feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.14K subscribers
213 photos
33 videos
127 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Kuzgi Princeton🍂🍁

Instagram | Telegram
👍2319🔥7🥰3❤‍🔥2
Kuni kecha, akam, Noor Diev (@noordiev) telegramda o'zlarini shaxsiy sahifalarini ochdilar! Noor o'z kanalida Georgetown Universiteti hamda IT olamidagi yangiliklar bilan ulashadi. Agar shu va shunga o'xshash mavzular sizga qiziq bo'lsa, hoziroq qo'shiling!


Kanalga havola👉: https://news.1rj.ru/str/noordievdev 👈
🥰6440👍17🔥15🤩14👏10👨‍💻3
Kecha oxirgi darslarimiz bo'ldi, va bugundan boshlab kelasi jumagacha faqat yakuniylarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Yakuniy imtixonlar ikki turga bo'linadi. Birinchisi, "take home" ya'ni uyga olib ketib ma'lum bir muddat ichida topshirishinigiz kerak. Ikkinchisi, katta maruzaxonlarda bo'lib o'tadi, va imtixon vaqtida barcha professorlar xonadan chiqib ketadi, va sizni hech kim kuzatmaydi.

Princetonga kelishingiz bilan, "Honor Code" ga qo'l qo'yasiz. Honor Code ning asosiy mazmuni bu - imtixonlar (yakuniy, midterm, darsdagi kichik testlar, va hokazo) mobaynida hech kimdan ko'chirmaslikka, hech qanday nohaq yo'l orqali foyda olmaslikka, va agarda birortani yuqoridagi ishlarni qilayotganini ko'rsangiz Honor Code kengashidilarga habar berishga qasamyod qilasiz. Agar universitet birortadan ko'chirganingiz yoki nohaqonniy foyda qilganingizdan habar topsa, o'qishdan haydalishingiz hech gap emas. Qisqa qilib aytganda, ushbu tizm, 1893 -yil tashkil topgan bo'lib, unga juda qattiq rioya qilinadi.


Instagram | Telegram
👍24🔥7🌚54🏆3
Forwarded from EducationUSA_Tashkent
Join the EducationUSA Online Session
Title: "Tales from Princeton: what it takes to get into an Ivy League school with a full-ride?"
Date & time: December 15 at 5 pm
Speaker: Feruza Mukhammadieva, freshman at Princeton University
Zoom meeting @ https://tinyurl.com/3ktteanw
❤‍🔥26👏104👌3👍21
Kecha, smesterning oxirgi insho, ilmiy ish qog'ozlar, va proyektlarni topshirishning oxirgi sanasi edi. Bu kun "Dean's Date" deb ataladi, qisqa qilib aytganda agar imtixondan tashqari topshirishingiz kerak bo'lgan narsalaringiz bo'lsa hammasini "Dean's Date" da ya'ni 16-dekabr soat 17:00 da topshirishingiz kerak. Shu kundan bir kun oldin tunda "Late night breakfast" tashkil qilinadi, ya'ni soat kechki 11 dan keyin oshxonalar ochilib, nonushta taomlari taklif qilinadi(qahva, qovrulgan tuxum, mevalar, pancakes, har xil pishiriqlar, va hokazo)

Misol uchun shaxsan o'zim, tuni bilan uxlamasdan Computer Science darsim uchun O'yin yasadim, va ertalab soat 9 larda uxlashga yotdim. 3 soatcha uxlab, oxirgi muddat soat 17:00 gacha "Educational Equities" fanimga ilmiy ish qog'ozimni yozib topshirdim. Ertagalik fizika imtixonimga tayyorlgarlikdan tanafus olarkanman, ushbu postni, Firestone kutubxonasining uchunchi qavatida o'tirib yozyabman.

two more days...

Instagram | Telegram
33👍14❤‍🔥3👏3🤩3🕊3🥰2🔥1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dean's Date dan bir kun oldin hamma yotoqxona hovlisiga chiqib, soat millari 12 ga bong urganda baqiradi. Bu Princetonning ajoyib urf odatlaridan biri bo'lib, ma'nosi bir semesterni tugatgandan so'ng bir ozga bo'lsada stressda xalos bo'lish.

Instagram | Telegram
25👍14🤣7🤯2🤩2😁1
O'qish va imtixonlar qiyin bo'lgani bilan, universitet studentlar ruxiy salomatligiga ham katta e'tibor beradi. Yakuniy imtixonlar arafasida, bizni yotoqxonamizga maxsus 5 ta terapiya itlari olib kelishdi. Yuqorida bir qator rasmlar ko'rishingiz mumkin (kuchuklar zoti: Newfoundland)

Bugun esa, maxsus massajchilar keldi. xoxlasangiz o'tirsangiz tekin massaj olishingiz mumkin.

Instagram | Telegram
👍3414😁84😍4👏2😨2🔥1🥰1
Forwarded from Asalkhon Sharipova | Grants 🏆 (Ann/ Asalkhon)
You asked for Ivy league - there you have it then 🎅

Our guest, Feruza @feruza_dev Mukhammadieva, is a freshman at Princeton University majoring in Computer Science with a full scholarship. She co-founded the Ingenium school, an NGO based in Kokand offering tutoring services to kids from low-income families. On top of that, she's an ambassador to SOWCoders in Uzbekistan to promote STEM education among women in Uzbekistan. Shortly, a noble heroine 💚

Topic: " Educational equity in Central Asian region. Problems and solutions to educational inequality"
Time: Sat 24, 9pm GMT+5
Platform: ➡️@annisuphere
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥18👍633🤓3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Yilingiz bilan!!!

Instagram | Telegram
268👍6❤‍🔥4🎉2🆒21🔥1
Qishki ta’til boshlandi. Yaqinda Qo’qonga qaytdim, va 20 kun shu yerda bo’lib yana Amerikaga ketaman. Shu vaqt mobaynida o’quv markazlari, va shunga o'xshash maskanlarga borib, o’qishga kirish va shunga o’xshash masalalarda yoshlarni savollariga javob berishdan xursand bo’lardim.

Instagram | Telegram
🔥29👍14🎉107
Kuz oyida, Stuart Weitzman bilan ko'rishdim, va 15 daqiqa qiziq suhbat qurdik. Stuart, Taylor Swift, Beyonce, va Gigi Hadid kabi Hollywood yulduzlaridan tortib Amerika birinchi xonimi Jill Bayden, va Cambridge Markizi Kate Middleton kabi mashhurlar bilan to'g'ridan to'g'ri ishlaydi va ularning oyoq kiyimlarini dizayni bilan shug'ullanadi, hamda Stuart Weitzman kompaniyasi asoschisi. Suhbat davomida Stuartdan startup g'oyalarim haqida savollar so'radim, va fikr-mulhoazalar almashdik. Birma-bir uchrashuvimizdan so'ng, Stuart bilan Seminar tashkil qilindi. Seminar davomida Weitzman "Entrepreneurship" dagi (Tadbbirkorlik) parvozi va qanday qilib muvaffaqiyatga erishganini aytib berdi. Bunda tashqari, tomoshabinlarga Laura Harring kiygan mashhur bir million dollarlik oyoq kiyim ham ko'rsatildi(yuqorida ko'rishingiz mumkin)

Quiyda sizlar bilan Stuart shaxsan o'zimga bergan maslaxatlari bilan bo'lishmoqchiman.(Qo'limdan kelgancha aniq tarjima qilishga harakat qildim)


- Doim boshqa kompaniya uchun ishlashdan boshlang! Odamlar bilan tanishing, shu yo'l bilan ayni o'sha yo'nalishdagi mutaxassislarni va eng yaxshi trendlarni bilasiz.

- Stand on the shoulders of giants
Siz buni yolg'iz qilolmaysiz! Shunday odamlarni topishingiz kerakki, ular aqlli, yaxshi, o'zini ajoyib tarzda ifoda eta olsin. Doim yangi odamlar bilan tanishing va yordam so'rashdan qochmang(network).

Instagram | Telegram
👍447😁7🤩3
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Prinston universitetiga $360.000 grant yutgan o'zbek qizi

💥 “TOP universitetlar” loyihamizning navbatdagi soni mehmoni — Feruza Muhammadaliyeva.

Universiteti:
Princeton university;
Yo’nalishi: Computer Science;
Grant qiymati: $360.000 lik to’liq grant.

🚀 Dunyodagi TOP universitetlarga kirish va chet elda yashashga doir barcha savollaringizni izohlarda yozib qoldiring. Shular asosida sizlarga yanada foydali bo'lgan suhbat qurishga harakat qilamiz.

▶️ Jonli efirimiz 19-yanvar — bugun soat 20:00 da boshlanadi.

Havola: https://youtu.be/ycWFVVzEay4

📌 @ibratfarzandlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍1612👏2❤‍🔥1
❤‍🔥63👍1612🕊11🔥42🤔2🙏1