Islombek.dev – Telegram
Islombek.dev
548 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
Channel created
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ushbu blogda IT, shaxsiy rivojlanish, turli sohalar bo'yicha maslahatlar va shu turdagi barcha manfaatli ma'lumotlarni yozib boraman in shaa Alloh.

O'zim haqimda qisqacha aytib o'tsam. Ismim Islombek, 2001 yilda Andijonda tavallud topganman. Hozirda Front-end dasturchi bo'lib ishlayman.
👍8
15 yildan beri shell skriptlar yozib kelaman. Haligacha if operatorini google'ni ochmasdan yoza olmayman :((

@islom_aliy
JavaScript bo'yicha bilimlarimni yaxshilashim kerak...

Nafaqat JavaScript balki algoritmlash bo'yicha bilimlaringizni yanada oshirmoqchi bo'lsangiz, sizga Freecodecamp'ning JavaScript Algorithms and Data Structures darsligini tavsiya etaman!

O'rganish davomida amaliyotda sinab ko'rishingiz sababli bilimlaringiz yanada mustahkamlanadi. Darsda JavaScriptning fundamentallaridan tortib, data structures and algorithms'gacha o'rganishingiz, masalalar yechishingiz mumkin.

ℹ️ Link: https://www.freecodecamp.org/learn/javanoscript-algorithms-and-data-structures/

@islom_aliy
👍1
React ich-ichiga kirib...

React kutubxonasida juda ham ko'p tayyor narsalar bor. Ushbu tayyor narsalar masalan hook'lardan foydalanish uchun uning orqasida nima turganini va aslida qanday ishlashini chuqur tushunib olishingiz sifatli va o'zingiz maza qilib kod yozishingizga imkoniyat beradi.

React'ni chuqurroq o'rganish uchun quyida ikkita kanalni taqdim etaman. To'g'ri videolari biroz kamroq ammo ancha foydali.

🇷🇺 Айти Синяк

🇺🇸 Philip Fabianek

@islom_aliy
JavaScript o'rganish bo'yicha menga juda ham yoqadigan saytlardan biri - www.javanoscripttutorial.net, TypeScript bo'yicha ham huddi shu ko'rinishda sayt taqdim etipti: https://www.typenoscripttutorial.net/

Qattiq tavsiya qilaman JavaScript va TypeScriptni yaxshilab o'rganish uchun eng zo'r joylardan biri.

@islom_aliy
Dasturlashni zamonaviy sayt orqali o'rganing!

Bugun sizlarga taqdim etmoqchi bo'lgan ajoyib saytlardan biri - bu Exercism.org

Ushbu sayt orqali 59 dan ortiq dasturlash tillarini 100% bepul holda qiziqarli masalalar ishlash orqali o'rganishingiz va hatto mentorlik qilishingiz ham mumkin.

JS, TS, Go, Rust, C#, Kotlin kabi zamonaviy tillar va hattoki PHP bo'yicha ham track mavjud 😅

Shaxsiy fikrimcha dasturlashni o'rganish uchun eng yaxshi, zamonaviy saytlardan biri hisoblanadi.

ℹ️ Link: Exercism.org

@islom_aliy
20+ yildan oshiq dasturlash tajribasiga egaman, 100 mingdan oshiq sotilgan 8 ta kitob muallifiman, videolarim 300 ming soatdan oshiq tomosha qilingan, 4 mingdan ortiq individual dars o'tilgan...

Va bilasizmi nima? Haligacha kodimni ishlatib olishda qiynalaman va bu haligacha og'ir ish. Va haligacha kodlarimni ertasi kuni tushunishga biroz qiynalaman.

Bu qiyinchiliklarda siz yolg'iz emassiz.

P.S. Hullas akalar siqilmimiz faqat bizda emas ekan :)

@islom_aliy
👍1