Hasankhoja Muhammad Sodiq – Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.12K subscribers
508 photos
390 videos
9 files
759 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
O’zimni ham o’ylantirib qo’ygan post

Tasavvur qiling.
Qarshingizda siz muvaffaqiyatli deb biladigan bir inson turibdi.

Undan muvaffaqiyatining sirini faqat bitta so‘z — bitta sifat bilan ifodalashini so‘raysiz.
Yoki undan vafotidan keyin odamlar uni qaysi bitta sifati bilan eslashini so‘raysiz.

Tabiiyki, u bir zum o‘ylanadi.
Va javob beradi.

Bu postni yozar ekanman, o‘zim ham chuqur o‘ylab qoldim. Bevosita saodat asridagilarni esladim. Bo‘lib ham yulduzlar ichidagi eng yorqinlariniroshidlarni:
1. Abu Bakr — sodiq edi.
2. Hazrat Umar — adolatli edi.
3. Hazrat Usmon — hayoli edi.
4. Hazrat Ali — ilmli edi.

Oxir-oqibat insondan qoladigan narsa
uning lavozimi ham emas,
erishgan boyligi ham emas,
hatto shov-shuvli muvaffaqiyati ham emas.

Odam ketadi.
Ammo bitta sifat qoladi.

Shu sifat odamlarning xotirasida seni tirik saqlaydi.

Shuning uchun bugun o‘zingdan so‘ra:
men nimada kuchliman emas, men nimada sodiqman,
nimada adolatliman,
nimada hayoliman,
nimada ilmga suyanaman?

Chunki qabrga yutuqlar emas, amal kiradi.

Qo‘lingizdagi siniq kompasga qarab yo‘l izlamang.
Yo‘lingizni yo‘lchi yulduzlar bilan toping.

Savol esa ochiq:
Sizni bir kun kelib qaysi bitta sifat bilan eslashadi?
🔥44❤‍🔥28👍12🥰3🤩1
Pastkashlik

1977-yilda qasddan odam o‘ldirish aybi bilan Rendall Adams qamoqqa olindi. Unga yigirma besh yil qamoq jazosi belgilandi.

Rendall Adams qamalganidan o‘n yil o‘tib rejissyor Errol Morris uning qissasidan xabardor bo‘lib qoldi.
U Rendallning aybsizligiga ishondi.
U haqda “Ingichka moviy chiziq” nomli film oldi.
Bu film Rendallning qamoqdan ozod qilinishiga sabab bo‘ldi.

Rendall qamoqdan chiqib rejissyorga minnatdorlik bildirish o‘rniga uni sudga berdi.
Sababi — rejissyor uning hayotini film qilib, undan foydalangan edi.
U rejissyordan bir million dollar undirib berilishini talab qildi.

Ular uzoq tortishishdi.
Oxir-oqibat film rejissyori film tushumining bir qismidan voz kechishga majbur bo‘ldi.
Ammo qancha pul berganini ochiq aytmadi.

Ba’zi insonlarning qonida pastkashlik sho‘r dengiz ichidagi tuzdan ham ko‘p.

Rendall Adams rejissyor qilgan yaxshilikning qadriga yetmadi. Aksincha, undan moddiy manfaat undirib olishni g‘animat bildi va pastkashlarcha qadam tashladi.

Ba’zi odamlar sirtdan ozod ko‘rinadi, ammo aslida ularning vijdoni panjara ortida.

Men ularga faqat achinaman.

Chunki ular bir marta emas,
qayta-qayta,
har bir imkon tug‘ilganda
o‘z tubanligini isbotlab yashaydi.
🔥46👍19❤‍🔥18🥰1🎉1🤩1
ADOLAT

Abul Hasan Andalusiy rohimahulloh o‘zining "Tarixi quzotil Andalus" kitobida keltiradi:
"Badrun as-Saqoliy bir kuni amirning huzuriga yig‘lab kirdi. U amirning eng suyukli xodimi edi. Amir undan so‘radi:
- Nega yig‘layapsan?
Badrun dedi:
- Ey amir! Qozi bilan oramizda bir ish bo‘lib qoldi. Bunaqasi hech bo‘lmagan edi. Yer yorilmadi yerga kirib ketsam!
Amir so‘radi:
- Nima bo‘ldi axir?
Badrun dedi:
- Bir ayol qozining oldiga borib menda haqqi borligini da’vo qilibdi. Qozi meni chaqirtirib muhrlangan maktub yubordi. Men unga:"Men amirning ishi bilan bandman. Ishim tugasa sizga maktub yozaman", deya javob xatini jo‘natdim. Ozgina vaqtdan so‘ng qozining mirshablari kelib meni qozining oldiga olib ketishdi. Qozi menga qattiq gapirdi:
- Nega men chaqirganimda kelmaysan?! Maktubimga e’tibor bermabsan?!
Men dedim:
- Men amirning yumushi bilan band edim!
Qozi dedi:
- Amirning yumushi qozilikdir! Ayolga haqqini ber. Yo‘qsa insonlar oldida seni darralayman!

Men pulni berishdan o‘zga chora topa olmadim. Meni shunday qilishlariga indamay qarab turaverasizmi? Axir mening xodimlaringiz ichidagi obro‘yimni bilasiz-ku!
Amir dedi:
- Ey Badrun! O‘zingni bos. Seni men yaxshi ko‘raman. Mendan nima hojating bo‘lsa so‘ra, ravo qilaman. Ammo qozining ishini emas! Biz bu eshikni yopganmiz. Biz bu eshikdan xodimlar uyoqda tursin, hatto farzandlarimizga, aka-ukalarimizga, amakivachchalarimizga ham javob qaytarmaymiz. Qozi o‘z ishini bilib qiladi. U bilib hukm chiqaradi!".

Biz mana shunaqangi adolat bilan bir necha asrlar dunyoga hukmronlik qilganmiz. Ilm va madaniyat mash’alasini ko‘targanmiz. Qozi amirning xodimi Badrunning amir oldidagi hurmat va obro‘sini bilar edi. Ammo qozi uchun haqdan buyugi yo‘q edi. Chunki qozining oldida hamma barobar bo‘lishi lozim. Amir ham xodimining qozining oldida turishidan xijolat bo‘lmadi. O‘zini tahqirlangan his qilmadi. Zero adolatni qoim qilish qozidan avval amirga vojibdir!

Dunyoviy davlat odil bo‘lsa-yu musulmon davlat zolim bo‘lsa, Alloh odil bo‘lgan o‘sha dunyoviy davlatga nusrat beradi. Kufrni xushlab islomni yomon ko‘rgani uchun emas, adolatni suyub, zulmni yomon ko‘rgani uchun!

Bugun g‘arbdan ortda qolganimizning ham sababi ana shu. Bizda ko‘p hollarda qonun bechoralarga ishlaydi.

Adolatni oldin o‘zimizdan izlamasdan turib, hokimlardan izlamasligimiz kerak. Shirkatimizda adolat qilayapmizmi, ishchilarimizga adolat qilayapmizmi, uyimizda oilamizga, xodimlarimizga adolat qilayapmizmi, do‘konimizda mijozlarga adolat qilayapmizmi, ko‘chalarda ko‘cha tozalovchilarga adolat qilayapmizmi....?

Adolat donga o‘xshaydi. Oldin ekiladi, so‘ngra hosili olinadi. Agar biz uni avvalo o‘zimizda, uyimizda va jamiyatimizda qoim qilsak, ana shunda xalqimizda adolat qoim bo‘ladi. Aks holda yo‘q narsani qidirib yurgan kishi singari bo‘lib qolaveramiz!
🔥30👍12❤‍🔥5
Manfaat

Shogirlar bilan kechagi suhbatdan…

2007-yilda AQShning Texas shtatida bir tadbirkor cherkov yonida aroq do‘koni ochmoqchi bo‘ladi.
Cherkov jamoasi bunga keskin e’tiroz bildiradi.
Ular har kecha aroq sotuvchiga qarshi ibodat qilib, duo qiladi.

Bir kuni tasodifan do‘kon yonib ketadi.
Cherkovdagilar buni Yaratganning duolarini qabul qilgani deb bilib, shukrona anjumani o‘tkazishadi.

Shundan so‘ng aroq sotuvchi cherkovni sudga beradi.
U duolar sabab do‘koni yonib ketganini aytib, ikki million dollar tovon talab qiladi.

Cherkov esa buni qat’iyan inkor qiladi:
ibodat va duo hayotga, voqealarga hech qanday ta’sir qilmaydi, deya bayonot beradi.

Sudya ishni ko‘rib chiqib shunday deydi:

“Bu ishga qanday hukm chiqarishni ham bilmay qoldim.
Chunki hujjatlarga qarab,
duoga ishonmaydigan cherkovni
va duoning kuchiga ishongan aroq sotuvchini ko‘ryapman.”

Ba’zan muammo e’tiqodda emas, manfaat boshlanganda e’tiqoddan voz kechishda bo‘ladi.

Til bilan aytilgan ishonch
birinchi manfaat sinovida sinadi.

Kim duoga ishongan,
kim esa faqat foydasi bor joygacha ishongan. shunda ayon bo‘ladi:
❤‍🔥33🔥23👍7
Uyga ishdan qaytayotib ayolimga qo‘ng‘iroq qildim.
Biror narsa kerakmi, deb so‘radim.

Uyga yetgunimcha ovqat tayyorlab turishini aytdi.

Yo‘lda qornim och edi.
Shu sabab meva do‘koniga kirdim.

Mandarin oldim.
Yoniga olma va nok ham qo‘shildi.

Keyin boshqa do‘kondan patir va qaymoq oldim.
Hammasidan bir chimdim yemoqchi edim.

Uyga kelib ovqatlandim.
To‘yib qoldim.

O‘sha olganlarimga teginmadim ham.

Nega buni yozyapman?

Chunki hayotimiz ham shunday.

Keragimizdan ortiq xohlaymiz.
Ehtiyojimizdan ko‘p g‘amlaymiz.

Ne’mat ichida yurib, yana tanlayveramiz.
Tanlov ko‘paygan sari nafs ham ortadi.

Safarda buni ko‘p his qilaman.
Shopping payti ayniqsa.

Kerak bo‘lmagan narsa sotib olinadi.
Uyga kelib esa ishlatilmay qoladi.

Shkaflar to‘la.
Qalb esa baribir qoniqmagan.

Dunyo hayoti ham shunday o‘tib ketmayaptimi?
Ortiqcha yuklar bilan.
Keraksiz istaklar bilan.

Balki to‘xtab, o‘ylash vaqti kelgandir.

Senga haqiqatan nima yetmayapti?
Yana nimani xohlayapsan?
Va nega?
🔥82❤‍🔥34👍28
“Soʻz soʻzlamoq uchun irfon kerak. Soʻzni anglamoq uchun inson kerak”

Fuzuliy.

Tadbirdan esdalik.
2024
Ustoz Husayn Buxoriy hofizahulloh
❤‍🔥68🔥25👍14
Forwarded from Qadriyatim
Ish qilib,
Ishq qilib,
Yuribmiz-da… Ishqilib.
🔥53❤‍🔥16🤩9🥰4
2026-yilga rejalarim…

1. Kamroq xato qilish
2. Eski xatolarni takrorlamaslik
3. Yangi xatolarni qilish…
❤‍🔥101🔥47🤩32👍23🎉1
Kishi o‘zidagi buyuk iqtidorni
arzimas maqsadlarga sarflasa — bu eng yomon isrofdir.

Isrof faqat mol-dunyoda bo‘lmaydi.
Eng og‘iri — aql, vaqt va iqtidorni isrof qilish. Chunki bundan ko’proq jamiyat ziyon ko’radi.

Isrofchilarni esa Xojasi yoqtirmaydi. (7:31)

Inson baland yaratilgan.
Shuning uchun uning yo‘li ham, maqsadi ham baland bo‘lishi kerak.
Sababi oddiy: Firdavs yuqorida, aksi esa pastlikda…
❤‍🔥43👍29🔥20
Tanlov qilish

Ilmiyotda The Paradox of Choice degan tushuncha bor.
Mazmuni oddiy.

- Tanlovlar ko‘paygani sari qaror qabul qilish qiyinlashadi.
- Qoniqish kamayadi.
- Pushaymonlik ortadi.

Bu psixologiyada keng o‘rganilgan.
Asosiy g‘oya shuki: tanlov erkinligi ma’lum chegaradan keyin foyda emas, zarar keltiradi.

Bu qanday ishlaydi

- Ko‘p variant → ko‘p solishtirish
- Ko‘p solishtirish → kognitiv yuk
- Kognitiv yuk → stress va pushaymon

Kundalik hayotdan misollar

- Do‘konda 50 xil poyabzal. Tanlash qiyin.
- Telegram’da 30 ta kanal. Hech biri muntazam o‘qilmaydi.
- Ta’limda 10 metod. Amalda hech biri chuqur emas.

Shu muammoni yengish uchun men tez-tez foydalanadigan, juda sodda usul bor.
Sizga ham foydasi tegishi mumkin.

Safarga chiqqanlarning deyarli barchasi shopping qiladi.
Tabiiy. Chunki ko‘plab brendlar bizda yo‘q.
Natijada ko‘p narsa olish istagi paydo bo‘ladi.

Shu payt bolalarga quyidagi usulni aytaman.

- O‘zingizga yoqqan barcha narsani savatchaga soling.
- Tanlab bo‘lgach, savatchaning ichidan yana tanlov qiling.
- O‘zingizga savol bering:
Agar faqat 3 ta mahsulotga pulim yetsa, qaysilarini olardim?
- Faqat shu 3 tasini tanlab oling.

Aynan shu tanlangan 3 ta narsa:

- sizga chindan yoqqan bo‘ladi
- sizga kerak bo‘lgan bo‘ladi
- eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi

Sababi siz ularni yoqqanlar ichidan yana bir bor ongli tanlov orqali ajratdingiz.

Bu usul — double thinking.
Ya’ni ikki bosqichli fikrlash.

- Birinchi bosqichda istaklar chiqadi.
- Ikkinchi bosqichda cheklov orqali ustuvorlik aniqlanadi.

Miya “majbur tanlov” holatida muhimini ajratishga majbur bo‘ladi.
Shu sabab u ko‘pincha to‘g‘riroq qarorga olib keladi.

Ilmiy jihatdan bu usul yaqin tushunchalar

- Choice overload
- Decision fatigue
- Satisficing vs Maximizing

Maximizer — eng zo‘rini izlaydi, ko‘p afsuslanadi.
Satisficer — yetarlisini tanlaydi, ko‘proq qoniqadi.

Bu usul faqat shoppingda emas.

Masalan.
Telegram’da ko‘plab bloglarga obunasiz.
Ammo kuniga faqat 3 tasini o‘qishga vaqtingiz bor.

Savol bering.
Agar faqat 3 blogni qoldirishga majbur bo‘lsam, qaysilarini tanlardim?

Qolganlarini o‘chirib tashlang.

Ta’limda ham shu qoida ishlaydi

- O‘quvchiga 10 topshiriq bermang.
- 3 ta yaxshi variant bering.
- Tanlashni o‘rgating, ko‘paytirishni emas.

Sizning vaqtingiz cheklangan.
Tanlov esa to‘g‘ri cheklanganda sifatni oshiradi.

O‘zingizga savol bering.

Sizda hozir qaysi sohada tanlovlar ortiqcha?
Agar faqat 3 tasini qoldirsangiz, qaysilarini tanlaysiz?
🔥31👍15🤩10
Ustozlarga eslatma

Tarbiyada eng kuchli vosita — muhabbat.
Muhabbatning asosi esa - tushunishga harakat qilish

Rasululloh ﷺ aytganlar:
“Mehr qilmagan kishiga mehr qilinmaydi.”

Shogird — sizga vaqtincha omonat qilib topshirilgan qalb.
U qalbni faqat ilm bilan emas, rahm bilan ham tarbiyalang.

- Xatosiga sabr qiling.
- Yiqilganda qo‘lidan tuting.
- Adashganda yuz o‘girmang.
- Yutug'idan foydalanmang
- Ishonch bering.

Shunda u sizni shunchaki ustoz emas, hayotida iz qoldirgan inson sifatida eslaydi. Duo qilinadigan inson sifatida eslaydi.

Qodia esa o’zgarmagan:
Agar shogirdingiz sizni otasidek ko‘rishini istasangiz, unga farzandingizdek munosabatda bo‘ling.
❤‍🔥53🔥21🥰8🤩8👍1
Instagramda obunachisi ko‘p bo‘lgan bir matematika ustozining videosi chiqdi.
Gaplariga qo‘shilmadim va shaxsiy xabar yozdim.
Bahs bo‘lmadi. Javob ham bo‘lmadi. Baraka topishsin “Blok” qilishibdi.

Shunda yana bir narsani aniq his qildim:
ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriya yig‘ish — ne’mat emas, sinov.

Bu sinovning kamida ikki xavfi bor:
1. Ko‘p gapirish.
Auditoriya ko‘paygani sayin, og‘iz ham bo‘shashadi.
Natijada xato gaplar ko‘payadi.

2. Riyo va kibr.
Layklar o‘sadi, ichki hisob esa yo‘qoladi.
Tanqid, e’tiroz yoki qarshi fikrni ko‘tara olmaslik — shundan boshlanadi.

Yozgan xatim quyida berilgan.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Bir videoyingizni ko‘rib qoldim.
Bolalarga “life-hack” o‘rgatish haqida edi. Aniqrog‘i, imtihon jarayonida bolalarning bir-biriga yordam berishi masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘zim ham ustoz bo‘lganim sabab, sizga birodarlik nasihati sifatida ushbu fikrlarni yozishga qaror qildim.

Avvalo, siz bolalarga shunchaki bilim emas, ilm berishingiz kerak.
Ilm esa — Allohdan qo‘rquv bilan boshlanadi.

Ikkinchidan, bolalarda “qanday bo‘lsa ham natijaga erishish — halolmi, harommi, farqi yo‘q” degan qarash shakllanmasligi kerak.
Ustoz sifatida siz ularning qalbiga shuni singdirishingiz lozim: natijaning o‘zi emas, unga qanday yo‘l bilan erishilgani muhim
🔥96❤‍🔥43👍35
O‘LCHOV

Siqilsam, sahobalar va ulug‘lar hayotini o‘qiyman.
Yengillashmayman.
Aksincha, ichim torayadi.
Siqilganimga siqilib qolaman..

Chunki anglayman:
men “musibat” deb atayotgan narsa —
aslida yengil imtihon.

Ilm har doim taskin bermaydi.
Ba’zan u oyna bo‘ladi.
O‘sha oynada o‘zingni ko‘rasan.

Sahobalar azobda sabr topdi, yo‘qotishlarda iymonni yo‘qotmadi.
Hammasining sababi bitta:
o‘lchov to‘g‘ri edi.

Biz esa komfort ichida ham ezilamiz.

Muammo dardda emas.
Muammo — uni qanday kattalashtirganimizda.

Dardni shikoyat davolamaydi.
Qochish ham emas.
Uni faqat bitta narsa davolaydi: to‘g‘ri o‘lchov.

O‘lchov noto‘g‘ri bo‘lsa,
eng yengil imtihon ham
musibat bo‘lib ko‘rinaveradi
👍46❤‍🔥19🔥3
— Bir voqeaga bir paytning o‘zida ham xursand, ham xafa bo‘lish mumkinmi?
— Ha.
— Masalan?
— To‘yxona binolarining maktabga aylantirilishi.
— Ya’ni?

Quvonaman:
ta’lim nihoyat ustuvor bo‘lib borayapti.
Jamiyat o‘zgaryapti. Davlat ham befarq emas.

Xafaman:
chunki ta’lim bo‘sh qolgan joyga sig‘diriladigan muammo emas.
Maktablar jamiyatning eng yaxshi joylariga loyiq.

Savol esa bitta:
biz ta’limni vaqtinchalik yechim bilan qutqaryapmizmi, yo bolalar uchun eng yaxshisini tanlayapmizmi?
🔥43👍21
2026 BOOK CHALLENGE

Shartlar oddiy:
1. 2026-yil yakuniga qadar 100 ta kitob yoki 12.000 bet
(o‘qish yoki tinglash)
2. Kunlik minimum: 30 bet yoki 30 daqiqa
3. O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini shaxsiy sahifada yuritish

Quyidagi do‘stlarimizga taklif yuborilmoqda.
Qabul qilganlar alohida e’lon qilinadi:

G‘iyosiddin Yusuf
Aziz Rahimov
Qamariddin Bekmuhammad
Jahongir Pulatov
Temur Adhamov
Muhammadali Eshonqulov
Muhammad Ustoz
Muhammadjon Ustoz
Asliddin ustoz
Abdulaziz Muhammad
Abdulbosit Vohidov
Muhammad Temur Azam
Jamoliddin aka Qamar
Amirxon Valijonov (iBook)
Valijon Turaqulov
Muhrim Azamxo‘jayev
Orif Tolib
Hamid Sodiq
Sanjar Nazar
Nigora Booklover
Javohir Izzatulloh
Barno Mukimova
Firuz Allayev
Yorqin Halil
Isroil Tillaboyev
Karim Rahimov
Shaxzod Pulatov
Sardor Bazarbayev
Marifat Jamal
Otabek Ergashev
Doniyor Nasriddinov
Murod Muhammadjonov
Jasur Muhammad
Ulug’bek Po’latov

P.S. hamma o’zi istagan kitobini o’qiyveradi..
Siz ham do‘stlaringizni taklif qiling.
2026 — o‘qiganlar yili bo‘lsin.
🔥105👍51❤‍🔥22🤩3
Forwarded from Qadriyatim
“Chorlov” dagi ro’yhatni “edit” qilib boraman. Siz ham tuzib boring. Kuzatib boramiz

Online:
1. Samaradolikning 21 yo’li ✔️ (7/10)
2. Kichkina shaxzoda ✔️ (8/10)
3. Bir varaqli marketing (6/10)
4. Erkin ta’lim himoyasi ▶️
5. Mening hayotim🔜

Offline:
1. On writing well (William Zinsser) (9/10)
2. Everybody writes (Ann Handley) (8/10)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍12
Bugun bir o‘quvchimiz IELTS’dan 6.5 ball oldi.
Na o‘zi xursand.
Na ota-onasi.
Na ustozlari.

Sababi oddiy: 7.0 kutilgandi.

Shu holat bitta muhim haqiqatni yana eslatdi:
SAT, IELTS kabi imtihonlarda birinchi urinishda potensialdan pastroq natija ko‘rsatish — tabiiy holat.
Bu faqat kuzatuv emas, ilmiy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan.

Sabablar ko‘p. Lekin asosiylari to‘rtta:

1. Ota-onaning bosimi
“Shuncha ball olishing shart” degan aytilmagan talab.

2. Tengqurlarga solishtirish
Do‘stlari allaqachon yuqori ball olgan bo‘lishi.

3. Imtihon tajribasi yetishmasligi
Haqiqiy test muhiti — alohida ko‘nikma talab qiladi.

4. Test anxiety
Stress bilimni yopib qo‘yadi.

Kuzatuvim shuni ko‘rsatdiki, eng kuchli salbiy omil — ota-onaning bosimi.
Bola buni jiddiy qabul qiladi.
Natija past chiqsa — o‘zini emas, o‘z qadrini yengilgan deb o‘ylaydi.

Statistikalar esa boshqacha gapiryapti:
talabalarning 60–65% ikkinchi urinishda yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

Shu paytda bola uchun eng muhim narsa —
yana bir dars yoki yana bir test emas.

Ota-onaning yonida turishi.

Agar siz bolani natijasi bilan emas, urinishlari bilan baholamasangiz,
u faqat imtihonda emas —
hayotda ham sinishdan qo‘rqib yashaydi.

Va bu — 6.5 dan ancha og‘ir mag‘lubiyat.
🔥85👍32❤‍🔥18🎉4
Ilmsizlik qimmat. Ilm emas

Ustozlik qilib, ma’lum maqomga kelib, tajriba to‘plab, kurs yoki dars o‘tayotgan mutaxassislar deyarli bir xil savolga duch keladi:
“Kursingiz nega qimmat?”

Bu savolni berayotgan odam ko‘pincha bitta narsani ko‘rmaydi.
Ustoz shu darajaga kelguncha:

- qancha xatosi uchun to'laganini,
- nechta sinovdan o‘tganini,
- qancha vaqt, sog‘liq, imkoniyat qurbon bo‘lganini,
- bepul ishlagan, kam baholangan, e’tiborsiz qolgan davrlarini.

Bu yerda insof bilan narx qo‘ygan, haqiqiy mutaxassis haqida gap ketyapti.

Ba'zilarda g‘alati tafovut bor.

- Hashamat uchun ketgan pul qimmat emas.
- Obro‘ uchun ketgan pul qimmat emas.
- Ish bitishi uchun ketgan pul qimmat emas.

Lekin ilm uchun so‘ralgan pul “qimmat”.

Holbuki, yuqoridagilarning ko‘pi ilmga ketadigan puldan bir necha barobar qimmat bo‘ladi.

Bunga hayotda misollar yetarli.

Abituriyentlar bilan ishlagan paytlarimda sharoitini aytib, oylik to‘lovdan chegirma so‘ragan ayrim o‘quvchilar yil oxiriga kelib “x variant”lar uchun tayyorlov kursining yillik pulidan ham qimmat summa to‘lashga tayyor bo‘lib chiqardi.

Bepul SAT o‘qib yurgan, lekin “LEAK” sotib olishga pul topadigan o‘quvchilarni ham ko‘rganman.

Bu yerda muammo pulda emas.
Muammo — qarashda.

Men bir narsaga hanuz tushunmayman.

Qarz olib to‘y qilganlarni ko‘rdim.
Qarz olib mashina olganlarni ko‘rdim.
Kreditga texnika sotib olganlarni juda ko‘p ko‘rdim.

Ammo ilm uchun qarz olganlarni, ilm uchun pul so‘raganlarni juda kam ko‘rdim.

Go‘yo odamlar ko‘zga ko‘rinadigan narsaga ishonadi,
lekin kelajakni quradigan ilmga shubha bilan qaraydi.

Bu yerda “ilm” deganda umumiy gap ketmayapti.
Gap xos ilm haqida.

Xos ilm nima?

Bu umumiy bilim emas.
Bu aynan siz turgan joyda sizni keyingi bosqichga olib chiqadigan ilm.

Abituriyent bo‘lsangiz:
DTM, SAT yoki universitetga kirish uchun zarur ilm.
Vaqtni tejaydigan, xatoni kamaytiradigan, imkoniyatni oshiradigan ilm.


Ustoz bo‘lsangiz:
Dars sifatini oshiradigan, metodikani kuchaytiradigan, natija beradigan ilm.
Shunchaki dars o‘tish emas, ta’sir qilishni o‘rgatadigan ilm.


Ota-ona bo‘lsangiz:
Farzand tarbiyasi, psixologiyasi, yosh bosqichlariga oid ilm.
Xatoni oldindan to‘xtatadigan, pushaymonlikni kamaytiradigan ilm.


Tadbirkor bo‘lsangiz:
Brendni to‘g‘ri qurish, rivojlantirish va himoyalash uchun zarur ilm.
Marketing, pozitsiyalash, narx, ishonch va tizim haqidagi ilm.


Ilm qimmat deyotganlar, Endi savolni teskari qo‘ying:
ilmsizlik sizga qanchaga tushayapti, keling hisoblab ko'ramiz:

Kasb tanlash haqida ilm yo‘q.
5–10 yil yoqtirmagan ishda qolish.

Moliyaviy savod yetishmaydi.
Daromad bor, baribir doim qarz.

Vaqt boshqaruvi ilmi yo‘q.
Bandlik bor, natija yo‘q.

Nikoh va munosabat ilmi o‘rganilmagan.
Sevib qurilgan oila sovib ketadi.

Farzand tarbiyasi haqida ilm yetarli emas.
Bola ko‘cha va ekran tarbiyasiga topshiriladi.

Sog‘lom hayot ilmi yo‘q.
Kuch yoshligida ketadi, qarilik erta boshlanadi.

Shartnoma va huquqiy bilim yo‘q.
Sheriklik buziladi, yillar boy beriladi.

Tanqidni qabul qilish ilmi yo‘q.
Rivojlanish to‘xtaydi, ego o‘sadi.

Diniy ilmsizlik
Niyat yaxshi, ammo amali zararli bo‘lib chiqadi.

Prioritet qo‘yish ilmi yo‘q.
Hamma narsa bor, lekin muhim narsa yo‘q.

“Yo‘q” deyishni bilmaslik.
Hamma rozi, o‘zi charchagan.

Bularni cheksiz davom ettirish mumkin:

Aynan shu sabablar yig‘ilib, bitta xulosaga olib keladi:

Ilmsizlik birdan urmaydi.
U sekin, lekin doimiy zarar qiladi.

Ilm qimmat emas, hech qachon qimmat bo‘lmagan.

Qimmat narsa — ilmni kech anglash, uni rad etish.

Tanlov oddiy:
oldindan to‘lash, yoki umr bo‘yi to‘lash.

Endi savol qolmadi.
🔥80❤‍🔥30👍28🤩6
Forwarded from Qadriyatim
#Fikrlatadigan_fikr

Harvard universitetining ilk ayol rektori Dryu Faustning shunday gapi bor:
“Liberal ta’lim odamlarga oltinchi ishiga tayyorlanishiga yordam beradigan qobilyatlarni berishi lozim, birinchisiga emas.”

Bu gap bilan u nimani nazarda tutgan?
— Bilimning o‘zi emas, fikrlash qobiliyatimi?
— Aniq kasb emas, moslashuvchanlikmi?
— Texnik ko‘nikma emas, insoniy yetuklikmi?

Bu — fikrlashingiz uchun berilgan savol.

Izohlarda o‘zingizning fikringizni yozing. Sun’iy intellektlardan so‘ramang.

Javobini keyinroq o‘zim yozaman.
👍18🥰4
Sabr qilamiz. Chunki yo‘limiz bor.

Hech qachon to‘g‘ri yo‘l qarshiliksiz bo‘lmagan.
Har qanday harakat e’tiroz uyg‘otadi.
Har qanday o‘sish inkorni chaqiradi.

To‘xtatmoqchi bo‘lishadi.
Qadamingizni sekinlatishga urinishadi.
Erishganingizni kichraytirishga harakat qilishadi.

Bu — yo‘lda bo‘lganlarning sinovi.

Bahsga berilib ketganlar unutiladi.
O‘zini oqlaganlar charchaydi.

Yo‘lida davom etganlar esa manzilga yetadi.
Har bir toshga egilib olsangiz, yo‘lingiz uzayadi.
Manzil esa kutmaydi.

Ularga sizning eng katta javobingiz — yo‘ldan chiqmaslik.

Sabr — jim turish emas.
Sabr — to‘g‘ri yo‘lda qolish.

Va shuni bilamiz:
tarixda to‘xtaganlar emas, sabr qilganlar qoladi.
🔥46👍24❤‍🔥14
#ustozlarga

1-POST (1/63)
Texnika 1: No Opt Out *(chiqib ketishga ruxsat bermaslik)*

Muammo:
O‘quvchi savolga javob bera olmaydi va: “bilmayman”, deb fikrlash jarayonidan qochadi.

Natijada:
- u o‘ylashdan qochadi
- mas’uliyat boshqalarga o‘tadi
- darsda passiv rolga tushib qoladi

Maqsad:
Har bir o‘quvchini fikrlash jarayonida ushlab qolish.
Savoldan hech kim “chiqib ketmasligi”ni ta’minlash.

No Opt Out (chiqib ketishga ruxsat bermaslik) texnikasida:
- o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa ham,
- yoki umuman javob bera olmasa ham,

u darsdan chiqarilmaydi.

U oxir-oqibat: yordam orqali, yoki boshqa o‘quvchi misolida to‘g‘ri javobni o‘zi aytadi.

Bu texnika:
- bosim emas
- uyaltirish emas
Bu — fikrlashni majburiy davom ettirish.

Qanday ishlaydi
1. Savol beriladi
2. O‘quvchi javob bera olmaydi
3. Unga yordam beriladi (boshqa o‘quvchidan so'rab, ishora, eslatma orqali)
4. So‘ng javobni yana o‘sha o‘quvchi aytadi

Muhimi mas’uliyat qaytib egasiga beriladi.
Misol:
— 7 × 8 nechchi?
— Bilmayman.
— Mayli. (Boshqa o‘quvchi: 56)
— Endi sen ayt.
— 56.

Muhim nuqta:
to‘g‘ri javobni oxirida aynan birinchi o‘quvchi aytadi.

Keng tarqalgan xato
Savolni boshqa o‘quvchiga berib, birinchi o‘quvchidan qaytib so'ramaslik.

Nega bu xato?
Chunki bu holatda:
- o‘quvchi “bilmayman” deyish orqali qutulishni o‘rganadi
- keyingi safar ham o‘ylashga urinmaydi
- passivlik mustahkamlanadi

Ya’ni ustoz bilmagan holda:
fikrlamaslikni rag‘batlantirib qo‘yadi.

To‘g‘ri yechim:
Savolni vaqtincha boshqasiga berish mumkin. Lekin:
-yakun yana birinchi o‘quvchiga qaytishi shart
- javob uning og‘zidan chiqishi kerak

Shunda:
- o‘quvchi mas’uliyatni his qiladi
- “bilmayman” oxirgi nuqta bo‘lib qolmaydi

Xulosa:
No Opt Out (chiqib ketishga ruxsat bermaslik) — bu qattiqlik emas.

Bu texnika o‘quvchiga shuni o‘rgatadi:
“Sen bilmasliging mumkin, lekin fikrlamaslik mumkin emas”

P.s. Ustozlarga ulashib qo'ying...
(Teach like a champion
kitobidan…)
👍40❤‍🔥23🔥13