feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.14K subscribers
213 photos
33 videos
127 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Amerika oliygohlarida, shanba va yakshanba dam olish kunlari. Har juma kuni soat 16:00 da, yotoqxonamizning birinchi qavatidagi dam olish/dars qilish zaliga har xil shirinliklar, mevalar, va qahva/choy olib kelib qo'yiladi. Ma'nosi, bir haftalik o'qishdan so'ng ozgina o'qishdan dam olish, va do'stlar bilan vaqt o'tkazish.


Instagram | Telegram
43👍25🤩11😍8🔥6👨‍💻32❤‍🔥1😁1🕊1
👍155🔥32🕊2❤‍🔥1
Firestone Library 📚

Instagram | Telegram
👍41248🥰2❤‍🔥1👌1
Brooklyn College Success Progam

Kelgusi hafta oraliqlar haftasi (midterms week). Shaxsan o’zimda, ikkita fandan oraliq imtixonim bor: Matematika, va Computer Science (Alghorithms), va barcha imtixonlar yozma ko’rinishda bo’ladi. Misol uchun, kompyuter bo’yicha imtixonda yozma ravishda, asosan algoritm, va data struktura dizayn yaratishingiz kerak.

Imtixonlardan so’ng, bahorgi 1-haftalik ta’til boshlanadi. Ko’pchilik uyiga ketadi, shu bilan birga kampusda qoladiganlar ham bo’ladi. Ta’til bo’lishiga qaramasdan, o’quvchilar bo’sh qomasligi uchun turli xil imkoniyatlar va dasturlar uyishtiriladi. Bulardan biri, man ishtirok etayotgan Brooklyn College Success progammasi. Bu 1 - haftalik New Yorkga sayohat, va volontyorlik dasturi. Asosiy vazifamiz, New Yorkdagi kam ta’minlangan maktablarga borib yuqori sinf o’quvchilariga universitetlarga muvaffaqiyatli ariza topshirish bo’yicha turli xil mashg’ulotlar orqali yordam beramiz (college admissions: insholarni qanday yozish, arizani qanday qilib to’g’ri to’ldirish, va nimalarga e’tibor berish). Tushlikdan so’ng o’zimiz xohlagan ishlarni qilishimiz mumkin. Va albatta, butun sayohat Princeton fondlari tomonidan qoplangan, va o’z yoningizdan hech qanday pul sarflashingiz shart emas. Ammo, bu kabi programmalar raqobatbardosh hisoblanib, qabul qilinguncha bir qancha bosqichlardan o’tishingiz kerak (application, interview, etc)

Instagram | Telegram
👍40🆒9👌5😍42❤‍🔥1🔥1🎉1🕊1
📍New York

Safardan ta'surotlarim haqida sizlar bilan tez orada ulashaman!

Instagram | Telegram
👍4218🔥6🥰4❤‍🔥2👏1
Esingizda bo'lsa, imtixon arafasida terapiya kuchuklarini olib kelishgan edi. Ikki hafta oldin, oraliqlar arafasida ular yana qaytishdi.

Instagram | Telegram
35❤‍🔥9😍5👍3🔥2💊2👏1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammaga ma’lumki 24 - fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bo’lgan hujumiga 1 -yil bo’ldi. Aslida, bu shunchaki bir yil avval yuzaga kelgan narsa emas, aksincha ancha yillardan beri bo’lib kelayotgan hodisa.

Princetonda Ukraina klubining a’zosiman. Klubdagi ro’lim veb-saytni va klubning ijtimoiy tarmoqlarini monitor qilib borish. Yaqinda urushga, va barcha vatani erkinligi uchun halok bo’lganlar xotirasiga marosim uyushtirdik va tadbirdan ba'zi epizodlarni ko'rishingiz mumkin. Qo’shiq Ijro etayotganlar universitet talabalari bo’lib, bunday studentlar tomonidan olib boradigan guruhlar juda ko’p.(Yuqoridagilar o’zim tomonimdan suratga olingan va tahrirlangan)

Instagram | Telegram
26👍12🕊53🤡3😢1