feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.14K subscribers
213 photos
33 videos
127 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Channel created
Salom!

Ismim Feruza, va hozirda Princeton univeristetida Computer Science yo'nalishi bo'yicha birinchi kurs talabasiman. Maktabni bitirgach, chet-el oliygohlariga topshirish maqsadida, o’qishga topshirish jaroyonini o’qib o’rgandim, va imtihonlarga tayyorlanadim. Bundan tashqari, no-davlat/no-tijorat tashkilot, ingeniumschool ga akam bilan birgalikda asos soldik. Aprel oyida o’qishlar natijalari chiqdi, va NYUAD, Carnegie Mellon, Georgetown va Princeton universitetlariga to’liq grant asosida qabul qilindim. Jami grant miqdori: $1.2mlnga yetdi.

Ushbu kanalda Amerika, IT, hamda Princetondagi hayotim haqida barcha qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman. Umid qilamanki ushbu kanal foydali bo'ladi, va do'stlaringiz bilan ulashasiz degan umiddaman!



Instagram | Telegram
👍9220🔥10❤‍🔥7👏75🥰2🎉2🐳2💯2😁1
👍32🤩87❤‍🔥5👏4
Princeton kabi top o’qishlarda o’qishni foydali tomonlaridan biri bu siz doim qiziqarli, va ilhomlantiruvchi odamlar davrasida bo’lasiz. Bundan tashqari, “networking”, ya’ni professional tanish-bilish orttirish imkoniyati juda yuqori darajada. Bunga misol qilib, bugungi kunimni keltirishim mumkin.

Bayram munosabati bilan(Thanksgiving) Princeton shahrida istiqomat qiluvchi Princeton bitiruvchilari bizni kechki ovqatga(Thanksgiving dinner) taklif qilishdi. Boshqa uchta kursdoshlarim bilan Richard Reyn(class of ‘69) hamda uning rafiqasi Nell Whitinglar uyiga mehmonga bordik. Richard Reyn “U.S 1” nashriyotining asoschisi va asosiy muharriri, hamda U.S. 1 va Community News Servicening sobiq muharrir direktori. Kechki ovqat uchun Edward Tenner(Ed Tenner | Rasmda chap) ham bizga qo’shildi. Ed Tenner(Class of ‘65) mashhur mustaqil yozuvchi hamda “Smithsonian's Lemelson Center for the Study of Invention and Innovation” da “Taniqli olim” unvoniga ega. Ajoyib, va qiziqarli suhbat bo’ldi, Ed bizga Princetonda o’qib yurgan davrlaridan tortib, Frederick Terman ya’ni Sillicon Valleyning asoschilaridan biri bilan qurgan suhbatlarigacha aytib berdi.

Qisqa qilib aytganda, bu kabi oliyyurtlarda, har kuni ajoyib va mashhur odamlarni uchratasiz, va vaqt o’tib ularni safiga qo’shilasiz.


Instagram | Telegram
👍35🔥13🥰54🤔1🎉1👌1
Forwarded from Vashington kundaligi
Nurmuhammad Muhammadiyev nufuzli Jorjtaun universiteti talabasi. Uning singlisi Feruza Muhammadiyeva esa nafaqat AQShning, balki dunyoning eng mashhur o'quv yurtlaridan biri Prinston universitetida 1-kursda o'qimoqda.

Qo'qonlik bu aka-singil O'zbekistonda maktabni bitiriboq xorijda o'qishga qaror qilgan va bir paytning o'zida ko'plab mashhur universitetlardan to'liq grant dasturlarini qo'lga kiritgan. Ular bunga qanday erishdi? Ularda qanday o'ziga xos jihatlar bor ediki, top universitetlar bakalavr darajasi uchun ularga to'liq grant berishga qaror qildi?

Shu va boshqa savollar bilan yoshlarni suhbatga tortdim. Tomosha qiling:

https://youtu.be/2aJCrw7K3qU

@bmamadiev
16👍166🔥5
Bir oz avval, akam bilan Amerika Ovoziga "Chet eldagi top universitetlarda o'qish va qanday qilib to'liq grant yutish" bo'yicha intervyu bergan edik. Intervyuni yuqoridagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin!
❤‍🔥20👍14👏4🔥3🥰1
Princeton kabi oliygohlarda, kunning istalgan paytida kampusning qaysidir qismida shubxasiz kimdir dars qilayotgan bo’ladi. Xox, erta tong soat 4da bo’lsin, xox yarim tun. “Daily Princetonian”, Princetonning yangliklar nashiryotiga ko’ra, o’quvchilar o’rtacha kuniga 4 - 6 soat uxlashar ekan. Shu bilan birgalikda, o’quvchilar samarali dars qilishi uchun qulayliklar ham yaratilgan. Bunga misol, yarim tunda dars qiladiganlar uchun, har kuni kechki soat 10dan keyin, yotoqxona oshxonasida (oshxona yotoqxona birinchi qismida joylashgan) qahva, choy, meva, va shirinliklar burchgi tashkil qilinadi.


Instagram | Telegram
👍3813❤‍🔥9🔥3👏3🍓31🥰1
Yuqorida ko'rib turgan binoingiz "East Pyne Hall" bo'lib, 1800 yilda mashxur me'mor William Appleton Potter tomonidan qurilgan. Ushbu bino 1900 yil oxirlarigacha ma'muriy markaz sifatida ishlatilgan. Hozirda esa, asosan darsxonalar, maruza xonalar, va kichik kutubxona vazifasini o'taydi.

O'tgan yili aynan shu maydonda, 2023 - yilda chiqadigan, hammaga ma'lum va mashxur Cillian Murphy ijrosidagi "Oppenheimer" filmi suratga olingan. Film Atom bo'mbasini yaratgan shaxs, J Robert Oppenxaymerning hayoti haqida. Oppenheimer, Princetonda ma'lum bir muddat tadqiqot o'tkazgan va dars bergan.

Instagram | Telegram
👍27🔥5👏4🏆3🤩21🥰1
Kuzgi Princeton🍂🍁

Instagram | Telegram
👍2319🔥7🥰3❤‍🔥2