feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
127 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Amerika oliygohlarida, shanba va yakshanba dam olish kunlari. Har juma kuni soat 16:00 da, yotoqxonamizning birinchi qavatidagi dam olish/dars qilish zaliga har xil shirinliklar, mevalar, va qahva/choy olib kelib qo'yiladi. Ma'nosi, bir haftalik o'qishdan so'ng ozgina o'qishdan dam olish, va do'stlar bilan vaqt o'tkazish.


Instagram | Telegram
43👍25🤩11😍8🔥6👨‍💻32❤‍🔥1😁1🕊1
👍155🔥32🕊2❤‍🔥1
Firestone Library 📚

Instagram | Telegram
👍41248🥰2❤‍🔥1👌1
Brooklyn College Success Progam

Kelgusi hafta oraliqlar haftasi (midterms week). Shaxsan o’zimda, ikkita fandan oraliq imtixonim bor: Matematika, va Computer Science (Alghorithms), va barcha imtixonlar yozma ko’rinishda bo’ladi. Misol uchun, kompyuter bo’yicha imtixonda yozma ravishda, asosan algoritm, va data struktura dizayn yaratishingiz kerak.

Imtixonlardan so’ng, bahorgi 1-haftalik ta’til boshlanadi. Ko’pchilik uyiga ketadi, shu bilan birga kampusda qoladiganlar ham bo’ladi. Ta’til bo’lishiga qaramasdan, o’quvchilar bo’sh qomasligi uchun turli xil imkoniyatlar va dasturlar uyishtiriladi. Bulardan biri, man ishtirok etayotgan Brooklyn College Success progammasi. Bu 1 - haftalik New Yorkga sayohat, va volontyorlik dasturi. Asosiy vazifamiz, New Yorkdagi kam ta’minlangan maktablarga borib yuqori sinf o’quvchilariga universitetlarga muvaffaqiyatli ariza topshirish bo’yicha turli xil mashg’ulotlar orqali yordam beramiz (college admissions: insholarni qanday yozish, arizani qanday qilib to’g’ri to’ldirish, va nimalarga e’tibor berish). Tushlikdan so’ng o’zimiz xohlagan ishlarni qilishimiz mumkin. Va albatta, butun sayohat Princeton fondlari tomonidan qoplangan, va o’z yoningizdan hech qanday pul sarflashingiz shart emas. Ammo, bu kabi programmalar raqobatbardosh hisoblanib, qabul qilinguncha bir qancha bosqichlardan o’tishingiz kerak (application, interview, etc)

Instagram | Telegram
👍40🆒9👌5😍42❤‍🔥1🔥1🎉1🕊1
📍New York

Safardan ta'surotlarim haqida sizlar bilan tez orada ulashaman!

Instagram | Telegram
👍4218🔥6🥰4❤‍🔥2👏1
Esingizda bo'lsa, imtixon arafasida terapiya kuchuklarini olib kelishgan edi. Ikki hafta oldin, oraliqlar arafasida ular yana qaytishdi.

Instagram | Telegram
35❤‍🔥9😍5👍3🔥2💊2👏1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammaga ma’lumki 24 - fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bo’lgan hujumiga 1 -yil bo’ldi. Aslida, bu shunchaki bir yil avval yuzaga kelgan narsa emas, aksincha ancha yillardan beri bo’lib kelayotgan hodisa.

Princetonda Ukraina klubining a’zosiman. Klubdagi ro’lim veb-saytni va klubning ijtimoiy tarmoqlarini monitor qilib borish. Yaqinda urushga, va barcha vatani erkinligi uchun halok bo’lganlar xotirasiga marosim uyushtirdik va tadbirdan ba'zi epizodlarni ko'rishingiz mumkin. Qo’shiq Ijro etayotganlar universitet talabalari bo’lib, bunday studentlar tomonidan olib boradigan guruhlar juda ko’p.(Yuqoridagilar o’zim tomonimdan suratga olingan va tahrirlangan)

Instagram | Telegram
26👍12🕊53🤡3😢1
1 - Qism

So'nggi paytlarda Amerikaning nufuzli universitetlariga kirish jarayoni haqida ko'plab xabarlar olyabman. Ishonamanki, ko'pchilik ariza berish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari haqida noto'g'ri fikrga ega. Shuning uchun men o'quvchilar yo'l qo'yadigan keng tarqalgan xatolar haqida post yozishga qaror qildim.

1. GOOGLE sizning eng yaqin do’stingiz!
Odatda ko’pchilik juda oddiy va bir knopkani bosish orqali topsa bo’ladigan savollar so’rashadi, va javob bermasam, yoki google qiling desam ranjish holatlari bo’ladi. O’qishga topshirish bo’yicha sizni nima qiziqtirayotgan bo’lsa, doim googlega murojaat qiling va u yerdan deyarli har qanday savollarga javob topsa bo’ladi. To’g’ri internetdagi hamma narsaga ham ishonish kerak emas, shuning uchun insonlarni erkin fikrlash/o’ylash qobiliyati bor. Vaqt o’tib, google qilish tajribangiz oshgan sari, nimaga ishonish va nimalarga ishonmaslik kerakligini xal qila olasiz. Hozirda, googledan kuchliroq ChatGPT bor. Agarda O’zbekistondan turib ishlata olsangiz, bu undanda ajoyib. (Google qilish haqida alohida post yozaman)

2. “IELTS ballim 7, shu bilan kirsa bo’ladimi?” degan gapni uniting! Top o’qishlarga topshirayotganda, IELTS balingiz deyarli ro’l o’ynamaydi. Ya’ni, siz AQSH/Dunyo bo’yicha yetakchi o’rinda turadigan, davlat/universitet tili ingliz tili bo’lgan joyga topshiryabsiz, bu degani siz ingliz tilini o’z o’zidan zo’r bilishingiz kerak. IELTS ingliz tilini bilinshingiz isboti xalos. Qisqa qilib aytganda, IELTS dan iloji boricha yuqori ball olishga harakat qiling, lekin shu ballni o’zigagina suyanib qolmang.

3. Qo’shimcha mashg’ulotlar.
Qo’shimcha mashg’ulotlar hujjatingizni juda muhim qismlaridan biridir. Qo’shimcha mashg’ulotlarningiz sizni liderlik qobiliyatlaringiz, imkoniyatlardan qanchalik unumli foydalana olishingiz, va har tomonlamalingizni ko’rsatadi. O’quvchilar tomonidan qilinadigan eng katta xato bu qo’shimcha mashg’ulotlarni faqatgina hujjatga tushirish uchun qilishadi. Bu juda no’to’g’ri. Ya’ni, o’zingiz yoqtirgan ishlar bilan shug’illaning. Yana bir narsa, o’quvchilar mandan qanday qilib kichik maktabimga asos solganim, va Amerika korxonalari bilan qanday muzokara olib borganim haqida, va shu kabi ishlarni ular ham qanday takkrorlay olish yo’llarini so’rashadi. Bu juda axmoqona fikr. Har bir kishi o'ziga xos tarzda noyob. Man qilgan ishlarni ko’chirish orqali hech qayerga bora olmaysiz, va bu insinoy ahloqlarga to’g’ri kelmaydi. Universitetlar, hujjatingizda haqiqiy “siz” ni ko’rishni hohlaydi, va buni siz qadirlaydigan mashg'ulotlarni qilish orqali ko'rsata olasiz!

Davomi bor...

Instagram | Telegram
35👍22🔥52👏2❤‍🔥1
Yozgi ta’til ham yaqinlashib qoldi, va albatta ko’pchilik yozda har xil ilmiy ish, stajirovka (amaliyot dasturlari), va shu kabi ishlar bilan shug’illanadi. Qisqa qilib aytganda, barcha yozda ham bir xilda band bo’ladi. Ayniqsa bunday madaniyat Princetonda kuchli rivojlangan. Deyarli barchada Oq Uydan tortib Googlening San Franciscodagi offisigacha yozgi amaliyot dasturi bor.

O’zimga kelsak, bu yozning birinchi yarimiga uyga kelaman. 27 iyundan yana Princetonga qaytaman.

Yaqinda, topshirgan lavozimdan javob keldi, va Princeton Computer Science Departmentidagi, Professor Leyzberg yozgi dasturda birga ishlashga taklif qildi. Lavozimim, Professor Assistant (TA). Vazifalarim, yozgi komputter darslardan biri COS125 da professor yordamchisi sifatida ishlash, va o’quvchilarga kodlarini debug qilish, va komputer conceptlarini tushishga yordam berish.

Instagram | Telegram
42👍276❤‍🔥6🆒4