Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi – Telegram
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi
817 subscribers
294 photos
14 videos
3 files
214 links
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining rasmiy Telegram kanali

🌐 socialpolicylab.uz
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston 18ta davlat qatorida ijtimoiy himoya va bandlik dasturlarini integrallashgan holda taqdim qilish bo‘yicha Global akselerator dasturiga iztopar mamlakat sifatida kirgan.

💻 Bu dastur doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida Laboratoriya direktori Xurshid Zafariy sammitning maxsus tadbirida ma’lumot berdi.

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👏3🔥2
🖋 Ushbu yangi hisobotimizda o‘ziga xos metodologiya va yondashuvlar qo‘llanilgan:

🔸 Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida iqlim sharoiti, yashillik darajasi (o‘simlik qoplami), havoning ifloslanishi, aholi soni, zichligi va migratsiya dinamikasi, tungi yoritilganlik darajasi hamda suv tanqisligi kabi omillar tahlil qilingan.

🔸 Ilk bor ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi yordamida chekka hududga ilmiy asoslangan ta’rif berilgan.

↗️ To‘liq hisobotni yuklab olish uchun havola

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥21
🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakati tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan Laboratoriya xodimlari yuksak kasbiy faoliyatlari uchun rag‘batlantirildi. Mazkur sana (11-noyabr) mamlakat tarixida ishchilar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyillarini mustahkamlashda kasaba uyushmalari o‘ynagan muhim rolni eslatib turadi.

👥 Shuningdek, Laboratoriya jamoasi hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤‍🔥6👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun biz uchun g‘urur, birlik va vatanparvarlik timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#islab_dayjest №15

Bugungi dayjestdan o‘rin olgan maqolalar:

1️⃣ Qozog‘istonda shartli nafaqalarning ta’siri
Qozog‘istondagi BOTA shatli nafaqa dasturi onalarning bandligini oshirgan, ammo otalarga yoki oila jamg‘armasiga deyarli ta’sir qilmagan, qarz olishni esa biroz ko‘paytirgan.

2️⃣ Demografiya va ishchi kuchi bo‘yicha tahlil
Yevropaning keksayotgan aholisi pensiya tizimiga bosim o‘tkazmoqda, va Shvetsiyada bo‘lgani kabi NDC tizimlarining tez joriy etilishi adolat va barqarorlikni yaxshilaydi.

3️⃣ O‘rta daromadli mamlakatlarda ijtimoiy yordam tizimlari
Turkiyaning ijtimoiy yordami xalqaro modellarni mahalliy moslashuv bilan uyg‘unlashtiradi, bu esa o‘rta daromadli mamlakatlar ko‘pincha gibrid tizimlarni yaratishini ko‘rsatadi.

4️⃣ Norasmiy mehnatni rasmiylashtirish
Lotin Amerikasi va Karib havzasida norasmiy mehnatni rasmiylashtirish uchun ijtimoiy himoya, soliq tizimi va ishonchni mustahkamlash yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish zarur.

5️⃣ Oziq-ovqat vaucherlari iqlimga chidamlilikni oshirishda qanday rol o‘ynashi mumkin?
Filippindagi oziq-ovqat vaucherlar iqlim o‘zgarishlari paytida zaif oilalarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi va ular ovqatlanishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy himoya tizimiga integratsiyalashgan bo‘lsa, eng yaxshi natija beradi.

↗️ To‘liq o‘qish uchun havola

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔1
🔘 Hurmatli tadqiqotchilar!

Jahon bankining “INSON” loyihasi doirasida tashkil qilingan Tadqiqotlarni boshqarish (Research Management) o‘quv kursi uchun tanlov natijalari tayyor bo‘ldi.

↗️ Kursda o‘qish uchun jami 300 ta ariza kelib tushdi. Ariza qoldirganlar orasidan 10 nafari saralab olindi va kursda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

❗️ Diqqat! O‘quv kursining boshlanish vaqti va boshqa tafsilotlar haqida barcha tanlangan nomzodlarning elektron pochtasiga xabar yuborildi. Iltimos, pochtangizni shu jumladan “Spam” papkasini ham tekshiring.

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀4🔥2🆒2
Zo‘ravonlik faqatgina maishiy muammo emas. U insonning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi. Ba’zi hollarda ayollar zo‘ravonlikdan qutilishning yagona chorasi sifatida o‘z joniga qasd qilishni o‘ylaydi.

🖋 Laboratoriya tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab zo‘ravonlikka uchragan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra har beshinchi ayol o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylaydi. Shuningdek, bu borada hududlar bo‘yicha sezilarli tafovutlar mavjud. Masalan, Andijon viloyatida 33.3% ayollar o‘z joniga qasd qilish haqidagi fikrlarni bildirgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etadi. Bunday farq yashash hududi ayollarning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglatadi.

↗️ Tahlillar shuni ham ko‘rsatadiki, respondentlar ko‘pincha stressni faol, xulq-atvor strategiyalari: jismoniy faollik va uy yumushlarini bajarish (29.2%) orqali yengishga harakat qiladilar yoki yolg‘iz qolish (23.9%) va hissiy portlash (22.5%) kabi usullardan foydalanadilar. Shu bilan birga, nisbatan kam ayollar (11.1%) yaqinlari bilan dardlashish orqali yordam izlaydi. E’tiborga molik jihat shundaki, respondentlarning 6.7 foizi stress holatidan chiqishda qiyinchiliklarga duch kelganini bildirgan. Bu esa ularga maqsadli psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish zarurligini ko‘rsatadi.

#16kunfaollik #zōravonlikkaqarshimiz

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢73👍2
Turmush o‘rtoqlarning zararli odatlari va zo‘ravonlik bolalarning ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi.

🖋 So'rovlarga ko'ra, zo'ravonlikka uchragan ayollarning juda ko‘pi turmush o‘rtoqlarining zararli odatlari borligini aytgan. Bunday odatlar shaharliklar orasida biroz ko‘proq uchraydi. Respondentlarning qariyb yarmi (45%) turmush o‘rtoqlari spirtli ichimlik iste’mol qilishini bildirgan. Ulardan 45,6% har kuni yoki deyarli har kuni ichadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, alkogol iste'molining darajasi va bola tarbiyasi o'rtasida bog'liqlik mavjud. Muntazam ichadiganlarning zo‘ravonlik qilish ehtimoli yuqori, bolani parvarishlashdagi ishtiroki esa past bo‘ladi. Alkogol iste'moli qancha kam bo'lsa, zo'ravonlik qilish ehtimoli ham kamayadi.

❗️ Bu omillarni hisobga olish oiladagi murakkab holatlarni tushunish va bolalarni himoya qilishga qaratilgan profilaktik choralarni ishlab chiqish uchun muhim. Bolalarning katta qismi uyda zo'ravonlik holatlariga guvoh bo‘layotgani ularning psixologik salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi va kelajakda salbiy xulq-atvor shakllanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu natijalar ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash, zararli odatlarning oldini olish va bolalarni oilaviy zo‘ravonlik ta’siridan himoya qilishga qaratilgan keng qamrovli dasturlarga ehtiyoj borligini bildiradi.

#16kunfaollik #zōravonlikkaqarshimiz

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢7🔥31
🇺🇿 O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ko‘plab oilalar farzandlarining jamiyatga to‘liq qo‘shilishini ta’minlash jarayonida katta moliyaviy bosimga duch kelmoqda.

🖋 Mazkur tadqiqot UNICEF Uzbekistanning texnik yordami bilan amalga oshirilgan bo‘lib, bolalarning inklyuziyasi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar: davolanish, reabilitatsiya, ta’lim vositalari, yordamchi texnologiyalar va shaxsiy parvarish kabi ehtiyojlarning to‘liq ro‘yxatini shalllantirish va ularning real xarajatlarini aniqlashga qaratilgan.

Shuningdek, u joriy ijtimoiy yordam mexanizmlarining ushbu ehtiyojlarni qanchalik qoplayotganini ham baholaydi va maqsadli ijtimoiy himoya choralarini ishlab chiqish uchun dalillar taqdim etadi.

🔗 Tadqiqot va zarur tovar va xizmatlar ro‘yxatiga havola.

🇺🇿 Tadqiqot tez orada o‘zbek tilida ham e’lon qilinadi.

#inklyuziya #ijtimoiyadolat #tengimkoniyatlar

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫰 Onlayn zo‘ravonlikka qarshi milliy hamkorlik kuchaytirilmoqda

Ayni vaqtda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikni bartaraf etishga qaratilgan yuqori darajadagi davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Unda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashilmoqda:

milliy javob mexanizmlarini takomillashtirish;
qonunchilik bazasini yanada rivojlantirish;
raqamli xavf tahlili va monitoring vositalarini joriy etish.

↗️ Ishtirokchilarning qayd etishicha, raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurashda eng asosiy vazifa, jabrlanuvchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan, inklyuziv va tezkor xizmatlarni kengaytirishdir.

❗️ Kampaniya doirasida UNFPAning BodyRight tashabbusi O‘zbekistonda amaliy tarzda joriy etildi va raqamli xavfsizlikni ta’minlash borasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🔊 Bugun 16 kunlik ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kampaniya doirasidagi davra suhbatida O‘zbekiston bo‘ylab zo‘ravonlikka uchragan 867 nafar ayol ishtirokida Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.

🖋 Asosiy natijalar quyidagicha:

🔸 69% ayollar himoya orderi so‘rab murojaat qilishdan avval uzoq vaqt davomida zo‘ravonlikka chidab kelgan
🔸 70% foizdan ortiq ayol muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgan
🔸 22,9% ayol hayotiga tahdid – pichoq o‘qtalish yoki o‘ldirishga urinish holatlari sodir boʻlganini bildirgan.
🔸 Taxminan 20% ayol muntazam jinsiy majburlashni boshdan kechirgan.

🔗 Asosiy xulosalarga havola
🔗 To‘liq tadqiqotga havola

#16kunfaollik #zōravonlikkaqarshimiz

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👏1
🔊 DIQQAT TANLOV!!!

Bakalavriat yoki magistraturani tamomlayapsizmi? Bitiruv malakaviy ishingiz yoki dissertatsiyangiz ijtimoiy himoya mavzusidami? Tadqiqotingiz amaliyotda qo‘llanib, e'tirof etilishi va munosib taqdirlanishini istaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun!

🧮 MUDDAT: 2026-yil 1-iyulgacha tadqiqot ishingizni bizga yuboring. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

🎖 Tanlovda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma'lumot saytda

🎚 Tanlov haqidagi yangiliklarni kuzatib boring!

📝 Agentlik 📝 Vazirlik

📝 Laboratoriya 📝 Markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54🔥4👍3
🤝 Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi va Abdul Latif Jameel Kambag‘allikka qarshi kurash laboratoriyasi (J-PAL) o‘rtasidagi yangi hamkorlikni e’lon qilishdan mamnunmiz. Hamkorlik doirasida Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi qoshida Tadqiqot akseleratori tashkil etiladi.

🏓 Tadqiqot akseleratori O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ijtimoiy siyosatni dalillar asosida shakllantirishni kuchaytirish va ulardan foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan. Agar ijtimoiy sohaga qiziqsangiz, loyiha doirasidagi tashabbuslarni o‘tkazib yubormang. Bu haqida batafsil ma'lumotni saytdan olish mumkin.

↗️ https://socialpolicylab.uz/news/42

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥72👍21👏1
🖋 Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik faqatgina maishiy muammo emas. Tadqiqot zo‘ravonlik ko‘pincha yillar davomida takrorlanib kelishini, ayollarning ruhiy holati va hayot sifatiga jiddiy zarar yetkazishini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy qaramlik va zararli ijtimoiy me’yorlar esa ayollarning himoyalanishini yanada qiyinlashtiradi. Shu bois zo‘ravonlikni erta aniqlash, samarali himoya va reabilitatsiya mexanizmlarini kuchaytirish muhim.

↗️ Bu haqida tadqiqotimiz asosida tayyorlangan Gazeta.uz maqolasida o‘qing:
https://www.gazeta.uz/ru/2025/12/19/gender-violence/

🔗 To‘liq tadqiqot uchun havola: https://socialpolicylab.uz/research/all/53

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1