Hasankhoja Muhammad Sodiq – Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.13K subscribers
508 photos
390 videos
9 files
759 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
“Soʻz soʻzlamoq uchun irfon kerak. Soʻzni anglamoq uchun inson kerak”

Fuzuliy.

Tadbirdan esdalik.
2024
Ustoz Husayn Buxoriy hofizahulloh
❤‍🔥68🔥25👍14
Forwarded from Qadriyatim
Ish qilib,
Ishq qilib,
Yuribmiz-da… Ishqilib.
🔥53❤‍🔥16🤩9🥰4
2026-yilga rejalarim…

1. Kamroq xato qilish
2. Eski xatolarni takrorlamaslik
3. Yangi xatolarni qilish…
❤‍🔥101🔥47🤩32👍23🎉1
Kishi o‘zidagi buyuk iqtidorni
arzimas maqsadlarga sarflasa — bu eng yomon isrofdir.

Isrof faqat mol-dunyoda bo‘lmaydi.
Eng og‘iri — aql, vaqt va iqtidorni isrof qilish. Chunki bundan ko’proq jamiyat ziyon ko’radi.

Isrofchilarni esa Xojasi yoqtirmaydi. (7:31)

Inson baland yaratilgan.
Shuning uchun uning yo‘li ham, maqsadi ham baland bo‘lishi kerak.
Sababi oddiy: Firdavs yuqorida, aksi esa pastlikda…
❤‍🔥43👍29🔥20
Tanlov qilish

Ilmiyotda The Paradox of Choice degan tushuncha bor.
Mazmuni oddiy.

- Tanlovlar ko‘paygani sari qaror qabul qilish qiyinlashadi.
- Qoniqish kamayadi.
- Pushaymonlik ortadi.

Bu psixologiyada keng o‘rganilgan.
Asosiy g‘oya shuki: tanlov erkinligi ma’lum chegaradan keyin foyda emas, zarar keltiradi.

Bu qanday ishlaydi

- Ko‘p variant → ko‘p solishtirish
- Ko‘p solishtirish → kognitiv yuk
- Kognitiv yuk → stress va pushaymon

Kundalik hayotdan misollar

- Do‘konda 50 xil poyabzal. Tanlash qiyin.
- Telegram’da 30 ta kanal. Hech biri muntazam o‘qilmaydi.
- Ta’limda 10 metod. Amalda hech biri chuqur emas.

Shu muammoni yengish uchun men tez-tez foydalanadigan, juda sodda usul bor.
Sizga ham foydasi tegishi mumkin.

Safarga chiqqanlarning deyarli barchasi shopping qiladi.
Tabiiy. Chunki ko‘plab brendlar bizda yo‘q.
Natijada ko‘p narsa olish istagi paydo bo‘ladi.

Shu payt bolalarga quyidagi usulni aytaman.

- O‘zingizga yoqqan barcha narsani savatchaga soling.
- Tanlab bo‘lgach, savatchaning ichidan yana tanlov qiling.
- O‘zingizga savol bering:
Agar faqat 3 ta mahsulotga pulim yetsa, qaysilarini olardim?
- Faqat shu 3 tasini tanlab oling.

Aynan shu tanlangan 3 ta narsa:

- sizga chindan yoqqan bo‘ladi
- sizga kerak bo‘lgan bo‘ladi
- eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi

Sababi siz ularni yoqqanlar ichidan yana bir bor ongli tanlov orqali ajratdingiz.

Bu usul — double thinking.
Ya’ni ikki bosqichli fikrlash.

- Birinchi bosqichda istaklar chiqadi.
- Ikkinchi bosqichda cheklov orqali ustuvorlik aniqlanadi.

Miya “majbur tanlov” holatida muhimini ajratishga majbur bo‘ladi.
Shu sabab u ko‘pincha to‘g‘riroq qarorga olib keladi.

Ilmiy jihatdan bu usul yaqin tushunchalar

- Choice overload
- Decision fatigue
- Satisficing vs Maximizing

Maximizer — eng zo‘rini izlaydi, ko‘p afsuslanadi.
Satisficer — yetarlisini tanlaydi, ko‘proq qoniqadi.

Bu usul faqat shoppingda emas.

Masalan.
Telegram’da ko‘plab bloglarga obunasiz.
Ammo kuniga faqat 3 tasini o‘qishga vaqtingiz bor.

Savol bering.
Agar faqat 3 blogni qoldirishga majbur bo‘lsam, qaysilarini tanlardim?

Qolganlarini o‘chirib tashlang.

Ta’limda ham shu qoida ishlaydi

- O‘quvchiga 10 topshiriq bermang.
- 3 ta yaxshi variant bering.
- Tanlashni o‘rgating, ko‘paytirishni emas.

Sizning vaqtingiz cheklangan.
Tanlov esa to‘g‘ri cheklanganda sifatni oshiradi.

O‘zingizga savol bering.

Sizda hozir qaysi sohada tanlovlar ortiqcha?
Agar faqat 3 tasini qoldirsangiz, qaysilarini tanlaysiz?
🔥31👍15🤩10
Ustozlarga eslatma

Tarbiyada eng kuchli vosita — muhabbat.
Muhabbatning asosi esa - tushunishga harakat qilish

Rasululloh ﷺ aytganlar:
“Mehr qilmagan kishiga mehr qilinmaydi.”

Shogird — sizga vaqtincha omonat qilib topshirilgan qalb.
U qalbni faqat ilm bilan emas, rahm bilan ham tarbiyalang.

- Xatosiga sabr qiling.
- Yiqilganda qo‘lidan tuting.
- Adashganda yuz o‘girmang.
- Yutug'idan foydalanmang
- Ishonch bering.

Shunda u sizni shunchaki ustoz emas, hayotida iz qoldirgan inson sifatida eslaydi. Duo qilinadigan inson sifatida eslaydi.

Qodia esa o’zgarmagan:
Agar shogirdingiz sizni otasidek ko‘rishini istasangiz, unga farzandingizdek munosabatda bo‘ling.
❤‍🔥53🔥21🥰8🤩8👍1
Instagramda obunachisi ko‘p bo‘lgan bir matematika ustozining videosi chiqdi.
Gaplariga qo‘shilmadim va shaxsiy xabar yozdim.
Bahs bo‘lmadi. Javob ham bo‘lmadi. Baraka topishsin “Blok” qilishibdi.

Shunda yana bir narsani aniq his qildim:
ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriya yig‘ish — ne’mat emas, sinov.

Bu sinovning kamida ikki xavfi bor:
1. Ko‘p gapirish.
Auditoriya ko‘paygani sayin, og‘iz ham bo‘shashadi.
Natijada xato gaplar ko‘payadi.

2. Riyo va kibr.
Layklar o‘sadi, ichki hisob esa yo‘qoladi.
Tanqid, e’tiroz yoki qarshi fikrni ko‘tara olmaslik — shundan boshlanadi.

Yozgan xatim quyida berilgan.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Bir videoyingizni ko‘rib qoldim.
Bolalarga “life-hack” o‘rgatish haqida edi. Aniqrog‘i, imtihon jarayonida bolalarning bir-biriga yordam berishi masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘zim ham ustoz bo‘lganim sabab, sizga birodarlik nasihati sifatida ushbu fikrlarni yozishga qaror qildim.

Avvalo, siz bolalarga shunchaki bilim emas, ilm berishingiz kerak.
Ilm esa — Allohdan qo‘rquv bilan boshlanadi.

Ikkinchidan, bolalarda “qanday bo‘lsa ham natijaga erishish — halolmi, harommi, farqi yo‘q” degan qarash shakllanmasligi kerak.
Ustoz sifatida siz ularning qalbiga shuni singdirishingiz lozim: natijaning o‘zi emas, unga qanday yo‘l bilan erishilgani muhim
🔥96❤‍🔥43👍35
O‘LCHOV

Siqilsam, sahobalar va ulug‘lar hayotini o‘qiyman.
Yengillashmayman.
Aksincha, ichim torayadi.
Siqilganimga siqilib qolaman..

Chunki anglayman:
men “musibat” deb atayotgan narsa —
aslida yengil imtihon.

Ilm har doim taskin bermaydi.
Ba’zan u oyna bo‘ladi.
O‘sha oynada o‘zingni ko‘rasan.

Sahobalar azobda sabr topdi, yo‘qotishlarda iymonni yo‘qotmadi.
Hammasining sababi bitta:
o‘lchov to‘g‘ri edi.

Biz esa komfort ichida ham ezilamiz.

Muammo dardda emas.
Muammo — uni qanday kattalashtirganimizda.

Dardni shikoyat davolamaydi.
Qochish ham emas.
Uni faqat bitta narsa davolaydi: to‘g‘ri o‘lchov.

O‘lchov noto‘g‘ri bo‘lsa,
eng yengil imtihon ham
musibat bo‘lib ko‘rinaveradi
👍46❤‍🔥19🔥3
— Bir voqeaga bir paytning o‘zida ham xursand, ham xafa bo‘lish mumkinmi?
— Ha.
— Masalan?
— To‘yxona binolarining maktabga aylantirilishi.
— Ya’ni?

Quvonaman:
ta’lim nihoyat ustuvor bo‘lib borayapti.
Jamiyat o‘zgaryapti. Davlat ham befarq emas.

Xafaman:
chunki ta’lim bo‘sh qolgan joyga sig‘diriladigan muammo emas.
Maktablar jamiyatning eng yaxshi joylariga loyiq.

Savol esa bitta:
biz ta’limni vaqtinchalik yechim bilan qutqaryapmizmi, yo bolalar uchun eng yaxshisini tanlayapmizmi?
🔥43👍21
2026 BOOK CHALLENGE

Shartlar oddiy:
1. 2026-yil yakuniga qadar 100 ta kitob yoki 12.000 bet
(o‘qish yoki tinglash)
2. Kunlik minimum: 30 bet yoki 30 daqiqa
3. O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini shaxsiy sahifada yuritish

Quyidagi do‘stlarimizga taklif yuborilmoqda.
Qabul qilganlar alohida e’lon qilinadi:

G‘iyosiddin Yusuf
Aziz Rahimov
Qamariddin Bekmuhammad
Jahongir Pulatov
Temur Adhamov
Muhammadali Eshonqulov
Muhammad Ustoz
Muhammadjon Ustoz
Asliddin ustoz
Abdulaziz Muhammad
Abdulbosit Vohidov
Muhammad Temur Azam
Jamoliddin aka Qamar
Amirxon Valijonov (iBook)
Valijon Turaqulov
Muhrim Azamxo‘jayev
Orif Tolib
Hamid Sodiq
Sanjar Nazar
Nigora Booklover
Javohir Izzatulloh
Barno Mukimova
Firuz Allayev
Yorqin Halil
Isroil Tillaboyev
Karim Rahimov
Shaxzod Pulatov
Sardor Bazarbayev
Marifat Jamal
Otabek Ergashev
Doniyor Nasriddinov
Murod Muhammadjonov
Jasur Muhammad
Ulug’bek Po’latov

P.S. hamma o’zi istagan kitobini o’qiyveradi..
Siz ham do‘stlaringizni taklif qiling.
2026 — o‘qiganlar yili bo‘lsin.
🔥105👍51❤‍🔥22🤩3
Forwarded from Qadriyatim
“Chorlov” dagi ro’yhatni “edit” qilib boraman. Siz ham tuzib boring. Kuzatib boramiz

Online:
1. Samaradolikning 21 yo’li ✔️ (7/10)
2. Kichkina shaxzoda ✔️ (8/10)
3. Bir varaqli marketing (6/10)
4. Erkin ta’lim himoyasi ▶️
5. Mening hayotim🔜

Offline:
1. On writing well (William Zinsser) (9/10)
2. Everybody writes (Ann Handley) (8/10)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍12
Bugun bir o‘quvchimiz IELTS’dan 6.5 ball oldi.
Na o‘zi xursand.
Na ota-onasi.
Na ustozlari.

Sababi oddiy: 7.0 kutilgandi.

Shu holat bitta muhim haqiqatni yana eslatdi:
SAT, IELTS kabi imtihonlarda birinchi urinishda potensialdan pastroq natija ko‘rsatish — tabiiy holat.
Bu faqat kuzatuv emas, ilmiy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan.

Sabablar ko‘p. Lekin asosiylari to‘rtta:

1. Ota-onaning bosimi
“Shuncha ball olishing shart” degan aytilmagan talab.

2. Tengqurlarga solishtirish
Do‘stlari allaqachon yuqori ball olgan bo‘lishi.

3. Imtihon tajribasi yetishmasligi
Haqiqiy test muhiti — alohida ko‘nikma talab qiladi.

4. Test anxiety
Stress bilimni yopib qo‘yadi.

Kuzatuvim shuni ko‘rsatdiki, eng kuchli salbiy omil — ota-onaning bosimi.
Bola buni jiddiy qabul qiladi.
Natija past chiqsa — o‘zini emas, o‘z qadrini yengilgan deb o‘ylaydi.

Statistikalar esa boshqacha gapiryapti:
talabalarning 60–65% ikkinchi urinishda yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

Shu paytda bola uchun eng muhim narsa —
yana bir dars yoki yana bir test emas.

Ota-onaning yonida turishi.

Agar siz bolani natijasi bilan emas, urinishlari bilan baholamasangiz,
u faqat imtihonda emas —
hayotda ham sinishdan qo‘rqib yashaydi.

Va bu — 6.5 dan ancha og‘ir mag‘lubiyat.
🔥85👍32❤‍🔥18🎉4
Ilmsizlik qimmat. Ilm emas

Ustozlik qilib, ma’lum maqomga kelib, tajriba to‘plab, kurs yoki dars o‘tayotgan mutaxassislar deyarli bir xil savolga duch keladi:
“Kursingiz nega qimmat?”

Bu savolni berayotgan odam ko‘pincha bitta narsani ko‘rmaydi.
Ustoz shu darajaga kelguncha:

- qancha xatosi uchun to'laganini,
- nechta sinovdan o‘tganini,
- qancha vaqt, sog‘liq, imkoniyat qurbon bo‘lganini,
- bepul ishlagan, kam baholangan, e’tiborsiz qolgan davrlarini.

Bu yerda insof bilan narx qo‘ygan, haqiqiy mutaxassis haqida gap ketyapti.

Ba'zilarda g‘alati tafovut bor.

- Hashamat uchun ketgan pul qimmat emas.
- Obro‘ uchun ketgan pul qimmat emas.
- Ish bitishi uchun ketgan pul qimmat emas.

Lekin ilm uchun so‘ralgan pul “qimmat”.

Holbuki, yuqoridagilarning ko‘pi ilmga ketadigan puldan bir necha barobar qimmat bo‘ladi.

Bunga hayotda misollar yetarli.

Abituriyentlar bilan ishlagan paytlarimda sharoitini aytib, oylik to‘lovdan chegirma so‘ragan ayrim o‘quvchilar yil oxiriga kelib “x variant”lar uchun tayyorlov kursining yillik pulidan ham qimmat summa to‘lashga tayyor bo‘lib chiqardi.

Bepul SAT o‘qib yurgan, lekin “LEAK” sotib olishga pul topadigan o‘quvchilarni ham ko‘rganman.

Bu yerda muammo pulda emas.
Muammo — qarashda.

Men bir narsaga hanuz tushunmayman.

Qarz olib to‘y qilganlarni ko‘rdim.
Qarz olib mashina olganlarni ko‘rdim.
Kreditga texnika sotib olganlarni juda ko‘p ko‘rdim.

Ammo ilm uchun qarz olganlarni, ilm uchun pul so‘raganlarni juda kam ko‘rdim.

Go‘yo odamlar ko‘zga ko‘rinadigan narsaga ishonadi,
lekin kelajakni quradigan ilmga shubha bilan qaraydi.

Bu yerda “ilm” deganda umumiy gap ketmayapti.
Gap xos ilm haqida.

Xos ilm nima?

Bu umumiy bilim emas.
Bu aynan siz turgan joyda sizni keyingi bosqichga olib chiqadigan ilm.

Abituriyent bo‘lsangiz:
DTM, SAT yoki universitetga kirish uchun zarur ilm.
Vaqtni tejaydigan, xatoni kamaytiradigan, imkoniyatni oshiradigan ilm.


Ustoz bo‘lsangiz:
Dars sifatini oshiradigan, metodikani kuchaytiradigan, natija beradigan ilm.
Shunchaki dars o‘tish emas, ta’sir qilishni o‘rgatadigan ilm.


Ota-ona bo‘lsangiz:
Farzand tarbiyasi, psixologiyasi, yosh bosqichlariga oid ilm.
Xatoni oldindan to‘xtatadigan, pushaymonlikni kamaytiradigan ilm.


Tadbirkor bo‘lsangiz:
Brendni to‘g‘ri qurish, rivojlantirish va himoyalash uchun zarur ilm.
Marketing, pozitsiyalash, narx, ishonch va tizim haqidagi ilm.


Ilm qimmat deyotganlar, Endi savolni teskari qo‘ying:
ilmsizlik sizga qanchaga tushayapti, keling hisoblab ko'ramiz:

Kasb tanlash haqida ilm yo‘q.
5–10 yil yoqtirmagan ishda qolish.

Moliyaviy savod yetishmaydi.
Daromad bor, baribir doim qarz.

Vaqt boshqaruvi ilmi yo‘q.
Bandlik bor, natija yo‘q.

Nikoh va munosabat ilmi o‘rganilmagan.
Sevib qurilgan oila sovib ketadi.

Farzand tarbiyasi haqida ilm yetarli emas.
Bola ko‘cha va ekran tarbiyasiga topshiriladi.

Sog‘lom hayot ilmi yo‘q.
Kuch yoshligida ketadi, qarilik erta boshlanadi.

Shartnoma va huquqiy bilim yo‘q.
Sheriklik buziladi, yillar boy beriladi.

Tanqidni qabul qilish ilmi yo‘q.
Rivojlanish to‘xtaydi, ego o‘sadi.

Diniy ilmsizlik
Niyat yaxshi, ammo amali zararli bo‘lib chiqadi.

Prioritet qo‘yish ilmi yo‘q.
Hamma narsa bor, lekin muhim narsa yo‘q.

“Yo‘q” deyishni bilmaslik.
Hamma rozi, o‘zi charchagan.

Bularni cheksiz davom ettirish mumkin:

Aynan shu sabablar yig‘ilib, bitta xulosaga olib keladi:

Ilmsizlik birdan urmaydi.
U sekin, lekin doimiy zarar qiladi.

Ilm qimmat emas, hech qachon qimmat bo‘lmagan.

Qimmat narsa — ilmni kech anglash, uni rad etish.

Tanlov oddiy:
oldindan to‘lash, yoki umr bo‘yi to‘lash.

Endi savol qolmadi.
🔥80❤‍🔥30👍28🤩6
Forwarded from Qadriyatim
#Fikrlatadigan_fikr

Harvard universitetining ilk ayol rektori Dryu Faustning shunday gapi bor:
“Liberal ta’lim odamlarga oltinchi ishiga tayyorlanishiga yordam beradigan qobilyatlarni berishi lozim, birinchisiga emas.”

Bu gap bilan u nimani nazarda tutgan?
— Bilimning o‘zi emas, fikrlash qobiliyatimi?
— Aniq kasb emas, moslashuvchanlikmi?
— Texnik ko‘nikma emas, insoniy yetuklikmi?

Bu — fikrlashingiz uchun berilgan savol.

Izohlarda o‘zingizning fikringizni yozing. Sun’iy intellektlardan so‘ramang.

Javobini keyinroq o‘zim yozaman.
👍18🥰4
Sabr qilamiz. Chunki yo‘limiz bor.

Hech qachon to‘g‘ri yo‘l qarshiliksiz bo‘lmagan.
Har qanday harakat e’tiroz uyg‘otadi.
Har qanday o‘sish inkorni chaqiradi.

To‘xtatmoqchi bo‘lishadi.
Qadamingizni sekinlatishga urinishadi.
Erishganingizni kichraytirishga harakat qilishadi.

Bu — yo‘lda bo‘lganlarning sinovi.

Bahsga berilib ketganlar unutiladi.
O‘zini oqlaganlar charchaydi.

Yo‘lida davom etganlar esa manzilga yetadi.
Har bir toshga egilib olsangiz, yo‘lingiz uzayadi.
Manzil esa kutmaydi.

Ularga sizning eng katta javobingiz — yo‘ldan chiqmaslik.

Sabr — jim turish emas.
Sabr — to‘g‘ri yo‘lda qolish.

Va shuni bilamiz:
tarixda to‘xtaganlar emas, sabr qilganlar qoladi.
🔥46👍24❤‍🔥14
#ustozlarga

1-POST (1/63)
Texnika 1: No Opt Out *(chiqib ketishga ruxsat bermaslik)*

Muammo:
O‘quvchi savolga javob bera olmaydi va: “bilmayman”, deb fikrlash jarayonidan qochadi.

Natijada:
- u o‘ylashdan qochadi
- mas’uliyat boshqalarga o‘tadi
- darsda passiv rolga tushib qoladi

Maqsad:
Har bir o‘quvchini fikrlash jarayonida ushlab qolish.
Savoldan hech kim “chiqib ketmasligi”ni ta’minlash.

No Opt Out (chiqib ketishga ruxsat bermaslik) texnikasida:
- o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa ham,
- yoki umuman javob bera olmasa ham,

u darsdan chiqarilmaydi.

U oxir-oqibat: yordam orqali, yoki boshqa o‘quvchi misolida to‘g‘ri javobni o‘zi aytadi.

Bu texnika:
- bosim emas
- uyaltirish emas
Bu — fikrlashni majburiy davom ettirish.

Qanday ishlaydi
1. Savol beriladi
2. O‘quvchi javob bera olmaydi
3. Unga yordam beriladi (boshqa o‘quvchidan so'rab, ishora, eslatma orqali)
4. So‘ng javobni yana o‘sha o‘quvchi aytadi

Muhimi mas’uliyat qaytib egasiga beriladi.
Misol:
— 7 × 8 nechchi?
— Bilmayman.
— Mayli. (Boshqa o‘quvchi: 56)
— Endi sen ayt.
— 56.

Muhim nuqta:
to‘g‘ri javobni oxirida aynan birinchi o‘quvchi aytadi.

Keng tarqalgan xato
Savolni boshqa o‘quvchiga berib, birinchi o‘quvchidan qaytib so'ramaslik.

Nega bu xato?
Chunki bu holatda:
- o‘quvchi “bilmayman” deyish orqali qutulishni o‘rganadi
- keyingi safar ham o‘ylashga urinmaydi
- passivlik mustahkamlanadi

Ya’ni ustoz bilmagan holda:
fikrlamaslikni rag‘batlantirib qo‘yadi.

To‘g‘ri yechim:
Savolni vaqtincha boshqasiga berish mumkin. Lekin:
-yakun yana birinchi o‘quvchiga qaytishi shart
- javob uning og‘zidan chiqishi kerak

Shunda:
- o‘quvchi mas’uliyatni his qiladi
- “bilmayman” oxirgi nuqta bo‘lib qolmaydi

Xulosa:
No Opt Out (chiqib ketishga ruxsat bermaslik) — bu qattiqlik emas.

Bu texnika o‘quvchiga shuni o‘rgatadi:
“Sen bilmasliging mumkin, lekin fikrlamaslik mumkin emas”

P.s. Ustozlarga ulashib qo'ying...
(Teach like a champion
kitobidan…)
👍40❤‍🔥23🔥13
Qaysi ta'lim moduli kuchli?

Sohamizda bir ibora bor. Odatda hazil sifatida aytiladi.
Ammo u ta’limdagi eng muhim muammoni ochib beradi.

O'quvchi
Fransiyada — fikrlashni (kichik yoshdagi bolalar maktabida)
Italiyada — did va estetikani (bog‘chasida)
Yaponiyada — intizomni (boshlang‘ich maktabida)
Germaniyada — tizim va aniqlikni (o‘rta maktabida)
AQShda esa — mustaqil qaror va tavakkalni (universitetida)
o‘rganishi kerak.

Bu gapdagi davlatlar joy emas.
Ular — ta’lim modelining ramzlari.

Bitta maktab buni bera olmaydi.
Bitta mamlakat ham.

Chunki ta’lim faqat bilim emas.
U — insonning kim bo‘lib shakllanishidir.

Inson hayotining har bosqichida turli fazilatlar ustuvor bo‘lishi kerak:
— avval fikrlash va savol berish,
— keyin did va estetik sezgi,
— undan so‘ng intizom va mehnat madaniyati,
— keyin tizimli bilim va aniqlik,
— oxirida esa mustaqil qaror va mas’uliyat.

Muammo shundaki, ko‘p ta’lim tizimlari bu ketma-ketlikni buzadi:
— erta yoshda intizomni bosadi,
— lekin fikrlashni bermaydi;
— bilim beradi,
— lekin mas’uliyatni shakllantirmaydi.

Natijada:
bilimli, ammo mustaqil emas;
intizomli, ammo ijodsiz;
diplomli, ammo yo‘nalishsiz insonlar paydo bo‘ladi.

Fikrlashsiz bilim — yuk.
Didsiz bilim — qo‘pol.
Intizomsiz bilim — beqaror.
Tizimsiz bilim — samarasiz.
Mustaqilliksiz bilim — qaramlik.

Shu bois savol qayerda o‘qish haqida emas.
Savol — ta’lim qaysi bosqichda nimani shakllantiryapti?

To‘g‘ri ta’lim fanlar ketma-ketligi emas.
U — inson fazilatlarining ketma-ketligi.
🔥48❤‍🔥14🥰3
Bizdagi ta’lim:

Kuchli tomoni
- Mehnatga o‘rgatadi.
- Xotirani kuchaytiradi.
- Test va imtihonlar uchun bilimni jamlashni o‘rgatadi.
- Bosim ostida ishlashga, natija chiqarishga moslaydi.
- Intizom va sabrni shakllantiradi.

Bu — hayotda kerak bo‘ladigan ko’nikmalar.

Zaif tomoni
- Erkinlik kam.
- Turli yo‘nalishlarni sinab ko‘rishga imkon bermaydi.
- Tajriba qilish va xato orqali o‘rganish rag‘batlantirilmaydi.
- O‘rganish jarayoni ko‘pincha majburiyatga aylanadi.
- Qiziqish emas, baho markazga chiqadi.

Natijada:
bilimli va bardoshli,
ammo ko‘pincha yo‘nalishini kech topadigan yoshlar yetishadi. Bizga o’xshab…
👍43🔥20❤‍🔥11
Xodim tanlash — tanlov emas, strategiya

Ko‘p rahbarlar xodim tanlashni shunday ko‘radi:
“Yaxshisini olaymi yoki arzonrog‘ini?”

Xodim masalasi — “kim yaxshi?” degan savol emas.
Bu — qachon kim kerak? degan savol.

Kompaniya 4 boshqichning birida bo'ladi.
Savol: biz hozir qaysi bosqichdamiz?
Xodim tanlash shunga bog'liq

Quyida 4 bosqichni ko‘rib chiqamiz.

1-bosqich. Boshlanish (tizimsiz, xaos)
Vaziyat:
- Jarayonlar yo‘q.
- Hamma ishni hamma qiladi.
- Muammo har kuni chiqadi.
- Rahbar operatsiya ichida.


Kim kerak? → Tajribali (kuchli) xodim
Nega?
- Yo‘l bo‘lmasa ham yo‘l topadi.
- Savol bermaydi, javob topadi.
- Bu bosqichda o‘rgatish emas, qutqarish kerak.


Xatarlar (agar tajribasiz olinsa):
- Rahbar strateg emas, o‘qituvchiga aylanadi.
- Xatolar real jarayonda qilinadi.
- Mijoz zarar ko‘radi.
- Jamoada “biz hali tayyor emasmiz” kayfiyati paydo bo‘ladi.


Bu bosqichda tajribasiz xodim — tormoz.

Asosiy xavf:
Rahbarning kuyib pishishi (burnout).
- Hamma ish rahbar ustida.
- O‘qitish, nazorat, qaror — hammasi bitta odamda.

Agar bu bosqich cho‘zilib ketsa:
- strategiya bo‘lmaydi,
- qarorlar reaktiv bo‘ladi,
- kompaniya rahbar bilan birga charchaydi.



2-bosqich. Barqarorlashuv (tizim qurish)
Vaziyat
:
- Asosiy jarayonlar tushunildi.
- Xatolar takrorlanmoqda.
- “Buni yaxshiroq qilish mumkin edi” degan fikr paydo bo‘lgan.

Kim kerak? → Aralash model (tajribali + oddiy)
Nega?
- 1–2 tajribali xodim — tizim qurish uchun
- Bir nechta oddiy xodim — tizimni to‘ldirish uchun


Xatarlar (faqat tajribali bo‘lsa):
- Har kim o‘z uslubida ishlaydi.
- Bilim odamda qoladi, protokolga tushmaydi.
- Bir kishi ketishi bilan jarayon yiqiladi.
- Xarajat oshadi, barqarorlik kelmaydi.

Bu bosqichda tizim qurilmasa, kompaniya qimmat va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Asosiy xavf:
Bilim protokolda emas, odamda qolib ketishi.
Jarayon ishlayotgandek ko‘rinadi, lekin u hujjatlarda emas, miyada bo'ladi.
Natijada:
- odam ketadi — jarayon ketadi,
- o‘sish to‘xtaydi,
- kompaniya mo‘rt bo‘lib qoladi.


3-bosqich. Kengayish (scale)
Vaziyat

- Ishlar takrorlanadi.
- O‘sish tezlashadi.
- Sifatni saqlash muammo bo‘ladi.


Kim kerak? → Oddiy (tajribasiz) xodim
Nega?
- Tizim bor.
- Natija odamga emas, jarayonga bog‘langan.
- O‘rgatish — uzoq muddatli investitsiya.
- Sodiqlik koeffietsienti yuqori


Xatarlar (tajribali ko‘paytirilsa):
- Xarajatlar keskin oshadi.
- Ego va “men bilaman” kayfiyati kuchayadi.
- Standartlar buziladi.
- O‘sish sekinlashadi yoki to‘xtaydi.


Scale davrida tajribali xodimni ko‘paytirish — o‘sishni o‘ldirishdir

Asosiy xavf:
Standartlarning yemirilishi.
O‘sish tez bo'ladi, sifat esa ortidan yetib ololmaydi.
Har kim ishni “o‘zicha” qila boshlaydi.
Natijada:
- brend zararlanadi,
- mijoz ishonchi pasayadi,
- o‘sish o‘zini o‘zi yeya boshlaydi.



4-bosqich. Yetilish (delegatsiya)
Vaziyat

- Rahbar kundalik qarorlardan chiqmoqchi.
- Operatsiya jamoaga topshiriladi.
- Kompaniya bir kishisiz ham ishlashi kerak.
- Asoschi bir hafta yo‘qligida ham jarayon to‘xtamasligi kerak.
- Yangi bo‘limlar ochilmoqda, eski bo‘limlar mustaqil ishlashi talab qilinmoqda.


Kim kerak? → Tajribali rahbarlar + oddiy bajaruvchilar
Nega?
- Tajribali rahbarlar — qaror qabul qilish va javobgarlikni ko‘tarish uchun.
- Ular tizimni saqlaydi, o‘zgartiradi va himoya qiladi.
- Oddiy xodimlar — aniq vazifalarni barqaror bajarish uchun.
- Jarayonlar shaxsga emas, rolga bog‘lanadi.


Xatarlar (balans buzilsa):
- Rahbar operatsiyaga qaytadi.
- Strategiya to‘xtaydi.
- Kompaniya odamga qaram bo‘lib qoladi.


Asosiy xavf:
kompaniyaning odamga qaram bo‘lib qolishi.
Tashqi tomondan delegatsiya bor.
Ichkarida esa barcha qaror baribir yuqoriga chiqadi.
Natijada:
- rahbar operatsiyadan chiqolmaydi,
- o‘rta bo‘g‘in ishlamaydi,
- kompaniya odamga qaram bo‘lib qoladi.



Xulosalar:
Eng katta strategik xatolar:
- Tizimsiz joyda tajribasiz xodim olish (resurs isrofi)
- Tizimli joyda faqat tajribali (qimmat) xodim bilan to‘ldirish (resurs isrofi)
- “Yaxshi xodim hamma muammoni hal qiladi” deb o‘ylash (suyanib qolish)
- Tizim qurishni doim kechiktirish (qimmatlashishga sabab bo'ladi)
❤‍🔥9🔥6👍3🥰2
Har bosqichning dardi boshqa.
Bir bosqichni davolaydigan yechim, keyingi bosqichda kasallikka aylanadi.

Qachon qaysi biri kerak?
Qachon tajribali (qimmat) xodim kerak?
Vaziyatlar:
- Tizim yo‘q yoki juda zaif.
- Vaqt yo‘q, natija zudlik bilan kerak.
- Muammo murakkab va mustaqil hal qilinishi kerak.
- Asoschi operatsiyadan chiqib ketmoqchi emas, lekin yukni kamaytirmoqchi.

Misollar:
- Startap ishga tushyapti, jarayonlar hali yozilmagan.
- Muhim mijoz ketib qolish arafasida.
- Yangi bozor ochilmoqda, xato qilish qimmat.
- Rahbarning o‘zi vaqt ajrata olmaydi.


Bu holatda qimmat xodim — yong‘in o‘chiruvchi.

Qachon tajribasiz (arzon) xodim kerak?
Vaziyatlar:
- Tizim mavjud va ishlayapti.
- Vazifalar takrorlanuvchi.
- Kompaniya kengaymoqchi.
- Uzoq muddatli jamoa qurilmoqda.


Misollar:
- Call-center, support, sotuv bo‘limi.
- O‘quv dasturi va mentor bor.
- Ish algoritmlari yozilgan.
- O‘sish rejasi 6–12 oyga mo‘ljallangan.


Qisqa formula:
Tizim yo‘q, vaqt yo‘q → tajribali xodim
Tizim bor, kengayish kerak → oddiy xodim


p.s. Kompaniyani raqobatchilar emas,
noto‘g‘ri bosqichda noto‘g‘ri xodim yoki yechim tanlovi yemiradi.


Qo'shimcha ma'lumotlar kerak deganlarga:
1-bosqichi: Work Rules ((Laszlo Bock))! yoki WHO (Geoff Smart)
2-bosqich: The Best Team Wins (Adam Robinson)
3-bosqich: Topgrading (Brad Smart)
4-bosqich: Work the System (Sam Carpenter)
❤‍🔥10🔥4👍3
“Badr” hujjatli filmni tomosha qiling…
🌐 Havola: https://youtu.be/QnHzdDMdVCo

P.s. Rasm tadbirdan esdalik…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤‍🔥12🔥11