔥7🤓421